Научная статья на тему 'MILLIY TARBIYANI BOLA SHAXSI XARAKTER XUSUSIYATLARIGA TA`SIRINING O’ZIGA XOSLIGI.'

MILLIY TARBIYANI BOLA SHAXSI XARAKTER XUSUSIYATLARIGA TA`SIRINING O’ZIGA XOSLIGI. Текст научной статьи по специальности «Психологические науки»

310
236
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MILLIY TARBIYANI BOLA SHAXSI XARAKTER XUSUSIYATLARIGA TA`SIRINING O’ZIGA XOSLIGI.»

MILLIY TARBIYANI BOLA SHAXSI XARAKTER XUSUSIYATLARIGA

TASIRINING O'ZIGA XOSLIGI.

Dilorom Abdullayevna Saliyeva

Qo'qon DPI Amaliy psixologiya kafedrasi psixo.f.n., dots. solievad78@gmail.com

Muhammadrizo Alisher o'g'li Jo'raboyev

Amaliy psixologiya yo'nalishi talabasi

Har qanday xalqning taraqqiyoti shu vatanda o'sib kelayotgan yosh avlodning tarbiyasiga, bu avlodlarga milliy xarakter va tarbiyaning qanchalar yuksak darajada shakllanganligiga bog'liq bo'lib, bu borada mamlakatimiz prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning olib borayotgan siyosiy isloxotlari va fikrlari muhimdir:"Xalqimizning ertangi kuni qanday bo'lishi farzandlarimizning bugun qanday ta'lim va tarbiya olishiga bog'liq".

Milliy tarbiyaning ijtimoiy - psixologik omili xarakterning milliyligidadir. Barcha xalqlar uchun umumiy bo'lgan tarbiya tizimi mavjud bo'lmagan. Hamma millatlar bir xil tarbiyaga ega bo'la olmaydi. Masalan: Yevropa - Amerika davlatlarining madaniyati Sharq mamlakatlari madaniyatidan tamomila farq qiladi. Bular o'rtasidagi farqning asosiy sababi shu mamlakatlarning har xil dinga mansubligi, tili, dini, milliy mentaliteti, urf-odatlari, ma'naviy hamda moddiy madaniyatlari turlichaliligidadir.

Diniy qarashlar xarakterni tarbiyalovchi muhim omillardan biri bo'lib, Al -Beruniy, Al-Xorazmiy, Al-Farobiy, Abu Ali ibn Sino kabi qomusiy allomalarimiz va Imom Buxoriy, Alisher Navoiy, Bobur kabi mutafakkirlarimiz ham aynan diniy qarashlar hamda oiladagi sog'lom muhit, madaniyat orqali to'g'ri tarbiyalanib borganlar. Chunki har bir din o'zi asoslagan ma'naviy ta'lim va axloqiy tarbiya tizimidan iboratdir.

Sharq xalqlari musulmonlarida ajdodlarga hurmat, ota-onaga izzat-ikrom ko'rsatish, Vatanga muhabbat, farzandlar oldidagi mas'uliyat, faqat o'zining emas, balki ijtimoiy muhitning, xalqning manfaatlarini o'ylash kuchli bo'ladi.

Yusuf xos Xojibning «Qutadg'u bilig» ("Yaxshilik keltiruvchi bilimlar") asarida axloqiy fazilatlariga ilm, zakovat orqali erishish

mumkinligi haqida tavsif beriligan bo'lib, bu ham axloq fazilatlarini tarbiyalashning usuli sifatida ko'rsatilgan.

^_May 21» ©

Republican Scientific and Practical Conference V i

https://ares.uz/

Alisher Navoiyning «Mahbub-ul qulub» («Qalblaming sevgisi») asarida insonning fe'l-atvori, gap-so'zlarining ahamiyati, yaxshi fe'llar va yomon xislatlar, uylanish va uning foydasi, oila odobi va oilada ayollarning fazilatlari haqida foydali fikrlar bayon etilgan bo'lib unda ham shaxs xislatlarini shakllantirishga tavsif berilgan.

Aytish mumkinki, shunday ma'naviy merosdan foydalanib, o'z hayot tarzini tuzgan musulmon xalqlarida bugun oilaviy hayot tarzi birmuncha barqarordir.

Xarakter va tarbiya shunday bir-biriga bog'liq tushunchalardirki, qachonki bolaga to'g'ri tarbiya berilsa, shundagina bu bola shaxsida ijobiy xarakter shakllanadi. Endigina shakllanayotgan bola tarbiyasiga quyidagilar ta'sir ko'rsatadi:

■ Oila tarbiyasi;

■ O'z vataninig ona tili;

■ Xalqning milliy mentaliteti;

■ Xalqning urf-odat, marosim, an'analari;

■ Xalqning ma'naviy va moddiy madaniyati, ommaviy madaniyati;

■ E'tiqod va islom madaniyatining axloqiy qadriyatlari: uvol-savob, iymon, insof, halol va harom va shu kabilar.

■ Ta'lim ona tilida olib boriluvchi maktab; ta'lim mazmuni;

■ Yashash xududi: mahalla, qishloq, milliy mafkurasi;

■ OAV va televideniya, uyali aloqa vositalari va internet tarmog'i.

Bilamizki, har qanday xalqning kelib chiqishi, urf-odatlari, an'analari, tili,

dini va milliy qadriyatlari bor. Bu millatning har bir aholisida yuqorida keltirilgan xususiyatlarga asoslangan xarakter mavjud. Bunday xarakterlar milliy tarbiya orqali namoyon bo'ladi.

Sharq oilasining bir qismi bo'lgan o'zbek oilalarida ham xarakterdagi o'zaro hurmat, qat'iy ichki intizom asosida barcha a'zolarining o'z burchi va vazifalarini ado etishlari, bir-birlariga nisbatan ezgulik va mehr - oqibat ko'rsatishlari an'anaga aylana borgan. O'zbek oilalarida o'z shaxsiy farovonligidan ko'ra oila sha'nining baland tutilishi, qarindosh - urug'lari va yaqin odamlariga, qo'ni-qo'shnilariga g'amxo'rlik qilishning birinchi o'ringa qo'yilishi oliy darajadagi qadriyat bo'lib, o'zbek qalbidagi bu gavharlar muhitini samimyatga yo'g'irishga, oilani mahalla va jamiyat bilan bog'lashga va mustahkamligini ta'minlashga xizmat qiladi.

Xarakterni tarbiyalovchi yana bir muhim jihatlardan biri bu milliy tarbiya bo'lib, kishining ibo-hayosi, or-nomusi, vijdon, uyalish hissi, xalqimizning duogo'yligi, qarg'ishdan qo'rqishi, sodda, tantiligi uning xarakterida ham muayyan darajada aks etadi.

May 21

https://ares.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

123

O'zbek oilalarida qadimdan masuliyatlilik, andishalilik, bosiqlik kabi xislatlarni shakllanishi oilaga quyilgan talablarni bajarishga harakat qilingan. Natijada bugunga kelib, o'zbek xalqida oilaning barqarorligi tufayli turli masalalarni hal etishda bosiqlik, andisha, yoshi ulug'larni hurmatlash kabi insoniy fazilatlar takomillashgan. Shuning uchun barcha davrlarda oilani mustahkamlashga, uning to'liqligini ta'minlashga harakat qilingan. Oilada intizom tuyg'usini shakllanganligi oila azolarini davlat va jamiyat ishida ham shu tuyg'u sohibi sifatida xizmat qilishi, har bir ishni o'z joyida va o'z vaqtida belgilab, tartib asosida bajarishini va bunday intizom, tartib butun xalq, millatning sharafiga aylanadi. Aytaylik, nemis va yaponlarga xos intizomning jahon miqyosida e'tirof etilishining sababi ham ana shunda. Fitrat bunday intizomlilikning ijtimoiy mohiyatini shunday ta'riflaydi: «Har bir millatning saodati va izzati, albatta, shu xalqning intizomi va totuvligiga bog'liq. Tinchlik va totuvlik esa shu millat oilalarining intizomiga tayanadi».

Shuniday ekan, o'zbek oilasiga xos tartib - intizom har bir oila a'zosidan oilada o'z burchi va mas'uliyatini anglashni, oilaviy munosabatlar madaniyatiga ega bo'lishini, oila iqtisodiy imkoniyatini hisobga olgan holda ish yuritishni, oila manfaatdorligini ta'minlashga intilishni, oila sha'nining sharaflanishiga erishishni oilada sog'lom turmush tarzini shakllantirishni talab etadi.

REFERENCES

1. Sh. M. Mirziyoyev. "Milliy taraqiyot yo'limizni qattiyat bilan davom ettirib yangi bosqichga kotaramiz." T - 2017

2. Karimova V. «Oila psixologiyasi». - Toshkent: Fan va texnologiyalar, 2007. - 200 b.

3. Статьи в Академии. Поведенческие особенности личности ребёнка в семейном воспитание. Д.А. Салиева - Science and Education, 2020г.

https://ares.uz/

■_May 21

Republican Scientific and Practical Conference

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.