CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES
lltí
HP
'mwfflßcr.v
¡IAN IQUKNAI. OF CIPCTflHRY RESEARCH AGEMENT STUDIES
l^^fi&Mfl
VOLUME 1. ISSUE H202t):Ct|MRM*
www.in-academy.uz
MOLIYAVIY HISOBNING XALQARO STANDARTLARIGA O'TISH SHAROITIDA OLINADIGAN SCHETLAR BOYICHA HISOBLASHISHLARNITAKOMILLASHTIRISH
Davlatov Xamidjon Yusupbayevich O'zbekiston Respublikasi bank-moliya akademiyasi magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13935465
ARTICLE INFO
ABSTRACT
Received: 7th October 2024 Accepted: 9th October 2024 Published:15th October 2024
KEYWORDS
olinadigan schyotlar, mol yetkazib beruvchilar, pudratchilar, debitorlik
qarzlari, kreditorlik qarzlari, analitik hisob, da'volar bo^yicha olinadigan schyot,
daromadlarni tan olish.
Mazkur tadqiqot ishida olinadigan schyetlarning mazmuni, turlari, ularni hisobga olish tartibi va tamoyillari, hisoblashishlarning turiga qarab olinadigan schetlar bilan korrespondensiyalanuvchi o'tkazmalar hamda moliyaviy hisobning xalqaro standartlariga o'tish sharoitida olinadigan schetlar bo'yicha bo'yicha hisoblashishlarni takomillashtirish yo'nalishlari yoritib berilgan.
Ma'lumki, korxona va firmalar o'z faoliyati jarayonida xaridor va iste'molchilarga mahsulot sotadilar, ishlarni bajaradilar, xizmat ko'rsatadilar va investisiya qiladilar. Buning natijasida sub'ektning mablag'lari vaqtincha qarzga beriladi, ya'ni boshqa shaxslarga mahsulotlar sotiladi, xizmat ko'rsatiladi, da'vo bildiriladi va hokazo.
Bu muomalalar asosan quyidagi hollarda sodir bo'ladi:
a) xaridor va buyurtmachilarga mahsulot sotganda, ishlarni bajarganda va xizmat ko'rsatganda;
b) mol yetkazib beruvchilarga olinadigan xom ashyo va materiallar uchun bo'nak berilganda va pudratchilarning bajarilayotgan ishlariga qisman haq to'langanda;
v) xaridorlar va buyurtmachilar bilan bo'ladigan hisoblashishlar jarayonida sodir bo'ladigan xaridor va buyurtmachilarning qarzi yoki bo'ladigan qarz natijasida;
g) mol yetkazib beruvchilarga, pudratchilarga, transport va boshqa tashkilotlarga nisbatan asosli qilingan da'volar, ular tomonidan tan olingan yoki hukm qilingan jarimalar bo'yicha;
d) sub'ektning faoliyati jarayonida o'zining xodimlari bilan mehnat haqi va depozitlar bo'yicha hisoblashishdan tashqari sodir bo'ladigan kreditga sotilgan tovarlar, berilgan qarzlar, yetkazilgan moddiy zararlarni qoplash bo'yicha hisoblashishlarning vujudga kelishi natijasida;
e) turli tashkilot va korxonalar bilan tijoratga aloqasi bo'lmagan o'quv yurtlari, ilmiy muassasalar, transport tashkilotlari bilan chek bo'yicha hisoblashishlar, mehnat haqi, mukofotlar va ijro etuvchi hujjatlar bo'yicha hisoblashishning vujudga kelishi natijasida ushbu yuqorida ko'rsatilgan hisoblashishlar sodir bo'ladi. Aniqlik kiritish, to'g'ri tasnif berish va
Volume 1, Issue 14, October 2024
Page 77
tushunarli bo'lishi uchun har bir hisoblashishning turlari, olinadigan schyotlarni aniq misollar yordamida chuqur o'rganish lozim.
Olinadigan schyotlar boshqa sub'ektlarning pul mablag'lariga, tovarlarga, xizmat va boshqa aktivlariga bo'lgan da'volarini o'zining ichiga oladi. Ushbu schyotlar qarzni to'lashning kutilayotgan sanasiga yoki ularning to'lov muddatiga ko'ra joriy va uzoq muddatli bo'lishi mumkin. Muomala paytida amaliyotda olinadigan schyotlar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlanadi. Bundan tashqari "Olingan vasiqalar" nomli balansning tegishli moddasi boshqa sub'ektlarning rasmiy qarz majburiyatlari bilan tasdiqlanadi. Ushbu olinadigan schyotlar ikki guruhga bo'linadi:
- asosiy, muomalaviy faoliyat bo'yicha olinadigan schyotlar, sotilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar yuzasidan mijozlar, xaridorlar yoki iste'molchilarning qarzi;
- asosiy, muomalaviy faoliyatdan tashqari boshqa muomalalarning natijasida yuzaga kelgan olinadigan schyotlar.
Tan olish va o'lchash tamoyili debitorlik qarzlari bilan bog'liq bo'lgan xo'jalik muomalalarining asosi bo'lib hisoblanadi. Daromadlar va u bilan bog'liq bo'lgan olinadigan schyotlar faqatgina ularning olinishiga ishonch xosil qilgan vaqtdagina tegishli schyotlarda aks ettiriladi.
Mijozlarning oldindan va ko'proq to'lashi natijasida ushbu schyotlarda kredit qoldig'i hosil bo'lishi mumkin, shuning uchun ushbu voqealar yangidan guruhlashtiriladi va hisobotda majburiyatlar shaklida ko'rsatiladi. Chunki ushbu kredit qoldig'i summasi olinadigan schyotlarning summasiga qo'shilmaydi, balki sub'ektning majburiyati hisoblanadi. Moliyaviy tahlilchilarni ushbu summalardan tashqari olinadigan ushbu mablag'larni undirib olish uchun zarur bo'lgan kunlarning soni, ya'ni olinadigan schyotlarning oboroti qiziqtiradi. Chunki ushbu mablag'lar sub'ektning faoliyatidan vaqtincha chetlashtirilgan va daromad olib keltirmaydigan mablag'lar hisoblanadi. Olinadigan schyotlar, ular bilan bog'liq bo'lgan daromad tan olingandagina tan olinadi va natijada olinadigan schyotlarning sof tannarxi aniqlanadi.
Ushbu mablag'lar, ya'ni xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar (to'lovlar), olingan vasiqalar, debitorlik qarzlari va turli xil yuridik va jismoniy shaxslarga berilgan bo'naklar, shuningdek, alohida balansga ajratilgan bo'linmalardan olinadigan schyot (to'lovlar), xodimlar, ta'sis-chilar va turli debitorlarning qarzlari haqida ma'lumotlarni umumlashtirish va sub'ektning faoliyati to'g'risida to'g'ri xulosa chiqarish uchun zarurdir.
Ushbu debitorlik mablag'larni (olinadigan schyotlarni) hisobga olish tartibi quyidagi schyotlarda yoritiladi:
- 4000-"0linadigan schyot (to'lov)larni hisobga oluvchi schyotlar";
- 4100-"Bo"linmalardan olinadigan schyot(to"lov)larni hisobga oluvchi schyotlar";
- 4200-"Da'volar bo'yicha olinadigan schyot(to"lov)larni hisobga oluvchi schyotlar";
- 4300-"Mol yetkazib beruvchilarga va pudratchilarga berilgan bo'naklarni hisobga oluvchi schyotlar";
- 4400-"Xodimlarga berilgan bo'naklarni hisobga oluvchi schyotlar";
- 4500-"Soliqlar va majburiy to'lovlar bo'yicha bo'nak to'lovlarini hisobga oluvchi schyotlar";
- 4600-"Boshqa muomalalar bo'yicha xodimlarning qarzini hisobga oluvchi schyotlar";
- 4700-"Ta'sischilarning ustav kapital (fond)iga badallari bo'yicha qarzini hisobga oluvchi schyotlar";
- 4800-"Turli xil debitorlarning qarzlarini hisobga oluvchi schyotlar";
- 4900-"Shubhali qarzlar bo'yicha zahiralarni hisobga oluvchi schyotlar".
Ko'pchilik hollarda yirik sub'ektlar o'zlarining mijozlariga to'lovni ma'lum belgilangan muddatda amalga oshirsalar schyot-fakturadagi umumiy summani kamaytiradigan chegirmalarni taklif qiladilar. Chunki ushbu pul chegirmasi savdo hajmini ko'paytirish, mijozlarni ko'paytirish va to'lovni tezroq amalga oshirishga undaydi. Bundan tashqari pul mablag'larini tezroq jalb qilishga va shubhali qarzlarning miqdorini kamaytirishga yordam beradi.
Xaridor va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar va ular bilan hisoblashishlarning tartibi "Tayyor mahsulotlar, ularning sotilishi" bobida keng va batafsil yoritilgin. xaridor (buyurtmachi)larga taqdim etilgan har bir to'lov bo'yicha yuritiladi.
4010-"Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyoti hisoblashishning turlariga qarab taqdim qilgan to'lov hujjatlariga asosan 9010-"Mahsulot (ish va xizmat) realizasiyasidan olingan daromadlar", 9210-"Asosiy vositalarning realizasiyasi va boshqa chiqarilishi", 9220-"Boshqa aktivlarning realizasiyasi va boshqa chiqarilishi" schyotlari bilan bog'lanadi (1-jadval).
1-jadval
Olinadigan schyotlar (4000)ning boglanishi
T/r Xo jalik muomalalarining mazmuni Schyotlarning boglanishi
Debet Kredit
1 Tovar, ish va xizmatlarni sotishdagi xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari summasi 4010 90109030
2 Asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotishdagi xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari summasi 4010 9210, 9220
3 Xaridorlar va buyurtmachilardan to'lovlar kelib tushdi 50105530 4010
4 Xaridorlar va buyurtmachilarga sotilgan mahsulotlar, tovarlar, bajarilgan ish va ko'rsatilgan xizmatlar uchun da'vo bildirildi 4860 4010
5 Xaridorlar va buyurtmachilarga sotilgan tovarlar, mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko'rsatilgan xizmatlar bo'yicha hisob-kitob hujjatlarini taqdim etishda olingan bo'naklarning hisobga olinishi 6310 4010
6 Xaridorlar va buyurtmachilarning to'lanmagan qarzlarini zararga hisobdan chiqarilishi 9430 4010
7 Xaridorlar va buyurtmachilarning qarzlari dargumon qarzlar bo'yicha rezervlar hisobiga hisobdan chiqarilishi 4910 4010
CENTRAL ASIAN JOURNAL OF MULTIDISCIPLINARY RESEARCH AND MANAGEMENT STUDIES à
8 Olingan veksellar bo'yicha qarzlarning qoplanishi 50105530 4020
9 Olingan veksellarning uzoq muddatli qismdan joriy qismga o'tkazilishi 4020 0910
Agarda 4010-"Xaridorlar va buyurtmachilar bilan hisoblashishlar" schyoti bo'yicha qarzlar to'lansa - to'lov hujjatlarining summalari, olingan bo'naklar kreditida aks ettirilib mablag'larni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog'lanadi.
Fikrimizcha, moliyaviy hisobning xalqaro standartlariga o'tish sharoitida olinadigan schetlar bo'yicha hisoblashishlarni takomillashtirish ishlari quyidagi asosiy yo'nalishlarda amalga oshirilsa maqsadga muvofiq bo'ladi:
1. Olinadigan schetlar bo'yicha hisoblashishlar tarkibini takomillashtirish:
- olinadigan summalarni analitik tahlil qilish va tarkibini optimallashtirish;
- Olinadigan schetlar bo'yicha hisoblashishlar tarkibidagi muddati o'tgan, muammoli debitorlik qarzlarini batafsil aniqlash va ularga nisbatan zarur ehtiyot fondlarni yaratish;
- Olinadigan schetlar bo'yicha hisoblashishlarning to'lash muddatlari va ularning iqtisodiy subjektlar tomonidan bajarilishini monitoring qilish.
2. Debitorlik qarzlari boshqaruvini yaxshilash:
- Debitorlik qarzlarini tahlil qilish va monitoring qilish tizimini joriy etish;
- Olinadigan schetlar bo'yicha hisoblashishlar bo'yicha to'lovlarni tezlashtirish maqsadida yangi yechimlar va usullarni joriy etish;
- Debitorlik qarzlarini undirish va qayta tiklash bo'yicha jarayonlarni optimallashtirish.
3. Olinadigan schetlar bo'yicha hisoblashishlarni baholash va qayd etishni takomillashtirish:
- Olinadigan schetlar bo'yicha hisoblashishlarni baholash, tan olish va qayd etish mezonlarini xalqaro standartlarga moslash;
- Olinadigan schetlar bo'yicha hisoblashishlarni amortizatsiyasi va qayta baholash kabi usullarini joriy etish;
- Olinadigan schetlar bo'yicha hisoblashishlar bo'yicha ehtiyot fondlarini shakllantirish va ularni hisobga olish tizimini takomillashtirish.
4. Moliyaviy hisobot tarkibini yaxshilash:
- Olinadigan schetlar bo'yicha hisoblashishlar bo'yicha ma'lumotlarni moliyaviy hisobot shakllarida taqdim etish usullarini takomillashtirish;
- Olinadigan schetlar bo'yicha hisoblashishlar to'g'risidagi ma'lumotlarning shaffoflik va oshkoraligini oshirish;
- Olinadigan schetlar bo'yicha hisoblashishlar bo'yicha ma'lumotlarni tahlil qilish va baholash imkoniyatlarini kengaytirish.
Ushbu yo'nalishlarda amalga oshiriladigan ishlar natijasida olinadigan schetlar bo'yicha hisoblashishlarni boshqarish samaradorligi oshib, moliyaviy hisobotning sifati va ishonchliligi yaxshilanadi.
Volume 1, Issue 14, October 2024
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasining 2016 yil 13 apreldagi "Buxgalteriya hisobi to"g"risida"gi Qonuni.
2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni tashkil qilish to'g'risidagi Nizom"ni tasdiqlash to'g'risidagi 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarori. (o'zgartirishlar bilan)
3. O'zbekiston Respublikasi Buxgalteriya Hisobi Milliy Standarti «Xo'jalikyurituvchi subyektlaming moliyaviy-xo'jalik faoliyati buxgalteriya hisobi schyotlar rejasi va uni qo'ilash bo'yicha yo'riqnoma» nomli 21-sonli standarti. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. Toshkent - 2007.
4. Sherov, A. (2018). Legal basis and importance of state financing of education system. International Finance and Accounting, 2018(2), 28.
5. Кутер М.И. Введение в бухгалтерский учет. Учебник. - 2 - из. стер. - Майкоп ЕлИТ, 2015.
6. Bakberganovich, S. A. (2021). Ways to Increase the Efficiency of Financing Higher Education Institutions. Journal of Marketing and Emerging Economics, 1(7), 49-56.
7. Tashnazarov. S.N. Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari: Oliy o'quv yurtlari magistratura mutaxassisliklari uchun darslik. - Toshkent: "IQTISOD-MOLIYA", 2019. - 584-b. https://www.academia.edu
8. Sherov, A. (2015). Foreign experience in financing of higher educational system. Scientific enquiry in the contemporary world: theoretical basics and innovative approach [L 26], 1, 92-95.
9. Karimov A., Ibragimov A., Rizaev N., Imamova N.M. Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari. Darslik. - T.: TMI. «ZEBO PRINT», 2021-352 b.