Научная статья на тему 'MILLIY QADRIYATLAR – YANGI O‘ZBЕKISTON YOSHLARI TARBIYASINING O‘ZAGIDIR'

MILLIY QADRIYATLAR – YANGI O‘ZBЕKISTON YOSHLARI TARBIYASINING O‘ZAGIDIR Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
7
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Inter education & global study
Область наук
Ключевые слова
yoshlar tarbiyasi / milliy qadriyat / islohotlar / jarayon / ta’lim va tarbiya. / youth education / national value / reforms / process / education and training.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Х.H. Shodiyev

mazkur maqolada milliy qadriyatlarning yoshlar ta’lim-tarbiyasidagi ahamiyati haqida so‘z yuritiladi. Shu bilan birga milliy qadriyat tushunchasining mohiyati haqida ham qisqacha ilmiy-tahliliy ma’lumotlar berilgan. Milliy qadriyatlarimiz – Yangi O‘zbekiston yoshlari tarbiyasining asosi ekanligiga alohida urg‘u berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

NATIONAL VALUES – ARE THE BASIS OF THE NEW YOUTH EDUCATION OF UZBEKISTAN

this article talks about the importance of national values in youth education. At the same time, brief scientific and analytical information about the essence of the concept of national value is given. Special emphasis was placed on the fact that our national values are the basis of the education of the youth of New Uzbekistan.

Текст научной работы на тему «MILLIY QADRIYATLAR – YANGI O‘ZBЕKISTON YOSHLARI TARBIYASINING O‘ZAGIDIR»

ISSN 2992-9024 (online) 2024, №2

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

Original peper

MILLIY QA O'ZAGIDIR

© X.H. Shodiyev1^ Uzbekistan davlat san'at va madaniyat instituti, Toshkent, O'zbekiston

KiRiSH: mazkur maqolada milliy qadriyatlarning yoshlar ta'lim-tarbiyasidagi ahamiyati haqida so'z yuritiladi. Shu bilan birga milliy qadriyat tushunchasining mohiyati haqida ham qisqacha ilmiy-tahliliy ma'lumotlar berilgan. Milliy qadriyatlarimiz - Yangi O'zbekiston yoshlari tarbiyasining asosi ekanligiga alohida urg'u berilgan.

MATERiALLAR VA METODLAR: tadqiqot olib borilayotgan mavzuni o'zlashtirish va tahlil qilish uchun soha olimlarining 10 ta ilmiy maqoladan iborat korpus yaratildi. Yig'ilgan maqolalar 2015-2023-yillar oralig'ida xalqaro va milliy akademik jurnallarda chop etilgan. Bu maqolalar tahlil qilindi va qiyosiy tahlil olindi.

MAQSAD: Yangi O'zbekiston yoshlarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash va milliy qadriyatlarimiz targ'ibotini oshirish.

MUHOKAMA VA NATiJALAR: so'nggi yillarda mamlakatimizda madaniyat, san'at, adabiyot sohalarini yanada rivojlantirish, dunyo tajribalari asosida zamonaviy madaniyat va san'at sohasiga oid maskanlar ishini takomillashtirish, madaniyat va san'at sohasi xodimlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlash borasida hukumatimiz tomonidan qator ijobiy ishlar amalga oshirildi. Yangi O'zbekistonda olib borilayotgan shiddatli va zalvorli islohotlarning pirovard maqsadi umuminsoniy qadriyatlarni davlat siyosatining asosiy yo'nalishlari sifatida shakllantirishdan iboratdir.

XULOSA: xususan, milliy qadriyatlarni anglash va qadr toptirish, yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarimizni o'zida mujassam aylagan g'oyalarni ilgari surgan holda ta'lim-tarbiya berish dolzarb vazifaga aylangan desak mubolag'a bo'lmaydi. Nega deganda, milliy qadriyatlar - Yangi O'zbekiston yoshlarining ta'lim va tarbiyasidagi tub uzagidir.

Kalit so'zlar: yoshlar tarbiyasi, milliy qadriyat, islohotlar, jarayon, ta'lim va

tarbiya.

Iqtibos uchun Shodiyev X.H. Milliy qadriyatlar - Yangi O'zbekiston yoshlari tarbiyasining o'zagidir //Inter education & global study. 2024. № 2. E. 163-168.

НАЦИОНАЛЬНЫЕ ЦЕННОСТИ - ОСНОВА НОВОГО МОЛОДЕЖНОГО ОБРАЗОВАНИЯ УЗБЕКИСТАНА_

© Х.Х.Шодиев1Н

1 Государственный институт искусств и культуры Узбекистана, Ташкент, Узбекистан

DOI:10.24412/2992-9024-2024-2-163-168

fl_AR - YANGI O'ZBEKISTON YOSHLARI TARBIYASINING

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №2

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

ВВЕДЕНИЕ: в данной статье говорится о важности национальных ценностей в воспитании молодежи. При этом даются краткие научно-аналитические сведения о сущности понятия национальной ценности. Особый акцент был сделан на том, что наши национальные ценности являются основой воспитания молодежи Нового Узбекистана.

МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: для освоения и анализа исследуемой темы учеными данной отрасли создан корпус из 10 научных статей. Сборники статей были опубликованы в международных и национальных академических журналах в период с 2015 по 2023 год. Эти статьи были проанализированы и получен сравнительный анализ.

ЦЕЛЬ: воспитывать молодежь нового Узбекистана на основе национальных ценностей и активизировать продвижение наших национальных ценностей.

ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: в последние годы в целях дальнейшего развития сфер культуры, искусства и литературы в нашей стране, совершенствования работы современных центров культуры и искусства на основе мирового опыта, а также оказания всесторонней поддержки культуре и искусству. Наше правительство сделало ряд позитивных вещей. Конечной целью интенсивных и трудных реформ, проводимых в новом Узбекистане, является формирование общечеловеческих ценностей как основных направлений государственной политики.

ЗАКЛЮЧЕНИЕ: в частности, не будет преувеличением сказать, что понимание и оценка национальных ценностей, а также обучение молодежи путем продвижения идей, воплощающих наши национальные ценности, являются актуальной задачей. Ведь национальные ценности являются основой образования и воспитания молодежи Нового Узбекистана.

Ключевые слова: образование молодежи, национальная ценность, реформы, процесс, образование и обучение.

Для цитирования: Шодиев Х.Х. Национальные ценности - основа нового молодежного образования Узбекистана // Inter education & global study. 2024. № 2.С. 163-168.

NATIONAL VALUES - ARE THE BASIS OF THE NEW YOUTH EDUCATION OF UZBEKISTAN_

© Xamza.H. Shodiyev1®

1Uzbekistan State Institute of Arts and Culture, Tashkent, Uzbekistan_

INTRODUCTION: this article talks about the importance of national values in youth education. At the same time, brief scientific and analytical information about the essence of the concept of national value is given. Special emphasis was placed on the fact that our national values are the basis of the education of the youth of New Uzbekistan.

Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)

Научно-теоретический и методический журнал

Scientific theoretical and methodical journal 2024, №2

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

MATERIALS AND METHODS: a corpus of 10 scientific articles was created by scientists in the field to master and analyze the topic under investigation. The collected articles were published in international and national academic journals between 2015 and 2023. These articles were analyzed and a comparative analysis was obtained.

AIM: To educate the youth of new Uzbekistan on the basis of national values and increase the promotion of our national values.

DISCUSSION AND RESULTS: In recent years, in order to further develop the fields of culture, art, and literature in our country, to improve the work of modern culture and art centers based on world experiences, and to provide comprehensive support to culture and art workers. A number of positive things have been done by our government. The ultimate goal of the intense and arduous reforms being carried out in the new Uzbekistan is the formation of universal values as the main directions of state policy.

CONCLUSION: In particular, it is no exaggeration to say that it is an urgent task to understand and value national values, and to educate young people by promoting the ideas that embody our national values. Why, national values are the foundation of education and upbringing of the youth of New Uzbekistan.

KEY WORDS: youth education, national value, reforms, process, education and

training.

For citation: Xamza.H. Shodiyev. (2024) 'National values - are the basis of the new youth education of uzbekistan', Inter education & global study, (2), pp. 163-168. (In Uzbek).

Milliy qadriyatlarni shakllantiradigan asosiy mezonlar millatning tarixi, urf-odati, an'anasi, hayotiy qadriyatlari bilan birga ma'naviy merosi, madaniy boyliklari va ko'hna tarixiy yodgorliklaridir[1:644]. Milliy qadriyatlar turmush tarzimiz, ma'naviy qiyofamiz, an'analarimiz va o'zligimizni anglashga yordam beradi va bu borada xalqni-xalq, millatni —millat sifatida birlashtiradi. Zero, o'z qadriyatlarini va qadrini bilgan xalq olomonga aylanmaydi; buyuk ishlarga qodir ekanini his qiladi, istiqlolni omon saqlaydi, farzandlarining kamoloti uchun qayg'uradi va kurashadi. Aynan shuning uchun ham milliy qadriyatlar jamiyatni yangilashga xizmat qiluvchi muhim ma'naviy omil hisoblanadi[2:113].

Shu o'rinda Yangi O'zbekistonning tayanchi va Uchinchi renessans poydevori bo'lgan yoshlarni milliy qadriyatlar orqali tarbiyalashimiz jamiyat taraqqiyotini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi Dunyoda globallashuv jarayonlarining jadallashuvi, ijtimoiy-huquqiy ziddiyatlarning kuchayib borayotganligi bois 2 milliardan ortiq yoshlarning ongi va dunyoqarashini o'zgartirishga qaratilgan kurash avj olmoqda.

Respublikamiz aholisining 60 foizdan ortig'i yoshlar ekanligidan kelib chiqib, yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish va ularning manfaatlarini har tomonlama huquqiy himoya qilishga alohida e'tibor berilib, qator maqsadli chora-tadbirlar g'oyadan amaliy natijaga aylanayotganligiga guvoh bo'lyapmiz. Yoshlarning dunyoqarashini shakllantirishda bu masala nihoyatda muhim va ustuvor hisoblanadi. Yangi O'zbekistonda yoshlar tarbiyasida milliy qadriyatlarning unsurlari zaruriy tarbiya omilga aylanmoqda. Biz pedagoglardan esa, bir katta kuch bo'lib, yurt ravnaqi uchun har

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

tomnlama yordam berish kun tartibidagi vazifaga aylangan. Bu jarayon xaqida Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev: "Vatan va xalq taqdiriga nisbatan tahdidlar kuchaygan vaziyatda aynan millat fidoyilari - uyg'oq qalbli ziyolilar, shoir va adiblar, san'at namoyandalari, ma'naviyat va ma'rifat sohasi xodimlari jasorat bilan maydonga chiqqanlar. Mamlakatimiz o'z taraqqiyotining yangi, yuksak bosqichiga kirayotgan hozirgi paytda bizga jadid bobolarimiz kabi g'arb ilm-fan yutuqlari bilan birga, milliy qadriyatlar ruhida tarbiya topgan yetuk kadrlar suv bilan havodek zarur", - deya ta'kidlagan edi. Haqiqatan ham yoshlarning ongiga etno tarbiyamizning o'zagi bo'lgan milliy qadriyatlarimizni singdirsak muhim natijalarga erishiladi. Shu o'rinda qadriyatning ham mohiyatiga mufassaliroq to'xtalib o'tsak.

Qadriyat "inson va jamiyat ma'naviyatining tarkibiy qismi, olamdagi voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha"dir [3:97]. Qadriyatlar umumbashariy, milliy, shaxsiy bo'lishi mumkin. Umumbashariy qadriyatlar olam, tabiat va jamiyatning eng muhim jihatlari, qonuniyatlari, aloqadorligini ifodalaydi. Ular hech qachon qadrsizlanmaydi - abadiy. Milliy qadriyat muayyan millat, xalqning hayoti, turmush tarzi, tili, madaniyati, ma'naviyati, urf-odat va an'analari, tarixi, bugungi va kelajagi bilan bog'liq. Shaxsiy qadriyat deganda esa inson, uning faoliyati, turmush tarzi, e'tiqodi, umr ma'nosi, odobi, ichki go'zalligi kabi tushunchalarini qamraydi. Zero, har qanday qadriyat barkamol avlod tarbiyasida muhim omildir [4:79]. "Qadriyat inson va jamiyat ma'naviyatining tarkibiy qismi, olamdagi voqealar, hodisalar, jarayonlar, holatlar, sifatlar, talab va tartiblarning qadrini ifodalash uchun ishlatiladigan tushuncha". "Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning umuminsoniy, ijtimoiy-axloqiy, madaniy-ma'naviy ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llanadigan tushuncha", - degan ta'riflar berilgan. Bu esa, o'z navbatida, qadriyatlarning ahamiyatini ko'rsatmoqda. Milliy qadriyatlar - millat uchun ahamiyatga ega bo'lgan etnik jihat va xususiyatlar bilan bog'liq xoslik shaklidir. Dunyoda o'ziga xos qadriyatlari bo'lmagan millat yo'q. Milliy qadriyatlar millatning tarixi, yashash tarzi, ma'naviyati, madaniyati bilan uzviy bog'liq holda namoyon bo'ladi [5:5].

Shu nuqtayi nazardan olib qaralganda Yangi O'zbekiston yoshlari tarbiyasida milliy qadriyatlarning ma'rifat nuri bilan tarbiya topgan yetuk avlod tarbiyalash barcha sohalarning, bugungi islohotlarimizning asosiy maqsadi hisoblanadi. Xalqimiz tarixlar silsilasida o'zining irodaliligi, barqarorligi, bir butunliligi bilan katta bosqinlar, mustabidchilik, zulm iskanjasidan mardonavor o'z imon-e'tiqodiga suyanib omon chiqib kela oldi. Bu jasur, matonatli xalq o'z metin irodasini, bardoshini avlodlarga yuksak milliy qadriyatlari, me'moriy obidalari, urf-odatlari qatorida meros qoldirib kelgan[6:186]. G'ulomxon G'ofurov milliy an'analarga bag'ishlangan maqolalaridan birida milliy qadriyatlarning quyidagi ko'rinishlarini tilga olgan: 1) tabiiy qadriyatlar; 2) iqtisodiy qadriyatlar; 3) ijtimoiy-siyosiy qadriyatlar; 4) ma'naviy qadriyatlar; 5) axloqiy qadriyatlar. Jumladan, "Ota-bobolarimiz ilm o'rgatish bilan birga farzandlarimizga avloddan-avlodga o'tib kelayotgan milliy-ma'naviy, axloqiy qadriyatlarni singdirganlar[7:6].

Milliy va umuminsoniy qadriyatlar bir-biri bilan bevosita bog'liq. Ularning har ikkalasi bir-biriga ta'sir etadi, biri ikkinchisini to'ldiradi, mazmunan boyitadi. Umuminsoniy

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

qadriyatlar milliy qadriyatlardan mazmun jihatdan chuqur va keng bo'lib, uni o'z ichiga oladi. Umuminsoniy qadriyatlar barcha millatlar, elatlar va xalqlarning maqsad va intilishlarining yaxlitligi va umumiyligini ifodalaydi. Milliy qadriyatlarning mazmun va mohiyatini bilish, ularga e'tiqod qo'yish yosh avlodda insonparvarlik va vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantiradi[8:50]. Yangi O'zbekistonda yoshlarni milliy qadriyatlar bilan doimo o'zviy bog'lagan holda tarbiyalash masalasi barchamizni birdek o'ylantiradi. Tarbiyaning dastlabki tayanchi bu milliy qadriyatlarimiz bo'lmog'i kerak. Qadriyatlar har doim insonlarni mehr-oqibatga, o'zaro hamjihatlikka chorlovchi, asrlardan asrlarga o'tib xalq turmush tarzining ajralmas qismiga aylangan moddiy jarayonlarning sara namunalaridir.

Bizga ma'lumki, har bir halqning o'ziga xos qadriyatlar silsilasi mavjud bo'lib, u xalqning ko'zgusi hisoblanadi. Shuning asosida millatning turmush tarzida, madaniyati va ma'naviyatida, ongu shuurida, o'zaro muloqotida aks etib, o'z ifodasini topadi. Qadriyatlar har bir xalqning qon-qonigacha singib, insoniyat uchun muhim ahamiyat kasb etadi va shu tariqa millat, elat va ijtimoiy guruhlarning manfaatlari va maqsadlariga xizmat qiluvchi, ular tomonidan qadrlanadigan tabiat va jamiyat ne'matlari hodisalar va tarbiya o'zagidir.

Shu bilan birga, milliy qadriyatlarni yoshlar tarbiyasiga singdirishda madaniyat va san'at sohasining ham o'rni nihoyatda beqiyos hisoblanadi. Milliy qadriyatlarimizni ilmiy jixatdan chuqur o'rganish, yoshlarni xalqimiz yaratgan ma'naviy xazinalarimizdan bahramand etishda ijodning rolini yanada oshirish muhim o'rin tutadi. Barcha madaniyat va san'at muassasalari, ijodkor xodimlar bu jarayonda qo'ldan kelguncha o'z faolligini ko'rsatmoqda. Prezidentimiz tomonidan ham soha xodimlariga yuksak ishonch bildirilgani bu ishda yanada faol bo'lishga da'vat etadi. "Bu borada millat timsollariga aylangan ziyolilarning - madaniyat va san'at sohasining fidoyilari alohida o'rin tutadilar. Eng muhimi, ziyolilar ongi va ruhidagi yaratuvchanlik salohiyatini jonlantirib, uni millat kamolotiga xizmat qildirishi darkor"[9:4]. Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganidek: "Biz mamlakatimizda ma'naviy tarbiya tizimining yangi strategiyasini yaratib, xalqimiz, ayniqsa, yoshlar o'rtasida ma'naviy-ma'rifiy ishlarni sifat va mazmun jihatidan yangi bosqichga ko'tarishimiz kerak. Bu orqali nafaqat bugunimiz, istiqboldagi Yangi O'zbekiston taraqqiyoti ham farovon bo'ladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES

1. Ruziyeva R. Urf-odat va an'analar - milliy qadriyatlarni shakllantiradigan mezon sifatida.// elektron jur. Scientific progress № 2. 2021. (644-648).

2. Inamov Q. Qadriyatlar va yoshlar tarbiyasi. Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. №4. 2021. www.oriens.uz (111-116)

3. Qarang: Umarova N. Yoshlarni milliy qadriyatlarga sadoqat ruhida tarbiyalash - davr talabi// konf. Nomoddiy madaniy meros va etnomadaniy qadriyatlar. - Toshkent. Navro'z. 2014. - 190. (97-100 bb)

NTER EDUCATION & GLOBAL STUDY

4. Jo'raqulov F., Qosimov N. O'zbekistonda davlat boshqaruvi rivojlanishining tarixiy va zamonaviy asoslari. - Toshkent. Turon zamin ziyo, 2016. - 100 B.

5. Farmonova, M. Qadriyatlar-ma'naviy kamolot asosi. - Toshkent: "Tasvir nashriyot uyi", 2019, 36 b.

6. Qoraboyev U., Soatov G'. O'zbekiston madaniyati. - Toshkent: Tafakkur bo'stoni, 2011. - B. 196.

7. Farmonova, M. Qadriyatlar-ma'naviy kamolot asosi. - Toshkent: "Tasvir nashriyot uyi", 2019, 36 b.

8. Abdullayeva Sh.A., Axatova D.A., Sobirov B.B., Saitov S.S. Pedagogika. - Toshkent. 2014. O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Fan nashriyoti. - 506 b. (49-50-betlar)

9. Qoraboyev U. Madaniyat masalalari. - Toshkent. O'zbekiston milliy ensiklopediyasi Davlat ilmiy nashriyoti, 2009. - B. 286.

MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]

Shodiyev Xamza Holiqulovich. dotsent v.b. [Шодиев Хамза Холицулович,

и.о.доцента], [Xamza.H.Shodiyev, acting associate professor]; manzil: O'zbekiston,

100164 Toshkent sh. Mirzo Ulug'bek tumani, Yalang'och dahasi 127 "A" uy. [адрес:

Узбекистан, 100164, Ташкент, Мирзо Улугбекский район. 127 "A"], [address:

Uzbekistan, 100164 Tashkent sh. House "A" 127, Mirzo Ulug'bek district];

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.