Научная статья на тему 'MOLIYA BOZORI TIJORAT MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH'

MOLIYA BOZORI TIJORAT MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qimmatli qog‘ozlar / kreditlar / investitsiya / Vazirlar Mahkamasi / fond / bozor / islohotlar. / Securities / loans / investment / Cabinet / fund / market / reforms.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Eraliyev A., Mamirov M.

Ushbu maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar zamonaviy iqtisodiy muhit barpo etish, qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishda mavjud muammolarni oldini olish, mamlakatimizda fond bozorini mamlakat iqtisodiyotining xayotiy elementi sifatida shakllantirish va uni samaradorligini oshirish asosida xalkaro printsiplariga mos keluvchi tizimini yaratishni taqozo qiladi.So'nggi yillarda O'zbekistonda fond bozorini isloh qilish va erkinlashtirish buyicha Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va qator boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bu qonun xujjatlarining amaliyotga keng tatbiq etilishi respublika iqtisodiyotiga investitsiya oqimini oshirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda 2020-yilda jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o'sdi va AQSH dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo'yilmalarning 21,2 foizdan ortig'i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to'rtdan uch qismi to'g'ridanto'g'ri xorijiy investitsiyalardir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

IMPROVEMENT OF FINANCIAL MARKET TRADING MECHANISMS

In this article, the economic reforms implemented in our country require the creation of a system compatible with international principles based on the establishment of a modern economic environment, prevention of existing problems in the development of the stock market, formation of the stock market in our country as a vital element of the country's economy, and improvement of its efficiency. In recent years, Presidential Decrees, Cabinet Decisions and a number of other normative documents have been adopted in Uzbekistan on the reform and liberalization of the stock market. Wide "Экономика и социум" №5(120)-2 2024 www.iupr.ru 214 implementation of these legal documents will increase the flow of investment into the republic's economy. In 2020, the volume of investments attracted in our country increased by 10.9% and amounted to 14 billion 600 million US dollars. More than 21.2 percent of the total capital investments or more than 3 billion dollars were made up of foreign investments and loans. Three quarters of them are foreign direct investments.

Текст научной работы на тему «MOLIYA BOZORI TIJORAT MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH»

Eraliyev A.

Samarqand iqtisodiyot va servis assistent o'qituvchisi

Mamirov M.

Samarqand iqtisodiyot va servis instituti talabasi

MOLIYA BOZORI TIJORAT MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Anotatsiya. Ushbu maqolada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar zamonaviy iqtisodiy muhit barpo etish, qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishda mavjud muammolarni oldini olish, mamlakatimizda fond bozorini mamlakat iqtisodiyotining xayotiy elementi sifatida shakllantirish va uni samaradorligini oshirish asosida xalkaro printsiplariga mos keluvchi tizimini yaratishni taqozo qiladi.So'nggi yillarda O'zbekistonda fond bozorini isloh qilish va erkinlashtirish buyicha Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va qator boshqa me'yoriy hujjatlar qabul qilindi. Bu qonun xujjatlarining amaliyotga keng tatbiq etilishi respublika iqtisodiyotiga investitsiya oqimini oshirishga xizmat qiladi. Mamlakatimizda 2020-yilda jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o'sdi va AQSH dollari hisobida 14 milliard600 million dollarni tashkil etdi. Bundajami kapitalqo'yilmalarning21,2 foizdan ortig'i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to'rtdan uch qismi to'g'ridanto'g'ri xorijiy investitsiyalardir.

Kalit so'zlar: Qimmatli qog'ozlar, kreditlar, investitsiya, Vazirlar Mahkamasi, fond, bozor, islohotlar.

Eraliyev A. assistant teacher Samarkand Institute of Economics and Service

Mamirov M. student

Samarkand Institute of Economics and Service IMPROVEMENT OF FINANCIAL MARKET TRADING MECHANISMS

Annotation. In this article, the economic reforms implemented in our country require the creation of a system compatible with international principles based on the establishment of a modern economic environment, prevention of existing problems in the development of the stock market, formation of the stock market in our country as a vital element of the country's economy, and improvement of its efficiency. In recent years, Presidential Decrees, Cabinet Decisions and a number of other normative documents have been adopted in Uzbekistan on the reform and liberalization of the stock market. Wide

implementation of these legal documents will increase the flow of investment into the republic's economy. In 2020, the volume of investments attracted in our country increased by 10.9% and amounted to 14 billion 600 million US dollars. More than 21.2 percent of the total capital investments or more than 3 billion dollars were made up of foreign investments and loans. Three quarters of them are foreign direct investments.

Key words: Securities, loans, investment, Cabinet, fund, market, reforms.

To'g'ridan-to'g'ri xususiy investitsiyalarning hajmi 10,3 foizga o'sib, 4 milliard 300 million dollarni yoki jami investitsiyalar hajmining qariyb 30 foizini tashkil etdi. O'tgan yili tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyati ham kengaydi. Ular tomonidan 1 milliard 700 million dollar yoki 2019 yilga nisbatan 20 foiz ko'p investitsiyalar yo'naltirildi. Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig'i ishlab chiqarish sohasiga va qariyb 40 foizi mashina va uskunalar xarid qilishga sarflandi. 2020 yilda iqtisodiyotimizning etakchi tarmoqlarida zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan uskunalar bilan jihozlangan, umumiy qiymati 4 milliard 200 million dollarga teng bo'lgan 154 ta yirik ob'ekt foydalanishga topshirildi. O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorining milliy iqtisodiyotdagi o'rni, ahamiyati, roli va funktsiyalarning taxlilini o'rganishga bag'ishlangan. O'zbekiston fond bozorining bozor munosabatlari shakllanish jarayonidagi xolat va rivojlanish istiqbollari ta'sir etuvchi omillar bilan birgalikda kompleks tarzda o'rganilgan. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlar aktsionerlik kapitalining rivojlanishi,moliya bozoridagi yangi qayta taqsimlovchi mexanizmlarning shakllanishi, qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat yuritish masalalari va uning iqtisodiyotagi rolini tadqiq qilish muxim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga O'zbekiston uchun xozirgi kundagi dolzarb muammolardan bo'lgan iqtisodiyotning modernizatsiyasi, investitsiyalarni jalb qilish va sanoat o'sishini ta'minlash masalalarini hal qilishda qimmatli qog'ozlar bozorining rolini, bu borada uning bajaradigan funktsiyasini o'rganish ayniqsa muhim xisoblanadi. XX asrning iqtisodiy taraqqiyoti shuni to'liq tasdiqladiki, faqat bozor iqtisodiyotigina xalq xo'jaligi samaradorlik ko'rsatkichlarining eng yuqori darajasini ta'minlaydi. Bozor mexanizmining samaradorligi ko'p jihatdan iqtisodiyotning tovar - pul munosabatlari bilan qanchalik to'liq qamrab olinganligiga bog'liq. Bu tovar bozorlari bilan bir qatorda moliya bozorini, jumladan, qimmatli qog'ozlar bozorini shakllantirish zarurligini anglatadi. Bozor iqtisodiyoti qimmatli qog'ozlarning rivojlangan aylanmasisiz amal qilishi mumkin emas.

Qimmatli qog'ozlar bozori - yuridik va jismoniy shaxslarning qimmatli qog'ozlarni chiqarish, joylashtirish va ularning muomalasi bilan bog'liq munosabatlari tizimi. Har qanday bozor maqonini ikki qo'tbga bo'lish mumkin. Ulardan birida kapital yetkazib beruvchilar - bo'sh pul mablag'lariga ega bo'lgan va ularni saqlash hamda ko'paytirishni istovchi yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, davlat turadi. Ikkinchisida esa - yangi ishlab chiqarishni boshlash,

ishlar, xizmatlar ko'rsatish yoki ishlab turgan quvvatlarni zamonalashtirish, kengaytirish, qayta ta'mirlash uchun zarur bo'lgan boshlang'ich yoki qo'shimcha kapitalga muhtoj bo'lgan bozor sub'ektlari turadi. Kapitalning iste'molchilari sifatida korxonalar, tashkilotlar, aholi, shuningdek, davlat ham ishtirok etishi mumkin. Mablag'larni jalb etish maqsadida kapital iste'molchilari qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqaradi va ularni sotish natijasida ishlab chiqarish (savdo- sotiq, moliyaviy faoliyat va h.k.) jarayonini amalga oshirish uchun mablag' oladi. Kapital iste'molchilari (emitentlar) va yetkazib beruvchilari (sarmoyadorlar) o'rtasidagi munosabatlar qaytarilish, to'lovlilik yoki mol-mulkka egalik qilish huquqini o'tkazish shartlari bilan amalga oshiriladi.Biroq emitentlar yoki sarmoyadorlar bir-birlarini «topishlari»uchun ushbu jarayonda yordamchi bo'lsada, ammo juda muhim rol o'ynovchi emitentlar, sarmoyadorlar, shuningdek, tashkilotlar va yakka tadbirkorlarning oqilona o'zaro munosabatlarini ta'minlovchi, infratuzilma, deb nomlanuvchi yordamchi sub'ektlarning ancha murakkab muassasaviy (institutsional) tizimi zarur.Qimmatli qog'ozlar bozorining muassasaviy infratuzilmasi umumiy va maxsus tabaqalarga bo'linadi. Umumiy infratuzilmani namoyon qiluvchi tashkilotlarga qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalar qilishda umumiy yordamchi vazifani bajaruvchi, muassasalar kiradi. Ularsiz qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarining faoliyat ko'rsatishi mumkin bo'lmagan yoki murakkablashgan bo'lar edi. Bo'larga axborot agentliklari, nashriyot, gazeta va jurnallar (matbuot), tele va radiokompaniyalar, tijorat banklari, auditorlik tashkilotlari, notarial, yuridik hamda advokatlik idoralari, sug'urta kompaniyalari kiradi.Qimmatli qog'ozlar bilan tuziladigan bitimlarga xizmat ko'rsatishga ko'maklashuvchi vazifalarni bajarish uchun ularga qimmatli qog'ozlar bozorida professional faoliyatni amalga oshirishga ruxsat beruvchi maxsus litsenziyalarning zarurati yo'q. Ayni paytda bunday tashkilotlar davlat boshqaruvi organlarining, xususan, Markaziy bank (tijorat banklari), Moliya vazirligi (auditorlik va sug'urta kompaniyalari), Adliya vazirligi (advokatlik, yuridik va notarial idoralar), Davlat matbuot qo'mitasi (nashriyotlar, gazetalar, jurnallar)ning maxsus faoliyat turini amalga oshirish uchun litsenziyalariga ega bo'lishni kerak.Mazkur sub'ektlarning faoliyati ushbu holatda qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilariga kredit-hisob-kitob xizmatlari ko'rsatish, emitentlar hisobi va moliyaviy hisobotlarining ishonchliligi hamda umumiy belgilangan me'yorlarga mos kelishini tasdiqlash, qimmatli qog'ozlarning oldi-sotdisi, almashuvi, sovg'a qilinishi shartnomalarini tasdiqlash, ular bilan bajariladigan operatsiyalarni sug'urtalash, sarmoyad orlarni va fond boyliklari bilan professional faoliyat yurituvchi shaxslarni bozordagi vaziyatdan xabardor qilish va hokazolardan iborat bo'ladi.

Qimmatli qog'ozlar bozorida birja faoliyatini amalga oshiruvchi tashkilotlar (fond birjalari, tovar-xom ashyo, valyuta va boshqa birjalarning fond bo'limlari) hamda investitsiya muassasalari maxsus infratuzilmani o'zida namoyon qiladi.Investitsiya muassasalariga investitsiya vositachilari (brokerlar-dilerlar), investitsiya maslaxatchilari, investitsiya fondlari, boshqaruvchi

kompaniyalar, qimmatli qog'ozlar egalarining reestrlarini saqlovchilar, depozitariylar, hisob-kitob kliring palatalari, qimmatli qog'ozlarning nominal egalari kiradi.Sanab o'tilgan tashkilotlardan har biri qimmatli qog'ozlar bozorida qat'iy ixtisoslashgan faoliyat turini bajarishi lozim, shunga qaramay, ayrim faoliyat turlarining qo'shilib ketishiga ruxsat etiladi. Mazkur tashkilotlar qimmatli qog'ozlar bozorida birja faoliyatini ko'rsatish yoki mamlakat fond bozori holatiga javob beruvchi davlat idorasi nomidan investitsiya muassasasi sifatida operatsiyalarni amalga oshirish uchun majburiy tarzda litsenziyaga ega bo'lishi kerak.

Qimmatli qog'ozlar oldi - sotdisi bo'yicha bitimlar fond birjalarida va birjadan tashqari bozorlarda amalga oshiriladi.Birjalarda bevosita bozorlarga chiqarilmaydigan, xujjatlar bilan tasdiqlangan aniq sifat va miqdor xususiyatlariga hamda talab va taklif asosida belgilanadigan narxga ega bo'lgan ayrim fond boyliklari sotiladi va harid qilinadi. Birjaga savdoda ishtirok etishni xoxlovchi barcha shaxslarga emas, faqat uning a'zosi bo'lgan professional ishtirokchilarga ruxsat etiladi.Qimmatli qog'ozlar bilan birja savdolari har bir birja tomonidan maxsus ishlab chiqilgan qimmatli qog'ozlar bozoridagi qonunchilikka qat'iy rioya etilishini, birja savdolarining barcha ishtirokchilari uchun teng sharoitlar yaratilishini, birja savdolariga kiritilgan qimmatli qog'ozlar to'g'risida ishonchli va to'liq ma'lumotlarning e'lon qilinishini, tuzilayotgan bitimlar to'g'risida axborotning oshkor etilishini va hokazolarni nazarda tutuvchi qoidalar asosida olib boriladi. Birjada oddiy qimmatli qog'ozlar bilan emas, faqat alohida talablarga javob beradigan qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilinadi. An'anaviy tarzda fond birjasi - bu eng yaxshi qimmatli qog'ozlarning bozoridir.Qimmatli qog'ozlar bozori murakkab va ko'p qirralidir.

Fond bozori haqida yanada chuqurroq bilimga ega bo'lish uchun uni tasniflovchi belgilar orqali har tomonlama ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Quyida bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, shuningdek, O'zbekistonda ham o'z o'rniga ega bo'lgan qimmatli qog'ozlar bozorining asosiy turlarini ko'rib chiqamiz.Qimmatli qog'ozlarning birlamchi va ikkilamchi bozorlari.Fond bozorini birlamchi va ikkilamchi bo'laklarga ajratish amaliyot uchun muhim ahamiyatga ega.Qimmatli qog'ozlarning birlamchi bozori - bu qimmatli qog'ozlar emissiyasini va birlamchi joylashtirilishini amalga oshirish, ya'ni qimmatli qog'ozlarni emitent yoki uning vaqili tomonidan dastlabki sarmoyadorga sotish bozoridir. Emitent tomonidan qimmatli qog'ozlarning takroriy chiqarilishi (masalan, ustav fondini oshirish maqsadida) yoki ikkilamchi emissiyasi ham birlamchi bozor doirasiga kiradi.Birlamchi bozorning eng muhim tavsifi, emitentlar tomonidan axborotning oshkor etilishidir.

Xulosa qilib aytganda Bunda emitent haqida to'liq ma'lumotlar beriladigan emissiya risolaini yoki qimmatli qog'ozlarni muomalaga chiqarish to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilishdan tortib, to fond bozori sohasida nazorat vazifalarini amalga oshiruvchi maxsus davlat idoralariga taqdim etiladigan qimmatli qog'ozlarni joylashtirish haqidagi hisobotgacha oshkor etiladi.Qimmatli

qog'ozlarning birlamchi sotilishi ommaviy axborot vositalarida emitent to'g'risidagi ma'lumotlarni e'lon qilgan holda qimmatli qog'ozlarni harid qilishni ochiq taklif etish shaklida (istalgan imqoniyatli sarmoyador uchun) hamda yopiq obuna shaklida

- faqat tegishli davlat boshqaruvi idorasiga ma'lum qilgan holda qimmatli qog'ozlarni shaxslarning cheklangan doirasi o'rtasida joylashtirish yo'li bilan amalga oshirilishi mumkin.Qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozori - bu ilgari chiqarilgan va hech bo'lmaganda bir marta harid qilingan qimmatli qog'ozlar oldi - sotdisi (muomalasi) amalga oshiriladigan bozordir.Aynan qimmatli qog'ozlar ikkilamchi bozorining rivojlanish darajasiga qarab, ushbu mamlakatda qimmatli qog'ozlar bozorining taraqqiy etish darajasi to'g'risida muloxaza yuritish mumkin.

Ikkilamchi bozorning asosiy ko'rsatkichlaridan biri likvidlilik hisoblanadi. Bozorning likvidliligi - bu ma'lum yil oralig'ida bozor narxlarining kam miqdorda o'zgarib turgani holda qimmatli qog'ozlarning katta qismini yuqori sur'atda aylanishini ta'minlash imqoniyatidir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. O'zbekistonda korporativ qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirishning istiqbollari.

2. Пулагов, Х. (2024). САВДО КОРХОНАЛАРИДА ЧЕГИРМАЛАР ХИСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(4), 485-491.

3. Пулагов, Х. (2024). САВДО КОРХОНАЛАРИДА ЧЕГИРМАЛАР ХИСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШ. Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil, 2(4), 485-491.

4. Пулагов, Х. У. (2023). САВДО КОРХОНАЛАРНИ СОЛИВДА ТОРТИШДАГИ МУАММОЛАР. Экономика и социум, (6-2 (109)), 925-927.

5. Shirinov, U. (2023). IMPROVING SEGMENT ANALYSIS IN COMMUNICATION ENTERPRISES. The Journal of Economics, Finance and Innovation, 211-217.

6. Уразов, К. Б., & Ширинов, У. А. (2023). ХИЗМАТЛАР СО^АСИ СУБЪЕКТЛАРИДА БУХГАЛТЕРИЯ ХИСОБИНИ ТАКОМИЛЛАШТИРИШНИНГ АСОСИЙ ЙУНАЛИШЛАРИ. Экономика и социум, (6-2 (109)), 1025-1028.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.