MIRMUHSIN MIRSAIDOVNING "ILON O'CHI" ASARINING FALSAFIY
TAHLILI
Jurayev Sherali Soibnazar o'g'li
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti "Ijtimoiy-gumanitar fanlar" kafedrasi e-mail: sherjon191@gmail.com
Mazkur maqolada o 'zbek she'riyati va nasrining ko 'zga ko 'ringan vakillaridan biri, sermahsul ijodkor Mirmuhsin Mirsaidovning "Ilon o'chi" asari falsafiy tahlil etilgan. Mirmuhsin serqirra ijodkor sifatida o 'zining bir qancha qiziqarli asarlari bilan o'zbek adabiyotiga salmoqli hissa qo'shgan yozuvchi sifatida ulug'lanib kelinmoqda.
Kalit so'zlar: "Ilon o'chi", halollik va riyokorlik, san'at, "Ovchi bolalar".
This article presents a philosophical analysis of the work " Retribution of snake" by Mirmuhsin Mirsaidov, one of the prominent representatives of Uzbek poetry and prose, prolific creator. Mirmuhsin is being honored as a writer who made a significant contribution to Uzbek literature with a number of interesting works.
Key words: " Retribution of snake", honesty and hypocrisy, art, "Hunter children".
В данной статье представлен философский анализ произведения « Возмездие змеи» Мирмухсина Мирсаидова, одного из ярких представителей узбекской поэзии и прозы, плодовитого творца. Мирмухсин удостоен чести как писатель, внесший значительный вклад в узбекскую литературу рядом интересных произведений.
Ключевые слова: « Возмездие змеи », честность и лицемерие, искусство, «Дети-охотники».
Mirmuhsin Mirsaidov 1921 -yilning 3-mayida Toshkent shahrining Qo'rg'ontegi mahallasida kulol oilasida dunyoga keldi. O'rta maktabni bitirgach, Toshkent davlat pedagogika institutida tahsil oldi. Mirmuhsin O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasi kotibi, "Sharq yulduzi", "Mushtum", "Guliston" jurnallarida bosh muharrir, hozirgi "O'zbekiston ovozi" gazetasida bo'lim mudiri vazifalarida ishladi. Mirmuhsin uzoq ijodiy umridagi xizmatlari uchun 1974- yilda Hamza nomidagi davlat mukofoti,
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
АННОТАЦИЯ
KIRISH
96
www.birunijournal .uz
1981-yilda "O'zbekiston xalq yozuvchisi", 1998- yilda "El-yurt hurmati" singari yuksak mukofotlar bilan taqdirlangan.
Badiiy ijodini shoir sifatida boshlagan Mirmuhsin serqirra ijodkor sifatida taniladi. Uning "Sheralining mardligi", "Ovchi bolalar" nomli she'r va hikoyalar to'plamlari. Dostonlaridan "Shiroq", "Avesto" nomli asarlari chop etilgan. She'riyat hamda kichik nasriy janrlar bo'lmish hikoya va qissachilikda muayyan tajriba orttirgan Mirmuhsin romanavis sifatida ham samarali ijod qiladi. "Me'mor" (1972), "Temur Malik" (1986), "Turon malikasi" (1997), kabi tarixiy, "Umid" (1969), "Chiniqish" (1970), "Chotqol yo'lbarsi" (1977), "Ildizlar va yaproqlar" (1982), "Ilon o'chi" (1995) nomli zamonaviy mavzudagi romanlari adabiy jamoatchilik hamda kitobxonlar e'tiborini qozondi. Ularda turli davrlarda yashab o'tgan turli taqdir egalari bo'lgan kishilarning betakror taqdirlari aks ettitildi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR (Discussion and results)
Hozirda qisman tahlil qiladigan asarimiz Mirmuhsinning ijodiga mansub "Ilon o'chi" romanidir. Romanning etik va estetik jihatlari, undagi inson qadri, milliy urf-odatlar, qadriyatlar, axloqiy tomonlari haqida fikr yuritamiz. Bu roman 4 fasldan iborat. "Ilon o'chi" romanida 1896 - 1990- yillardagi "o'tish davri"dagi voqealar tavsirlab berilgan. Umr so'qmoqlarida har bir inson o'zining xatti-harakati va qilmish-qidirmishlariga yarasha javob oladi. Bunday hol jamiyat va tabiat hodisalariga ham daxldordir. Kitobxonlar e'tiboriga tushgan ushbu asar vaqealari zamirida ana shu umuminsoniy xulosa yotadi va qiziqarliligi bilan kitobxonni rom qiladi. Shu asno hayotdan to'g'ri xulosa chiqazishga, inson bo'lib yashamoqning siru aasrorlarini teran fahmlab olishga undaydi. 45 hikoyadan iborat ushbu asar hikoyalari asl zamirida ham shunday umuminsoniy xulosa yotadi. Avvalambor e'tiborimizni tortayotgan asarning sarlovhasi haqida to'xtalib o'tsak asarda shunday rivoyat keladi: "Fil jabr chekkan kimsadan 10 yillardan keyin ham o 'ch olarmish. Ot 3-4 yilgacha unutmaydi, it undan ham ko 'proq hafa bo 'lib yuradi. O 'ch olganda ham yomon odamdan uzoqlashib ketadi. Ammo ilonning jufti qasd qilgan kimsani umr bo'yi poylab yuradi." Bunga misol tariqasida qadimda shu qishloqda o'ldirilgan bir yarim qulochlik ilonning sherigi cho'pon yigit ortidan uzoq yaylovga ham borgan ekan. Tun cho'kib, mollar chetidagi qo'nalg'asida hordiq chiqarib, uxlabb yotgan cho'ponning borib tishlagani,zaharlab o'ldirgani haqida hammaga ma'lumdir. Mirmuhsin o'zining bu romanida halollik va riyokorlik hamma vaqt to'qnashuvda bo'lishini ko'rsatadi.Tarixan qadimiy o'z adabiyotimizda bu kurash asosiy mazmunni kashf etib, juda ko'p nasriy asarlar yaratilgandir. Hatto mansabdor o'zbek oilasining qizi Nigora qismati, uning fojiaviy
97
www.birunijournal .uz
muhabbati ham halollik bilan riyokorlik olishuvi otashida toblanadi. Yuqorida aytilganiga ko'ra ilon o'idirilgan o'z jufti uchun qachonlardir o'ch oladi deyiladi, nopok kimsalar ham qattiq o'ch oladi. Qisqasi, muallif hayotimizda hali uzoq yillar sobit turadiga hasadgo'ylikka qarshi tig' ko'tariladi. Romanning bosh qahramoni ziyoli oila farzandi Nigoraa va bolajak doktor Xabibdir. Asar voqealari bevosita bosh qahramonlar hayoti ular bilan bog'liq ravishda sodir bo'ladigan hodisalar orqali gavdalanadi. Adib roman voqealarini tavirlashda hozirgi zamonaviy nutq uslubidan keng foylangan. O'sha davr oraliq vaqtini ochib berishda ruhiy tahliliy imkoniyatlaridan mahorat bilan foydalangan. Shu sababli ham asarni o'qiyotgan talaba vaqt oralig'idagi hayotni jonli va hayotiy his qila oladi. Romandagi hikoyalarni to'liq anglash uchun o'sha davr,zamon muhitini,qahramnlar harakterini yaxshi o'rganish talab etiladi. Kitobxon asarning birinchi hikoyasidayoq milliy qadriyatlarimizga oid bo'lgan hikoya bilan boshlaydi. 1-hikoya "O'zbekning nikoh to'yi" deb nom olgan hikoyada: "Hamma xalqlarda ham nikoh to'yi umr tantanasidir,to'y qutlug' ammo o'zbekning nikoh to'yidek sahobatli to'y bo'lmasa kerak ! ", "Odam ato vaqtlaridan boshlab o 'zi shunaqa,Bir hisobda buning nimasi yomon? Umrida bir marotaba elga osh bermagan,karillab yurgan,janozasifa oltita odam to'planganlarni ham ko'rdik" Shu o'rinda xalqimizdagi bir maqol yonimga keldi "Birni ko'rib fikr qil,birni ko'rib shukur qil" Milliy qadriyatlarimizdan biri bo'lmish,orzu-havas bilan qilinadigan o'zbeklarning to.L NO'yi o'zgacha.Adib bu yerda hamma o'z imkoniyatlari darjasida ish qilishiga chorlaydi.Asarning bosh qahramonlari bo'lmish Nigora va Xabib ham shu to'yda tanishishadi. Yana shu hikoyada insoniy burch haqidagi fikrga e'tiborimizni qaratsak "Xabib ba 'zan o 'ziga o'zi tasalli berar edi,to'yga bormoq ixtiyoriy,ammo janozaga bormoqlikfarz,insoniy burch!" bu orqali milliylik va insoniylik qadri tushunchalari haqida ma'lumotlar olsak bo'ladi.Ya'ni har bir Sharqda tarbiya topgan musulmon kishi insoniy burchlarga e'tibor qaratadi ularni qadriyat sifatida o'rganib, amal qilib keladi.Lekin shunisi ayanchliki, asar yozilgan davrda, O'zbek xalqi SSSR qo'lida edi. Bundan ko'rinadiki,aholining dinidan, milliyligidan vos kechishga majbur qilingan.Qisqacha qilib aytganda o'zligini yo'q qilishga harakat qilingan. El boshiga ish tushgach, etik bilan suv kechadigan azamatlar to 'lib yotibdi. Xullas yosh-u qari paxta mashaqqati bilan band. Paxta bu siyosat, paxta- xonumonimiz, bor omolimiz, paxta bu - milliy iftixor ! Shunday deb o 'rgatmoqda peshvolarimiz. Asardagi quyidagi jumlalar ham inson qadrini yo'q bo'lib ketayotganligiga misol bo'ladi.
Asarda alohida e'tiborimni tortgan narsa shu bo'ldiki, estetikaning kategoriyalaridan biri bo'lmish komediya yo'nalishidan keng foydalanilgan Nigora va Habib o'rtasidagi suhbatda ular o'zaro turli xazllar-u, latifalardan foydalanganlar.
98
www.birunijournal .uz
Nasriddin Afandi hangomalaridan bir nechta misollar keltirilgan: "Habib taasuf bildirib, - Nasriddin Afandi ham bozorda ketayotgan ekan, boshidagi yangi qalpog'ini o'g'ri olib qochibdi. Afandi bo'lsa o'g'ri ketidan chopib, quvlaydi,desalar, u bamaylixotir bozordan chiqib, to'ppa-to'g'ri qabristonga borib darvoza oldida o'tirgan emish. Orqasidan ergashib kelgan odamlar :
- Mulla Nasriddin,qalpog'ingizni o'g'ri u tomonga olib qochdi-yu, siz nega bu tomonga kelib o'tiribsiz? -debdi.
Afandi bo'lsa: O'sha baribir bir kuni shu yerga keladi... debdi". Estetikaning yana bir yo'nalishi bo'lmish ulug'vorlik, adib asarda bundan foydalangan. Aftobusdan tushib, Hadra maydoniga chiqdi. Bu tarixiy maydon chetida sirk tushgani,ununig chiroyli qubba - gumbazi yulduzlar olamidan uchib kelib, bu yerga qo'ngan afsonaviy "tarelka"ga o'xshaydi.Qadimiy maydon chuqurliklar qazib, yo'l qilingani, hammayoqqa ko'cha ochib,nariroqdagi Shayhontohur madrasasi-yu Darvozalarni buzib tashlash - kechirilmas gunoh bo 'ldi. Bizga ma'lumki, ulug'vorlikni binolarning hashamati orqali yaqqol his qilishimiz mumkin.Yuqoridagi jumlada ham aynan shunday holat tabbiy ravishda tasvirlangan.
Asardagi qadriyat tushunchasiga to'xtaladigan bo'lsak : "Savr oyida O 'zbekistonning hamma yerlarida sumalak pishirish qadimiy odat. Keyingi yillarda Toshkentu, Samarqandda, Farg'ona vodiysida, ayniqsa Surxon dalalarida sumalak pishirishu Navro'zni xalq g'oyatda keng nishonlaydi. Urushdan ancha ilgari bir sabab bilan Toshkentga ko'chib keli,ko'hna mahallalardan biri bo'lgan uyda Lazokatxonning ta'biricha, "ovro'polashib ketgan toshkentliklarga qadimiy o'zbek odatlari o'rgatadi.." jumlalari orqali o'zbeklarga qadriyat bo'lib qolgan Navro'z bayramining o'tkazilishi hammaning bir uyda yig'ilib sumalak qilib bahor faslini boshlab olishlari bularning barchasi biz uchun qadriyat hisoblanadi.
Bizga ma'lumki, etika-estetika so'zlarini eshitganimizda go'zallik,nafosat tushunchalari haqida fikr yuritamiz lekin hamma narsaning ham qarshi tomoni bordek bunda ham hunukli, fojiyaviylik ka'bi kategoriyalari bor. Asar haqida fikr yuritganimizda dunyoda ko'p narsalari qiyoslash orqali ma'lum bo'lishini asardagi salbiy rollarning qanchalar qabohatga botganiyu uning yomon tomonlari bizga ma'lum bo'lishini ko'rishimiz mumkin. Yozuvchi o'quvchilarga bunday harakterli qahramonlar orqali qabohatga qarshi turuvchi asli go'zallik va chiroyga intilishimizni talab qilmoqda. Bosh qahramon Nigoraning harakteridagi hususiyatlarga kelganimizda ham buni sezishimiz mumkin. O'ziga to'q oilada kata bo'lgan 20 yoshlik bu qizning xulqi ayrim o'rinlarda huddi hech narsani bilmaydigan yosh boladek tasvirlangan " Mashina gurillab yurib ketdi. Ona-bola ammaning qizlari,ovsinlari haqida imo-ishorali gaplashishdi.
99
www.birunijournal .uz
- Juda eskicha-ya! - dedi nigora, - kursiga qo 'ygan shirinliklar yuzta mehmonni ko'rganga o'xshaydi. Konfetlari shimib qo'yilgandek qirrasi yo'q... Hudo biladi ichi qurtlaganmi... Ammalar tupdonni yonlariga qo'yibdilar,ko'nglim ozib ketdi". Mirtemir Nigorani hislatlarini ochib berishda unga ta'rif bermagan lekin biz mana shu uning o'z jumlalaridan ham, holatlarga bildirgan fikrlaridan o'zimiz uchun xulosa qilishimiz mumkin. Yoki hozirgi suhbatga e'tibor beraylik: - Oyi, xudo bormi o 'zi? - Nigora avval onasiga, keyin qo 'qonlik Lazokatxonning dugonasiga qaradi.
- Xudoga ishongan odam uchun xudo bor, xudoga ishonmagan batovfiq,yomon odam uchun xudo yo 'q!
Nigora bosh irg'atib,tushundim ishorasini qildi. Mashina haydab ketayotgan shofyor yigit orqasiga qayrilib, asli qo 'qonlik xotinga bir qarab qo 'ydi. Chamasi bu gap unga yoqdi. Shundan ham Nigoraning qay darjada bilimga ega ekanligini.Balki buning ta'sirida o'sha davr siyosati ta'sir etgandir?! Nima bo'lganda ham oilada farzandlarga tarbiya masalasi birinchi o'rinlarda turadi. Fikrimcha farzand tarbiyasida ayrim xatoliklarga yo'l qo'yishgan.Bulardan eng kattasi Nigoraning bilimsizligi deb hisoblayman. Tarbiyada ham ota,ham ona deyarli bir xil darajada bo'ladi,to'g'ri unda onalarimizning o'rni muhumroq. Lekin ayolni tarbiyalab turguvchi bu erkak kishi hisoblanadi. Nigoralarning oilasida asosan oila boshlig'I davlat ishlari bilan band bo'ladi,qolgan yumushlar esa onaning zimmasiga qoladi.Bu bilan Mahbubaxonga bo'lgan fikrim salbiy emas,lekin tarbiya masalasiga u o'zining asosiy e'tiborini qaratmagan. Bu nafaqat bu asar doirasida balki hozirgi kundalik hayotimizda ham uchrab turgan muammolarimizdan biri hisoblanadi. Eng muhumi oiladagi muhitni axloqiy go'zal va ma'naviy qilishimiz kerak deb hosiblayman.
Maxbubaxonning xarakteridagi hususiyatlarga e'tibor beradigan bo'lsak, haqiqiy o'zbek ayoli uyda oilani ham, yon-atrofda boshqa ishlarga ham o'z vaqtida ulgurib, e'tibor berar edi. "Zulfiqorovning o 'z urug'- aymog'lari, yor- birodarlaridan ajratmaslikka intilib, ba'zi marosim, qa'da chaqiriqlarga, eshitib qolsa betob yotgan urug'larining ko'nglini olib, qo'lidan kelsa yordam beradigan, oilaning "bosh vaziri " Mahbubaxondir. Ziyrak, buning ustiga o 'ta ko 'nggilchan bu ayol darhaqiqat Jamshidbek akaning baxti, shu ayol tufayli uning oilasi xotirjam,mayda janjallardan batamom xoli. Erining mansabdor o'rtoqlari emas,qarindosh, hammahalla yor-birodarlari bilan aloqani uzmay, posongini to'g'irlab turadigan mana shu "baxtu marojonga to'lgan" Mahbubaxon darxaqiqat kata xonadonning Bekasi, fahri,aqli avvali edi." Zulfiqorov davlat ishi sabablari bilan juda ko'p viloyatlarda yurar,uyda bo'lmas edi. Shunday paytlarda oilaning barcha tashvishlariyu,qiyinchiliklari Mahbubaxonning bo'ynida edi.
100
www.birunijournal .uz
Ahmad Yugnakiyda shunday fikr kelgan edi: "Foydasiz tortishuvlardan inson o'zini tiyishi kerak. Bu tortishuvlar ulug'larni g'azabga keltirsa, kichiklarning xulqini buzadi." Asarni o'qiganimdan, Mahbubaxonning harakatlari bilan tanishganimdan so'ng shu fikrlar yodimga tushidi. Uning tabiatida kimdur bilan tortishuv hech kuzatilmas edi.Umumiy oladigan bo'lsak bu hislat hech kimga foyda keltirmaydi,nimagaki, har kim o'zining bilimlaridan chiqib kelib o'ylaydi.Yaxshi tomonga o'zgarishni istagan inson esa tafakkur qiladi va o'zidan yuqoriga qarab haqakat qiladi. Axloqshunoslik tomonidan aytganimizda xulqi chiroyli ayol qilib gavdalantirilgan.
Adib asar hikoyalarida taqib avj olgan yaqin o'tmishdan bir fojialar hususida,O'sha davr yillarida ziyolilardan qamalganlar,otilganlar bo'lmadi,ammo ta'qib turli bo'xtonlar yopishtirilib,mahv etilganlar ko'p bo'ldi.Bundaylar faqat navro'zu ona tilimizga emas,tuhmat toshini sevikli olimlarga ham otganlarni ko'rishimiz mumkin.
XULOSA (Conclusion)
Xulosa o'rnida aytadigan bo'lsak, Asarni o'qigan sari 45 hikoya o'z ketma ketligi bilan o'quvchida qiziqish uyg'otadi. Falsafiy va hayoti mushohada qilishga chorlaydi.Yozuvchining mahoratini shundan ham sezishimiz mumkin. Qahramonlar hayoti asar yakunida umuman boshqa tomonga o'zgarib ketishi ham "xulosan fikri" oxirida aytilishi kerakligini yana bir bor isbotlaydi. Asar juda qiziq buni albatta o'qib chiqishingizni tavsiya qilaman va har biringiz o'zingiz uchun ,shaxsiy qarashlaringiz uchun chiroyli yakuniy fikr olishingiz mumkinligini bildiraman. Umumiy olganda har bir xususiy fikr xususiyligi bilan farq qiladi. Har bir narsadan go'zallikni ko'ra olishni o'rganing va go'zallikni o'zingiz har qadamda o'z axloqingiz bilan yarating!
REFERENCES
1. Mirmuhsin. Me'mor: Chotqol yo'lbarsi: Romanlar. 1982. 736 b.
2. Mirmuhsin. Ilon o'chi. 1975.
3. Jurayev, S. S. O. G. L. (2023). ABU ALI IBN SINONING FALSAFIY QARASHLARIDA "INOYAT'X1^) TUSHUNCHASI VA UNING MOHIYATI. International scientific journal ofBiruni, 2(1), 43-47.
4. Jurayev, S. S. O. G. L. (2022). ABU ALI IBN SINONING INSON VA UNING MA'NAVIY KAMOLOT MASALASIGA MUNOSABATI. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 902-908.
101
www.birunijournal .uz