Научная статья на тему 'MILLIY O’ZLIKNI ANGLASH MILLAT TARAQIYOTINING POYDEVORI'

MILLIY O’ZLIKNI ANGLASH MILLAT TARAQIYOTINING POYDEVORI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
5773
282
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
O’zlikni anglash / Milliy o’zlikni anglash / ajdodlar merosi / millat taraqiyoti / tarixiy xotira / yoshlar ongida milliy o’likni shakilantirish / milliy ong / milliy g’urur / milliy his / milliy iftixor / milliy xarakter. / Awareness of identity / National identity / ancestral heritage / national development / historical memory / the formation of national identity in the minds of young people / national consciousness / national pride / national feeling / national pride / national character.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ulug’bek Tolibjon O’g’li Ochilov, Umid Adambayev

Ushbu maqolamda Milliy o’zlikni anglash Millat taraqiyotida uning tutgan o’rni va maqsad vazifalari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan madaniy va ma’naviy meroslarining o’zlikni anglashdagi moxiyati va yosh avlod tarbiyasida vatanga muxabbatni shakilantirish asosiy omill bo’lib qaralishi xaqida muloxaza qilamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

UNDERSTANDING NATIONAL IDENTITY IS THE BASIS OF NATIONAL DEVELOPMENT

In this article, we discuss the role and purpose of national identity in the development of the nation, the essence of the cultural and spiritual heritage of our ancestors and the formation of love for the motherland in the upbringing of the younger generation.

Текст научной работы на тему «MILLIY O’ZLIKNI ANGLASH MILLAT TARAQIYOTINING POYDEVORI»

MILLIY O'ZLIKNI ANGLASH MILLAT TARAQIYOTINING POYDEVORI

Ulug'bek Tolibjon o'g'li Ochilov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

Ilmiy rahbar: Umid Adambayev

ANOTATSIYA

Ushbu maqolamda Milliy o'zlikni anglash Millat taraqiyotida uning tutgan o'rni va maqsad vazifalari, ajdodlarimizning bizga qoldirgan madaniy va ma'naviy meroslarining o'zlikni anglashdagi moxiyati va yosh avlod tarbiyasida vatanga muxabbatni shakilantirish asosiy omill bo'lib qaralishi xaqida muloxaza qilamiz.

Tayanch so'zlar: O'zlikni anglash, Milliy o'zlikni anglash, ajdodlar merosi, millat taraqiyoti, tarixiy xotira, yoshlar ongida milliy o'likni shakilantirish, milliy ong, milliy g'urur, milliy his, milliy iftixor, milliy xarakter.

UNDERSTANDING NATIONAL IDENTITY IS THE BASIS OF NATIONAL

DEVELOPMENT

ABSTRACT

In this article, we discuss the role and purpose of national identity in the development of the nation, the essence of the cultural and spiritual heritage of our ancestors and the formation of love for the motherland in the upbringing of the younger generation.

Keywords: Awareness of identity, National identity, ancestral heritage, national development, historical memory, the formation of national identity in the minds of young people, national consciousness, national pride, national feeling, national pride, national character.

KIRISH;

Insoniyatning tarixiy taraqqiyoti o'z-o'zini anglash, eng avvalo, insoniy mavjudlikning mohiyatini ma'naviy voqelik, sha'ni, qadr-qimmat, obro'-e'tibor, or-nomus orqali namoyon bo'lishini ko'rsatadi Hayotning ma'no-mazmunini, maqsadini tushinib etish, o'zlikni ,anglashdan boshlanadi. Milliy g'oyada uning negizlari mujassam bo'lganligi uchun ham o'zlikni anglashga xizmat qiladi va bir-biri bilan uzviy bog'li"O'zlikni anglash deganda men tarixiy xotirani tiklash, nasl-nasabimiz kim ekanini, kimlarning vorisi ekanligimizni anglab etishni tushunaman" deydi I.A.Karimov. Shundagina inson o'z mamlakatning tom ma'nodagi munosib fuqarosi bo'la oladi. O'zlikni anglash "Milliy o'zlikni anglash" va nihoyat "Umumbashariy o'zlikni anglash" tushunchalari bir-biridan ayri emas, balki bir-biri bilan uzviy aloqador, bir-birini taqozo etadi. Zero,

inson ota-ona, oila, millat, ahli bashar, boringki butun borliq bilan munosabatlar asosida o'zining kim ekanligini anglab boradi. Ayni shu munosabatlar zaminida shakllangan milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy g'oya tamoyillari shakllangan va o'z navbatida, milliy g'oya ularni zamon talablari asosida boyitib beradi. O'z-o'zini anglash ' bu o'z Vatani va shu Vatanda yashagan xalqning, millatning o'tmishi, uning madaniyati, urf-odati, hamda qadriyatlarini bilishi demakdir.O'z-o'zini anglash bu ' o'z xalqining azaldan jahon hamjamiyati taraqqiyotiga qo'shgan hissasini anglashdir. O'z -o'zini anglash bu-o'tgan ajdodlar tarixini mukammal bilish, ularning ruhlari hurmatini o'rniga qo'yish demakdir. Shu bilan birga o'z-o'zini anglash Vatan hududidagi boy madaniy va moddiy merosni aniqlab, porloq kelajak uchun xizmat qilishga intilish, avlodlar farovonligi uchun o'z hissasini qo'shish hamdir. O'z-o'zini anglash faqat o'z tarixini bilish bilan cheklanib qolish degan so'z emas. O'zining zamonaviy imkoniyatlarini hisobga olgan holda o'z millati va Vatanining shuhratini oshirish hamdi Milliy o'zlikni anglash - millatning o'zini chuqurroq anglash imkoniyatlariga ega bo'lish, tarixi, madaniyati, an'analari, qadriyatlarini tiklashga, rivojlantirishga xarakat qilishdir. Milliy o'zlikni anglash -

1) Milliy birlikni va boshqa etnoslarning mavjudligini tushunib etish; 2) Milliy qadriyatlar: til, tug ilib o'sgan joy, madaniyatga (keng ma'noda) sodiqlik; 3) Milliy manfaatlarni tushunish;4) Milliy mustaqillik va milliy taraqqiyotga intilish;5) Vatanparvarlik kabi fazilatlarni sharllantirishdir.Milliy o'zlikni anglash barcha davrlarda xam jamiyat tarixining asosiy omillaridan biri bo'lib kelgan va u millat manfaatlari va qadr- qimmatini anglashdan, ularni himoya qilish uchun kurashdan boshlanadi.

Prezidentimiz Islom Karimov o'zining "Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q" asarida "Tarixiy xotirasi bor inson - irodali inson tarix saboqlari insonni xushyorlikka o'rgatadi. O'zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi" deb ta'kidlaganlar Demak, tarixni bilmasdan, yaxshi bilmasdan turib, yuksak ma'naviyatga erishish mumkin emas. Sobiq ittifoq davrida millatimiz ongiga shunday g'oya singdirildiki, u o'z yurtida boshini baland ko'tarib yurishi taqiqlangan edi. Xalqimizning shunday ahvolga tushib qolishiga asosiy sabablardan biri - uning tarixiy xotirasidan judo bo'lishi edi. Milliy g'oya xalqimizga nafaqat o'z tarixini odilona, ob'ektiv va xolisona o'rganish imkoniyatini yaratadi, balki Millat sifatida shakllanish davridagi murakkab sharoitlardan kelib chiqish sabablarini ko'rsatib beradi. Chunki, millat g'oya xalqimizning qadimiy va boy tarixidan, ulug' alloma ajdodlarimizning hikmatlari va hayotiy o'gitlaridan, bunyodkor g'oyalaridan, yashash iboratidan ozuqa olgan.Shuning uchun ham, tarixni buyuk murabbiy, tarbiya va ibrat manbai deyiladi. Dono xalqimizning "Etti pushtingni bilgin - degan o'gitlari bekorga kelib chiqmagan. Shuning uchun ham qadimgi Sharq donishmandlari insonni gavdasi oldinga, yuzi esa ortga qaratgan holda tasvirlaganlar. Ya'ni, ularning nazdida

insoniyat kelajak sari intilar ekan, o'tmishni doimo yodda saqlamog'i shart. Bu kohna haqiqatni teran anglagan Prezident I.A.Karimov "Ozbekiston XXI asr bo'sag'asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida istiqboldagi vazifalarni belgilab berar ekan: "Tarix xotirasi, xalqning, jonajon o'lkaning, davlatimiz hududining xolis va haqqoniy tarixini tiklash milliy ozlikni anglashni tabir joiz bo'lsa, milliy iftixorni tiklash va o'stirish jarayonida g'oyat muhim o'rin tutadi" deb takidlaydi. O'zligini anglash birinchidan, odamning ozod, erkin, nodir, ulug' siymoligini anglash va o'zida unga amal qilish sifatlarini shakllantirib borish bo'lsa, ikkinchidan uning o'ziga xos milliy-insoniy sifatlarini ochib beruvchi etnik, ma'naviy-insoniy asoslarini anglash va ularga amal qilishdan iboratdir. Davlatimiz rahbarining "Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch" asarida: "...inson o'zligini anglagani, nasl-nasabini chuqurroq bilgani sari yuragida Vatanga muhabbat tuyg'usi ildiz otib, ulg'aya boradi. Bu ildiz qancha teran bo'lsa, tug'ilib o'sgan yurtga muhabbat ham shu qadar yuksak bo'ladi", deya ta'kidlangan. Binobarin, bugun mamlakatimizda ma'naviy yuksalishga xizmat qilayotgan islohotlar navqiron avlodni ulug' ajdodlarimiz xotirasi bilan haqli ravishda faxrlanish, tinchlik, oso-yishtalik hamda obodlik uchun kurashish, mustaqillikni qadrlash va Vatanni ardoqlab yashashga undashi bilan yanada ahamiyatlidir. Ma'lumki, xalqimiz uzoq o'tmishga ega. U o'z tarixida ko'pgina qiyinchiliklar, bosqinchiliklarga duchor bo'lgani bilan, shunday boy tarixiy meros qoldirganki, ularni anglash beixtiyor milliy g'ururni shakllantiradi.O'rta Osiyoning markazi bo'lmish O'zbekiston dunyo tarixida o'chmas iz qoldirib kelayotir. Buni jahon xalqlari e'tirof etadi. Masalan, O'zbekiston qadim zamonlardayoq «Buyuk Ipak yo'li» orqali G'arb va Sharqni bog'lash uchun xizmat qilgan. U dunyo davlatchiligini rivojlantirishga, jahon madaniyatini ko'tarishga o'z hissasini qo'shgan. Shu sababli ham, bu yurtdan mag'rurlansak arziydi. O'zbekiston hududida qadimdan ko'p elat va millatlar yashagan bo'lsa-da, ular o'rtasidagi do'stlik, totuvlik, barqarorlik insonlarni hayratda qoldirib kelgan. Demak, tarixan birlikni, etnoslar mavjudligi, ularni qon-qarindoshligi bilan, ulardagi til, ona zaminning ma'naviy jihatlari yaqinligini, ulardagi muqaddas tuproq, Vatanga bo'lgan mehr-muhabbatni anglash hozirgi avlod uchun ayniqsa dolzarbdir.Gohida onda-sonda dunyoda bo'lib turgan kelishmovchiliklar, ziddiyatlarning oldini olishga bizning yurtimiz ma'naviy qurol bo'lib xizmat qiladi.Hozirgi zamonda o'z-o'zini anglash bu ' shaxsiy va mahalliychilik, urug'-aymoqchilik illatlarini yo'qotishga yordam beradi. Azaldan bir tan, bir jon bo'lib yashab, shu mamlakat ravnaqini ta'minlagan ajdodlarimizning turmush tarzi hozir ham yorqin misol bo'lib, hamkorlik qilishning manbai bo'lib xizmat qiladi. MUXOKAMA;

Milliy o'z-o'zlikni anglash natijasida o'z mamlakati taraqqiyotini belgilash, uning mustaqilligi uchun kurashning namunasini beradi. O'z-o'zini anglash kelajakda o'z taqdirini o'zi belgilash uchun foydalaniladi, u mas'uliyatni oshiradi. Ajdodlar fidoiyligi,

jonkuyarligidan xulosalar qilinadi. Insonning komillik darajasi uning jamiyatdagi o'z o'rnini qanchalik bilgani, o'zini jamiyatning ajralmas qismi ekanligini qanchalik his etishi bilan belgilanadi. Shundagina inson o'zining qadrqimmati xalqning, millatning qadrqimmati bilan nechog'lik bogliq ekanligini, jamiyatda, yurtida sodir bo'layotgan voqyealarga daxldorligini anglaydi. Yurtimiz mustamlakachilik asoratiga tushgan XX asr boshlarida yurt qaygusida yongan Fitrat o'lkaning boshiga yogilgan balolarda, avvalo o'zini aybdor deb hisoblagani bejiz emas. Amir Temur ruhiga murojaat etib, u shunday yozgan edi: "Yukorida aytdigim ishlarning xammasiga o'zim sabab bo'ldim, barchasini o'zim kildim. Sening Turoningni o'zim talatdim, Sening turkligingni o'zim ezdirdim,Sening omonatlaringga xiyonat o'zim kildim".

Shu emasmi komillikning belgisi? Milliy o'zligini anglagan insongina, Fitrat kabi:

"Turonim, sendan ayrilmoq — mening uchun o'limim, Sening uchun o'lmos mening tirikligimdir", —deya baralla ayta oladi, Najmiddin Kubro singari jonini saqlashni emas, yov bosgan yurtini himoya qilib, jon taslim berishni afzal ko'radi. XULOSA;

Xozirgi kunda Milliy o'zlikni anglash real ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy,madaniy-ma'rifiy asoslarda shaxs ongida qaror topadi va u iroda bilanbog'lanib, amaliy harakat tusiga kiradi. CHunonchi, milliy o'zligini anglagan shaxslar hozirgi tarixiy sharoitda mamlakat xayotining barcha sohalaridagi salohiyatini ko'tarish zaruriyatini anglab, etadi.

Yoshlar qalbi va ongiga milliy o'zlikni anglash tuyg'ularini chuqur singdirish, milliy g'ururni tarbiyalash masalasi eng dolzarb vazifadir. Ushbu vazifa bilan uzviy bog'liq bo'lgan muammo - yoshlarda faol grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, hayotga ongli munosabat, doimo ogoh va hushyor bo'lib yashash tuyg'usini oshirishdir. Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganidek, «Erkin fuqaro ma'naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarbvazifalardandir. Boshqacha aytganda, biz o'z xaq-huquqlarini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo'layotgan voqeahodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg'un holda ko'radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak» Yurtimizda xozirgi kunda yoshlar onggida milliy o'zlikni anglashni shakilantrish uchun avvalo yoshlar o'zida besh mezon talablarini shakilantirmog'I lozim bular.

1.Milliy ong - shunday g'oyalar, fikrlar tizimiki, u har bir millatning tarixi, taqdiri va kelajagi bilan bog'liq bo'lgan manfaatlar, maqsadlarni ifodalash bilan birga, millat vakillari faoliyatini maqsad, yo'nalishlar tomon boshqarib turadi.

2.Milliy g'urur - shaxs, ijtimoiy guruhning milliy o'z-o'zini anglashi asosida shakllanadigan, ajdodlari qoldirgan moddiy, ma'naviy merosdan, o'z xalqining jahon

tsivilizatsiyasiga qo'shgan hissasi, o'sha, millatlar oldidagi qadr-qimmati, obro'-e'tiboridan faxrlanish hissini ifodalovchi tushuncha.

3.Milliy iftixor - millat manaviy kamolotining barcha jihat-larini, merosi va bugungi qadriyatlarini oz ichiga oladi. Milliy istiqlol natijasida erishilgan va erishilajak iqtisodiy va manaviy yutuqlar ko'paygan sari Ozbekiston bilan faxrlanish hissi - milliy his shunchalik kuchayib boraveradi.

4. Milliy his - bu millat manfaati bilan yashash, o'zi kimligini tanimoq.Ozligini tanimagan insonda milliy iftixor so'nadi. Milliylik, millatga mansublik bu umumjahon taraqqiyotining qo nuniyatidir, milliy g'urursiz hech bir millat millat sifatida shakllanmaydi.

5.Milliy harakter - o'zbek xarakteri, milliy ruhiyati, milliy o'ziga xostomonlari asrlar davomida shakllangan hamda asta-sekin ularning qoniga va Joniga joylashib ketgan. Ushbu mezonlargina xaqiqiy milliy o'zlikni anglashning poydvori bo'lsa bu mezonlarda shakilangan yoshlar jamiyat taraqiyoti uchun yetarlicha hissa qo'sha oladi bunday jamiyat davlatning mustaxkam poydevori bo'ladi.

REFERENCES

1. Karimov I. YUksak manaviyat - engilmas kuch. - T.:"Manaviyat",2008. 114-b.

2. Karimov I.A. Ulug'lari ezozlangan yurt zavol ko'rmagay. //Xavfsizlik va tinchlik uchun kurashmoq kerak. T. 10. -T.; «O'zbekiston», 2002. -B. 120-127

3. Karimov I. Ozbekiston XXI asrga intilmoqda. // Biz kelajagimizni ozqolimiz bilan quramiz. T. 7. -T., Ozbekiston , 1999 y. 214 -194 b.

4. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo'q.// Biz kelajagimizni oz qolimiz bilan quramiz.T.7.-T.;«O'zbekiston», 1999. -B. 214-71.

5. Karimov I.A. Amir Temur - faxrimiz, g'ururimiz.//YAngicha fikrlash va ishlash davr talabi. T. 5. -T.;«O,zbekiston»,1998 - B.440-207.

6. Milliy istiqlol g'oyasi:asosiy tushuncha va tamoyillar (Oquv qo'llanma).T.; 2002 -222 b.

7.O'zbekiston Respublikasi entseklopediyasi.-T., Fan, 2009

8. www.ziyonet.uz - O"zbekiston ta"lim tizimi portali

9. www.edu.uz - O"zbekiston Oliy ta"lim muassasalari

10. www.google.uz - O"zbekistonning axborotlarni izlab topish tizimi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.