Научная статья на тему 'QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORIDA AKSIYALARNI TUTGAN O’RNI'

QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORIDA AKSIYALARNI TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
378
70
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Aksiya / qimmali qog’oz / qimmatli qog’ozlar bozori / fond birjasi / bozor.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Abbos Sheraliyev, Humoyiddin Bahriddinovich Shokirov

Hozirda barcha mamlakatlar ichidagi bozorlarning hamyonboblaridan biri qimmatli qog’ozlar bozori hammaga birdek tushunarli. Shu bilan birga fond birjasida sotiladigan yana bir qimmatbaho qog’oz – aksiya. Bu maqolada aksiya (qimmatbaho qog’oz) haqida ko’pgina ma’lumotga ega bo’lasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QIMMATLI QOG’OZLAR BOZORIDA AKSIYALARNI TUTGAN O’RNI»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORIDA AKSIYALARNI TUTGAN O'RNI

Abbos Sheraliyev

Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Moliya va bank ishi kafedrasi o'qituvchisi E-mail: Sheraliyevabbos89@ gmail.com Humoyiddin Bahriddinovich Shokirov Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti Tadbirkorlik va boshqaruv fakulteti Iqtisodiyotyo'nalishi 2I-2021-guruh 2-bosqich talabasi Email: shokirovhumoyiddin@gmail. com

Annotatsiya: Hozirda barcha mamlakatlar ichidagi bozorlarning hamyonboblaridan biri qimmatli qog'ozlar bozori hammaga birdek tushunarli. Shu bilan birgafond birjasida sotiladigan yana bir qimmatbaho qog'oz - aksiya. Bu maqolada aksiya (qimmatbaho qog'oz) haqida ko'pgina ma'lumotga ega bo'lasiz.

Kalit so'zlar: Aksiya, qimmali qog'oz, qimmatli qog'ozlar bozori, fondbirjasi, bozor.

https://doi.org/10.5281/zenodo.7569542

KIRISH

Mamlakatlarda yuzaga kelishi mumkin bo'lgan ziddiyatlarni oldini olish maqsadida, institutsional investorning ta'sischilari va mansabdor shaxslari investitsiya qilish to'g'risidagi qaror qabul qiluvchi organ tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga qadar, o'zining investitsiya ob'ekti bilan affillanganligi to'g'risida axborot berishi kerak. Institutsional investorlar qimmatli qog'ozlar bozorida investitsiyalarni amalga oshirishda quyidagilarni bajarishlari shart:

a) qimmatli qog'ozlar bozori to'g'risidagi qonunchilik va monopoliyaga qarshi qaratilgan qonun hujjatlari, shuningdek, mazkur Nizom talablariga rioya qilish;

b) investitsiya tavakkalchiligi to'g'ri (adekvat) baholashni amalga oshirish va samarali investitsiya qarorlarini qabul qilish uchun zarur bo'lgan moliyaviy, texnik, axborot resurslari va malakali xodimlarning mavjudligini ta'minlash;

v) o'zlik mablag'lari (kapitallari)ning va boshqa moliyaviy ko'rsatkichlarning etarliligi va

qonunchilikda o'rnatilgan majburiy me'yorlarga muvofiqligini ta'minlash;

g) o'z xodimlarining qonunchilikda o'rnatilgan malakaviy talablarga muvofiqligini ta'minlash.

Institutsional investor o'z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda o'z mijozlarining manfaatlariga rioya etishi lozim.Institutsional investor o'z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda o'z mijozlarining manfaatlariga rioya etishi lozim.Investitsiya aktivlari bo'yicha zarar ko'rish xavfini kamaytirish maqsadida institutsional investorlar qonunchilikda o'rnatilgan me'yoriy talablarga rioya qilgan holda ushbu aktivlarni

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

diversifikatsiyasini ta'minlaydilar. Institutsional investorlar axborotlarining shaffofligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborotlarni oshkor etish orqali ta'minlanadi. Institutsional investorning ijroiya organi institutsional investorning ta'sischilari oldida, har yili qimmatli qog'ozlarga qilingan investitsiyalar to'g'risida hisobot berishga majbur. Institutsional investorning xodimlari va boshqaruv organi a'zolari tomonidan xizmat va maxfiy axborotlardan foydalanish tartibi qonunchilik bilan belgilanadi. Institutsional investor tomonidan qimmatli qog'ozlar bilan bajarilgan operatsiyalar bo'yicha hujjatlarning saqlanilishi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi. Korporativ qimmatli qog'ozlarga qilinadigan investitsiyalarning sifatini ta'minlash maqsadida, institutsional investor uning boshqaruv organi tomonidan belgilangan tartibda tasdiqlanadigan investitsiya siyosati to'g'risidagi nizomni ishlab chiqadi. Moliyaviy barqarorlikni ta'minlash maqsadida, institutsional investorlar o'z aktivlarini ishonchlilik, diversifikatsiyalik, qaytarishlilik, foydalilik va likvidlilik tamoyillari asosida investitsiya qiladilar. Institutsional investorning bitta korxona ustav kapitaliga, shuningdek, ushbu korxonaning boshqa qimmatli qog'ozlariga qilinadigan qo'yilmalari, qonun hujjatlariga hamda yuqorida keltirilgan investitsiya siyosati to'g'risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi. Institutsional investor korporativ qimmatli qog'ozlarning xillari va turlarini hamda ularga rejalashtirayotgan investitsiyalarning minimal darajasi miqdorini mustaqil belgilaydi. Bunda, korporativ qimmatli qog'ozlarga investitsiyalarning minimal darajasi miqdori institutsional investorning vakolatli organi tomonidan uning investitsiya siyosati to'g'risidagi nizomiga muvofiq amalga oshiriladi. Yagona dasturiy-majmua imkoniyatlari asosida O'zbekiston fond bozori eng ilg'or elektron texnologiyalar bilan jihozlanib, «Toshkent» RFB a'zolari o'rtasida elektron aloqalarni va xujjatlar aylanishini yagona texnik dastur bazasi asosida yangi tizimni joriy qilib, modernizatsiya qilinadi." Bu dasturiy-majmua yordamida birja bitimlarin rivojlantirish, broker va mijoz o'rtasidagi yagona va uzoqmuddatli shartnomalarni joriy qilish, birja savdo natijalarini o'zvaqtida elektron shaklida elektron tizimga yozish, birja savdolarini o'tkazish uchun depozitariy va hisob-kitob-kliring palatasi o'rtasidagi ma'lumotlar almashuvini tezlashtirish, listinga kirgan korxonalarning aksiyalarini bozor mexanizmi yordamida baholashni joriy qilish, aholining keng qatlamini fond bozoriga jalb qilish uchun yuqori likvidlili aksiyalarni savdoga chiqarishni shakllantirish va boshqa chora - tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Fond bozorida xalqaro standartlar talabi asosida faoliyat yuritish, qimmatli qog'ozlar savdosini "on-layn", ya'ni internet vositasida amalga oshirish tizimi shakllanadi, xo'jalik yurituvchi sub'ektlar, investorlar, holaversa, aholi uchun fond birjasi orqali o'z faoliyatini rivojlantirish va daromadini oshirish borasida qulay sharoit yaratiladi. Koreya fond birjasi esa Davlat raqobat qo'mitasi hamda O'zbekiston tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki, "Xalq banki", "Asaka bank" va "O'zsanoatqurilishbank" kabi yirik banklar qatorida "Toshkent" Respublika fond birjasining aksiyadorlaridan biriga aylanadi. Xalqaro fond bozoriga integratsiyalashuv va xalqaro tajribani o'zlashtirish maqsadida Koreya fond birjasi bilan boshlangan O'zbekiston Respublikasining fond bozorini modernizatsiya qilish ishlari davom ettiriladi. Ushbu ishlarning asosiy maqsadi ikki mamlakat fond birjalari bozorining har bir jabhasida o'zaro sheriklik aloqalarini kengaytirish, mamlakatimiz fond bozorining rivojlangan infrastrukturasini yaratish uchun zamonaviy axborot - texnologiyalariga ega bo'lishlikni

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

ta'minlashdan iboratdir.Bu esa o'z navbatida biznes vakillari uchun on-layn rejimida IPO o'tkazish orqali salohiyatli investorlarni topish ishlarini engillashtiradi.

Jahon amaliyotidagi mavjud tamoyil — birja listingiga kirgan xo'jalik sub'ektlarining aksiyalarini sotish jarayonining tatbiq etilishi, savdolarda xalqaro talablarga mos bo'lgan standartlarning qabul qilinishi, aksiyalarni xorijiy investorlarga chet el valyutasida sotish bo'yicha maydonchaning ishga tushirilgani, birja indeksi joriy qilinib, fond bozori holati aks ettirilgan ma'lumotlarning ommaviy axborot vositalari orqali muntazam e'lon qilinishining boshlanishi va birja veb-saytining ishlab chiqilgani "Toshkent" respublika fond birjasi faoliyatidagi muhim voqelar sirasiga kiradi. Shu o'rinda salohiyatli investorlar hamda qimmatli qog'ozlar bozori ishtirokchilarini to'liq ma'lumotlar bilan doimiy ravishda xabardor qilib borishda fond birjasi veb-saytining alohida rolini ta'kidlash joiz. Zero, mazkur sayt harkuni o'zaksiyalarini birlamchi va ikkilamchi bozorda joylashtiradigan listing korxonalari to'g'risidagi ma'lumotlar bilan hamda, ular aksiyalarining joriy kotirovkalari bilan tanishtirib boradi. Bundan tashqari fond bozori indeksining kunlik sur'atlari e'lon qilinadi. Shuningdek, saytdan sohaga oid qonunchilik haqidagi boshka ma'lumotlarni ham olish mumkin. Mamlakatimiz iqtisodiyotining muhim tarkibiy qismi bo'lgan qimmatli qog'ozlar bozorining hozirgi rivojlanish bosqichida jadal odimlayotgani dalolati sifatida ayrim raqamlarni keltirib o'tish joizdir. Bular asosan, iqtisodiyotning real sektori korxonalari, energetika, metallurgiya, qurilish va agrosanoat tizimidagi xo'jalik sub'ektlari, shuningdek, sug'urta kompaniyalari hamda tijorat banklaridir. Shu kabi ko'rsatkichlar miqyosini yanada oshirish maqsadida fond birjasida mavjud imkoniyatlar ishga solinmoqda. Ayniqsa, joylarda qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari mavqeini kengaytirish, hududlarda brokerlik idoralari sonini ko'paytirish, qo'shimcha aksiyalar chiqarish yo'li bilan mamlakatimizda muhim strategik axamiyatga ega bo'lgan va likvidlilik darajasi yuqori bo'lgan kompaniyalar aksiyalarining fond bozoridagi ko'lamini oshirish masalalariga asosiy e'tibor haratilmoqda. Mamlakatimizda qimmatli qog'ozlar bozori barcha rivojlanayotgan fond bozorlari kabi katta qiyinchiliklarga duch kelmoqda. Ulardan birinchisi qimmatli qog'ozlarning likvidligidir. Shuning uchun bozorning likvidligini oshirishni tashkil etishni takomillashtirish, birja va birjadan tashqari bozorlar tuzilmasini rivojlantirish, qimmatli qog'ozlar muomalasi va ularning xarajatlarini kamaytirish, axborot olish imkoniyatlarini oshirish zarur. Birinchi navbatda fond birjasi ishlarini Jahon standartlari darajasiga ko'tarish, qimmatli qog'ozlar listingi va kotirovkasi tartibini joriy etish, fond bozorini asosiy tuzilmalari: birjalari, depozitariylar va hisob - kitob kliring tashkilotlarining avtomatlashtirilgan aloqa tizimlarini yaratish zarur. Bugungi kunda respublikamizda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayoni ko'p jixatdan fond bozorini rivojlanishiga bog'liqbo'libqolmoqda. Moliyaviy vositachilar aktivligini oshirish, ular xarakatining samarali mexanizmlarini ishga solmasdan turib, ikkilamchi bozorni shakllantirish mumkin emas. Bu o'z navbatida fond bozorida investitsiya vositachilari faoliyati bilan uzviy bog'liqdir. Respublikamizda investitsiya vositachilari faoliyatining huquqiy asoslari va ular faoliyatining kafolatlari yaratilgan bo'lsada, bu sohada bir qator muammolar mavjud. Ma'lumki, mazkur faoliyatning rivojlanishi mamlakat iqtisodiyotini yuksalishiga, fond bozorini erkinlashtirish sohasida olib borilayotgan islohotlarning izchil amalga oshishiga, mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati samaradorligini oshishiga, ichki va

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

tashqi sarmoyalarini iqtisodiyotning eng muhimsohalariga jalb etgan holda, shu sohalarni taraqqiy etishiga olib keladi. O'zbekiston fond bozori infratuzilmasi shakllanganiga hali ko'p vaqtbo'lmasa ham rivojlanish dinamikasiga ega. Bu esa O'zbekiston fond bozorini integratsiyalashuvi jarayoni kechayotgan xozirgi kunda muhim ahamiyat kasb etadi.

O'zbekiston qimmatli qog'ozlar bozorini mustahkamlash va rivojlantirishning asosiy bosqichlari va yo'nalishlari, jumladan, me'yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, qimmatli qog'ozlar bozorini muassasaviy rivojlantirish, qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari faoliyatini takomillashtirish, fond vositalarining turlarini kengaytirish masalalari ko'rib chikilishi lozim. Chunonchi, quyidagilarni nazarda tutuvchi me'yoriy xujjatlarni ishlab chiqish va amaldagilarini takomillashtirish ishlarini davom ettirish kuzda tutiladi:

- qimmatli qog'ozlarga investitsiyalar kilish chog'idagi xatarlarni pasaytirish maqsadida yo'kotishlar o'rnini qoplashning turli xil shakllarini, qimmatli qog'ozlar bozorida o'zaro kafolatlar va sug'urtalash tizimlarini yaratish;

- qimmatli qog'ozlar bozorining professional ishtirokchilari bo'lgan tashkilotlarda yetakchi lavozimlarni egallab turgan shaxslarning kasb vakolatiga bo'lgan talablarni oshirish;

- uyushgan bozorlarda qimmatli qog'ozlar bilan savdo qilishning bir joyga jamlanishini rag'atlantirish;

- qimmatli qog'ozlar bilan operatsiyalarni amalga oshirishda "elektron imzo" tizimini joriy etish;

- qimmatli qog'ozlar bozorini muassasaviy rivojlantirish, qimmatli qog'ozlarni raqamlash, anderrayting, transfert agentlik, kastodian, reyting va sug'urta xizmatlarini ko'rsatuvchi tashkilotlarni tashkil etishni, qimmatli qog'ozlar bozori professional ishtirokchilarining yagona milliy uyushmasini barpo etish, keyinchalik esa undan broker-dilerlar, depozitariylar, investitsiya fondlari va hokazolarning ajralib chiqishini nazarda tutiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Т.Маликов, Н.Хдйдаров. Бюджет: тизими, тузилмаси, жараёни. 2007

2. Т.С. Маликов, Н.Х. Хайдаров. Финансы: государственные финансы. Учебное пособие. Экономика и финансы. Ташкент. 2009

3. Низомиддин Гайдаров, Фуркат Х,алимов. Жисмоний тарбия ва спорт муассасалари ва уларнинг мамлакат Ижтимоий-иктисодий хдётида тутган урни. Иктисодиёт ва таълим. 2020/11/26

4. Низамиддин Хайдаров. Роль таможенного дела в ускорении межгосударственных экономических отношений. Технико-технологические проблемы сервиса, 2019

5. Н.Х.Хайдаров. Роль иностранных инвестиций в финансовом оздоровлении Узбекистана. Финансы и кредит, 2001

6. Хдйдаров Н.Х. Молия: умумдавлат молияси. Т.: Иктисод-молия, 2009

7. Н.Хайдаров. Соликлар ва соликка тортиш масалалари. Укув кулланма. Тошкент: Академия, 2007

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

IMPACT FACTOR(ISI): 0.539

VOLUME 1, ISSUE 5, 2023

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

8. Т.С. Маликов, Н.Х. Хайдаров. Государственный бюджет. Учебное пособие "IQTISOD-MOLIYA, 2008

9. N.H.Haydarov, B.F.Azimov, F.Ehalimov. Increasing The Efficiency Of Using Sports Facilities Of Educational Institutions Of Sports. European Proceedings of Social and Behavioural Sciences EpSBS. 2020

10. Хайхадаева О.Д., Хайдаров Н.Х. ПОЛИТЭКОНОМИЯ ПЕРЕХОДА К ЧИСТОЙ ЭНЕРГИИ В США. "Халкаро молия ва х,исоб" илмий электрон журнали. № 4-5, август-октябрь, 2018 йил

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.