Научная статья на тему 'O’zbеkistonda moliya bozorini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari'

O’zbеkistonda moliya bozorini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari Текст научной статьи по специальности «Экономика и бизнес»

CC BY
3568
611
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and Education
Область наук
Ключевые слова
moliya bozori / moliya instrumentlari / fond birjasi / qimmatli qog’ozlar bozori / real investitsiya / bozor kapitalizatsiyasi / strategiya / valyuta bozori / korporativ boshqaruv / moliyaviy resurslar

Аннотация научной статьи по экономике и бизнесу, автор научной работы — Bekzodjon Mavlon O’g’li Xamidov, Jasur Xamrabayevich Razzoqov

Maqolada moliya bozorining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o’rni va ahamiyati, uning istiqboldagi asosiy yo’nalishlari keng yoritib berilgan. Moliya bozorini rivojlantirish sharoitida O’zbеkıston fond birjasi faoliyatini takomillashtirish istiqbollari ko’rib chiqilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbеkistonda moliya bozorini rivojlantirishning istiqbolli yo’nalishlari»

O'zbekistonda moliya bozorini rivojlantirishning istiqbolli

yo'nalishlari

Bekzodjon Mavlon o'g'li Xamidov Jasur Xamrabayevich Razzoqov

TMI

Annotatsiya: Maqolada moliya bozorining mamlakat iqtisodiyotida tutgan o'rni va ahamiyati, uning istiqboldagi asosiy yo'nalishlari keng yoritib berilgan. Moliya bozorini rivojlantirish sharoitida O'zbekiston fond birjasi faoliyatini takomillashtirish istiqbollari ko'rib chiqilgan.

Kalit so'zlar: moliya bozori, moliya instrumentlari, fond birjasi, qimmatli qog' ozlar bozori, real investitsiya, bozor kapitalizatsiyasi, strategiya, valyuta bozori, korporativ boshqaruv, moliyaviy resurslar.

Prospective directions of financial market development in

Uzbekistan

Bekzodjon Mavlon oglu Khamidov Jasur Khamrabayevich Razzokov

TFI

Abstract: The role and importance of the financial market in the country's economy, its main directions in the future are widely explained in the article. Prospects for improving the activity of the stock exchange of Uzbekistan in the context of the development of the financial market were considered.

Keywords: financial market, financial instruments, stock exchange, stock market, real investment, market capitalization, strategy, foreign exchange market, corporate management, financial resources.

KIRISH

Zamonaviy iqtisodiyotda qimmatli qog'ozlar bozori juda muhim o'rin egallaydi. Iqtisodiyotni barqarorlashtirish va rivojlantirish uchun samarali iqtisodiy siyosat yurgizish bilan bir vaqtda, moliyaviy soxada institutional isloxotlar o'tkazilishi lozimligi ayni haqiqatdir. Bozor iqtisodiyoti sharoitida fond bozoridagi qimmatli qog'ozlardan maqbul tarzda foydalanish imkoniyatini yaratuvchi barqaror moliyaviy tizim sifatida muxim axamiyat kasb etadi. Bunday moliyaviy tizimga ega mamlakatlar iqtisodiy xatarlarga bardoshli bo'ladilar.

Jahon tajribasi ko'rsatmoqdaki, mamlakatlaming iqtisodiy jihatdan taraqqiy etish darajasi hamda aholi jon boshiga to'g'ri keladigan milliy daromadning yuqoriligi bilan bog'liq eng muhim ko'rsatkichlar, jumladan, (moliya bozorida muomalada bo'lgan qimmatli qog'ozlar turlarining ko'pligi va likvidlilikning yuqoriligi, aktsiyadorlik jamiyat (AJ)larida yuqori dividend siyosati, birja savdo tizimlarining takomillashganligi) moliya bozorining yuqori darajada rivojlanganligi, xususan, qimmatli qog'ozlar bozori (QQB) kapitalizatsiyasining yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmiga nisbatan ulushining yuqoriligi bilan izohlanadi. ASOSIY QISM

Moliyaviy globallashuv sharoitida moliya bozorini xalqaro miqyosda rivojlantirish, investitsiyalardan samarali foydalanishga qaratilgan masalalarning echimiga erishish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. Tadqiqot natijalari asosida moliya bozorining milliy va xalqaro tizimlarini rivojlantirishga urg 'u berilmoqda hamda uzluksiz ravishda takomillashtirilmoqda.1 Ammo, yirik kompaniyalarning aktsiyadorlik kapitali tuzilmasida davlat ulushining yuqoriligi, moliya bozori orqali investitsiya jalb etishni takomillashtirish, moliyaviy instrumentlar likvidliligini oshirish, jahon kapital bozoriga integratsiyalashuvini ta'minlash orqali moliyaviy resurslar jalb qilishni kengaytirish, qimmatli qog'ozlarning ikkilamchi bozorini rivojlantirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar olib borish dolzarb ahamiyatga ega.

Ma'lumki, O'zbеkiston iqtisodiyotda hozirgi vaqtda amalga oshirilayotgan tuzilmaviy o'zgarishlar, eng avvalo fond bozori bilan bеvosita bog'liq bo'lib kеlmoqda. Chunki Rеspublikada rеjalashtirilgan invеstitsiya programmasini amalga oshirishda o'tish davriga xos bo'lgan moliyaviy resurslarning chеgaralanganligi sеzilmokda. Shuning uchun ham fond bozorining qimmatli qog'ozlaridan samarali foydalanish, ularning eng qulay shakllaridan foydalanish muxim masalalardan biri bo'lib kolmoqda.

Hozirgi globallashuv sharotida fond bozorlari iqtisodiyatning asosiy tarmog 'i bo'lib kelmoqda. Bundan ko'rinib turbdiki, qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish iqtisodiyotni rivojlantirish demakdir. Hozir jahon fond bozorlari bir qancha muammoli holatlar vujudga kelmoqda. Prеzidеntimiz bu muammolar haqida quyidagi fikrlarini bildirganlar: - "Muhim masala - yurtimizda fond bozori, fond birjasini yanada rivojlantirish uchun Qimmatli qog'ozlar bozorini muvofiqlashtirish va rivojlantirish markazi ishini tubdan qayta tashkil etish lozim. Biz bo'sh turgan davlat mulki obyektlarini o'zaro sheriklik asosida xususiy sektorga o'tkazish bo'yicha ishlarni davom ettiramiz. Internet tarmog'ida elektron savdolar va auksionlar orqali yer uchastkalarini, jumladan, tadbirkorlar uchun ajratishning yagona tartibini o'rnatish

1 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Sh.M.Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasini o'rganish va keng jamoatchilik o'rtasida targ'ib etishga bag'ishlangan ilmiy-ommabop qo'llanma. - T.: «Ma'naviyat», 2018. 189-b.

zarur. Shu maqsadda 2018-yildan boshlab elektron savdo maydonlari orqali davlat aktivlarini sotish bo'yicha elektron tizim tashkil etiladi. 2018-yilda bank tizimi faoliyatini rivojlantirish bo'yicha belgilangan vazifalarni amalga oshirishda banklar bilan tadbirkorlik subyektlari o'rtasida samarali va o'zaro manfaatli hamkorlik munosabatlarini ta'minlash masalalariga asosiy e'tiborni qaratish zarur. Valyuta bozorini isloh qilishga qarshi bo'lgan ayrim "ekspertlar"ning ikkilanishi va "maslahat"lariga qaramasdan, biz qisqa muddatda xalqaro standartlar asosida valyutani liberallashtirish jarayonini boshladik. Lekin biz yaxshi tushunamizki, bu ish ushbu sohadagi islohotlarning boshlanishi, xolos. Valyuta siyosati biznes va iqtisodiyotni rivojlantirish manfaatlariga to'liq xizmat qilishi, investitsiya faoliyatiga ijobiy turtki berishi lozim".2

Shu boisdan, Muhtaram Prezidentimiz tomonidan «2020-2025-yillarda moliya bozorini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish va erkin muomaladagi jami qimmatli qog'ozlarning yalpi ichki mahsulot hajmiga nisbatini 2025-yil oxiriga qadar kamida 10-15 foizga yetkazish kun tartibidagi asosiy masala ekanligi ta'kidlandi»3. Bunday ustuvor va dolzarb vazifalarning samarali amalga oshirilishi mamlakatimizda moliya bozorining xususiyatlari va rivojlanish tendentsiyalarini tadqiq etish hamda moliya bozorini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlarni faollashtirish lozimligini ko'rsatmoqda.

Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, moliya bozorini avvalambor insoniyat jamiyatida pulning paydo bo'lishi va u bilan bog'liq bozor munosabatlarini amalga oshirila boshlashidan shakllanishini ko'rish mumkin. Asrlar davomida moliya bozori, uning mazmuni va unga oid tushunchalar shakllanib va uzluksiz rivojlanib kelmoqda. Bunga sabab, inson tsivilizatsiyasining moliya sohasidagi tajribasini boyishi, unda shaxslarning (yuridik va jismoniy) moliyaviy munosabatlari va qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari ortib, manfaatlari tobora o'sib, ularning xaq-xuquqlari borgan sari mustahkamlanib va ta'minlanib borishidadir.

Bozorning eng yuqori darajada rivojlangan turi moliya bozori hisoblanadi. Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir butun va o'z muhitiga ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi sifatida namoyon bo'luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo'lmoqda. Bunda moliya bozorlari nafaqat milliy iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot rivojini belgilamoqda. Uning mazmun-mohiyati quyidagi kontseptual tushuncha va qonuniyatlar asosida belgilanadi.

Moliya bozorini, umuman olganda, quyidagicha ta'riflash mumkin.

2 Ozbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-yilda amalga oshirilgan asosiy ishlar yakuni va O'zbekiston Respublikasini 2018-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning eng ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan murojaatnomasi.

3Sh.M.Mirziyoyev Fond bozorini rivojlantirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bayonoti. 2019-yil 7-oktyabr. http://xs.uz/uzkr/post/fond-bozorini-rivozhlantirish-masalalari-muhokama-qilindi.

Moliya bozori - bu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumenter bilan bog'liq tashkillashgan iqtisodiy - xuquqiy mexanizm bilan ta'minlangan munosabatlarni maqsadli amalga oshiruvchi, iqtisodiyot sub'ektlari uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon bo'luvchi tizim.

"Moliya bozori - pul kapitalining harakatlanishi bilan bog'liq iqtisodiy munosabatlar va institutlar majmuidir".

"Moliya bozori - moliyaviy vositalardan foydalangan holda moliyaviy bitimlarni amalga oshirish sohasi".

"Moliya bozori - ortiqcha mablag'larga ega odamlardagi pul mablag'larini pul mablag'lari yetishmayotganlarga o'tkazib berishga xizmat qiluvchi bozor".

Moliyaviy resurslarni jalb qilishda foydalanuvchi usullarni asoslashda nazariy va amaliy yondashuvlarni tahlil qilish mahalliy, milliy va jaxon kapital bozorlariga nisbatan quyidagi xulosalarni chiqarish imkonini berdi:

- birinchi navbatda, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari moliyaviy menejmentning maqsadlariga mos ravishda farqlanadi;

- ikkinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari kapital bozorining segmentlari va turlari bo'yicha o'z xususiyatlariga ega;

- uchinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari moliyaviy vositalar asosida aniqlanadi;

- to'rtinchidan, moliyaviy resurslarni jalb qilish usullari quyidagi parametrlar: moliyaviy resurslarni jalb qilish maqsadlari, hajmi va shartlari, kompaniyaning tashkiliy va iqtisodiy xususiyatlariga bog'liq.

Moliyaviy resurslarni jalb qilish jarayonida foydalaniluvchi moliyaviy instrumentlarning o'ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqqan holda iqtisodiyotning korporativ sektorida kapital bozori segmentlarining o'zaro munosabatlari shakllanadi. O'z navbatida, segmentlar o'zaro ta'sirining xususiyatlari va darajasini tahlil qilish qimmatli qog'ozlar bozori va kredit bozorining (kuchli, o'rta, zaif) uch turdagi o'zaro bog'liqligini aniqlash va tavsiflash imkonini beradi.

Lekin har qanday bozorni u yoki bu belgi asosida tasniflanishining mazmuni uning tovari hususiyatlari bilan bog'liq holda amaliy ahamiyati bilan belgilanishini hisobga olsak hamda, agar ko'rilayotgan bozor turlaridagi tovarlarni hususiyati, kelib chiqishi va ularning bozor muomalasini bir-biri bilan taqqoslaydigan bo'lsak, albatta sezilarli farq namoyon bo'ladi. Masalan, ishlab chiqariladigan tovarlar muomalasi uchun ularga hos bo'lgan bozor zarur, qimmatli qog'ozlar uchun esa faqat moliya bozori, pul (valyuta) va kreditlar uchun - mos ravishda pul bozori va kreditlar bozori bo'lishi kerak va h.k. Bunda real tovar, moliya instrumentlaridan farqli, bir yoki bir necha marotaba oldi-sotti bo'ladi, qimmatli qog'ozlar esa cheklanmagan martta oldi-sotti bo'lishi mumkin. Umuman olganda tovar kimningdir tomonidan ishlab

chiqariladi, moliyaviy instrument (jumladan qimmatli qog'oz) esa muomalaga chiqariladi.

Moliya bozori har qanday mamlakatning umumiy bozorini tarkibiy, ammo, asosiy va alohida qismidir. Lekin, moliya bozorining asosi real tovarlar bozoridir. Bunda moliya bozori real iqtisodiyot va tovar bozorining ustqurmasi sifatida namoyon bo'lishi bilan birga tovar bozori va iqtisodiyotni moliyaviy ta'minlaydi va muvofiqlashtiradi, umuman iqtisodiyotning ob'ektiv holatini ifodalaydi va rivojlanishini belgilaydi.

O'zbekistonda qimmatli qog'ozlar bozorining iqtisodiyotdagi ahamiyatini yanada oshirish maqsadga muvofiqdir. Bu borada O'zbekiston Respublikasi Przidentining topshirig'iga asosan

"2020-2025-yillarda fond bozorini rivojlantirish strategiyasi" ishlab chiqish borasida mas'ul davlat organi va tashkilotlari tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, uyushgan qimmatli qog'ozlar bozorining qimmatli qog'ozlar bozoridagi umumiy savdo hajmidagi ulushi sezilarli darajada past ekanligini hisobga olsak, uyushgan qimmatli qog'ozlar bozorini institutitsional va infratuzilmaviy jihatdan yanada rivojlantirish, fond birjasi listing talablarini qayta ko'rib chiqish, fond birjasi va elektron savdo tizimlaridagi komission yig'imlar tarifini engillashtirish, xususiylashtirish jarayonlarida AJlaridagi davlat ulushining fond birjalaridagi erkin savdosini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Moliya bozorini samarali tashkil etish kapital bozorining tuzilmasi, fond birjasi hamda markaziy depozitariyning funktsiyalari, birja savdolari texnologiyasi, listing xususiyatlari, korporativ boshqaruv asoslari, investorlar bilan munosabatlar, marketing vositalari, loyihani boshqarish bo'yicha xorij tajribasi va amaliyotiga jiddiy e'tibor qaratish, shuningdek, bu boradagi muammolarni hal etish bilan chambarchas bog'liqdir.

Tahlillar ko'rsatishicha, barcha rivojlanayotgan mamlakatlarda kuzatilayotgan o'xshash jihatlardan biri likvidlilikning etishmasligidir. Vaholanki, likvidlilik har qanday iqtisodiyot taraqqiyotida hal qiluvchi omil bo'lib, bunda bir-biri bilan bog'liq shunday jarayon kuzatiladiki, chet ellik sarmoyador kompaniya likvidli bo'lsa, unga investitsiya jalb qiladi, ayni paytda korxonaga sarmoya kiritmay turib, likvidlilikni oshirish mushkul. Aynan shu o'zaro bog'liqlikni ta'minlash yoki boshqarish professional yondashuvni talab etadi.

Moliya bozorini samarali tashkil etish va boshqarishda tartibga solish jarayoni juda muhim, ammo u haddan tashqari qat'iylashtirilmasligi zarur. Ushbu bozor rivojlanishi uchun uning ishtirokchilari ko'lamini kengaytirish va bu jarayon listing talabiga javob bermaydigan korxonalar hisobiga amalga oshirilmasligi darkor.

Birjada emitentlar ortib, ular tomonidan obligatsiya va aktsiyalar muomalaga chiqarilsa va daromadli bo'lsa, ularni sotib olishga qiziqish kuchayadi. Natijada YalM hajmida banklar va birja ulushlarining balanslashuvi ta'minlanadi. Shuningdek, moliya bozori rivojida aholi o'rtasida moliyaviy madaniyatni oshirish ham o'ziga xos rol

o'ynaydi. Masalan, Vengriyada 2003-yilda bu borada katta islohotni amalga oshirishga kirishilgan, hozirga kelib bu mamlakatda moliyaviy madaniyatni shakllantirish masalasi maktab darsliklaridan o'rin olgan.

Jahon kapital bozorida kuzatilayotgan muhim jihatlaridan yana biri bu, xorijiy investor qaysidir mamlakatga sarmoya kiritmoqchi bo'lsa, uning mahalliy qonun-qoidalarga moslashuvi qiyin kechadi.

Xalqaro standartlarga muvofiq mavjud milliy qonunchilik esa chet ellik sarmoyadorga qulay sharoit yaratadi. Jahon talablariga tayanilgan holda hayotga tatbiq etiladigan xuddi shunday hujjatlar qatoriga korporativ boshqaruv kodeksini kiritish mumkin. Shu bois, ishtirokchilarga korporativ boshqaruv tamoyillarining huquqiy asoslari, uni tatbiq etishning o'ziga xos xususiyatlari, shuningdek, AJlarda direktorlar kengashi, unda mustaqil a'zolarning o'rni ham alohida ega. U yerda rivojlangan mamlakatlardagi singari aktsiyalar bilan oldi-sotdini amalga oshirish uchun masofadan turib brokerlik hisob raqami ochish yo'lga qo'yilgan ekan. Bu xorijiy investorlar uchun juda katta qulaylik va bozor ishtirokchilari sonini oshirishda zarur omillardan biri hisoblanadi. Bizda esa bu jarayon hali yo'lga qo'yilmagan va mavjud qonunchilikka o'zgartirish kiritmasdan turib, uni amalga oshirish imkonsizdir.

Korporativ harakatlarga xizmat ko'rsatish asosida: kapital bozori ishtirokchilarining vaqt va moliyaviy xarajatlarini kamaytirish; kapital bozori ishtirokchilari o'zaro hisob-kitoblaridagi xatarni kamaytirish; daromadlar to'lovi va moliyaviy instrumentlarni so'ndirishning markazlashtirilgan tizimini joriy etish; Markaziy depozitariyni O'zbekiston kapital bozorida yagona hisob-kitob tashkiloti sifatida rivojlantirishga erishiladi.

XULOSA

Rivojlangan xorijiy mamlakatlarda moliya bozori orqali, bir tomondan davlat korxona va tashkilotlar, aholi o'zlari uchun zarur bo'lgan mablag'ni jalb qilsalar, ikkinchi tomondan korxona, tashkilot va aholi o'zlarining vaktincha bo'sh turgan pul mablag'larini qimmatbaho qog'ozlar sotib olishga yo'naltirib foyda ko'radilar. Bu esa moliyaviy resurslarning harakatini ta'minlab, iqtisodiy o'sishga turtki beradi.

Moliya bozorining investitsion faolligini oshirish, nafaqat, aktivlar qiymati va savdo hajmlarining o'sishi bilan birga olib borilishi kerak, balki qimmatli qog'ozlar bozorining barcha ishtirokchilari faoliyati ta'minlanishi zarur. Qimmatli qog'ozlar bozorini rivojlantirish moliyaviy resurslarni faollashtirishga, ulardan oqilona foydalanishga va iqtisodiy rivojlanishni bir muncha tezlashtirish uchun qayta taqsimlashga yo'naltirish maqsadga muvofiqdir.

Davlat va xo'jalik birlashmalari ulushi mavjud bo'lgan AJlari aktsiyalar paketlarini birlamchi va ikkilamchi ommaviy taklif (IPO va SPO) asosida sotish lozim. Buning natijasida kapital (moliya) bozorining milliy iqtisodiyotdagi mavqeini hamda

investitsiyalarni jalb etishdagi rolini oshirish, birja savdolariga keng jamoatchilikni jalb qilish imkoniyati asoslangan.

Strategik ahamiyatga ega yirik kompaniyalarning aktsiyadorlik kapitali tuzilmasida davlat ulushini bosqichma-bosqich qisqartirish yo'nalishlarini ishlab chiqish zarur. Natijada yirik investitsiyalar talab qiladigan tarmoqlarda ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o'rinlarini yaratish va byudjet daromadlarini oshirish imkoniyati yaratiladi.

Moliya bozorini rivojlantirish, nafaqat, davlat yoki korxonalar pul mablag'larini shakllantirish va joylashtirishda, balki mazkur bozorga aholi mablag'larini jalb etishni ta'minlashga xizmat qiladi. Mazkur holatlarning barchasi O'zbekistonda moliya bozorini rivojlantirish uchun yagona kontseptsiyaga kuchli ehtiyoj mavjudligidan dalolat beradi.

Aholi daromadlari va muomaladagi pul massasining QQB hajmining o'zgarishlariga ta'sirining korrelyatsiya hamda regressiya tahlili natijalari shuni ko'rsatadiki, aholi daromadlarining ortishi QQB hajmiga teskari proportsional (ta'sir qiladi), bu holat mamlakatda aholi daromadlari aksariyati iste'molga yoki boshqa sohalarga yo'naltirilayotganligini bildiradi. Qo'shimcha ravishda shuni ham e'tirof etish kerakki, mamlakatda aholi daromadlarining moliya bozorida ishtiroki cheklanganligini bildiradi, daromadlarning katta qismi iste'molga sarflanadi yoki aholi daromadlarini moliya bozoriga yo'naltirishdan iqtisodiy manfaatdorligi yuqori emas yohud moliya bozorining investitsion jozibadorligi sust.

Moliya bozorida qimmatli qog'ozlar emissiyasi va ularning oldi-sotdisi bilan shug'ullanuvchi bozorga moliya bozori deyiladi. Ushbu bozorning asosiy vazifasi iqtisodiyot ravnaqi uchun zarur investitsiya mablag'larini jamlash hamda taqsimlash, mulkchilik munosabatlarini rivojlantirish, qimmatli qog'ozlar oldi-sotdisi yo'li bilan bozorni qayta taqsimlash, qimmatli qog'ozlar chiqarish yordamida davlat va AJ qarzini moliyalashtirish hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Respublikasi prezidentining murojaatnomasini o'rganish va keng jamoatchilik o'rtasida targ'ib etishga bag'ishlangan ilmiy-ommabop qo'llanma. - T.: "Ma'naviyat", 2018. 189-b.

2. Allayarov, S. A. (2020). Strengthening tax discipline in the tax security system: Features and current problems. South Asian Journal of Marketing & Management Research, 10(11), 124-128.

3. Allayarov, S., Allayarov, S., Yuldasheva, U., & Madjidov, N. (2020). Assessment of the effectiveness of the results of the fiscal policy of the republic of Uzbekistan. International Journal of Advanced Science and Technology, 29(7), 79207926.

4. Сатторов, Б. К., & Аллаяров, С. Р. (2017). Развитие экономики Узбекистана в условиях мировых интеграционных процессов. Наука, техника и образование, 1(5 (35)), 98-100.

5. Аллаяров, С. Р., & Кандахарова, Ш. Н. (2021). ПЕРСПЕКТИВЫ ЭФФЕКТИВНОГО ИСПОЛЬЗОВАНИЯ БЮДЖЕТНЫХ СРЕДСТВ В УПРАВЛЕНИИ ГОСУДАРСТВЕННЫМИ ФИНАНСАМИ. СТОЛИЦА НАУКИ, 3, 4.

6. Аллаяров, С. (2022). К ВОПРОСУ РЕАЛИЗАЦИИ ОПТИМИЗИРОВАННОЙ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ ПРИ СТИМУЛИРОВАНИИ ЭКОНОМИЧЕСКОГО РОСТА. Архив научных исследований, 2(1).

7. Anvarov, N. M. O. G. L., & Allayarov, S. R. (2022). Mahalliy byudjetlarni qo 'shimcha manbalardan foydalanishning umumnazariy asoslari. Science and Education, 3(2), 1519-1527.

8. O'G'Li, D. G. A., & Allayarov, S. R. (2022). Respublika va mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta'minlashning ustuvor yo 'nalishlari. Science and Education, 3(2), 1565-1573.

9. Allayarov, S. (2018). Theoretical Study of Optimal Fiscal and Monetary Policies for Stimulating Economic Growth. Research Journal of Finance and Accounting, 9(8), 206-212.

10. Аллаяров, С. Р., Мардонов, Ш. Х., & Абдурахимова, Г. М. (2020). РЕТРОСПЕКТИВНЫЙ И ЦЕЛЕОРИЕНТИРОВАННЫЙ ПОДХОДЫ К ОЦЕНКЕ ЭФФЕКТИВНОСТИ ФИСКАЛЬНОЙ ПОЛИТИКИ. Экономика и социум, (4), 138-147.

11. Аллаяров, С. Р., & Зайнитдинов, С. М. У. (2021). И^тисодий усишга таъсир курсатувчи омиллар ва уларнинг таснифи. Science and Education, 2(11), 1156-1169.

12. Хидиров, Н., & Мамаджонова, С. (2022). OBTAINING HIGHER EDUCATION FOR WOMEN: ISSUES AND CHALLENGES: https://doi. org/10.55439/ECED/vol23_iss3/a30. Экономика и образование, 23(3), 198-205.

13. Mehmonaliev, A. G. U., & Khidirov, N. G. (2022). Public finance management its modern problems. Science and Education, 3(11), 1075-1080.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.