MILLIY CHOLG'ULARIMIZ SOZGARLIGIDA USTA USMON ZUFAROV
FAOLIYATINING O'RNI
Iqbol Sobirjonovna Tashpulatova Yunus Rajabiy nomidagi O'ZMMSI
Annotatsiya: Ushbu maqolada milliy cholg'ularimiz sozgarligi amaliyotida Usta Usmon Zufarov ijodiy faoliyatining o'ziga xos ahamiyati va o'rni haqida so'z yurutiladi. Xususan Usta Usmon Zufarovning milliy cholg'ularimizdan bir nechtalarini takomillashtirish yuzasidan olib borgan tajribalari keltirib o'tiladi.
Kalit so'zlar: usta, Usmon Zufarov, sharq musiqasi, sozgarlik, cholg'u, dutor, tanbur, sato, g'ijjak, karnay
THE ROLE OF MASTER USMAN ZUFAROV'S ACTIVITY IN THE TUNING OF OUR NATIONAL INSTRUMENTS
Iqbal Sobirjonovna Tashpulatova UzNMAI named after Yunus Rajabi
Abstract: This article talks about the special importance and role of the creative activity of Usta Usman Zufarov in the practice of tuning our national instruments. In particular, the experiences of Usta Usman Zufarov in improving some of our national musical instruments are mentioned.
Keywords: master, Usman Zufarov, oriental music, sozgarlik, musical instrument, dutor, tanbur, sato, gijjak, trumpet
Usta Usmon Zufarov - sharq musiqa asboblari ustasi, o'ymakor naqqosh. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi. Usta Usmon Zufarov haqida so'z yuritar ekanmiz uning benazir iste'dodi, yaratgan cholg'u asboblari va ko'plab ijobiy hislatlari beixtiyor ko'z oldimizga keladi.
Usta Usmon Zufarov 1894 - yili Toshkent shaxrining Katta hovuz mahallasi Tol ko'chada istiqomat qiluvchi Zafar konchi va Mirne'mat qizi Xoshiya bonular oilasida dunyoga keladi. Taqdirning achchiq o'yinlari yosh Usmonni juda erta ota mehridan judo qiladi. Usmonning onasi Xoshiya bonu esa ikki bola bilan yolg'iz o'zi qoladi. Ammo, Usmon bolaligidan juda tirishqoq va o'ta zehnli bola bo'lganligi bois onasiga har ishda ko'makchi bo'ladi.
Yosh Usmonni kunlarning birida onasi Usta Toshboyning uyiga hunar o'rgansin degan maqsadda olib boradi (1906-1912). Ustaning uyida olti yil davomida tahsil olgan Usmon Zufarov, 1912 - yilda o'zining mustaqil faoliyatini boshlaydi. Usta
Usmon ustozi Usta Toshboy Sulton o'g'lidan asosan an'anaviy sozgarlik sirlarini o'rganib, milliy cholg'ularimizning barcha turlarini risoladagidek ishlash malakasini hosil qilgan edi. Ammo dolg'ali inqilobiy davrning keskin talablari Usta Usmonni an'anaviy sozgarlikda misli ko'rilmagan amallarga qo'l urishga majbur etdi. Oqibatda, Usta Usmon yigirmanchi yillarning boshida an'anaviy sozgarligimiz tarixida shu vaqtga qadar ko'rilmagan ajoyib bir cholg'u-karnayli katta g'ijjak yaratdi.
Aslida, bu g'ijjak an'anaviy asoslarda qirma usulida yasalib, yumalok qorin, dasta va oyoq kabi qismlardan tashkil topdi. Ammo bu qismlar odatdagi g'ijjaklarning shu kabi qismlariga qaraganda uch-to'rt barobar katta edi. Shu sababli bu g'ijjakning bo'yi o'rta bo'yli odam bo'yiga teng bo'ldi. Buning ustiga, Usta Usmon bu g'ijjakka milliy cholg'ularimizga mutlako mansub bo'lmagan yangi qism pastdan yuqoriga tomon kengayib boruvchi, to'rt qirrali egma karnay o'rnatdi. Bu karnay g'ijjak qornidan boshlanib, dasta tepasida tugaydi va bevosita g'ijjak ovozini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Puflab chalinadigan cholg'ularga monand bu karnayni Usta Usmonning ijodkorona ish tutib, kamon bilan chalinadigan g'ijjak cholg'usiga o'rnatishi sozgarlik sohasi bo'yicha kutilmagan yangilik bo'ldi. Biroq bu g'ijjak tayyorlangan o'sha yillarda milliy musiqa madaniyatimiz va cholg'ularimizga nisbatan o'ta shovinistik va nigilistik qarashlar avj olgan edi. Ularga qarshi biror juyali munosabat bildirish oson emasdi. Bu boroda siyosat sohasi o'z yuliga, ammo san'at soxasida buni ado etish nihoyatda mushkul edi. Usta Usmon esa mazkur g'ijjakni yaratish orqali O'sha darning noo'rin talablariga qarshi ijodiy amaliyot bilan o'rinli munosabat bildirdi. Bu o'rinda Usta Usmon ta'lim olgai Toshkent sozgarlik maktabining barhayot an'analari asrlar qariga teran ildiz otganini e'tirof etmoq lozim. Aks holda, bu g'ijjak sozgarlik jihatidan bu qadar mukammal yaratilmagan bo'lur edi. Ana shu holat, benazir shoir Xislatni qo'liga qalam olib, "bu g'ijjak ta'rifida" maxsus she'r yozishga ilhomlantirdi: Bu g 'ijjak fo 'rmasini Usta Usmon, O 'zi uylab, o 'zi ishlab chiqorg 'on. Chiqarib tovushining ham haddan ortug', Tiyotur kattasiga qildi tortug ', Debon qurgon zamon tahsin-u hayhot, Olub manzur, qilib berdi mukofot. Manam birga edim yonida lekin, Xabardorman evazin berganidin. Ko 'rub bu antiqa san 'atni Hislat, Dedi: Usmon, yasha, otangga rahmat.
Hislatning qalb harorati bilan bitilgan bu so'zlari Usta Usmonning an'anaviy uslubda yaratilgan cholg'usiga qarata aytilgan tasanno edi. Aslida esa, bu g'ijjakning timsolida, shunchaki, oddiy bir xunarmandning shaxsiy mahorati emas, balki milliy cholg'ularimizning asossiz ravi^da tahqiromo'z kamsitilishiga ("ovozi past", "ko'pchilik eshitmaydi" kabi) qarshi asosli javob o'z mujassamini topgan edi. Oradan ko'p ham vaqt o'tmadi. Endi Usta Usmon an'anaviy sozgarlikdan butunlay farq qiluvchi amaliyotga qo'l urdi. Bu amaliyot ovrupa sozgarligiga monand faoliyatdan iborat edi. Shuning uchun ham ish boshlashdan avval yaratilajak cholg'ularning chizmalari tayyorlandi.
Hozirda biz na o'lchamlari va na boshqa ko'rinishlari aks etmagan bu chizmalarga qarab, yasalajak cholg'ular haqida aniq, tasavvur hosil qila olmaymiz. Cholg'ularning qismlari va ularni yig'ish jarayoni va tartiboti haqida esa aniq bir fikr aytish amrimahol. Ammo, Usta Usmon uchun cholg'ularning shaklinigina namoyon qiluvchi mana shu chizmalarning o'zi yetarli bo'ldi. Qolgan barcha amal va jarayonlar esa uning hofizasida saqlangan. Shunday bo'lsada, Usta Usmon sozgarlik jixatidan tengsiz cholg'ularni yaratdi. Bular antiqa g'ijjaklar bo'lib, ular tuzilishining yarmi Ovrupo sozgarligi an'analari asosida ishlangan bo'lsa, qolgan yarmi esa Usta Usmon ijodiy tafakkurining kuchi bilan yaratildi. Boshqacha aytganda, bu cholg'ularda Ovrupo sozgarligi bilan sharqona sozgarlikning sintezi o'z mujassamini topdi. Ammo bu o'rinda biz uchun Usta Usmonning Ovrupo sozgarligi bo'yicha amalga oshirgan ishlari e'tiborlidir. Chunki, uning bu cholg'ular uchun ishlagan qismlari ularning nisbatan kattarok o'lchamlarda tayyorlanganini hisobga olmaganda, Ovrupo sozgarlarining ana shunday ishlaridan deyarli farq qilmaydi. Jumladan, Usta Usmon ishlagan antiqa g'ijjaklarning dastasi huddi Ovrupo sozgarlari ishlagan skripka dastasi yanglig' sathi tekis bo'lib, yuqoridan pastga to-mon kengayib tushgan. Usta Usmon, shuningdek, bu cholg'ularning boshlari (golovkalari)dagi o'rama (zavitok)lari, quloqlari, harraklari, tor tutgich (strunoderjatel)lari va xatto qorinlaridagi ovoz teshik (efa)larini ham aynan skripka monand qilib zo'r mahorat bilan ishladi. Bulardan ma'lum bo'ladiki, Usta Usmon o'sha yigirmanchi yillardayok Ovrupo sozgarligi amaliyotlaridan yaxshigina xabardor bo'lgan ekan va shu asosda u ikki xil ko'rinishdagi antiqa g'ijjaklarni yaratgan ekan (yana shu yillarda Usta Usmonning odatdagi skripkalarni ham yasagani haqida ma'lumotlar bor - Z.T.)
Shuni alohida e'tirof etish lozimki, bu cholg'ularni Usta Usmon biror idora ma'muriyatining buyrug'i yoki bo'lmasa, biror odamning shaxsiy buyurtmasi bo'yicha yaratgan va yasagan emas. Aslini olganda, bu cholg'ular Usta Usmonning ijodiy tashabbuskorligi, yanada aniqroq qilib aytganda, millatparvarlik tuyg'usining beqiyos mevasidir. Usta Usmon karnayli va antiqa g'ijjaklar kabi mo'jizaviy cholg'ular yaratish orqali ularga o'z munosabatini bildirdi va butun umri mobaynida milliy sozgarlik an'analariga cheksiz sadoqat saqlab qoldi.
Usta Usmon Zufarov (1894-1981) o'zbek milliy musiqa san'ati va xalqi manfati yulida sadokat bilan xizmat qilgan O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi. U yasagan cholg'ular bugungi kunda sozgarlar uchun namuna (étalon) bo'lib xizmat qiladi. Usta Usmon Zufarov 100 dan ortik shogirdlar tayyorlagan.
Musiqashunos Avedova Usta Usmon Zufarov ijodini yuksak baxolab, o'zining "Isskustvo oformleniya o'zbekskix mo'zikalnix instrumentov" nomli kitobida: "Ustaning iqtidorli ekanligi va uning qo'lidan ko'plab sozlarni ovoz taratish sifatiga cholg'uning badiiy bezaklariga qarab o'zbek xalqi ijodining asl durdonasi deyish mumkin", - deb ta'kidlaydi.
Qadimgi mohir soz yasovchi ustalar cholg'uni yasashdan oldin uning xomashyosiga katta ahamiyat berganlar. Iloji boricha quyosh nuri ko'prok tushadigan daraxtlarni tanlashgan. Usta Toshboy Sultonovning shogirdi usta Usmon Zufarov ana shunday moxir ustadardan biri bo'lgan. U yuzdan ortiq tanbur, dutor cholg'ularini o'z uslubida kashf etgan. Uning yasagan cholg'ulari nafaqat Toshkentda, balki butun dunyoga mashhurdir. Usta Usmon yasayotgan cholg'ulariga juda katta qiziqish bilan yondashib, o'zgacha tarzda yasashga harakat qilgan. Ayniqsa, u cholg'ularga badiiy bezaklar berib ishlashni yoqtirgan.
Usta Usmon Zufarov 1922 yillarda yog'och o'ymakorlik sirlarini toshkentlik moxir usta Abdumutal Tursunboev hamda uning o'g'li Nabijonlardan o'rgangan. Usta Usmon yog'och o'ymakorligi san'atini (o'yib yasash usulini) birinchilardan bo'lib qo'llagan ustalardan hisoblanadi. Dutor bo'g'iziga ornamental bezaklar berib, quloqlari va xarragiga turli xil ko'rinishlarni o'ylab topgan va aynan shunday uslubda bezak berishni o'zi yasagan dutor tanbur va sato cholg'ularida yo'lga qo'ygan.
1936 yil Moskvada bo'lib o'tgan O'zbekiston san'atkorlarining birinchi quriltoyida Usta Usmon tomonidan yasalgan dutor, tanbur, doyra cholg'ulari o'zining boy bezaklari, yasalish uslubi, tovushlarning mayinligi bilan ko'rgazmalar namoyishida ajralib turgan.
1934 yilda San'atshunoslik ilmiy tekshirish instituta qoshida eksperimental laboratoriya tashkil topadi va u joyga ustalardan toshkentlik Usta Usmon, Xoji Oxun hamda buxorolik Toyir Maxmudov ishga taklif qilinadi. Usta Usmonning aytishicha, musiqa cholg'usining kosaxonasi qanchalik yupqa bo'lsa, cholg'uning tovushi shunchalik jarangli bo'ladi. Aksincha, qanchalik qalin bo'lsa, uning tovushi jarangsiz bo'ladi. U dutor tovushining jarangli chiqishi uchun yillar davomida yaxshi quritilgan xomashyoni to'g'ri tanlash, dastani yong'oq, o'rik daraxtidan yasash, torlarini esa toza ipakdan tayyorlash kerakligini ta'kidlab o'tadi. Usta Usmon juda didli, nozik tabiatli inson bo'lganligi tufayli, yasagan cholg'ulari ijrochini ruhlantirib ijro saviyasiga ham ta'sir ko'rsatar edi.
Usta Usmon tomonidan ayniqsa an'anaviy dutorning ko'rinishi, uning bezaklariga ham alohida e'tibor berilgan. U dutor cholg'usi bo'g'iz qismining orqa
tomoniga sayrayotgan bulbul tasvirini tushiradi. Usta Usmonga tegishli bo'lgan o'ziga xos ana shu tasvir hozirgi kungacha o'z ko'rinishini o'zgartirmagan. Bunday tasvirni faqatgina usta Usmon Zufarovning dutorlarida ko'rishimiz mumkin va bu ustaning o'ziga xos imzosidir desak mubolag'a bo'lmaydi. Ustaning tong'ich farzandi bo'lmish usta To'xtamurod Zufarov ham otalari izidan borib cholg'u yasash ilmini, uning sir-asrorini, egallagan sozgar ustalardan hisoblanadi. Usta Usmon yaratgan barcha cholg'ular, shuningdek usta To'xtamurod Zufarovning dutorlari ham O'zbekiston davlat konservatoriyasi "Milliy cholg'u" ilmiy-ishlab chiqarish eksperimental laboratoriyasi muzeyida saqlanib kelinmoqda.
Usta Usmonning nabirasi usta Anvar Zufarov ham bobosining an'analarini davom ettirgan holda, dutor cholg'usini yasab, yosh dutorchi sozandalarni cholg'u bilan ta'minlashga, ushbu tasvirning umrini uzaytiryshga o'z xissasini qo'shib kelmoqda. Hozirda kollej o'quvchilari, konservatoriya talabalari, "Dutorchilar" ansambli sozandalarining qo'lida usta Usmon Zufarov dutorlari bilan bir qatorda, usta Anvarning dutorlarini ham ko'rishimiz mumkin.
Usmon Zufarov bo'lajak soz uchun yog'och tanlash borasidagi barcha sir-asrorlarni ustozi usta Toshboydan chuqur o'rgangan. Cholg'u yasalishida asosiy narsa hom-ashyoni to'g'ri tanlash xisoblangan. Soz sifatli chiqishi va o'ziga xos sado berishini ta'minlovchi tut daraxtini mahalliylarini aylanib izlab yurishdan erinmagan va uni bir ko'rishda cholg'u uchun yaroqli yoki yaroqsiz ekanligini ajrata olgan. Ular boshqa ustalardan farqli o'laroq, dutor bo'g'izi (dasta va kosani birlashtiruvchi qismi) uchun yong'oq daraxtining eng yaxshi joylaridan foydalangan.
Usta Usmon cholg'ular dastasidagi pardalarni ajratib turuvchi bog'lanmalarini qo'yning to'rtta ichagini cheyratib (o'rab) yasagan. Hozirgi kunda bunday usulda bog'lanmalar tayyorlash, afsuski, O'zbekistondagi xech bir cholg'u yasovchi usta ishlarida kuzatilmaydi va bu Zufarovlar oilasida an'ana sifatida saqlanib kelinmoqda. Usta Usmon Zufarovning ko'p yillik izlanishlari uch bo'lakli dutor, tanbur va soz cholg'ularining yaratilishiga zamin yaratdi.
Sozgar Usmon Zufarov tayyorlagan milliy cholg'ular o'zining go'zalligi, yuksak did bilan bezatilganligi bilan boshqalardan ajralib turadi. Usta yasagan cholg'ular, asosan, qimmatbaxo sadaf, xayvon suyagi, kadama va uyma nakdshar bilan bezatilgan. Ayniksa, ustaning dutor bo'g'ziga gul bilan bulbul siymosi yog'och uymakorligi san'atida aks ettirganligi barchaning e'tiborini tortadi, Usta Usmon bu o'yma naksh orqali "gulning go'zalligini bulbul tarannum etganidek, dutor ham milliy musiqamizning go'zaligini o'z oxanglari bilan tarannum etadi" degan chuqur majoziy ma'noni tushuntirmoqchi bo'ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Zufarov T. Soz va sozgarlik tarixi. - Toshkent.: 2014.
2. Zufarov T. Milliy sozgarlik an'analariga sadoqat. Umrboqiy sozlar mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. - Toshkent.: 2015..
3. Tosheva M. Dutor ijrochiligida sozgarlikning o'rni va ahamiyati. - Toshkent.:
2020