Научная статья на тему 'МЕТОДЫ МАТЕМАТИЧЕСКОГО ОБУЧЕНИЯ'

МЕТОДЫ МАТЕМАТИЧЕСКОГО ОБУЧЕНИЯ Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
21
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
БЕСЕДА / САМОСТОЯТЕЛЬНАЯ РАБОТА / ЛЕКЦИЯ / ПРАКТИЧЕСКАЯ РАБОТА / ЛАБОРАТОРНАЯ РАБОТА / ПРОБЛЕМНОЕ ОБУЧЕНИЕ / ПРОБЛЕМНАЯ СИТУАЦИЯ / НЕСТАНДАРТНЫЕ МЕТОДЫ ОБУЧЕНИЯ
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «МЕТОДЫ МАТЕМАТИЧЕСКОГО ОБУЧЕНИЯ»

ISSN 2223-4047

Вестник магистратуры. 2020. № 3-2 (102)

УДК 37.013

М.Р. Мансурова, Г.Ш. Фаттоева МЕТОДЫ МАТЕМАТИЧЕСКОГО ОБУЧЕНИЯ

В этой статье раскрываются методы обучения, используемые при применении на уроках математики.

Ключевые слова: беседа, самостоятельная работа, лекция, практическая работа, лабораторная работа, проблемное обучение, проблемная ситуация, нестандартные методы обучения.

Zamonaviy matematik ta'lim o'qituvchidan ta'lim berishning samarali vositalarini talab qiladi, bunda dars jarayoniga shunday ta'lim vositalarini qo'llash lozimki, o'quvchilar matematika fanini sevib o'rganishsin, darsda zerikmasin va har bir darsda faol bo'lsin. Matematika faniga qo'llaniladigan ta'lim usullarini ko'rib chiqamiz:

1. Matematika o'qitishning an'anaviy usullari. Hozirgi davrda matematika o'qitishda o'quvchilarni yodlashga yoki ularni fikrlamasdan faqat olingan bilimlarni qayta so'zlab berish kabi usullardan voz kechilib, darsning ta'limiy jihatlarini kuchaytiradigan usullariga alohida e'tibor berilmoqda. Bunda o'quvchilar bilan ba-jariladigan barcha ishlar, u yangi mavzuni o'rganish, olingan bilimlarni mustahkamlash, so'rash yoki suhbat bo'lsin, ular o'quvchilarni masalaning qulay yechimlarni izlashga, ratsional almashtirishlar bajarishga, xulosa chiqarish va isbotlashlarga jalb qilishga qaratiladi.

Mustaqil ishlar masalalar yechish bo'yicha mashqlar bo'lishi, yangi teoremani tahlil qilish bo'yicha ish, yangi formulani chiqarish bo'yicha masalalar bo'lishi mumkin. Masalan, ikki son yigindisi kvadrati formulasi keltirib chiqarilgandan so'ng, mustaqil ravishda ikki son ayirmasi kvadrati formulasini keltirib chiqarish taklif etilishi mumkin.

2 2 2

(a + b)2 = a + 2ab + b

formula keltirib chiqarilgandan so'ng, mustaqil ravishda

2 2 2

(a - b) = a - 2ab + b

formulani keltirib chiqarish taklif etiladi.

O'qitishda leksiya (ma'ruza) usuli kam qo'llaniladi, bunda o'qituvchi materialni o'zibayon etadi. Bu usul asosan yuqori sinflarda foyda beradi.

Amaliy va laboratoriya ishlari ham matematika o'qitishda an'anaviy usullardan hisoblanadi.

2. Muammoli ta'lim. Matematika o'qitishda muammoli ta'lim usuli ham keng qo'llanish imkoniyatlari mavjud, chunki ko'pgina tushunchalarni o'rganish muammoli vaziyatni yaratishga olib kelinishi mumkin. Muammoli ta'lim usuli bilan bayon etishda quyidagi mavzularni yoritilish imkoniyatlari mavjud:

1.Logarifmik funksiyaning xossalari va grafigi. Bunda dastlab quyidagi masalalar qaraladi.

a) Berilgan funksiyaga teskari funksiyani topish masalasi. Bunda berilgan funksiyaning teskarisini aniqlash va o'zgarish sohalari orasidagi bog'liqlikni aniqlashga e'tibor qaratiladi. Savollar qo'yiladi: qanday funksiya hamma vaqt teskarilanuvchi ? Teskari funksiya formulasini qanday hosil qilish mumkin? O'zaro teskari funksiya-lar grafiklari qanday joylashadi?

b) Ko'rsatkichli funksiyaning xossalarini takrorlash. Ikkala holda ham grafiklardan foydalanish lozim, un-ing aniqlanish, o'zgarish sohalari, monotonligi o'rganilgach, oxirida muammoli savol qo'yiladi: ko'rsatkichli funksiya teskari funksiyaga egami? Bu savolni o'quvchilar muhokama asosida hal qilishga harakat qiladilar, buning uchun ularda zarur bilimlar mavjud. Keyin quyidagi muammoli savollar taklif etiladi:

1. Ko'rsatkichli funksiya uchun teskari funksiya formulasini qanday hosil qilish mumkin?

2. Logarifmik funksiya grafigini qanday hosil qilish mumkin ?

3. Logarifmik funksiyaning aniqlanish sohasi qanday ?

Materialni o'rganish logarifmik va ko'rsatkichli funksiyalar barcha xossalarini so'rash va bu xossalarni qo'llashga doir mashqlarni yechish bilan amalga oshiriladi.

"Tekisliklar parallelligi" mavzusini o'rganishda o'quvchilarga avvalo ularga ma'lum ikki tekislik joylash-ish hollarini eslash taklif etiladi, kesishishi, ustma-ust tushishi va parallel bo'lishi, shundan so'ng o'quvchilarga bu hollardan boshqa, ikki tekislik joylashishi vaziyati mavjud yoki mavjud emasligini aniqlash taklif etiladi.

3. Matematik ta'lim yangi texnologiyalari. Matematika o'qitishdagi usullar ham hozirgi davrda takomil-lashib, yangicha pedagogik texnologiyalar asosida qo'llanilib kelinmoqda. Masalan, tayanch konspektlarga asoslangan o 'qitish usuli (V.F. Shatalov usuli), yiriklashgan didaktik birliklar usuli (P.M.Erdniyev usuli) va x.k.lar shular jumlasiga kiradi. Ta'limni differensiallashtirish usuli ham shular jumlasidandir. Darslarni nostandart

© М.Р. Мансурова, Г.Ш. Фаттоева, 2020.

Вестник магистратуры. 2020. № 3-3 (102)

ISSN 2223-4047

usullarda tashkil qilish keyingi yillarda o'yin tarzida o'tkazish usullarini ham amaliyotda keng qo'llashga alohida e'tibor berilmoqda. Masalan, darslarni mo jizalar maydoni, didaktik o 'yinlar tarzida tashkil qilish mumkin. Bun-day usullarga bir nechta misollar keltiramiz:

Matematik mashq.Bu o'yin ko'p sondagi o'quvchilarga bilimlarni tezlikda tekshirishga imkon beradi. Sinf qatorlar bo'yicha jamoalarga bo'linadi. Har bir qator esa ikki variantga bo'linadi. Har bir variant o'quvchilari, agar ular javob beradigan obyekt haqida so'z borganda yoki o'rnidan turadi, yoki qo'l ko'taradi.

Auksion o 'yini. Savdoga biror mavzu bo 'yicha topshiriqlar qo 'yiladi, bunda o 'qituvchi oldindan o 'quvchilar bilan o'yinning mavzusini kelishib olishi kerak. Masalan, 7 -sinfda "Algebraik kasrlar ustida amallar" mavzusi bo'lsin. O'yinda 4-5 jamoa qatnashadi. Kodoskop bilan ekranga kasrlarni qisqartirishga doir beshta topshiriq namoyish qilinadi. Har bir jamoa topshiriq oladi va unga 1 dan 5 ballgacha baho qo'yadi.

Shunday qilib, matematika o'qitish usullari rang - barang va ulardan foydalanish matematika o'qituvchisi mahoratiga va boshqa yuqorida ko'rsatilgan imkoniyatlarga bog'liq bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Бердиева С.М., Имомова Ш.М. Использование инновационных технологий на уроках информатики// Наука, техника и образование. 2018.10 (51).С. 28-31.

МАНСУРОВА МАРХАБО РИЗОКУ ЛОВНА - преподаватель школы № 40, Пешкунский район Бухарской области, Узбекистан.

ФАТТОЕВА ГУЛМИРА ШУХРАТКИЗИ- преподаватель школы №29 г. Бухары, Узбекистан.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.