Научная статья на тему '“MILLIY ADABIYOT” JURNALI JADIDLAR MEROSINI O‘RGANISHDA MUHIM MANBA'

“MILLIY ADABIYOT” JURNALI JADIDLAR MEROSINI O‘RGANISHDA MUHIM MANBA Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Ключевые слова
“Milliy adabiyot” / tarix / matbuot / jurnal / turkistonliklar / milliy birlik / adabiyot / Turkiston birligi / Milliy Turkiston qo‘mitasi / qatag‘on siyosati / milliy ozodlik uchun kurash.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Mashhuraxon Adiljon Qizi Darmonova, Saidkamol Xayrullo Ogli Ismoilov

Sovet hokimiyatining olib borgan qatag‘on siyosati natijasida xorijda qolib ketgan vatandoshlarimiz tomonidan siyosiy va madaniy tashkilotlar tuzilgan. Ushbu tashkilotlar sovet hokimiyatining Turkistondagi ta’sirini pasaytirish, milliy ozodlik uchun kurashini matbuot va radio orqali amalga oshirganlar. Maqolada Turkiston milliy birligi qo‘mitasining nashri “Milliy adabiyot” jurnali haqida so‘z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“MILLIY ADABIYOT” JURNALI JADIDLAR MEROSINI O‘RGANISHDA MUHIM MANBA»

"MILLIY ADABIYOT" JURNALIJADIDLAR MEROSINI O'RGANISHDA MUHIM MANBA

1Mashhuraxon Adiljon qizi Darmonova, 2Saidkamol Xayrullo o'g'li Ismoilov

1Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti professori v. B, tarix fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), 2Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti Tarix yo'nalishi 23/1-guruh talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11368525

Annotatsiya. Sovet hokimiyatining olib borgan qatag'on siyosati natijasida xorijda qolib ketgan vatandoshlarimiz tomonidan siyosiy va madaniy tashkilotlar tuzilgan. Ushbu tashkilotlar sovet hokimiyatining Turkistondagi ta'sirini pasaytirish, milliy ozodlik uchun kurashini matbuot va radio orqali amalga oshirganlar. Maqolada Turkiston milliy birligi qo'mitasining nashri "Milliy adabiyot" jurnali haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: "Milliy adabiyot", tarix, matbuot, jurnal, turkistonliklar, milliy birlik, adabiyot, Turkiston birligi, Milliy Turkiston qo'mitasi, qatag'on siyosati, milliy ozodlik uchun kurash.

Аннотация. Со стороны наших соотечественников, оставщихся за рубежом, в резултате репрессивной политики советской власти, были созданы политические и културные организатсии. Эти организации вели борьбу через печать и радио за уменьшение влияния Советской власти в Туркестане, национальное освобождение. В статье речь идет о журнале «Миллий адабиёт» («Национальная литература»), издании Туркестанского комитета национального единства.

Ключевые слова: «Национальная литература», история, пресса, журнал, Туркестанцы, национальное единство, литература, Туркестанское единство, Националный Туркестанский комитет, политика репрессий, борьба за национальное освобождение

Abstract. On the part of our compatriots who remained abroad, as a result of the repressive policies of the Soviet regime, political and cultural organizations were created. These organizations fought through the press and radio to reduce the influence of Soviet power in Turkestan and national liberation. The article is about the journal "Milliy adabiyot" ("National Literature "), a publication of the Turkestan Committee of National Unity.

Key words: "National Literature", history, press, journal, Turkestanis, national unity, literature, Turkestan unity, National Turkestan Committee, politics of repression, struggle for national liberation.

Jadidlar matbuoti Turkiston ahli uchun milliy jipslik, milliy mustaqillikning qanchalik muhim va zarurligini anglab yetishda maktab vazifasini bajargan. Mustamlakachilik va turg'unlikni boshidan kechirayotgan Turkiston ahlining mazkur tuzumga qarshi kurash g'oyasi atrofida birlashib, zarur qudratga ega bo'lishi jadid matbuoti ko'zda tutgan asosiy maqsad bo'lgan. "Sadoi Turkiston", "Sadoi Farg'ona", "Samarqand", "Taraqqiy", "Xurshid", "Hurriyat", "El bayrog'i", "Oyna" kabi ilk gazeta va jurnallar sahifalarida milliy uyg'onish g'oyalari targ'ib qilingan. Shu o'rinda Munavvarqori, Avloniy, Behbudiy, Ajziy, So'fizoda, Qodiriy, Cho'lpon va boshqa jadid ma'rifatparvarlarining xizmatlarini alohida tilga olish joizdir [1, 49].

1917-yili Chor Rossiyasi qulagandan keyin tashkil etilgan bolsheviklar boshqaruvi ham xuddi shu strategik amaliyotni davom ettirdi. Turkistonni sharq va g'arbga bo'lib, o'zining yangi zo'ravonlik strategiyasi, "Turkiston"ni ruslashtirish siyosatini boshlab yubordi. Shuningdek,

siyosiy, ma'naviy, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda jamiyat manfaatlariga zid holda amalga oshirilgan o'zgarishlar xalqning keskin qarshiligiga uchragan hamda bu qarshilikni yengish uchun bolsheviklar zo'rlik-zo'ravonlikka asoslangan qatag'on siyosatini amalga oshirgan.

Qaror topgan ma'muriy-buyruqbozlik tizimi va uning rahbar o'zagi kommunistik partiya mo'tadil-ma'muriy tartibda, ruhiy bosim o'tkazish usulini qo'llab, siyosiy qatag'onni kuchaytirib borgan. Bu bosqinni qabul qila olmagan ziyolilarning muhim bir qismi bu holatga qarshi harakat qilgan. Natijada, ko'plab yozuvchi, jurnalchi va o'qituvchilar qatag'on qurboni bo'lgan, ulardan ko'plari otib tashlangan. Yana bir qismi olis mehnat tuzatish jamloqlariga surgun qilingan, ko'plari esa o'z yurtlarini tark etishga majbur bo'lgan [2, 120 - 188].

Ko'plab turkistonliklar Afg'oniston, Eron, Sharqiy Turkiston, Yaqin Sharq mamlakatlari, Turkiya va Yevropa davlatlariga tarqab ketganlar. Dunyoga chiqqan turkistonlik ziyolilar vaqtni boy bermay, sovet hokimiyatining olib borayotgan siyosatiga qarish kurashni chetdan olib borish maqsadida uyushma, jamiyat va shunga o'xshash tashkilotlar tuzganlar. Bu tashkilotlar yordamida ular "Xorijdan eshittirish" harakatini boshlaganlar. Jumladan, sovet hokimiyati ta'siri ostida o'z milliy fikrini erkin so'zlay olmagan turkistonlik yoshlarga, ochiqdan-ochiq keng yo'l ochish maqsadidida, "Milliy adabiyot" jurnali nashri yo'lga qo'yilgan. Ushbu jurnal Milliy Turkiston qo'mitasi tomonidan oyda bir marta chop etilgan.

"Milliy adabiyot" jurnali Berlinda nashr etilgan adabiy to'plam bo'lib, uning 1-soni 1943-yil 30-may kuni chiqqan [3, 1 - 3]. Tadqiqotlar davomida jurnalning 1943 - 1944-yillar davomida e'lon qilingan 9 soni aniqlandi. Shulardan 6 tasi 1943 yilda, 3 ta soni esa 1944-yildi chiqarilgan. 1944 yili nashr etilgan 3 - 6-sonlarini topish imkoni bo'lmadi. Jurnalning 1943-yil may oyidagi 1-soni - 64 bet, iyun oyidagi 2-soni - 80 bet, iyul oyidagi 3-soni - 82 bet, avgust oyidagi 4-soni -65 bet, sentyabr oyidagi 5-soni - 80 bet, oktyabr oyidagi 6-soni - 66 bet, 1944 yil may oyidagi 1-soni - 90 bet, iyun oyidagi 2-soni - 82 bet, noyabr oyidagi 7-soni 65 bet holda chop qilingan1.

"Milliy adabiyot" jurnalining bosh muharriri Milliy Turkiston komitetining prezidenti Vali Qayumxon bo'lgan. Jurnalning mas'ul muharriri sifatida Qobizchi Qo'rqit, M. Ravshan, shuningdek, Bet-Olmon, Sayran, Xushnud, Sog'in, Olloberdi, Masrur, Yonqinli kabi tahririyat a'zolari faoliyat ko'rsatganlar. Ushbu yozuvchilar o'zlarining maqola, she'r va hikoyalarini muntazam jurnal sahifalarida e'lon qilib borganlar. Jurnal Berlinda shahrida chop qilingan bo'lib, nashriyot quyidagi manzilda joylashgan edi: Berlin SW 68. Neuenburgerstr. 14. Turkestanische Mittelstelle (Toplam adresi: Berlin SW 68. Neuenburgerstr. 14. Turkestanische Mittelstelle . Tel. 176619).

"Milliy adabiyot" jurnalining oldiga qo'ygan asosiy vazifalari:

1. O'z nashrlari bilan butun turkistonliklar orasidagi birlikni saqlash va bu g'oyani ko'proq tarqatish!

2. "Men", "sen" so'zlari o'rniga "biz", "siz" tushunchalarini butun turkistonliklar orasida yanada kuchliroq o'rinlashtirish. "Men", "sen"ni yo'q qilib, buning o'rniga yolg'iz "bizlar"gina bordir deya, butun turkistonliklar birga bo'lib, bir yoqadan bosh chiqarib, bir maqsadda kurashish. Boshqalarga qo'g'irchoq bo'lmaslik! Harkim o'zi, o'z turmushi uchungina yashamasdan, yurt, vatan uchun yashashi kerak! Buni o'z qobiliyat va qalam kuchi bilan xalqqa va olamga bildirish kerak! Yoshlar yuragidagi o'tni yanada kuchliroq yondirish kerak! Bu milliy o'tlar alanga olib, yovlarni kuydirsin!

1 Turkiyaning Adana shahrida istiqomat qilayotgan farg'onalik Chig'atoy Ko'char jurnal haqidagi o'z bilganlarini aytib berdi. Adana. 2023-yil 18-avgustdagi suhbat.

3. Buyuk milliy yozuvchilar yo'lidan davom etish lozim! "Turkiston", "Qarg'alar" she'rlarini yozgan buyuklarning chizig'i, bunga misol-o'rnat bo'lsin! Turkistonliklarga milliy ruh berishda ishlash va borliq mavzu birlik uchun, birlikni butunligi uchun bo'lsin! "Turkiston -turkistonliklar uchun!" ekanini xalq orasida tarqatish!

4. Ota-bobolar kabi harakat qilmoq, ota-bobolar kabi chorlov, demak - ular kabi qahramon, to'g'ri yo'ldan chiqmaydigan, hech kimga sotilmaydigan, toza yurakli Turkistonliklar bo'lish demakdir!

5. Yovga qarshi o'tli, o'tkir nashrlar chiqarish!

6. Yurt, millat uchun, Turkiston istiqloli uchun, milliy fundament qurishda, milliy yo'ldan og'ishmay, ushbu fikrlarni tarqatish kerak:

Milliy adabiyotning prinsipi - Turkiston birligidir! [4, 16]

Jurnalning "Hikoyalar", "She'rlar", "Xalq adabiyotidan", "Tarjimalar", "Milliy adabiyot yo'lindan", "Boshqarmadan" kabi ruknlari bo'lgan. Ushbu ruknlarda sovet hokimiyatining Turkistonni boshqarishda qo'llagan maorif, din, til va sovet adabiyotini yaratish hamda tarixshunoslikni shakllantirish siyosatini ochib beruvchi maqolalar e'lon qilingan.

Bundan tashqari, jurnal sahifalarida Jumladan, Abdulla Qodiriy, Abdurauf Fitrat, Cho'lpon, Elbek, Botu kabi jadid ma'rifatparvarlarining ilmiy-adabiy merosi berib borilgan. Jumladan, Abdulla Qodiriyning "O'tkan kunlar" romanidan parchalar jurnalning sahifalarida e'lon qilib borilgan [5, 20 - 30].

Turkiston adib va shoirlari bulbul, qizil gullar va oshiqlar haqida so'zlamay, siyosiy shoir va yozuvchi bo'lib o'rtaga chiqqan. Ular elim, yurtim, qurol, istiqlol, qon, ozodlik uchun kurash, erkinlik kabi mavzularda ijod qilganlar. Xususan, "Milliy adabiyot" sahifalarida nashr etilgan Cho'lponning "Yaproqlar", "Farg'ona", "Zarafshon" (Safar estaligi) she'ri, Fitratning "Mirix yulduziga", "Qon", "Bir oz kul" she'ri, Elbekning "Til" she'ri, Botuning "O'zbek qiziga", "Qayong'a", "So'rma" she'rlari bunga yaqqol misoldir.

"Milliy adabiyot" jurnali sahifalarida jadidlarning she'rlari bilan birga, hikmatli so'zlari ham e'lon qilib borilgan. Jumladan, Fitratning "Turma, yugur, tinma tirish, bukilma yuksal! Hurkma kirish, qo'rqma yopish, burulma qo'zg'al!..." kabi va boshqa jadidlarning o'gitlari turkistonliklarga kuch-quvvat bergan. Bu orqali Turkiston xalqini birlikka, doimo birgalikda sovet hokimiyatiga qarshi kurashga chaqirgan.

Umuman olganda, "Milliy adabiyot" jurnalining nashrini yo'lga qo'yilishi turkistonlik yoshlarni, yozuvchilarni, shoirlarni bir marraga-nuqtaga birlashtirgan. Jurnalda e'lon qilingan maqolalar orqali rus mustamlakachilarining Turkiston adabiyotini o'stirmay, qullikda ushlab kelishiga qarshi kurashgan. Milliy adabiyot bilan qurollantirib, yoshlarni milliy ruhda tarbiyalashga xizmat qilgan.

Shungdek, bugungi kunda mazkur jurnalni tadqiq etilishi sovet hokimiyati hukmronligi yillarida madaniyat, til, mafkura, adabiyot va tarix sohalaridagi kurashlar tarixi hamda jadidlar merosini to'liq o'rganishda muhim manba bo'lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan manbalar ro'yxati

1. Mashhura Darmonova. Jadidlar faoliyati va ijodida milliy uyg'onish masalasi. "Vodiynoma" jurnali. 2023-yil. № 3. 49-bet.

2. Mashhuraxon Darmonova. Ozodlik va ma'rifatchilik uchun ayblanganlar. "O'zbekiston tarixi" jurnali. 2G23. 1-son. 120 - 188-betlar.

3. "Milliy adabiyot" jurnali. Berlin. 1943. 1-son. 1 - 3-betlar.

4. Vali Qayumxon. Yangi yumushlar. "Milliy adabiyot" jurnali. Berlin. 1944. 2-son. 16-bet.

5. Abdulla Qodiriy. O'tkan kunlar (shu nomli romandan olindi) Raqib izidan. "Milliy adabiyot" jurnali. Berlin. 1943. 5-son. 20 - 30-betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.