1-BO'LIM. VETERINARIYA SOHASIDAGI DOLZARB MUAMMOLAR
YECHIMI
UDK:615:636.3
MIOSTA-H® PREPARATINI QORAKO'L QO'ZILARINING BIOLOGIK
KO'RSATKICHLARIGA TA'SIRI
Chalaboyev Sh.A.
Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti "Veterinariya farmatsevtikasi" kafedrasi assistenti
Аннотация: В данной статье были проведены эксперименты по определению фармакостимулирующего действия препарата "Miosta-H®'^ организм каракульских ягнят. Для проведения опытов каракульских ягнят разделили их на 4 группы: первой экспериментальной группе инъекцирован препарат "Бутасал" производства нидерландской государственной компании "Interchemiye", второй экспериментальной группе инъекцирован препарат "Miosta-H®" компании "Miosta Group", а третьей экспериментальной группе каракульских ягнят был инъекцирован препарат "Е-селен" компании "Нита-фарм". В качестве контрольной группы была взята четвертая группа каракульских ягнят. Было изучено влияние каракульских ягнят на увеличение массы тела, рост и развитие, температуру тела, количество дыхательных и сердечных сокращений в минуту.
Annotation: In this article, experiments were conducted to determine the pharmacostimulating effect of the drug "Miosta-H®" on the body of Karakul lambs. To conduct experiments, Karakul lambs were divided into 4 groups: the first experimental group was injected with the drug Butasal produced by the Dutch state company Interchemiye, the second experimental group was injected with the drug Miosta-H® from Miosta Group, and the third experimental group of Karakul lambs was injected with the drug E-selenium from the companyNita Farm". The fourth group of Karakul lambs was taken as a control group. The effect of Karakul lambs on body weight gain, growth and development, body temperature, number of respiratory and heart contractions per minute was studied.
Annotasiya: Ushbu maqolada qorako'l qo'zilari organizmiga "Miosta-H®" preparatining farmako-stimullovchi ta'sirlarini aniqlash uchun tajribalar olib borilgan. Tajribalarni o'tkazish uchun qorako'l qo'zilari 4 ta guruhga ajratilgan bo'lib, birinchi tajriba guruhiga Niderlandiya davlatining "Interchemiye" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Butasal" preparati, ikkinchi tajriba guruhiga "Miosta Group" kompaniyasining "Miosta-H®" preparati, uchinchi tajriba guruhi qorako'l qo'zilariga esa "Nita-farm" kompaniyasining "E-selen" preparati, to'rtinchi guruh qorako'l qo'zilari nazorat guruhi sifatida olingan. Qorako'l
qo'zilarining tana vaznini ortishiga, o'sishi va rivojlanishiga, tana haroratiga, bir daqiqadagi nafas olish va yurak urush soniga ta'sirlari o'rganilgan.
Kalit so'zlar. "Miosta-H®", Butasal, E-selen, elektron tarozi, chastota, farmakostimulyatsiya, biopreparat.
Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda dunyo aholisining ekologik toza va sifatli chorvachilik mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirish hamda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda hayvonlarning turli xil patologiyalari katta to'siqlardan hisoblanadi. Shuningdek, hayvonlarda tabiiy rezistentlik hamda mahsuldorlik va pushtdorlikning pasayishi, yosh hayvonlarning o'sish-rivojlanishdan ortda qolishi natijasida chorvachilik xo'jaliklariga katta iqtisodiy zarar keltirmoqda. Ushbu muammolarni samarali hal etishda import o'rnini bosadigan, mahalliy ekologik jihatdan xavfsiz veterinariya dori vositalari, xususan biopreparatlarni ishlab chiqarishni modernizasiyalash va jadal rivojlantirishga ehtiyoj ortmoqda. Dunyo veterinariya amaliyotida biostimulyatorlarni ishlab chiqarish, ularni hayvonlar organizmiga farmakologik ta'sirini o'rganish hamda mahsulotlarning sifatini veterinariya sanitariya jihatidan iste'molga yaroqliligini baholash bo'yicha keng qamrovli ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqda.
Biostimulyator preparatlari hayvonlar organizmiga murakkab ta'sir ko'rsatib metabolizmni stimullaydi, markaziy asab tizimi faoliyatini tiklaydi hamda ular immunobiologik xususiyatlari, regenerativ qobiliyati va patogen omillarga chidamliligini oshirish xususiyatiga ega. Biostimulyatorlardan asosan yosh hayvonlarning o'sish va rivojlanishini tezlashtirish hamda mahsuldorligini oshirishda keng miqyosda foydalaniladi.
Tadqiqot obyekti va uslublari. Tajribalar Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti vivariyasida olib borildi. Tajribalar uchun jami 12 bosh 3-4 oylik qorako'l qo'zilari ajratib olindi va 3 boshdan 4 ta guruhga ajratildi. Birinchi, ikkinchi va uchinchi guruh qorako'l qo'zilarimiz tajriba guruhi sifatida hamda to'rtinchi guruh qorako'l qo'zilarimiz nazorat guruhi sifatida ajratildi. Tajribani boshlashdan oldin qorako'l qo'zilarning fiziologik xolatlari (nafas olish soni, yurak urishi soni, tana vazni) o'lchanib daftarlarga qayd qilib olindi. So'ngra qorako'l qo'zilarining tirik vazni har 15 kunda elektron tarozi yordamida tortish yo'li bilan aniqlandi.
Natijalar va ularning tahlili. Tajribalar uchun 12 bosh 3-4 oylik qorako'l qo'zilari ajratib olinib 3 boshdan 4 guruhga ajratildi.
> Birinchi tajriba guruhiga Niderlandiya davlatining "Interchemiye" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan "Butasal" preparatidan har 10 kun bir marta 3 ml dan muskul orasiga ineksiya qilindi.
> Ikkinchi tajriba guruhiga "Miosta Group" kompaniyasining "Miosta-H®" preparatidan bir oyda bir marta 2 ml dan muskul orasiga ineksiya qilindi.
> Uchinchi tajriba guruhi qorako'l qo'zilariga esa "Nita-farm" kompaniyasining "E-selen" preparatidan 10 kunda bir marta 0.4 ml dan muskul orasiga ineksiya qilindi.
> To'rtinchi nazorat guruhiga hech qanday preparat qo'llanilmadi.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
Barcha guruhlar xo'jalik ratsioni asosida oziqlantírílib borildi. Qo'llanilgan preparatlarni qorako'l qo'zilari organizmiga farmakologik ta'sir xususiyatlarini aniqlashda ularni tana harorati, nafas olish soni, yurak urishi soni hamda o'sishi va rivojlanishi doimo nazorat qilib borildi.
1-jadval
Tajribalardagi qorako'l qo'zilarining klinik ko'rsatkichlari (n=12)
Guruhlar Tajribalar vaqti Tana harorati oC Yurak urushi soni, 1 Daqiqada Nafas soni, 1 Daqiqada
1-tajriba Butasal preparati Boshida 39,4±0,04 140,5±4,5 61,2±2,6
15 kundan so'ng 39,2±0,03 138,7±3,8 59,6±2,4
30 kundan so'ng 39,0±0,03 135,4±3,7 58,4±2,3
45 kundan so'ng 38,8±0,02 133,7±3,6 57,0±2,7
60 kundan so'ng 38,7±0,02 130,5±3,6 56,2±2,5
2-tajriba "Miosta-H®" preparati Boshida 39,6±0,04 140,5±4,5 60,6±2,6
15 kundan so'ng 39,5±0,03 139,4±4,2 60,4±2,4
30 kundan so'ng 39,3±0,03 138,6±4,7 59,6±2,3
45 kundan so'ng 39,1±0,02 135,8±3,5 58,7±2,7
60 kundan so'ng 38,9±0,02 132,7±3,7 56,8±2,5
3-tajriba E-selen preparati Boshida 39,4±0,03 140,5±3,6 60,6±2,6
15 kundan so'ng 39,6±0,05 139,7±4,8 60,5±3,4
30 kundan so'ng 39,4±0,03 138,8±3,7 59,6±2,3
45 kundan so'ng 38,3±0,04 136,3±4,5 58,6±2,7
60 kundan so'ng 39,1±0,03 134,2±3,8 57,7±2,5
4-Nazorat Boshida 39,5±0,04 139,5±5,5 60,5±2,6
15 kundan so'ng 39,4±0,04 138,8±4,8 60,4±2,4
30 kundan so'ng 39,3±0,03 136,6±4,7 59,8±2,3
45 kundan so'ng 39,3±0,04 135,8±4,6 59,3±2,7
60 kundan so'ng 39,3±0,02 135,3±4,6 58,7±2,5
Nazorat guruhidagi qorako'l qo'zilarini klinik ko'rsatkichlari tajribalarning boshida tana harorati o'rtacha 39,5 ±0,04 oC tashkil etgan bo'lsa, tajribalar oxiriga kelib o'rtacha 39,3±0,02 oC ni tashkil etdi. Bir daqiqadagi yurak urishi soni o'rtacha 139,5±5,5 martani tashkil etgan bo'lsa, tajribalarning oxiriga kelib 135,3±4,6 martagacha, bir daqiqadagi nafas chastotasini 60,5±2,6 martadan 58,7±2,5 martagacha siyraklashishi qayd etildi.
"Butasal" preparati qo'llanilgan birinchi tajriba guruhidagi qorako'l qo'zilarining tana harorati tajribalar boshida o'rtacha 39,4 ±0,04 oC tashkil etgan bo'lsa, tajribalar oxiriga kelib o'rtacha 38,7±0,02 oC ni tashkil etdi. Bir daqiqadagi yurak urishi soni o'rtacha 140,5±4,5 martani tashkil etgan bo'lsa, tajribalarning oxiriga kelib 130,5±3,6 martagacha, bir daqiqadagi nafas chastotasini 61,2±2,6 martadan 56,2±2,5 martagacha siyraklashishi qayd etildi.
"Miosta-H®" preparati qo'llanilgan ikkinchi tajriba guruhidagi qorako'l qo'zilarining tajribalarni boshida tana harorati o'rtacha 39,6±0,04 oC ni tashkil etgan bo'lsa, tajribalarning oxiriga kelib o'rtacha 38,9±0,02oC ga teng bo'ldi. Bir daqiqadagi yurak urishi soni o'rtacha 140,5±4,5 martani tashkil etgan bo'lsa, tajribalarning oxiriga kelib o'rtacha 132,7±3,7 martagacha, bir daqiqadagi nafas chastotasini 60,6±2,6 martadan 56,8±2,5 martagacha siyraklashishi qayd etildi.
"E-selen" preparati qo'llanilgan uchinchi tajriba guruhidagi qorako'l qo'zilarining tajribalarni boshida tana harorati o'rtacha 39,4±0,03 oC ni tashkil etgan bo'lsa, tajribalarning oxiriga kelib o'rtacha 39,1±0,03 oC ga teng bo'ldi. Bir daqiqadagi yurak urishi soni o'rtacha 140,5±3,6 martani tashkil etgan bo'lsa, tajribalarning oxiriga kelib o'rtacha 134,2±3,8 martagacha, bir daqiqadagi nafas chastotasini 60,6±2,6 martadan 57,7±2,5 martagacha siyraklashishi qayd etildi.
2-jadval
Qorako'l qo'zilarning o'rtacha tirik vazni dinamikasi, kg
Tajriba guruhlari Bosh soni Tirik vazni, kg
Tajribadan oldin 15-kun 30-kun 45-kun 60-kun
I-tajriba 3 12,65±0,63 13,35±0,72 14,15±0,71 16,24±0,69 18,65±0,8 5
Il-tajriba 3 12,85±0,54 13,95±0,62 14,65±0,58 17,64±0,61 19,20±0,7 4
IlI-tajriba 3 12,70±0,58 13,52±0,63 14,18±0,65 16,12±0,65 18,38±0,7 2
IV-nazorat 3 12,54±0,68 13,32±0,67 13,95±0,71 15,40±0,58 17,43±0,6 9
2-jadval ma'lumotlaridan ko'rinib turibdiki, "Butasal" preparati qo'llanilgan birinchi tajriba guruhi qorako'l qo'zilarining nazorat guruhiga nisbatan o'rtacha tirik vazni tajribaning 15-kunida 0,22% ga, 30-kunida 1,43% ga, 45-kuni 5,45% ga, 60-kuni yesa 6,99% ga ortganligi kuzatildi.
"Miosta-H®" preparati qo'llanilgan ikkinchi tajriba guruhi qorako'l qo'zilarining nazorat guruhiga nisbatan o'rtacha tirik vazni tajribaning 15-kunida 4,72% ga, 30-kunida 5,01% ga, 45-kuni 14,54% ga, 60-kuni esa 10,15% ga yuqoriligi aniqlandi.
"Ye-selen" preparati qo'llanilgan uchinchi tajriba guruhi qorako'l qo'zilarining nazorat guruhiga nisbatan o'rtacha tirik vazni tajribaning 15-kunida 1,5% ga, 30-kunida 1,65 % ga, 45-kuni 4,67% ga, 60-kuni esa 5,45% ga yuqoriligi aniqlandi.
Qorako'l qo'zilarining o'sishi va rivojlanishiga ta'siri "Butasal" va "Miosta-H®" preparatlari qo'llanilgan birinchi va ikkinchi tajriba guruhlarida uchinchi tajriba va to'rtinchi nazorat guruhlariga nisbatan yuqori ekanligi aniqlandi.
Yuqoridagi 2-jadval ma'lumotlaridan kelib chiqqan holda qo'llanilgan "Butasal" va "Miosta-H®" preparatlari qorako'l qo'zilar organizmiga farmakostimullovchi ta'sirlari yuqori ekanligini ko'rsatdi.
Xulosalar
1. "Miosta-H®" preparatidan bir oyda bir marta 2 ml dan muskul orasiga ineksiya qilinishi qorako'l qo'zilarini o'sishi va rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatishi aniqlandi.
2. "Butasal", "Miosta-H®" va "E-selen" preparatlari qo'llanilgan birinchi, ikkinchi hamda uchinchi tajriba guruhlaridagi qorako'l qo'zilarining o'sishi va rivojlanishiga ijobiy ta'sir etib, nazorat guruhiga nisbatan tajribaning 60 kunida 6,99%, 10,15% va 5,45% ga yuqori bo'lishi aniqlandi.
Veterinariya sohasidagi dolzarb muammolar yechimi yosh tadqiqotchilar talqinida | TO'PLAM — 2/24
3. Eng yuqori ko'rsatkichlar "Miosta-H®" preparati qo'llanilgan ikkinchi tajriba guruhida qayd etildi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. Khalikov A. A. et al. EFFECTS OF ELEOVIT AND MEGAVIT DRUGS ON GROWTH AND DEVELOPMENT OF CALVES //Galaxy International Interdisciplinary Research Journal. - 2022. - T. 10. - №. 3. - S. 1-3.
2. Sharipov B.Q., Hayitov E.Sh., Boboqulov N.A. va boshqalar. Qorako'lchilikda texnologik jarayonlarni o'tkazish bo'yicha tavsiyalar. Samarqand -2021 yil.
3. Aliyev D.D. Surxondaryo sur qorako'l qo'ylari mahsuldorligini oshirishning fiziologik jihatlari. Dissertatsiya. Samarqand -2021 yil.
4. Ибадуллаев И.Ф., Кулиев Б.К. Пагоморфояогические изменения в организме каракулских овес болных пневмонией и леченных Т-жтивином. //Профилактика и меры борбы с болезнями селхоз. животных в Узбекистане. -Ташкент, 1993. -С.30-35.
5. Соколов В.Д. Фармакология. Учебник. Санкт - Петербург 2010.
6. Кириллов Н. К.// "Здорове и продуктивност животных". Чебоксары, 2006 г.
7. Internet ma'lumoti: Qorako'l qo'y zoti - Vikipediya (wikipedia.org)