Научная статья на тему 'MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING XIZMAT FAOLIYATIDA QO‘RQUV HISSINING PSIXOLOGIK JIHATLARINING TADQIQ ETILISHI'

MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING XIZMAT FAOLIYATIDA QO‘RQUV HISSINING PSIXOLOGIK JIHATLARINING TADQIQ ETILISHI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
279
24
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
harbiy psixologiya / milliy gvardiya / qo‘rquv hissi / vahima / jamoaviy qo‘rquv / qo‘rquvni yengish usullari. / military psychology / national guard / sense of fear / panic / collective fear / ways to overcome fear.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — X. Safarov

Ushbu maqolada Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining xizmat faoliyatida qo‘rquv hissining psixologik jihatlarining tadqiq etilishi sohasida olib borilgan izlanishlar asosida to‘plangan ma’lumotlarga tayangan holda ilmiy mushohada yuritilgan bo‘lib, asosan harbiy psixolog olimlarining bu boradagi psixologik qarashlari tahlil qilinadi, muammoni oldini olishga oid tadqiqot metodi asosida xulosalar beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

STUDY OF PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF FEAR IN SERVICE ACTIVITY OF NATIONAL GUARD MILITARY SERVANTS

In this article, a scientific observation is made based on the data collected on the basis of the research carried out in the field of research into the psychological aspects of the feeling of fear in the service activities of the National Guard military personnel, and mainly the psychological views of military psychologists are analyzed in this regard, to prevent the problem conclusions are given based on the research method.

Текст научной работы на тему «MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING XIZMAT FAOLIYATIDA QO‘RQUV HISSINING PSIXOLOGIK JIHATLARINING TADQIQ ETILISHI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MILLIY GVARDIYA HARBIY XIZMATCHILARINING XIZMAT FAOLIYATIDA QO'RQUV HISSINING PSIXOLOGIK JIHATLARINING TADQIQ ETILISHI

Safarov Xamza Jo'rayevich

Jamoat xavfsizligi universiteti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7294476

Annotatsiya. Ushbu maqolada Milliy gvardiya harbiy xizmatchilarining xizmat faoliyatida qo'rquv hissining psixologik jihatlarining tadqiq etilishi sohasida olib borilgan izlanishlar asosida to'plangan ma'lumotlarga tayangan holda ilmiy mushohada yuritilgan bo'lib, asosan harbiy psixolog olimlarining bu boradagi psixologik qarashlari tahlil qilinadi, muammoni oldini olishga oid tadqiqot metodi asosida xulosalar beriladi.

Kalit so'zlar: harbiy psixologiya, milliy gvardiya, qo'rquv hissi, vahima, jamoaviy qo'rquv, qo'rquvniyengish usullari.

ИЗУЧЕНИЕ ПСИХОЛОГИЧЕСКИХ АСПЕКТОВ СТРАХА В СЛУЖЕБНОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ ВОЕННОСЛУЖАЩИХ НАЦИОНАЛЬНОЙ ГВАРДИИ

Аннотация. В данной статье проведено научное наблюдение на основе данных, собранных на основе проведенных исследований в области изучения психологических аспектов чувства страха в служебной деятельности военнослужащих Национальной гвардии. , анализируются в основном психологические воззрения военных психологов на этот счет, даются выводы по проблеме на основе профилактического метода исследования.

Ключевые слова: военная психология, национальная гвардия, чувство страха, паника, коллективный страх, способы преодоления страха.

STUDY OF PSYCHOLOGICAL ASPECTS OF FEAR IN SERVICE ACTIVITY OF NATIONAL GUARD MILITARY SERVANTS

Abstract. In this article, a scientific observation is made based on the data collected on the basis of the research carried out in the field of research into the psychological aspects of the feeling of fear in the service activities of the National Guard military personnel, and mainly the psychological views of military psychologists are analyzed in this regard, to prevent the problem conclusions are given based on the research method.

Key words: military psychology, national guard, sense of fear, panic, collective fear, ways to overcome fear.

KIRISH

Qo'rquv insondagi hissiyotlardan biri bo'lib, insonlarda ko'p hollarda muayyon narsa, hodisa va voqea haqida to'liq tasavvurga ega bo'lmaslik, bezovtalanish va qo'rquv asosoda yuzaga keladiga jarayondir. Qo'rquv oqibatida ko'p hollarda yurak urishining ortishi, badanning ter bilan qoplanishi holatlari yuzaga kelishiga guvoh bo'lamiz. Qo'rquvdan odam o'zini noxush, noqulay his etadi va o'zini nazorat qilishga qiynaladi. Ongsizlikning onglilikdan ustunligi shunday holatni keltirib chiqaradi. Inson uzoq va kuchli qo'rquvdan birdan xolos bo'lganida unda quvonch hissini uyg'otadi va inson o'zini yaxshi his eta boshlaydi. Qo'rquvdan qisman qutulish esa qo'zg'alishni keltirib chiqaradi. Dastlabki davrlarda qo'rquvga foydali omon qolish instinkti sifatida qaralgan. Ammo qo'rquv ko'p hollarda qo'rquvga inson hayotini cheklovchi omil sifatida qaraladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Harbiy jamoada salbiy ruhiy holatlar namoyon bo'lishining eng yomon shakllaridan biri qo'rquv va vahima hisoblanadi. Qo'rquv shunchaki ruhiy holat bo'lmasdan, balki kishilarning ongsiz va nazoratdan chiqib ketgan, bir vaqtda amalga oshiradigan hatti-harakatlar majmuasi hisoblanadi. Qo'rquvga tushgan kishilar nafaqat o'zlariga nisbatan nazoratni yo'qotadilar, shuningdek, komandirlar nazoratidan ham chiqib ketadilar hamda ma'lum bir muddat davomida irodaviy qobiliyatlarini yo'qotadilar. Shuning uchun ham qo'rquv jangovar holatlarda eng xavfli hodisa hisoblanadi.

METOD VA METODOLOGIYA

Urushlar tarixi shundan dalolat beradiki, qo'shin ichida paydo bo'lgan qo'rquv jangning mag'lubiyat bilan yakun topishiga olib keladi. Rossiya-Fransiya urushi Napoleon qo'shini ichida tarqalgan qo'rquv tufayli fransuzlarning mag'lubiyati bilan yakunlandi. Yoki, ulug' sarkarda Bobur Mirzo qo'shinining Panapatra (Hindiston)da ko'p sonli hindlar qo'shini ustidan g'alaba qozonishini ta'minlagan narsa ham raqib qo'shini ichida tarqalgan qo'rquv bo'lgan.

Qo'rquv o'zining ta'sir doirasiga ko'ra ma'lum bir chegaraga ega emas. U kichik bir bo'linmani, harbiy qismni yoki butun boshli qo'shinni egallashi mumkin. Shu nuqtai nazardan Ikkinchi jahon urushining muhim sahifalaridan biri bo'lgan Dyunkerkdagi jang muhim ahamiyatga ega. Bu yerda Britaniya armiyasi shunchalik qo'rquvga tushgan ediki, jangovar qobiliyati va harbiy kuchini butunlay yo'qotdi. Shuning uchun ham Gitler raqib qo'shinini jismonan yo'q qilmaslik, aksincha, ularga chekinish uchun imkon berish haqida buyruq beradi. Gitlerning fikricha: «... toki ingliz askar va ofitserlari butun Angliya bo'ylab nemislar oldidagi qo'rquv va tushkunlik kayfiyatini tarqatsinlar, bu esa ularni chuqur inqirozga olib keladi hamda so'zsiz taslim bo'lishlarini ta'minlaydi». Hatto butun Fransiya 1940 yilda qo'rquv iskanjasida qolgan edi.

Amerikalik general Ridjuey Koreya yarim orolida 1950 yilning dekabrida o'z qo'l ostidagi qo'shin ichida yuz bergan qo'rquv holati haqida shunday deb yozadi: «Seuldan bor yo'g'i bir necha chaqirim shimol tomonda qochayotgan armiyaga duch keldim. Men shu paytgacha bunday hodisani ko'rmagan edim va xudoga iltijo qilamanki, bundan keyin ham shunday tomoshani ko'rish menga nasib qilmasin. Tikka turgan askarlar bilan to'lgan yuk mashinalari butun yo'l bo'ylab elib borar, askarlar esa og'ir artilleriya, pulemet va minometlarni tashlab qochishardi. Faqat ba'zi birlaridagina vintovkalar qolgan edi. Ularning hammasi faqat bir narsa - iloji boricha tezroq qochish, daxshatli dushmandan uzoqlashish haqida o'ylashardi. Men mashinadan chiqib, yo'lning o'rtasida turgancha imo-ishoralar bilan mashinalarni to'xtatishga urindim. Bu yo'l bilan biron bir natijaga erishish dushvor edi. Faqat birgina yo'l qoldi: qo'shinga istagan joyigacha qochishiga imkon berish va shundan so'nggina ularni bir joyga jamlash haqida buyruq berdim».

TADQIQOT NATIJASI

Keltirilgan misol-dalillardan ma'lum bo'ladiki, qo'rquv har qanday armiya uchun uni ichdan emiruvchi dahshatli psixologik hodisa ekan. U armiyaning kuch-qudratini yakson qilib, har qanaqangi samarali boshqaruv tizimini ham emirib tashlaydi. Shuning uchun ham turli tarixiy davrlarda sodir bo'lgan mahoraba urushlarda qo'mondonlar o'z qo'shinlari safida qo'rquv tarqalishining oldini olish, aksincha, dushman bo'linmalari ichida uni yoyish uchun harakat qilishgan.

Bunday tajribalar Soxibqiron Amir Temur faoliyatida ham tez-tez bo'lib turgan, u dushmanni chalg'itish va qo'shinlarining ruhini ko'tarish maqsadida turli xil usul va vositalardan

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

foydalangan. Ozarbayjondagi janglardan birida Sohibniron lashkarboshilaridan biri Mengli Bugo jangchilar orasida ko'tarilgan qo'rquvning oldini olish maqsadida o'ziga xos xiyla o'ylab topadi. Amir Temur o'z «Tuzuklari»da bu haqda «Ozarbayjon urushida Qora Yusuf bilan to'qnashganimda, lashkarim og'ir ahvolga tushib qoladi. Shunda u (Mengli Bugo) maydonda o'lgan Qora Yusufning lashkar boshliqlaridan birining boshini nayza uchiga sanchib, baland ko'tardi va lashkariga uni Qora Yusufning boshi deb, uni o'ldiga chiqardi. Bundan lashkarim dadillanib, jangga tashlandi va Qora Yusuf lashkarining o'rtasiga xujum qilib, Qora Yusufni qochirdi. Bu urushda Qora Yusuf ustidan qozonilgan g'alabani Mengli Bugo nomiga yozdirdim va uning martabasini oshirdim» deb, yozadi.

Qo'rquv jamoa psixologiyasiga xos hodisa bo'lganligi uchun ma'lum bir shart-sharoitlar mavjud bo'lganda har qanday armiyada ham paydo bo'lishi mumkin. Qurolli Kuchlarda qo'rquvni bartaraf etish muammosi dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda. Harbiy faoliyatga texnik jixatdan yuksak darajada takomillashgan harbiy texnika, qurollar, ayniqsa ommaviy qirg'in qurollarining kirib kelishi bilan jang sharoitida shaxsiy tarkibga salbiy ta'sir ko'rsatuvchi omillar miqdori va ta'sir kuchi ancha oshdi. Bu narsa harbiy nazariyotchilar va psixologlarning o'z diqqatlarini qo'rquv hodisasi hamda uning oldini olish muammolariga yana ham ko'proq qaratishlariga sabab bo'ldi. Amerikalik psixolog J.Berk yozganidek «...harbiy tarix sahifalari yomon tayyorgarlik ko'rgan va shuningdek, ilg'or bo'linmalardagi qo'rquvlar tafsiloti bilan to'lib toshgan. Ammo hali xech qachon uning tarqalish imkoniyatlari yadroviy urushlardagidek bo'lgan emas». Ommaviy psixologik hodisa sifatida vaximaning tabiatini va unga qarshi kurashish yo'llarini harbiy psixologiya fani o'rganadi. Ushbu maqsadda bir qator mamlakatlar qurolli kuchlari tizimida maxsus laboratoriya va tadqiqot markazlari tuzilgan.

Psixologiya nuqtai nazaridan qo'rquv nima? Qo'rquv - bu haqiqiy yoki yolg'on xavf-xatar oldida alohida insonning yoki kishilar guruhining kuchli esankirashi, qo'rqishi va o'zini yo'qotib qo'yishidan iborat holat bo'lib, bunda boshlangan ishni davom ettirish imkoniyati qolmaydi va shuning bilan birgalikda kishilar hech bir ma'nisiz, rejasiz hamda tasodifiy harakatlarni amalga oshiradilar. Vahima va qo'rquvni individual-psixologik xodisa sifatida xam, shuningdek, ommaviy hodisa sifatida ham talqin qilish mumkin. Lekin, nima bo'lganda ham ularni inson va jamoalar tabiatidan ajratib bo'lmaydi. Ammo, alohida odamdagi qo'rquv birlamchi bo'lib, guruh doirasidagi qo'rquv uchun asos bo'ladi.

Qo'rquvni ko'p million yillarga cho'zilgan insoniyat bosib o'tgan biologik taraqqiyot yo'lining mahsuli deb, qarash mumkin. Chunki aynan qo'rquv hissi insonlarni xavf-xatardan saqlagan, ular uchun himoyalanish va yashab qolish vositasi bo'lgan. Qo'rquv mohiyat e'tibori bilan insonning xavf-xatarni anglashi natijasida kuchli ruhiy zo'riqishga uchrash holati. Hayot uchun xavfli bo'lgan jangovar vaziyatlarda harbiy xizmatchilarda qo'rquv xissi paydo bo'ladi. U psixologik reaksiya sifatida insondagi fiziologik va ruhiy jarayonlarga juda kuchli ta'sir o'tkazadi, natijada harbiy xizmatchi o'zini boshqacha tuta boshlaydi. Qo'rquv insonning ichki organlari faoliyatiga xam ta'sir etadi yurak qon tomirlar ishi va nafas olish maromi o'zgaradi. Qon tarkibida qand miqdori birdan oshib ketishi oqibatida organizmning umumiy zaiflashishi kuzatiladi. Shuning uchun ham qo'rquvni boshidan kechirgan kishilarga ko'proq qand va shirinliklar berish tavsiya etiladi. Lekin buni qo'rquvni bartaraf etish usuli deb tushunmaslik kerak.

MUHOKAMA

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Qo'rquv hissi nerv xujayralari va bosh miya qobig'idagi asosiy nerv jarayonlari -qo'zg'alish va tormozlanish jarayonlarining maromda kechishiga ham ta'sir etadi. Nerv xujayralarining qo'zg'atuvchilar ta'siriga javoblari nomuvofiq bo'ladi. Bunday xolatda asab tizimining kuchsiz qo'zg'atuvchilarga reaksiyasi kutilmaganda juda ham kuchli bo'lishi mumkin. Aksincha, kuchli qo'zgatuvchilar o'z ta'sirlarini yo'qotadilar.

Shuningdek, qo'rquv aqliy jarayonlar, hissiyot va irodaga ham o'z ta'sirini o'tkazadi. Odam diqqatini jamlab ololmay qoladi oddiy narsalarni ham unutadi, eng oddiy vaziyatlarni ham to'g'ri baholay olmaydi, uning xarakatlari ong nazoratidan chiqib ketadi va o'zgaruvchan bo'lib qoladi. Qo'rquv turli daraja va shakllarda sodir bo'ladi. Xavf-xatar mavjud bo'lganda har qanday inson his qiladigan bezovtalik hissi qurquvga xos bo'lgan emotsional reaksiyalar jumlasiga kiradi. Desantchilar qismlarida yangi kelgan harbiy xizmatchilar parashyutdan sakrash bo'yicha yerda o'tkaziladigan dastlabki tayyorgarliklar vaqtida bezovtalik hissini tuyadilar. Agar taktida tegishli choralar ko'rilmasa, bezovtalik hadiksirashga aylanadi. Bu xodisa birinchi marta samalyotdan sakrash vaqtida bo'lishi mumkin. Kimda iroda yaxshi rivojlangan bo'lsa, o'zidagi hadiksirash hissini vaqtida bartaraf etishi mumkin. Bordi-yu, buning uddasidan chiqilmasa, u qo'rquvga aylanishi mumkin. Bunday paytda hadiksirash komandirning aralashuvi va ta'siri ostida yo'qotiladi. Cho'chiyotgan kishiga uni qiynayotgan bunday hissiyotdan qutulishi va harakat qilish uchun, odatda, birinchi turtki zarur bo'ladi, bunday turtk komandir tomonidan beriladi. Bu baland tovushda va qat'iy qilib berilgan buyruq, harakatni boshlash uchun ishora yoqi shaxsiy namuna bo'lishi mumkin. Agar harbiy xizmatchidagi hadiksirash o'z vaqtida yo'qotilsa, uning ish qobiliyati to'liq tiklanadi. O'z vaqtida nazorat qilinib, oldi olinmagan hadiksirash qo'rquv yoki dahshatga tushish darajasigacha etishi mumkin. Bu holat inson ruhiyatini uzoq vaqtgacha falaj qilib, uni ish qobiliyatini butunlay yo'qolishiga olib keladi. Qo'rquv va dahshatga tushgan askarlar boshqalarga yomon ta'sir ko'rsatmasliklari uchun shaxsiy tarkibdan ajratib qo'yilishlari kerak. Birgina odamdagi qo'rquv hissiyoti qisqa vaqt ichida yana ham kattaroq bo'linmalarga o'tishi mumkin. Qo'rquv iskanjasida qolgan jamoa, odatda, o'zining jamoaga xos sifatlarini yo'qotadi. U o'zaro uyushmagan kishilar guruhiga aylanadi. Bunday guruhlarni, ba'zan olomon, deb ham ataydilar.

XULOSA

Shuni aytib o'tish kerakki, har qanday qo'rquv o'zining manbalariga ega bo'ladi. Qism va bo'linmalardagi qo'rquv, odatda bitta yoki bir nechta manbalardan boshlanadi. Alohida askar yoki kichik guruh shunday manba bo'lishi mumkin. Qo'rquv hamma vaqt ham bir manbadan boshlanmasa-da, ammo qo'rquv ichida qolgan bo'linmada doim uning markazi bo'ladi. Muayyan bir kishi shunday markaz bo'ladi. U favqulodda bir vaziyatda qo'rquvga tushgan kishilar etakchisiga aylanadi va yana kutilmaganda o'zining bu o'rnidan mahrum bo'lishi mumkin. Komandirlarning o'z bo'linmalaridagi harbiy xizmatchilarning individual-psixologik xususiyatlarini bilishlari ham tahlikali vaziyatlarda tashabbusni qo'lga olishlariga va jangovar faoliyatni samarali boshqarishlariga yordam beradi.

REFERENCES

1. A.Beknazarov, F.Akramova, H.Quvondiqov «Psixodiagnostika» o'quv qo'llanma, O'R

MV nashriyoti, Toshkent 2018 y.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2. A.S.Abduqodirov , G'.Ahmedov Harbiy xizmat axloqi. O'quv Qo'llanma Sharq nashriyoti, Toshkent 2007 y.

3. Ch.R.Nasriddinov «Harbiy psixologiya» Fan nashriyoti, Toshkent 2004 y.

4. Jurayev, I. M. OLD VIEWS OF FAMILY AND SOCIAL RELATIONS.

5. Джураев, И. М. Ахмадиев Нуриддин Мухитдинович аспирант Ферганский государственный университет Узбекистан г. Фергана, ул. Мурабийлар, 19.

6. Ahmadiev, N. M., & Juraev, I. M. (2019). Family reading-a leading factor in the promotion of youth moral education. Научные исследования в Кыргызской Республике, (3), 24-27.

7. Азимова, Сайёра Хусанбоевна. "НУТ^ АКТЛАРИ ВА КОММУНИКАТИВ КОМПЕТЕНЦИЯ:"РАД ЖАВОБИНИ БИЛДИРУВЧИ" ИЛЛОКАТЦИОН ХДРАКАТНИ ПРАГМАТИК ТАХЛИЛ ^ИЛИШ." МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА 3.5 (2020).

8. qizi Turaboyeva, S. Z., & Utambetova, A. K. (2022, May). LINGUOCULTURAL PROBLEMS IN THE UZBEK LANGUAGE. In INTERNATIONAL CONFERENCES ON LEARNING AND TEACHING (Vol. 1, No. 7, pp. 233-235).

9. Turaboyeva, S. Z. (2022). O „ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA" DO „ST" KONSEPTINING SOTSIAL O „ZIGA XOSLIGI.

10. Xusan o'g'li, R. A., & Yusupovich, R. A. (2022). QASHQADARYO VOHA ORNITOFAUNASI. THEORY AND ANALYTICAL ASPECTS OF RECENT RESEARCH, 7(5), 607-609.

11. Yusupovich, R. A. (2022). ECOLOGICAL-FAUNIST ANALYSIS OF COXINALLIDES (COLEOPTERA, COCCINELLIDAE) OF THE KARSHI OAKH. Spectrum Journal of Innovation, Reforms and Development, 4, 331-335.

12. Xusanboevna, S. A. (2021). Linguopragmatic Properties of Language. International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences, 1(4), 10-12.

13. Xusanboyevna, A. S. (2021, April). PRAGMATICS AND LINGVOPRAGMATIC FEATURES OF SPEECH. In Archive of Conferences (Vol. 23, No. 1, pp. 181-183).

14. Halimov, M. Z., Norkobilova, Z. B., & Hayitov, I. Y. (2016). BIOLOGICAL AND ECOLOGICAL FEATURES OF THE APPLE TREE IN CONDITIONS OF SOUTH UZBEKISTAN. In Наука и инновации в современном мире (pp. 120-121).

15. Жура, Х. Б. (2021). QASHQADARYO VILOYATI CHO'L SHAROITIDA HOVUZ BALIQCHILIGINI TASHKIL QILISH ISTIQBOLLARI. Журнал Биологии и Экологии, 3(1).

16. Raxmatullayev, A. Y., & Haydarova, S. E. (2021). CHAYONLAR (SCORPIONES) TURKUMI VAKILLARINING G'UZOR TUMANI BIOTOPLARIDA TAQSIMLANISHI. Интернаука, (8-3), 29-31.

17. Бобоназаров, Г. Я., & Омонова, Н. Р. (2021). OZBEKISTONDA YIRIK SHOXLI QORAMOLLAR TERI OSTI OQRASI HYPODERMA BOVUS (DIPTERA) ORGANILISHIGA DOIR. Журнал Биологии и Экологии, 3(1).

18. Юнусова, Х. (2022). Verbo-visual figures in poetic texts. Globallashuv davrida tilshunoslik va adabiyotshunoslik taraqqiyoti hamda ta'lim texnologiyalari, 1(1), 73-76.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

19. Yunusova, H. R. Q. (2021). VIZUAL POETIK MATNLARDA GRAFIK BIRLIKLAR TAHLILI (HOZIRGI O „ZBEK SHE'RIYATI ASOSIDA). Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(7), 26-30.

20. Sirojova, Z. (2022). SYNCRETISM OF SYNTACTICAL RELATIONS IN UZBEK COMPLEX SENTENCES. Eurasian Journal of Social Sciences, Philosophy and Culture, 2(11), 119-122.

21. Nasriddinovna, S. Z. ional Study of Syntactical Relations o pound Sentences in Uzbek Linguistics.

22. Sadikovich, H. M. THEORETICAL FOUNDATIONS FOR THE FORMATION OF PROFESSIONAL COMPETENCE OF FUTURE MILITARY SPECIALISTS IN THE UNIVERSITY.

23. Рашидов, А. У. (2021). ФОРМИРОВАНИЕ СТИЛЕЙ УПРАВЛЕНЧЕСКОГО МЫШЛЕНИЯ КАК ЭЛЕМЕНТ ПОДГОТОВКИ БУДУЩЕГО СПЕЦИАЛИСТА К УПРАВЛЕНЧЕСКОЙ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ В СФЕРЕ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА. Fan-Sportga, (4), 81-83.

24. Рашидов, А. У. (2021). МОДЕЛЬ СОВРЕМЕННОГО РУКОВОДИТЕЛЯ В СФЕРЕ ФИЗИЧЕСКОЙ КУЛЬТУРЫ И СПОРТА. Fan-Sportga, (2), 84-87.

25. Rashidov, A. U. (2021). The importance of studying the social portrait of a modern manager for the formation of a methodology for preparing future specialists for managerial activities in the field of physical culture and sports. Eurasian Journal of Sport Science, 1(2), 212-218.

26. Салаева, М. (2009). Периодизация истории узбекской педагогики как педагогическая исследовательская задача. Современные гуманитарные исследования, (6), 164-165.

27. Salaev, M. S., & Khaydarov, M. E. (2020). Improvement of theoretical and methodological bases of periodization of the history of uzbek pedagogy. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(9), 479-488.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.