Научная статья на тему 'MOSH NAV NAMUNALARINING MORFO-XOʻJALIK BELGILARI KOʻRSATKICHLARI TAHLILI'

MOSH NAV NAMUNALARINING MORFO-XOʻJALIK BELGILARI KOʻRSATKICHLARI TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Промышленные биотехнологии»

CC BY
6
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mosh / morfo-xoʻjalik belgilar / populyatsion tebranish / biometrik koʻrsatkichlar / mosh / Morpho-farm signs / population fluctuations / biometric indicators

Аннотация научной статьи по промышленным биотехнологиям, автор научной работы — D.R.Pirnazarov, Z.M.Ziyayev, D.V.Soliyeva, A.E.Xakimov, A.B.Elmurodov

Ushbu maqolada elita kolleksiya koʻchatzoridan tanlab olingan moshning yangi nav-namunalarining morfo-xoʻjalik belgilari oʻrganildi. Bunda oʻsimlik bosh poya balandligi, bitta oʻsimlikdagi shoxlar soni, oʻsimlikdagi dukkaklar soni hamda dukkak uzunligi kabi koʻrsatkichlari baholandi. Tadqiqot natijasida yuqori koʻrsatkichga ega boʻlgan, yangi introduksiya qilingan mosh namunalari kelgusi tajribalar uchun tanlab olindi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYSIS OF INDICATORS OF MORPHO-FARM SIGNS OF MOSH VARIETY-SAMPLES

In this article, morphological and pharmaceutical signs of new varieties-samples of midges selected from an elite collection nursery were studied. At the same time, such indicators as the height of the head stem of the plant, the number of branches per plant, the number of pods per plant, as well as the length of the pod were evaluated. In the course of the study, newly introduced mosh samples with high performance were selected for future experiments.

Текст научной работы на тему «MOSH NAV NAMUNALARINING MORFO-XOʻJALIK BELGILARI KOʻRSATKICHLARI TAHLILI»

*TABIIY FANLAR* *ЕСТЕСТВЕННЫЕ НАУКИ* * NATURAL SCIENCES*

UDK 633.19

MOSH NAV - NAMUNALARINING MORFO-XO'JALIK BELGILARI KO'RSATKICHLARI TAHLILI D.R.Pirnazarov, Z.M.Ziyayev, D.V.Soliyeva, A.E.Xakimov, A.B.Elmurodov, A.A.Narimanov*

Kalit so'zlar: mosh, morfo-xojalik belgilar, populyatsion tebranish, biometrik ko'rsatkichlar.

Mosh [Vigna radiata (L.Wilczek] Janubiy Osiyoda muhim ekinlardan biri hisoblanadi [1]. O'zbekistonda mosh qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishida katta ahamiyatga ega bo'lib ozuqaviy tarkibi, ta'mi hamda aholi tomonidan sevib iste'mol qilinishi bo'yicha muhim o'rinni egallaydi. Respublikamizning tuproq-iqlim sharoitida mosh issiqqa va qurg'oqchilikka chidamli ekin sifatida kuzgi bug'doy hosilini yig'ib olgandan keyin takroriy ekin sifatida yetishtiriladi. Mosh atmosferada biologik azotning tuproqda to'planishiga hissa qo'shadi va tuproq unumdorligini oshiradi, paxta, don va boshqa ekinlar uchun yaxshi o'tmishdosh hisoblanadi.

Bugungi kunda moshning eksport hajmi yildan-yilga ortib bormoqda. Bu esa mosh ekiniga bo'lgan e'tiborni yanada kuchaytirib, yangi serhosil navlarni yaratishni, birlamchi urug'chiligini tashkil etishni va fermer xo'jaliklarini sifatli urug' bilan ta'minlashni taqazo etadi.

Ma'lumki takroriy ekinlar orasida dukkakli don ekinlari, ayniqsa mosh katta axamiyatga ega xisoblanadi. Dukkakli don ekinlarini takroriy ekin sifatida ekish bilan bir qancha masalalar o'zining ijobiy yechimini topadi. Birinchidan, donli ekinlarni yetishtirishni ko'paytirish. Ikkinchidan, o'simlik oqsili muammosini hal etish va uchinchidan tuproq unumdorligini oshirishdir.

Mosh - o'tsimon va shoxli o'simlik bo'lib, suvli poyasi ichi bo'sh. Mosh o'simligining barglari yashil va uch bargli, gullari sarg'ish va dukkaklari jigarrang, har bir novda 10-12 urug'dan iborat. Urug'i yashil va yumaloq shaklga ega. Mosh o'simliklari kamroq miqdorda o'g'it talab qiladi, chunki ularning o'simliklari ildizlarida nodullar mavjud. U kuchli ildiz tizimiga ega va atmosfera azotini o'g'it sifatida ishlatilishi mumkin bo'lgan ammiakga biriktirish qobiliyatiga ega [3].

Mosh hosilini texnika yordamida yig'ishtirib olishda moshning bo'yi va birinchi dukkaklarining yerdan balandligi muhim ahamiyatga ega. Agar moshning bo'yi past bo'lsa, birinchi dukkaklarining yerdan balandligi ham past bo'lib, hosilni yigishtirib olishda donning nobud bo'lish muammosi yuzaga keladi. Bunday muammo ko'proq mosh maqbul muddatlarda va me'yorlarda ekilmaganda kuzatiladi. Moshning dukkaklari pishib yetilgan vaqtda tanasi, barglari va boshqa qismlari yashil holatda bo'lib, don hosilini to'g'ridan-to'g'ri kombayin bilan yig'ishtirib olish imkonini bermaydi [4]

R.O.Oripov [2] ning ta'kidlashicha, tuproq unumdorligini oshirishda asosiy fenogen tuproqda yil davomida bo'ladigan mikrobiologik jarayonlar hisoblanadi. Shuning uchun xam tuproqda bo'ladigan mikrobiologik jarayonlarni yil bo'yi davom etishi uchun ekinlarni almashlab ekish

* Djurabek Rejebovich Pirnazarov, Zafarjon Mashrapovich Ziyayev, Dilafruz Valijonovna Soliyeva - katta ilmiy xodimlar, Abdumurod Esirgap o'g'li Xakimov, Abbos Berdimurod o'g'li Elmurodov - kichik ilmiy xodimlar, Abdujalil Abdusamatovich Narimanov - yetakchi ilmiy xodim, O'zR FA Genetika va o'simliklar eksperimental biologiyasi instituti.

68

tizimlarida ularning turlarini, sonini ko'paytirish, bioxilma xillikdan foydalanish kerak. Ya'ni almashlab ekish tizimlarida kuzgi bug'doy ang'iziga takroriy ekin sifatida don-dukkakli ekin moshni kiritishni keng maydonlarda joriy kilish kerak.

Tadqiqot obekti Butunjahon Sabzavotchilik markazi (Tayvan) dan keltirilgan liniyalar tadqiqotlarda o'rganildi. Mosh nav-namularining morfo-xajalik hamda biometrik ko'rsatkichlari tahlil qilinib baholash ishlari olib borildi. O'zR FA Genetika va o'simliklar eksprimental biologiyasi institutining "Do'rmon" tajriba stansiyasining tipik tusli bo'z tuproqlari, moshning mahalliy va xorijiy mosh namunalari.

Tadqiqot uslublari. Tajriba davomida biometrik tahlillar qishloq xo'jalik ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasining uslubi, statistik tahlillari esa B.A. Dospexov uslubi asosida amalga oshirildi.

Tadqiqot natijalari. Olib borilgan tadqiqotimizda moshning xorijdan keltirilgan 24 ta namunalari hamda standart sifatida mahalliy Durdona navi tanlab olinib, ularning poya balandligi, 1 ta o'simlikdagi hosil shoxlari va dukkaklar soni, shuningdek, dukkaklar uzunligi kabi ko'rsatkichlari taqqoslab baholandi.

O'simlik poya balandligi Tizma 18 (88.2±1.68 sm, populyatsion tebranish darajasi о 11.14) va Barqaror (73.2±0.94 sm, populyatsion tebranish darajasi о 6.26), Baraka (74.6±1.36 sm, populyatsion tebranish darajasi о 8.99), Tizma 1 (70.8±1.88 sm, populyatsion tebranish darajasi о 12.46), Tizma 19 (72.4±0.77 populyatsion tebranish darajasi о 5.13), Bu ko'rsatkich andoza nav (70.0±1.19 sm, populyatsion

tebranish darajasi g 7.91) ga nisbatan yuqoriligi aniqlandi. Andoza navdan past ko'rsatkich Tizma 6 (69.2±0.84 populyatsion tebranish darajasi о 5.59), namunasida qayd etildi. (1-rasm).

O'simlik hosil shoxlarining soni yuqoriligi jihatidan Tizma 6 (14.0±0.37), va andoza (10.8±0.27) nav hamda boshqa namunalardan ajralib turdi. Tizma 19 (8.0±0.15), Barqaror (9.0±0.11), Tizma 18

(9.2±0.22), Tizma 1 (9.4±0.68) namunalarida hosil shoxlarining kamligi aniqlandi. (2-rasm).

1 ta o'simlikdagi dukkak soni yuqoriligi bilan Tizma 1 (82.4±3.06) va Tizma 6 (87.6±4.50) namunalarida qayd etildi. Bu ko'rsatkich andoza nav (76.80±2.20) dan sezilarli darajada yuqori ekanligi kuzatildi. Tajribada o'rganilayotgan namunalardan Barqaror navida (52.4±2.72) va Tizma 19 (50.2±0.84), Tizma 18 (34.80±1.83) da dukkak soni kam bo'ldi. (3-rasm).

Tadqiqot davomida o'simlik dukkaklarining uzunligi ham o'rganilib, Barqaror (12.91±0.10), Tizma 18 (10.91±0.13), Tizma 19 (10.8±0.11) va Tizma 1 (10.0.16) namunalarida andoza nav, shuningdek boshqa namunalardan ham uzun bo'lishi kuzatildi. Nav namunalar orasidan past ko'rsatkichlarni Baraka navida (9.95±0.06) va Tizma 6 (9.86±0.08) namunalarda qayd etildi. (4-rasm).

O'simliklarning biometrik

ko'rsatkichlari yuqori bo'lishi ularning hosildorlik imkoniyatlari balandligini ifodalaydi.

Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib Tizma 1, Tizma 6 va Tizma 18 namunalari hosil shoxlari hamda dukkak sonining ko'pligi, Tizma 19 namunalarida dukkagining uzunligi bo'yicha andoza navga nisbatan ijobiy ko'rsatkichlarni qayd etdi. Bugungi kunda institutda laboratoriya olimlari tomonidan ushbu namunalar ustida yanada chuqur tahlillar olib borilib va yangi hosildor navlarni yaratishda ilmiy izlanishlar davom ettirilmoqda.

Аdabiyotlar:

1. Kumar Dinesh, Dogra Baldev, Dogra Ritu, Bains T.S., Manes G.S. Optimization of operational parameters for mechanized harvesting of mungbean [vignaradiata (l.) Wilczek] with combine harvester. Punjab Agricultural University, Ludhiana-141 004, Punjab, India. Online published on 7 May, 2019.

2. Bari 1997. Report of Lentil, Blackgram and Mungbean Development Pilot Project. Bangladesh Agriculture Research Institute, Joydebpur, Gazipur, Bangladesh, pp: 24-25

3. Idrisov X. Moshning "Navruz" navi biometrik ko'rsatkichlariga ekish muddati va me'yoriarining ta'siri. "Agro ilm" -O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali ilmiy ilovasi. - Toshkent, 2019, №4. B. 30-31.

4. Padmaja V, Malla Reddy, Malathi S., Vishnu D., Vardhan Reddy, Evaluation of defoliants on Mungbean Vigna radiata L. as harvesting tools. Regional Agricultural Research Station, Warangal- 506 007 Resarch Notes J-Res. ANGRAU 41 (2) 115-117, 2013

MOSH NAV - NAMUNALARINING MORFO-XO'JALIK BELGILARIKO'RSATKICHLARI TAHLILI

Ushbu maqolada elita kolleksiya ko'chatzoridan tanlab olingan moshning yangi nav-namunalarining morfo-xo'jalik belgilari o'rganildi. Bunda o'simlik bosh poya balandligi, bitta o'simlikdagi shoxlar soni, o'simlikdagi dukkaklar soni hamda dukkak uzunligi kabi ko'rsatkichlari baholandi. Tadqiqot natijasida yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan, yangi introduksiya qilingan mosh namunalari kelgusi tajribalar uchun tanlab olindi.

АНАЛИЗ ПОКАЗА ТЕЛЕЙ МОРФОФАРМАКОЛОГИЧЕСКИХ ПРИЗНАКОВ ОБРАЗЦОВ СОРТА МАШ

В данной статье были изучены морфологические признаки новых сортов-образцов маша, отобранных из элитного коллекционного питомника. При этом оценивались такие показатели, как высота головного стебля растения, количество ветвей на одном растении, количество стручков на растении, а также длина стручка. В ходе исследования были отобраны недавно интродуцированные образцы маша с высокой производительностью для будущих экспериментов.

70

ANALYSIS OF INDICATORS OF MORPHO-FARM SIGNS OF MOSH VARIETY-SAMPLES

In this article, morphological and pharmaceutical signs of new varieties-samples of midges selectedfrom an elite collection nursery were studied. At the same time, such indicators as the height of the head stem of the plant, the number of branches per plant, the number of pods per plant, as well as the length of the pod were evaluated. In the course of the study, newly introduced mosh samples with high performance were selected for future experiments.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.