Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
MELISSA OFFICINALIS L. NING XALQ TABOBATI VA FARMSATSIYADAGI AHAMIYATI
Suroj Qahramon o'g'li Qurbanboyev
Toshkent davlat agrar universiteti samarqand filiali magistranti
ANNOTATSIYA
Maqolada dorivor limono'ti o'simligining botanik tavsifi hamda xalq tabobati va farmatsiyadagi ahamiyati haqida ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar Tannin, nektar, vitamin, efir moylari, nevroz, bronxial astma, toksikoz, klimaks. monoterpen aralashmalari, flavanoidlar.
AННОТАЦИЯ
В статье дается ботаническое описание лекарственного растения лемонграсса, а также его значение в народной медицине и фармации.
Ключевые слова: Дубильные вещества, нектар, витамин, эфирные масла, неврозы, бронхиальная астма, токсикоз, климакс, флавоноиды
ABSTRACT
The article provides a botanical description of the medicinal lemonade plant and its importance in folk medicine and pharmacy.
Keywords: Tannins, nectar, vitamin, essential oils, neuroses, bronchial asthma, toxicosis, menopause, flavonoids
Kirish. Dorivor limono't (Melissa officinalis L) Yasnotkadoshlar- Lamiaceae (labguldoshlar - labiatae) oilasiga kiradi. Limono't ko'p yillik, sertukli, 30-60 sm balandlikdagi o't o'simlik hisoblanadi. O'zbekiston florasida 4650 dan ortiq o'simlik turlari mavjud bo'lib shulardan 650 turdagi erif moyli o'simliklar 700 dan ortiq o'simliklar dorivor o'simliklar hisoblanadi. Limono't O'zbekiston uchun noan'anaviy bo'lgan istiqbolli dorivor o'simlik bo'lib, O'rta Osiyo, Qrim, Kavkaz, Rassiyaning Yevropa qismining janubida va boshqa davlarlarda daraxt soyalarida, tog'li tumanlarda toshlar soyasida va boshqa soya joylarda o'sadi. O'zbekistonning Toshkent va Surxondaryo viloyatlarda uchraydi [1], [2], [3].
Limono't sertukli, 30-60 sm balandlikdagi o't o'simlik hisoblanadi. Poyasi bitta yoki ko'p, qarama-qarshi shoxlangan.
May 12-13
731
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
Barglari tuxumsimon, biroz o'tkir uchli, ser tukli arrasimon qirrali bo'lib, qisqa bandi bilan poya va shoxlarda qarama-qarshi o'rnashgan. Oq rangli, tukli, ikki labli gullari gul bandi bilan barg qo'ltig'ida joylashib, to'p gulni hosil qiladi. Mevasi 4 ta yong'oqcha. Iyun-avgustda gullaydi, mevasi iyul-avgustda yetiladi. Tib qonunlarida yozilishicha limono't yurakni mustahkamlaydi va uni yaxshi ishlashiga yordam beradi, shuningdek, traxoma, xiqichoq tutish, og'izdan yomon hid kelishi va boshqa kasalliklarni davolaydi.
Xalq tabobatida limono't bilan nevroz, bronxial astma, ayollarni toksikoz, klimaks, yurak urishini buzilishi va boshqa kasalliklarni davolaydi. Limono't damlamasi klinik sharoitda sinovlardan o'tgan va uni tibbiyot amaliyotida tinchlantiruvchi va qon bosimini pasaytiruvchi vosita sifatida qo'llashga O'zbekiston Respublikasi Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ruxsat etilgan. Bundan tashqari poyasida va barglari tarkibida limon kislotasi ham mavjud va shu orqali limon hidiga o'xshash hid tarqatadi. Limono'ti foydali va shifobaxsh xususiyatlar ombori hisoblanadi. Va bularning barchasi limono't o'simligini turlariga bog'liq bo'ladi. Yer ustki qismi tarkibida 0.01-0.33% efir moyi, c vitamin, karotin, fenilkarbon kislotalar, 5-10% oshlovchi va boshqa moddalar, urug'ida 20-27% yog' bor. Bulardan tashqari dorivor limono't tarkibida quydagi moddalar ham mavjud.
1. Efir moylari;
2. Triterpen birikmalari (tsitral, sitronella);
3. Monoterpen aralashmalari (linalool, setronellol, geraniol);
4. Karotin, askorbin kislotasi
5. Shilliq moddalar, taninlar;
6. Kofe, xlorogen, rozmarin, ferul, ptotokotex;
7. Achchiq moddalar;
8. Flavonoidlar;
9. Yog'li moddalar;
10. Makro- va mikroelementlar: kalsiy, kaliy, temir, marganes, rux, xrom, mis, molibden, nikel,vanadiy, kabi tarkibiy qismlarga boy o'simlik hisoblanadi.
Dorivor limono't antispozmodik, tinchlantiruvchi, gipnotik, karminativ, xoleretik, gipoglikemik, yallig'lanishga qarshi ta'sirlarga ega. Bundan tashqari limon yalpiziga asoslangan preparatlar: Me'da shirasining sekretsiyasini rag'batlantirish, fermentatsiya anomaliyalarini yo'q qilish, oshqozon harakatining kuchayishi, yurak urushini kamaytirish, halitozni yo'q qilish, qon bosimini pasaytirish, qalqonsimon bezning hujayra ichidagi funksiyasini
May 12-13
Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan
O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari
faollashtirish, hayz davrining normalizatsiyasi kabi kasalliklarga qarshi dori-darmon tayyorlashda ishlatiladi.
Eng keng qamrovli dorivor o'simlik sifatida limono'ti oz bo'lsada boshqa kasalliklarga qarshi dori sifatida foydalaniladi. Yer usti qismining damlamasi ovqat hazm qilishi buzilganda, uni tartibga solish, kamqonlik, bazi asab va yurak kasalliklarini davolash uchun hamda tirirshga qarshi ta'sir etuvchi, og'riq qoldiruvchi, surgi, siydik va yel haydovchi vostia sifatinda qo'llaniladi. Limono't bilan asosan xalq tabobatida nevroz, bronxial astma, ayollardagi taksikoz, klimaks, yurak urishi buzilishi va boshqa kasalliklar davolanadi. Bu o'simlik xalq orsida muhim ziravor sifatida ma'lum bo'lib ayrim mamlakatlarda maxsus maydonlarda o'stiriladi [4].
Bundan tashqari parfumeriya mahsulotlarini tayyorlashda, choylarga yoqimli hid berishda ham qo'llaniladi. O'simlikning ustki qismida C, B, tannin moddasi bor, undan tashqari limon va kaxrabo kislotalari bor. Farmasevtika sanoatida bu o'simlikning ahamiyati yuqoriligi sababli uning turli mamlakatlarda limono't efir moyini olish texnologiyalari mavjud.
Xulosa. Melissa officinalis L ning dorivorlik xususiyati asosan yer ustki qismi hisoblangani uchun farm sanoatlarda xom-ashyo sifatida yer ustki qismidan foydalaniladi. Limono'tning gullari nektar ajratish xususiyatiga ega asalarilar uchun maxsus asal manbai hisoblanadi. Uning xushboy hidi odamni tetiklashtiradi va tonusini oshiradi, shifobaxsh alkogolsiz ichimliklar tayyorlashda qo'llaniladi.
REFERENCES
1. Hojimatov Q., Olloyorov M. O'zbekistonning shifobaxsh o'simliklari va ularni muhofaza etish. Toshkent 1998 yil.
2. Toshkent Davlat Agrar Universiteti. Dorivor o'simliklarni yetishtirish texnologiyasi. Toshkent "Iqtisod- moliya"2018.
3. Xojimatov K,X., Xojimatov O.K " O'simliklar hom-ashyosi resurslari " O'quv qo'llanma. Guliston 2007.- 54b.
4. Isomov E.I., Tashpulatov Y.Sh. Influence of Soil Salt on Growth, Development and Seed Productivity of Artichoke Varieties //American Journal of Plant Sciences. -2022. - T. 13. - C. 557-563.
May 12-13