Научная статья на тему 'MTTDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH ASOSLARI'

MTTDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH ASOSLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha ta'lim / pedagog / tarbiyachi / xodim / bilim / ko'nikma / rivojlantirish / shakllantirish / o'qitish / sifat / xususiyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Kiyamova Munisa Ganievna, Rustamova Zamira Xurramovna

Maqolada MTTlarida inson resurslarini boshqarish, pedagoglarni kasbiy rivojlantirish, jamoa a'zolarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, ta'lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish masalalari haqida ma'lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MTTDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH ASOSLARI»

MTTDA INSON RESURSLARINI BOSHQARISH ASOSLARI

1Kiyamova Munisa G'anievna, 2Rustamova Zamira Xurramovna

1Shahrisabz shahar 27-son DMTT direktori 2Shahrisabz tumani 4-son DMTT direktori https://doi. org/10.5281/zenodo.11261246 Annotatsiya. Maqolada MTTlarida inson resurslarini boshqarish, pedagoglarni kasbiy rivojlantirish, jamoa a'zolarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish, ta'lim muassasasi faoliyatini takomillashtirish masalalari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha ta'lim, pedagog, tarbiyachi, xodim, bilim, ko'nikma, rivojlantirish, shakllantirish, o'qitish, sifat, xususiyat.

Аннотация. В статье представлена информация по вопросам управления персоналом ДОО, прфессионального развития педагогов, координации деятельности членов коллектива, совершенствования деятельности образовательного учреждения.

Ключевые слова: дошкольное образование, педагог, воспитатель, работник, знания, умение, развитие, формирование, подготовка, качество, характеристика.

Abstract. The article provides information on the issues of personnel management in preschool edicational organization, professional development of teachers, coordination of the activities of team members, and improvement of the activities of an educational institution.

Keywords: preschool education, teacher, educator, worker, knowledge, skill, development, formation, preparation, quality, characteristics.

МТТларида personalni boshqarish ta'lim muassasalarida o'ziga xos jarayon bo'lib, boshqarishning ma'lum bir funktsional vazifalarini bajarishga yo'naltirilgan bo'ladi, ya'ni personal faoliyatiga baho berish, attestatsiyadan o'tkazish, rag'batlantirish va yuqori lavozimlarga tavsiya qilish kabi murakkab va ziddiyatli vaziyatlar bilan ham bog'liq bo'ladi. Yuqorida sanab o'tilgan vazifalarni yaxlit bir tizim sifatida olib qarasak, personalni boshqarish tizimi o'ziga xos murakkab bo'lib, u quyidagi vazifalarni o'z ichiga oladi:

•ta'lim muassasasi oldiga qo'yilgan maqsadlarga erishishda xodimlarning faolliklarini ta'minlash;

• barcha yo'nalishlar bo'yicha mutaxassislar bilan ta'minlash:

•pedagogik xodimlarning qobiliyatlari va imkoniyatlaridan samarali foydalanish; •jamoa ahzolari manfaatlarining uyg'unlashuvi va ularning o'z mehnatlari natijalaridan qoniqish hosil qilishlariga erishish;

• ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining faoliyatlarini muvofiqlashtirish; •ta'lim muassasasining innovatsion faoliyatini amalga oshirishda pedagogik xodimlar va

bolalarning ijodiy faoliyatini tashkil etishga zaruriy shart-sharoitlarni yaratish;

•ta'lim muassasasining faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirishda turli ta'lim muassasalari va boshqa tashkilotlar bilan xodimlarning ilmiy-amaliy hamkorlik ishlariga yordam ko'rsatish;

•pedagogik xodimlarning ilmiy-tadqiqot ishlariga shart-sharoitlar yaratib berish hamda mazkur yo'nalishdagi faoliyatlarini qo'llab-quvvatlash;

•ilg'or pedagogik tajribaga ega bo'lgan mutaxassislarning faoliyatini ommalashtirish va fan-texnika yutuqlarini o'z faoliyatiga tadbiq etishga ko'maklashish;

•mutaxassislarning o'z ustida mustaqil ishlashi, bilim, ko'nikma va malakalarini orttirib borishi, o'zaro tajribalar almashinishi hamda o'z vaqtida malaka oshirishlari uchun imkoniyatlar yaratish va h.k.

Personalni boshqarish yo'nalishidagi yuqorida sanab o'tilgan vazifalarga e'tibor qaratadigan bo'lsak, bular mazkur yo'nalishdagi barcha vazifalarni qamrab olmagan bo'lsa-da, o'ziga xos murakkab jarayon ekanligidan dalolat berish bilan bir qatorda, ularning xar biri ta'lim-tarbiya jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, ta'lim muassasasi maqsadlariga erishish, zamonaviy talablar asosida pedagogik faoliyatnn tashkil etish xamda salohiyatli shaxslarni tayyorlash yo'nalishida har bir pedagogning bilimi, ko'nikma va malakasi, faoliyatlari qanday bo'lishi kerakligiga nisbatan baho beradi, ya'ni talablar belgilaydi.

Personalni boshqarishning mazmun-mohiyati bu rahbarlar tomonidan pedagogik xodimlar va bolalar faoliyatini, umuman olganda jamoa ahzolarinish faoliyatini takomillashtirish va rivojlantirish bilan bog'liq bo'lib, ta'lim muassasasini boshqarishda xodimlar bilan ishlash va ularning faoliyatini boshqarishni doimiy rivojlantirib borish demakdir.

MTT rahbari tomonidan amalga oshiriladigan kadrlar siyosati personalni to'g'ri tanlash bilan chambarchas bog'liq. Kadrlar siyosati asosini personalni tanlash, uni baholash, taqsimlash, adaptatsiya, malaka oshirish tashkil etadi. MTT jamoasi - muassasaning rivojlanishini ta'minlovchi asosiy resurslardan biridir. MTT strategik va taktik rivojlanish maqsadlariga erishishda moliyaviy va moddiy resurslar bilan birga, personal ham asosiy bo'g'in hisoblanadi. Ta'lim muassasalarida personalni boshqarish o'ziga xos xususiyatga ega bo'lib, uzluksiz ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda, boshqaruvchi-rahbar ham, mutaxassislar ham, ijrochilar va ishlab chiqarish mahsuloti ham inson hamda inson resurslari hisoblanadi.

Ta'lim muassasalarida personalni boshqarish o'z xususiyatiga ko'ra ta'lim-tarbiya jarayonini, tarbiyaviy munosabatlarni va ularning ishtirokchilarini boshqarish sifatida namoyon bo'ladi, u pedagogik xodimlarning samarali mehnat qilishi, bolalarning ta'lim mashg'ulotlari bilan shug'ullanishlari uchun yetarli shart va sharoitlar yaratish, mazkur jarayonda yuqori natijalarga erishish, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga qaratilgan bo'ladi.

Ta'lim muassasasining muvafaqqiyati nafaqat birgina rahbar faoliyatiga, balki ta'lim faoliyati, xodimlarning faolligi, o'z mehnatlaridan qoniqish hosil qilishlari, hamda butun bir ta'lim muassasasi faoliyatining muvofiqlashtirilganligiga bog'liq bo'ladi. Bunda ta'lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari, uning tashkilotchilari va boshqa xodimlarning salohiyatini, ya'ni MTTning ilmiy-pedagogik salohiyatini rivojlantirish va undan samarali foydalanish, ularning ijodiy faoliyatlarini tashkil etishga yetarli shart va sharoitlarni yaratib berish yo'lida barcha zaruriy chora-tadbirlarni belgilash va amalga oshirish zarur bo'ladi.

MTTda umumiy ta'lim-tarbiya jarayoni ikkita kichik tizimlar doirasida, ya'ni mashg'ulot va mashg'ulotdan tashqari (ta'lim- tarbiyaviy) faoliyat jarayonlarida amalga oshiriladi. Bu jarayonlarni hamda o'zaro bog'liq bo'lgan tashkil etuvchi qismlariing ichki tabiatida mavjud bo'lgan jarayonlarni o'z ichiga olgan hamkorlikdagi faoliyatlar, shuningdek, ichki sharoit va imkoniyatlar pedagogi tizimni tashkil etadi, bunda tizimning subhekti hisoblangan pedagoglar, o'quvchilar, ota-onalar va boshqaruvchilarning faoliyati muhim ahamiyat kasb etadi. Bunda personalni boshqarish MTTning maqsadi, belgilangan vazifalarni bajarishga qaratilgai yo'nalishi, falsafasi, ta'lim tashkiloti tomonidan tanlangan model, strategiya va taktikasi amalga oshiriladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim-tarbiya to'g'risida"gi Qonuni 2019 y.

2. "2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi prezidentining PF-60 sonli Farmoni 2022y.

3. 2017 yil maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3261-sonli qarori.

4. Djurayev R.H., Turg'unov S.T. "Ta'lim menejmenti" Qo'llanma. -T.: "Voris nashriyot", 2006y.

5. Qodirova F., Toshpo'latova SH., A'zamova M. "Maktabgacha pedagogika" O'quv qo'llanma. -T.: 2013y.

6. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021/

7. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish funksiyalari. "Maktabgacha ta'lim sifatini oshirish muammolari va yechimlari" mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi.

8. Zaynutdinova M.B, Mavlonov N.Sh. Nutiqni tanishda ovozli interfeys texnologiyalaridan foydalaniladigan dasturiy maxsulotlar taxlili va istiqbollari, TATU Qarshi filiali Respublika ilmiy-amaliy koferensiya 20-21-aprel 2018-yil

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.