Irisbayeva Yo.
Yangi asr universiteti Pedagogika kafedrasi mudiri Pedagogika fanlari bo'yicha falasfa doktori, (PhD)
MULOQOT JARAYONIDA BOLA SHAXSINI RIJOVLANTIRISHNING PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK JIHATLARI
Annotatsiya. Mazkur maqolada bola tarbiyasi jarayonida muloqotning o'rni haqida yoritilgan. Farzandlarimizning ilk muloqoti va uning shaxs sifatida shakllanishidagi asosiy mezon ekanligiga urg'u berigan. Bolada ishonch tuyg'usini shakillantirishda kattalar tamonidan ularni eshitishning pedagagik jihatlari keltirilgan.
Kalit so'zlar: muloqot, eshitish, bola, go'dak, ota-ona, pedagogika.
Irisbayeva Yo., doctor of philosophy in pedagogical sciences (PhD)
Head of the Department of Pedagogy New Century University
PEDAGOGICAL AND PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF CHILD PERSONALITY DEVELOPMENT IN THE PROCESS OF
COMMUNICATION
Annotation. This article describes the role of communication in the process of raising a child. It was emphasized that the first communication of our children is the main criterion for their formation as a person. Pedagogical aspects of hearing from adults in forming a sense of confidence in a child are presented.
Key words: communication, hearing, child, infant, parents, pedagogy.
KIRISH
Insoniyat jamiyatida kishi o'zining moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirish uchun o'zgalar bilan muloqot qilmasdan yashay olmosligi sir emas. Boshqa mavjudotlardan farqli o'laroq, odam zoti o'zining til va madaniyati bilan oliy hisoblanadi. Ota-bobolarimizdan qoldan yoqimli tajribalardan biri bu - tili chiqib "gu-gu"lashni boshlagan jajji bolajonlarga katta ehtimol bilan onalar bolasi "assalom de" (assalomu aleykom36 so'zining yaxshi ma'noda qisqartmasi -onaning tilidan) iborasining o'rgatishini o'ziyoq bu ijtimoiylashishning dastlabki qadamlari hisoblanadi.
Bola ulg'aygan sari bu so'zning ma'nosi ham o'z-o'zidan kengayib boradi. Oiladagi munosabatlarning kengayishi, ota, ona va bola uchligi munosabatlarining chuqurlashishi ota-onalarda mehrli munosabatlarning tajriba
36 arabcha — sizga tinchlik, salomatlik tilayman
sifatida shakllanishiga olib keladi. Ota-ona bilan go'dak o'rtasidagi dastlabki muloqot va mehrli munosabat "ona bag'ri" shaklda kechadi, ya'ni go'dakni ona dastlab bag'riga bosishi, qo'lida tutib turishi, uni xavfsiz harakatlantirishi kabilar boladagi yaxshi munosabatning yuzaga kelishini ta'minlaydi.
Muhtaram Prezidentimiz SH.M. Mirziyoev oila haqida gapirar ekan "Odam baxtliman deyishga qanchalik haqqi bor? Agar oilang bilan sen baxtli bo'lsang, baxtliman deyishga haqqing bor. Faqat oilam emas, xalqim baxtli bo'lsa men o'zimni baxtli deb bilaman", - deya ta'kidlashi bizning jamiyatda oilada shaxslararo munosabatning yuksak ko'rinish ekanligidan darak.37
Zero, dastlabki muloqot va mehrli munosabat, xushmuomalalik go'dakning psixik rivojlanish jarayoniga ijobiy ta'sir qiladi. Salbiy munosabatlar, ya'ni noto'g'ri, qo'pol munosabatlarning davomiyligi go'dakning atrof-muhitga moslashishga bo'lgan ehtiyojini qanoatlantirmaydi, bu esa uning psixik rivojlanishiga salbiy ta'sir qiladi.
Bolaning go'daklik chog'larida yaxshi va ko'p vaqt davomida qo'lda olib yurilishi ularda dadil harakatlanish, ishonch va mehr hislarining shakllanishiga asos bo'lishi bilan birga, ularda mehrli munosabatlarning shakllanishiga ta'sir ko'rsatib, go'dakning jadal hissiy rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Go'dakni mustahkam va ko'p vaqt qo'lda olib yurish shaxs shakllanishiga xizmat qiladigan asosiy omillardan biridir. Bolalar o'zlarini yetarlicha xavfsiz olib yurilganliklarini eslay olishmaydi, lekin ularga yetarlicha xavfsiz munosabat bo'lmasa, bunday harakatlar ularning xotirasida muhrlanadi va kelajakda buning oqibatlari go'dakka o'z ta'sirini o'tkazadi.
МЕТОДОЛОГИЯ
Biz bolalik davridagi muloqotni rivojlantirishning eng muhim yo'nalishlarini ta'kidlashga harakat qilamiz. V.N. Belkina bolalik davridagi muloqotni rivojlantirishning quyidagi asosiy yo'nalishlarini belgilaydi:
1) aloqa yo'nalishini bosqichma-bosqich o'zgartirish. Birinchi bir yarim oyda bolada kattalar bilan muloqot qilish zarurati paydo bo'ladi, lekin muloqotning tashabbuskori kattalardir, chunki u muloqot holatini yaratadi. Erta yoshda bolaning o'zi kattalar bilan aloqada tashabbus ko'rsatishni boshlaydi, uning qiziqishlari doirasi kengayadi. Keyin, o'rtada, kattaroq maktabgacha yoshda, bola o'zi uchun atrofdagi dunyoning yangi qiziqarli ob'ektini kashf etadi - uning tengdoshi, "bolalar jamiyati" rivojlanadi, bu bolalarning bir-biri bilan maxsus muloqotini nazarda tutadi. Binobarin, bolaning muloqotining yo'nalishi ikki tomon bilan tavsiflanadi: bola - kattalar va bola - bola.
2) Muloqotga bo'lgan ehtiyojning mazmuni o'zgarib bormoqda, yanada murakkablashmoqda. M.I. Lisina, ushbu ehtiyojning rivojlanishining quyidagi bosqichlarini ajratib ko'rsatish kerak: kattalarning e'tibori va xayrixohligida (0 oydan 6 oygacha; hamkorlikda (erta yoshda); bolaning ehtiyojlariga ishonchli
37 Shavkat Mirziyoyev: Facebook ijtimoiy tarmog'idagi rasmiy sahifasida davlat rahbari tavalludining 61 yilligiga bag'ishlangan «Janob Prezident» nomli hujjatli film 25 iyul 2018.
munosabatda (yosh va o'rta) maktabgacha yosh); o'zaro tushunish va empatiyada (katta maktabgacha yosh).
3) Muloqot motivlari: kognitiv, biznes va shaxsiy. Kognitiv bo'lganlar bolaning atrofidagi dunyoga qiziqishi bilan bog'liq bo'lib, bu bolalarning savollarida aks etadi. Ishbilarmonlik motivlari har qanday faoliyatni amalga oshirishda bolaning kattalar yoki tengdoshlari bilan hamkorlik qilish holatiga hamroh bo'ladi. Shaxsiy o'sib borayotgan shaxsning kattalar va tengdoshlarining ichki dunyosiga qiziqishini, bolaning boshqa shaxsga ijtimoiy guruh vakili sifatida munosabatini tavsiflaydi.
4) Bola asta-sekin muloqot qilish usullarini o'zlashtiradi. To'g'ridan-to'g'ri muloqot jarayonida yuz ifodalari va pantomima qo'llaniladi, keyin hayotning uchinchi yilidan boshlab bola nutqni muloqot vositasi sifatida ishlata boshlaydi. Dastlab u nutq orqali asosan kattalar bilan muloqot qiladi va faqat maktabgacha yoshdagi ikkinchi yarmida nutq tengdoshlari bilan asosiy muloqot vositasiga aylanadi. Bolaning turli xil aloqa vositalarini egallashida etakchi rol kattalarga tegishli.
5) Hayotning birinchi yillaridanoq bola nafaqat boshqa odamlar bilan bevosita muloqotga, balki bilvosita muloqotga ham kiradi: kitoblar, televizor, radio.
Shunday qilib, muloqot bolaning aqliy rivojlanishida muhim rol o'ynaydi. Muloqot jarayonida u atrofdagi dunyoning ob'ektlari, hodisalari haqida ma'lumot oladi, ularning xususiyatlari va funktsiyalari bilan tanishadi. Muloqotda bolaning bilimga qiziqishi o'zlashtiriladi. Boshqa odamlar bilan muloqot qilish unga ijtimoiy muhit, jamiyatdagi xulq-atvor normalari, o'zining kuchli va zaif tomonlari, atrofdagi dunyoga boshqalarning qarashlari haqida ko'p narsalarni o'rganishga imkon beradi. Kattalar va tengdoshlar bilan muloqot qilish, bola o'z xatti-harakatlarini tartibga solish, faoliyatda o'zgarishlar qilish, boshqa odamlarning xatti-harakatlarini tuzatishni o'rganadi. Muloqot rivojlanadi, maktabgacha yoshdagi bolaning hissiy sohasini shakllantiradi. O'ziga xos insoniy his-tuyg'ularning butun doirasi bolaning boshqa odamlar bilan muloqot qilish sharoitida paydo bo'ladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Sharq va g'arbiy Yevropaning ko'pgina mamlakatlarida faoliyat olib borayotgan mutaxassislar bola rivojlanishi jarayonidagi dastlabki muloqot bir kishi bilan - odatda onasi bilan bo'ladigan muloqotni go'dakning to'laqonli rivojlanishi uchun ideal deb hisoblashadi.
Shu bilan birga, bu munosabatlar qanchalik muloqotga boy bo'lsa, bola shunchalik sog'lom va o'ziga ishonch bilan voyaga yetadi. Bola bir yoshga to'lgunga qadar bo'lgan davr noverbal (so'zsiz) muloqot davri bo'lib, undagi barcha o'zgarishlar yaqinlari, ayniqsa, onasi bilan emotsional, bevosita munosabatlarning natijasi sifatida bora-bora muomalaga til hamda tovushlar bilan bog'liq belgilar kirib kela boshlaydi. Agar ota va ona tomonidan ko'rsatilayotgan g'amxo'rlik doimiy va samimiy bo'lsa, ya'ni haqiqiy,
g'amxo'r ona bolasining ayni paytdagi barcha ehtiyojlarini qalban his qilib, o'sha zahoti qondirishga harakat qiladi, masalan, chanqasa suv, och qolsa ko'krak suti berish kabi ishlarni o'z vaqtida bajarib boradi.
Bu jarayonda tan - vujud bilan ona-bolaning yaxlitligi o'ziga xos hissiyot bo'lib, u ko'pincha fanda "xolding" (inglizcha "tutish", "ushlash", "tuyush" so'zidan olingan) tajribasidan kelib chiqadi, ya'ni ona o'z farzandini qo'lidan ushlab, tanasi tanasiga tekkanda his qiladigan kechinmalari orqali boladagi o'zgarishlarni tuyadi, his qiladi. Go'dak bola ham onasini shu qadar yaqin hissiy-emotsional tarzda his qiladiki, shu sababli u hattoki ma'lum masofadayoq onaning kelayotganligini, yaqinlashgani va "hozir qo'liga olishini" bilar ekan. Aynan shu holatni psixologlar go'dakdagi yetakchi faoliyat deb atab, unga juda katta ahamiyat beradilar.
Mutaxassislarning fikricha, "mehrli munosabatlar"i kam bo'lgan onalarning shaxsiy muammolari ko'p bo'lib, ular bolani qo'lida ushlaganda ham deyarli hech nimani his etmaydilar. Ana shunday chaqaloqlarda keyinchalik beixtiyor tarzda ro'y beradigan psixik funksiyalar rivojida muayyan muammolarni vujudga keltirishi mumkin, masalan, ixtiyoriy ravishda diqqatni bir narsaga to'plash, ixtiyoriy ravishda u yoki bu narsani eslab qolish, gapirish, mantiqiy fikrlash kabilar.
Gapirish, nutq faoliyati bilan bog'liq psixik funksiyalar ko'pincha sinxronizatsiya jarayonida shakllanadi. Bolasini suyib, uning his-kechinmalarini bilish qobiliyatiga ega bo'lgan ona odatda bolasining psixik rivojlanishida barcha qiliqlarini, ulardan qanday foydalanish malakalarini orttirib boradi.
Bolaning kognitiv rivojlanishi, ya'ni fikrlar tarbiyasi, dunyoqarashlarning shakllanishiga ham onaning xulq-atvori katta ta'sir qiladi. Yevropalik mutaxassislarning kuzatishlarida onaning har bir harakati, mimikalari, suyishlari, bolaning tepasida turib, unga qiladigan muomalasi, erkalashlari bora-bora bola o'zlashtiradigan alohida iboralar, so'zlarda namoèn bo'ladi. Shaxsiy kuzatishlarimiz asosida shu narsa ma'lum bo'ldiki, onaning qiliqlari tobora bolaning nutqli-nutqsiz, mantiqiy-mantiqsiz harakatlariga, ishoralariga aylanib boradi, keyinchalik bola alohida so'zlarni talaffuz qila boshlaganda ham beixtiyoronaning mimikalari, talaffuz uslublarini qaytaradi. Shu tariqa onaning bevosita ishtiroki va èrdamida bola dunèni taniydi, o'rganadi, o'zi haqidagi tasavvurlari ko'lami ham borgan sari ortib boradi.
Aynan yuqorida ta'kidlagan "mehrli muno sabat" tushunchasini tushunish uchun tipik o'zbek oilalaridagi shaxslararo munosabatlarni ko'z oldimizga keltiraylik. Buvilarimiz nabiralarini kuzatar ekan, ko'pincha bola yig'lamasdan turib uning chanqaganligi yoki och qolganligini oldindan his qilib aytishlarini kuzatishimiz mumkin. Buni ham o'ziga xos sog'lom oilaviy muhitda shakllangan ko'nikma, sog'lom muloqot va mehrli munosabatning bir ko'rinishi deyish mumkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ko'plab tadqiqotlar tahlili bolaning ijtimoiy rivojlanishini onasi bilan
bo'ladigan kommunikatsiya bilan bog' laydilar. O'tkazilgan tadqiqotlar vaqtida tez tili chiqan bolalarning onalari o'ta ziyrak ekanliklari va bolasining savollariga xushyorlik bilan javob qaytarishlari aniqlangan.
Shuningdek, boshqa tadqiqotchilar ham bunday bolalarning onalari farzandining ehtiyojlarini ziyraklik bilan aniqlay olishini hamda unga qachon, nima kerakligini uning yuz harakatlari va ovozidan bilib olishlarini ta'kidlashgan.
Tadqiqotlar yana shuni ko'rsatadiki, endi yurishni boshlayotgan bolalar, ya'ni jismoniy zo'riqishni boshdan kechirayotgan bolalarga mehribonlik ko'rsatilmasa, ularda o'z "Men"ini anglashi va nutqining shakllanishida muammolar yuzaga kelishi mumkin. Agar bolalar hayotining birinchi yilida kimgadir juda mehr bilan bog'lanib qolsa, ikki yoshligida unga qilingan noto'g'ri munosabatlarning noxush ta'siri ham kamroq bo'ladi.
Oilaviy shaxslararo munosabatlarda ona roli va timsolining ahamiyati yana shundan iboratki, bola bir yoshga to'lgunga qadar ota va ona shaxsini bir ob'yekt ona sifatida ko'radi. XULOSA
Tahlillarimizdan kelib chiqqan amaliy va nazariy xulosalarimizga asoslangan holda quyidagi tavsiyalarni berishimiz mumkin.
1. Ota - ona sifatida bolalarni eshitgan holda o'zingiz ham gapiring;
2. Bolaga ko'proq badiy kitob o'qib berish, ularni so'z boyliklarini oshiradi;
3. Muloqot jarayonida bolalarni tanqid qilmang va ularni o'z tengdoshlari bilan taqqoslamang aks holda bola odamovi bo'lish ehtimoli yuqorilashadi.
Adabiyotlar ro'yhati:
1. Белкишй В.Н. Психoлoгия раннего и дoшкoльнoгo Bo3pacra. Учебше шшбие. Гриф УМО no педагогичесгаму oбразoванию. - PoeroB-Ha^oHy: «Феникс», 2015. (17 п.л.)
2. Бoлoтoва А.К., MaKapoBa И.В. Прикладная психoлoгия: учебник для By3oB. -M., Аспект Пресс, 2002. - 383с.
3. Виннитгт Д.В. Рaзгoвop с poдителями. - М.: Класс, 1995. с. 92
4. Дружинина В.. "Психoлoгия ". Учебник. "Питер", 2003.
5. М. И. Лисина // Bo^orä психдгогии. - 1957. - № 3. - С. 165-176.