Научная статья на тему 'MODERNIZM: O‘ZBEK SHE’RIYATI TIMSOLIDA'

MODERNIZM: O‘ZBEK SHE’RIYATI TIMSOLIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
1
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
modernizm / estetik hodisa / adabiy oqim / psixologizm / poeziya / janr / ko‘ngil adabiyoti / yolg‘izlik kayfiyati / absurt adabiyoti / shori hayqioig‘i / falsafa / sharq falsafasi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Zebo Sabirova, Sherzod Minosidinov

This article briefly summarizes the penetration of modernism into contemporary uzbek poetry as a philosophical and aesthetic phenomenon that is ideological and artistic. End this article focuses on the similarities between modernism and philosophical philosophy, and compares the semantic aspects of both and the degree of influence on the human psyche.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MODERNIZM: O‘ZBEK SHE’RIYATI TIMSOLIDA»

MODERNIZM: O'ZBEK SHE'RIYATI TIMSOLIDA 1Zebo SABIROVA, 2Sherzod MINOSIDINOV

1O'zDJTU, Sharq filologiyasi fakulteti katta o'qituvchisi, filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD);

2O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 1-fakulteti stajyor o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11098651

Annotatsiya. Ushbu maqolada zamonaviy o'zbek she 'riyatiga modernizmning kirib kelishi va unda g'oyaviy-badiiy jihatdan ko'p tarmoqli falsafiy-estetik hodisa sifatida o'rin egallashiga qisqacha to'xtalib, izohlanadi. Hamda ushbu maqolada modernizm bilan falsaf - sharq falsafasin ing o'xshashlik jihatlariga e 'tibor qaratilib, har ikkalasining mazmuniy tomonlari hamda inson ruhiyatiga ta'sir darajasi muqoyasa qilinadi.

Kalit so'zlar: modernizm, estetik hodisa, adabiy oqim, psixologizm, poeziya, janr, ko'ngil adabiyoti, yolg'izlik kayfiyati, absurt adabiyoti, shori hayqioig'i, falsafa, sharq falsafasi.

Abstract. This article briefly summarizes the penetration of modernism into contemporary uzbek poetry as a philosophical and aesthetic phenomenon that is ideological and artistic. End this article focuses on the similarities between modernism and philosophical philosophy, and compares the semantic aspects of both and the degree of influence on the human psyche.

Keywords: modernism, aesthetic phenomenon, literary flow, sychology, poetry, genre, entertainment literature, the mood of loneliness, absurd literature, the poet's cry, philosophy, oriental philosophy.

Falsafa fan sifatida inson tafakkur tarzining umumbashariy ko'rinishi shaklida jamiyatdagi mavjud holatdan qoniqmaslikning ma'naviy ifodasi, ya'ni uni yanada takomillashtirish, rivojlantirishni; butun olam - tabiat, jamiyatning mazmun-mohiyatini; inson, insoniyat, xalq va millatning maqsadi, muammolarini chuqur o'rganishga asoslangan ilmiy-nazariy sohadir, deb izohlanadi manbalarda. Fanning bosh maqsadi inson va inson mohiyatini angla shga xizmat qilish ekan, falsafa "dunyoqarash sifatida ikki savolga javob topishni istadi: birinchisi - inson o'zi kim, uning mohiyati-yu tabiatini nima tashkil etadi; ikkinchisi - insonning yashashdan maqsadi nima va u nimaga intilishi lozimligini anglashi kerak"1.

Falsafiy qarashlarning turlicha talqin etilishiga ko'ra falsafani ikkiga - G'arb falsafasi va Sharq falsafasiga ajratishimiz mumkin. G'arb falsafasi tarixiga nazar solsak, aqliy yo'nalishga tayangan qadimgi yunon adabiyotida hayotni anglashning o'zgacha - aqliy va hissiy (masalan, Gomer ijodi ehtiros, g'am-g'ussa va qayg'udan iborat dunyoga yo'nalgan falsafaga asoslanganini ko'rishimiz mumkin) qarashlari asarlarida aks eta boshlagan. Gomer ijod jarayoniga aql ko'zi bilan qarab, voqealarning kelib chiqish sabab-oqibatini aniqlaydi, so'zga katta e'tibor qaratib, unga jismoniy va ruhiy harakatlar ifodasini beradi. Yevklid geometriyasi va Arastu metafizikasida ham mantiq, sog'lom fikr, xulosa va aniqlikka asoslaniladi. Borliq mohiyatini aqliy tushunish yo'lidan borgan Aflotun faqat yetuk bo'lmagan narsagina harakatda bo'ladi va bu harakati davomida azoblanadi, dard chekadi, deb izohlaydi o'z qarashlarida.

Davr o'ta borishi bilan falsafaning mohiyati yanada aniqlik kasb eta bordi. Inson tabiat, koinot tartibotlarini tahlil qilar ekan, tanasi, ruhi va aqli bir-biri bilan uyg'unlik kasb etib,

1 Po'latova D., Qodirov M., Sulaymonov J. Sharq falsafasi va madaniyati tarixi. Toshkent, 2017.

bularning barcha harakatlari oxir-oqibat faqat Yaratgangagina borib taqalishini angladi. Aql g'oyasining g'arbda paydo bo'lishi - insoniyat tarixida eng muhim hodisa sifatida e'tirof etiladi. Borliq va yo'qlik, haqiqat va fikr dunyosini bir-biridan ajratish borasida aqliy tajribani nazorat qilish imkoniyatini beradi.

Sharq falsafasi G'arb falsafasidan farqli ravishda ilk shakllanishining asosi diniy qarashlar bilan bog'liqdir. Insonning Yaratganni anglash yo'lidagi qarashlari hamda tabiatga mansub bo'lgan g'oyalarni rivojlantirishga keng imkon yaratishda xizmat qilgan Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino qarashlari Sharq falsafasida keng o'rin tutadi. Ibn Sinoning fikricha, barcha falsafiy ilmlar nazariy va amaliy ilmlar mohiyatiga tayanadi. Bunda nazariy qismi insonga haqiqatni bilish orqali ruhiyatimiz shakllanishi hamda bu dunyoda baxtli bo'lish uchun narsalar olamining holatini anglatsa, amaliy qismida esa saodatga erishish yo'lida shaxsiy xatti-harakat bilan olamni tushunish imkoni borligini tushuntiradi.

G'arb-u Sharq falsafasi mohiyatiga qaraydigan bo'lsak, har ikkisining bosh maqsadi ham Inson va uning baxtli yashamog'i yo'lida tushunishi zarur bo'lgan haqiqatlarni anglamog'i, anglatmog'i lozimligini ko'rishimiz mumkin. Falsafa bilimlarning barchasini o'zida jamlagani bilan fanlarning otasi hisoblanadi. Lekin vaqt o'tishi bilan falsafadan fanlar alohida ajralib chiqa boshladi va endi ular o'z mazmun-mohiyat bilan inson uchun xizmat qila boshladi.

Qarashlar, fikrlar insondan chuqur tafakkur, tahlil talab qilishi asnosida adabiyotni fan sifatida, keyinchalik badiiy ijod sifatida birinchilardan bo'lib insonning ruhiy holatlarini tahlil qildi, so'zning qudratini o'zida aks ettira bordi. Insonga o'z ko'nglini tushunish zarur edi va u "san'atlar san'ati va san'atlarning hammasini o'z ichiga olgan" (Anri Barbyus) adabiyot bilan tillashdi, dillashdi. Insonning o'zi bilan o'zi qolishi, o'zi bilan o'zi yuzlashishi sifatida paydo bo'lgan adabiy oqim - modernizm mohiyatiga qarasak, inson ijtimoiy hayotni anglagani sari, jamiyat ham inson uchun xizmat qilmog'i kerak, degan insonparvarlik g'oyasini o'ziga asos qilib oldi va insonning behalovat ko'ngliga quloq tutdi.

Xo'sh, nima uchun inson aqlli, anglash qobiliyati bo'la turib, uning ko'ngli behalovat va betaskin bo'lmog'i kerak? Adabiyotda modernizm paydo bo'lguniga qadar inson tinch va xotirjammidi? Yo'q, albatta. Uning bunday halovatsizligini tushunish uchun ham vaqt kerak edi. "Modernizm olam hodisalari va odamga munosabat, ulardagi turli-tuman holatlarni izohlash hamda tasvirlashda o'ziga xoslikka intilib, klassik yondashuv yo'sinini inkor etish yo'lidan borgan g'oyat ko'p tarmoqli falsafiy-estetik hodisadir"2, deydi adabiyotshunos Q.Yo'ldashev. Inson tafakkuri modernizmga yetib kelguniga qadar ham modernizmning ayrim ko'rinishlari boshqa uslublar tarkibida bor edi, toki o'zi yangi oqim bo'lib shakllanmaguncha, ko'zga tashlanmaguncha.

Modernizmga xos umumiy xususiyatlardan biri shuki, deydi adabiyotshunos D.Quronov, u ob'ektiv voqelikning tasviri o'rniga uning ijodkor tasavvuridagi badiiy modelini yaratishni maqsad qiladi3, ya'ni ijodkor tashqi olamdan ko'ra o'z ichki olamini aks ettiradi. Inson o'zini o'zi o'rganishi, anglashi jarayonida atrof-muhitni o'zicha idrok qiladi, mushohada qilishga kirishadi. Ana edi ijodkor "qoliplarni yorib chiqish" uchun tartibsiz dunyoning aksini ijod jarayonida aks ettirdi, uning yozganlari har xillikdan bir butunlik tashkil qilib, uyg'unlashadi, yuqorida ta'kidlanganidek, modernizm davrning qaysidir bir pallasida birdan paydo bo'lib qolgani yo'q:

2 Yo'ldashev Q. Modernizm: ildiz, mohiyat va belgilar. "Yoshlik" jurnali // 2014. 9-son

3 Quronov D. Adabiyotshunoslik lug'ati. - T. 2010.

modernizm o'zidan oldingi barcha oqimlarning qaysidir bir qismini jamlagan hamda o'z mazmun va shakliga ega bo'lgan oqim sifatida paydo bo'ldi. "Modernizm olam hodisalari va odamga munosabat, ulardagi turli-tuman holatlarni izohlash hamda tasvirlashda o'ziga xoslikka intilib, klassik yondashuv yo'sinini inkor etish yo'lidan borgan g'oyat ko'p tarmoqli falsafiy-estetik hodisadir"4, deya tushuntirilgan modernizmga bir paytning o'zida hamma aloqador va ayni damda hech kimning aloqasi yo'q, tushuniksiz bir hodisa, deb ham qaraladi. V.Gumbol'dt "har qanday tushunish - anglanish ayni paytda anglanmaslik hamdir", deydi. Turli qarashlar har xillilikka doir bo'lib, har xillilik esa ayni bir xillikdan kelib chiqadi nazarimda. Masalan, teatrga tushdingiz va albatta, yolg'izmassiz. Sizga hamrohdan bo'lak yana boshqa ko'pchilik hamrohlar ham yonma-yon bu yerda. Spektakl tomosha qilyapsiz. Hamma ham bir vaqtda kirib, bir vaqtda chiqadi teatrdan. Ammo har kim sahna asariga turlicha fikr bildiradi va har xil xulosa qiladi. Ayni kelingan har xil xulosa bir paytda ko'rilgan bir xil tomoshaning natijasidir. Modern asarga, istang she'r, xohlang nasriy asar bo'lsin, ham xuddi shunday yondashadigan bo'lsak, bitta asardan turli talqinlar, xulosalar, tushunish bilan birga tushunmasliklar kelib chiqadi. Modernizm hodisasi birgina badiiy adabiyotda emas, san'atning boshqa turlariga ham kirib borgan bo'lib va bu hodisa asrlar davomida insonga hayotni tanitib kelayotgan klassitsizm an'anasi chegarasida paydo bo'ldi5.

Modernizm va klassitsizm, modernizm va realizm, modernizm va postmodernizm, modernizm va boshqa "izm"larni ko'p bora solishtirish va muqoyasa qilish mumkin. Oddiygina qilib tushuntirsak, Hasan yaxshimi yo Husan deganday. Agar ikkalasini taqqoslasak, har ikkovi turli sifatlarda bir-biridan ustun jihatlarini sanash mumkin, shu bilan birga kamchiliklarini ham! Alohida-alohida olinganda esa o'zlariga xos yutuqlari ham ayon bo'ladi. "Izm"lar ham xuddi shunday. Klassik adabiyot o'ziga antik davr an'analarini namuna sifatida qabul qilib, unga ergashishni istasa, "modernizm klassik falsafadagi san'atga real voqelikning in'ikosi tarzida qarashdan voz kechib, borliqqa qat'iy bog'lanib qolish san'atkorni cheklab qo'yadi, u o'z o'y-u xayollari bilan voqelikdan tashqarida turganida ko'proq ijodiy imkoniyatga ega bo'ladi"6, deb qaraydi. Realizmda ham shunday, u tashqi olam - borliqni bor bo'yicha ko'rsataman desa, "modernizm yangi borliq yarataman"7 deydi.

Insonning turmush tarzi, hayotga qarashi, atrofdagilarga va o'ziga o'zining munosabatida ham o'zgarishlar bo'lishi tabiiy jarayondir. Bu jarayon esa inson, insonning ko'ngli bilan bog'liq. Ko'ngilning o'zi katta bir adabiyotdir. "Adabiyotda o'zgarishlarning doimiyligidan boshqa o'zgarmas narsa yo'qdir. Modern adabiyot inson didi va qarashlaridagi o'zgarishlar ifodasi o'laroq yuzaga keladi"8. Demak, o'zgarishlarning davomiyligi inson ko'ngli-yu kayfiyati bilan uzviy bog'liq.

4 Yo'ldashev Q. Modernizm: ildiz, mohiyat va belgilar. "Yoshlik" jurnali // 2014. 9-son

5 Тураева, Б. (2021). Чингиз Айтматов ижодида рамзлар тал^ини. Filologiya ufqlari jurnali, 6(6).; Bahor Bahriddinovna Turaeva. (2021). Theoretical and poetic peculiarities of the chronotope in the novel "The Place of the Skull" by Ch. Aitmatov. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt / Egyptology, 18(5), 84-103. Retrieved from https://archives.palarch.nl/index.php/jae/article/view/7570; Bahor, Turaeva. "UDC: 82.09 Micro-chronotop features in the novels "The Day Lasts More Than A Hundred Years" and "Doomsday"."Scientific reports of Bukhara State University: 154.

6 Yo'ldashev Q. Modernizm: ildiz, mohiyat va belgilar. "Yoshlik" jurnali // 2014. 9-son

7 Х,амдамов У. Ру^ни уйготгувчи суз. - Тошкент. Турон замин зиё.. 2017. 251 б.

8 Йулдашев Ёник; суз. - Тошкент. Янги аср авлоди. 2006. 151-б.

Davr kayfiyatining asosini Inson xulq-atvori, tabiati, munosabati, tuyg'ulari, kechinmalari, yurak dardi bor qiladi. Masalan, XX asr boshida adabiyot g'oya tashuvchi vazifasida ko'rilgan bo'lsa, bugungi kunda uni kayfiyat ifodalovchi (ham har kimning o'zinikini va bu bilan o'zgalarnikini ham) sifatida e'tirof etish mumkin. Chuqurroq qaralsa, o'rta asrlar, undan oldin ham diniy-irfoniy, tasavvufiy qarashlar orqali inson ko'nglini Alloh bilan bog'lab (aslida bu holat o'zgarmas va doimiy mavzu!), buni asarlarida ham aks ettirgan bo'lsa, vaqt o'tishi bilan ijtimoy masalalar ham bo'y ko'rsata boshlagan.

Modernizm mazmunidan anglashiladiki, u o'ziga maqsad sanagan savollar, mushohadalar falsafaning ham asosini tashlik qiladi va ayni holatda har ikkisining ham kesishgan nuqtasi inson va uning qismati, qismat oldida ojizligi, bu ojizlikning yechimini izlash besamar ekanligini ko'rishimiz mumkin. Lekin inson o'zi uchun berilgan ijodni anglash bilan yechim topganday bo'lsa, ajabmas...

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Х,амдамов У. Рух,ни уйготгувчи суз. - Тошкент. Турон замин зиё.. 2017. 252 б.

2. Х,амдамов У. Янгиланиш эхтиёжи. - Тошкент: Фан. 2007. 119-б.

3. Жахон адиблари адабиёт хакида. Э.Ховардсхолм. Модернизм. - Тошкент. Маънавият. 2010. 367 б.

4. Рахимжон Р. Дала гуллари (адабий маколалар, кузатиш ва шеърлар). -Тошкент. 2006. 31-б.

5. Рахижонов Н. Давр ва узбек лирикаси. - Тошкент: Фан, 1979. 9-б.

6. Йулдашев Модернизм: илдиз, мохият ва белгилар. "Ёшлик" журнали// 2014. 9-сон

7. Йулдашев Ёни; суз. Янги аср авлоди. 2006.161-б.

8. ^уронов Д. Адабиётшунослик лугати. - Т. 2010.

9. Пулатова Д., ^одиров М., Сулаймонов Ж. Шарк фалсафаси ва маданияти тарихи. Тошкент, 2017.

10. Тураева, Б. (2021). Чингиз Айтматов ижодида рамзлар талкини. Filologiya ufqlari jurnali, 6(6).

11. Bahor Bahriddinovna Turaeva. (2021). Theoretical and poetic peculiarities of the chronotope in the novel "The Place of the Skull" by Ch. Aitmatov. PalArch's Journal of Archaeology of Egypt / Egyptology, 18(5), 84-103. Retrieved from https://archives.palarch.nl/index.php/jae/article/view/7570;

12. Bahor, Turaeva. "UDC: 82.09 Micro-chronotop features in the novels "The Day Lasts More Than A Hundred Years" and "Doomsday"."Scientific reports of Bukhara State University: 154.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.