Научная статья на тему 'MEKSIKA BANGIDEVONASI (DATURA INNOXIA MILL) NING O‘SISHI VA RIVOJLANISHI'

MEKSIKA BANGIDEVONASI (DATURA INNOXIA MILL) NING O‘SISHI VA RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
33
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Meksika bangidevonasi / o‘g‘itlar / gul / meva / tuproq / hosildorlik / azot / fosfor / kaliy / ammoniy sulfat / karbamid / ammiakli selitra. / Mexican datura / fertilizers / flower / fruit / soil / productivity / nitrogen / phosphorus / potassium / ammonium sulfate / urea / ammonium nitrate.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Po‘latov, Sarvar Mustafoyevich, Aminova, Shoira Furqat Qizi, Ergashev, Bunyod Dilmurodovich

Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill) bo‘lib, ushbu o‘simlikning hosildorligi qo‘llanilayotgan o‘g‘it turi va me’yoriga qarab turlicha bo‘ladi. Meksika bangidevonasi o‘simligining urug‘larini unib chiqishidan to pishib yetilgunga qadar bo‘lgan davrlardagi o‘sish jadalligi, qo‘llanilgan azotli o‘g‘itlarning shakli va me’yorlariga bog‘liq holda sezilarli darajada o‘zgarganligi kuzatildi. Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida yetishtirishda qo‘llaniladigan azotli o‘g‘itlarni shakllari o‘simlikning o‘sishi, bargining shakllanishi va meva hosil qilishiga ta’sir ko‘rsatganligi aniqlandi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

GROWTH AND DEVELOPMENT OF MEXICAN HEMP (DATURA INNOXIA MILL)

The yield of this plant varies depending on the type and rate of fertilizer used. It was observed that the rate of growth of the seeds of the Mexican cannabis plant from germination to maturity varied significantly depending on the form and rate of applied nitrogen fertilizers. It was found that the forms of nitrogen fertilizers used in cultivation in the conditions of typical gray soils of Tashkent region had an effect on plant growth, leaf formation and fruit formation.

Текст научной работы на тему «MEKSIKA BANGIDEVONASI (DATURA INNOXIA MILL) NING O‘SISHI VA RIVOJLANISHI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MEKSIKA BANGIDEVONASI (DATURA INNOXIA MILL) NING O'SISHI

VA RIVOJLANISHI

Po'latov Sarvar Mustafoyevich

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali katta o'qituvchisi Aminova Shoira Furqat qizi, Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universitetining Toshkent filiali magistranti Ergashev Bunyod Dilmurodovich Tadqiqotchi

ANNOTATSIYA

Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill) bo'lib, ushbu o'simlikning hosildorligi qo'llanilayotgan o 'g 'it turi va me 'yoriga qarab turlicha bo 'ladi. Meksika bangidevonasi o'simligining urug'larini unib chiqishidan to pishib yetilgunga qadar bo'lgan davrlardagi o'sish jadalligi, qo'llanilgan azotli o'g'itlarning shakli va me'yorlariga bog'liq holda sezilarli darajada o'zgarganligi kuzatildi. Toshkent viloyatining tipik bo'z tuproqlari sharoitida yetishtirishda qo'llaniladigan azotli o'g'itlarni shakllari o'simlikning o'sishi, bargining shakllanishi va meva hosil qilishiga ta 'sir ko 'rsatganligi aniqlandi.

Kalit so'zlar: Meksika bangidevonasi, o'g'itlar, gul, meva, tuproq, hosildorlik, azot, fosfor, kaliy, ammoniy sulfat, karbamid, ammiakli selitra.

АННОТАЦИЯ

Урожайность этого растения варьируется в зависимости от типа и нормы используемых удобрений. Было замечено, что скорость роста мексиканского растения каннабиса от всходов до созревания значительно варьировалась в зависимости от формы и нормы внесения азотных удобрений. Установлено, что используемые при возделывании формы азотных удобрений в условиях типичных сероземов Ташкентской области оказали влияние на рост растений, листообразование и плодообразование.

Ключевые слова: Мексиканский каннабис, удобрения, цветок, плоды, почва, урожайность, азот, фосфор, калий, сульфат аммония, мочевина, нитрат аммония.

ABSTRACT

The yield of this plant varies depending on the type and rate of fertilizer used. It was observed that the rate of growth of the seeds of the Mexican cannabis plant from

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

germination to maturity varied significantly depending on the form and rate of applied nitrogen fertilizers. It was found that the forms of nitrogen fertilizers used in cultivation in the conditions of typical gray soils of Tashkent region had an effect on plant growth, leafformation and fruit formation.

Keywords: Mexican datura, fertilizers, flower, fruit, soil, productivity, nitrogen, phosphorus, potassium, ammonium sulfate, urea, ammonium nitrate.

Dorivor Meksika bangidevonasi ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasiga mansub bir yillik o'simlik bo'lib, uning bo'yi 60-150 sm.ga yetadigan o't o'simlikdir. Poyasi tik o'suvchi, yashilroq yoki qizg'ish-binafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy bandli, kulrang-yashil, tuxumsimon yoki cho'ziq-tuxumsimon, o'tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti bir oz o'yilgan va poyada ketma-ket joylashgan bo'lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz hidi bor. Gullari yirik, oq, faqat bir kecha gullaydi. Gulkosachasi sertuk, besh tishli, shishgan va uzun naysimon, asos qismi meva bilan birga qoladi, gultojisi naycha shaklida varonkasimon, besh tishli bo'lib, uchlari qayrilgan, otaligi beshta, onalik tuguni yuqorida joylashgan. Mevasi - ko'p urug'li, sharsimon, kulrang-yashil yoki qo'ng'ir rangli va tikanli ko'sakcha. Meksika bangidevonasi iyul-oktyabr oylarida gullaydi, mevasi avgust oyidan boshlab pishadi. O'simlikning hamma qismi zaharli hisoblanadi.

Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill) bo'lib, ushbu o'simlikning hosildorligi qo'llanilayotgan o'g'it turi va me'yoriga qarab turlicha bo'ladi. (NH4)SO4 o'g'iti 100 kg/ga me'yorda qo'llanilganda o'simlik bargi, guli, urug'i va poyasi tarkibidagi skopolamin moddasi maksimal darajada bo'lishi ko'p yillik tadqiqotlarda aniqlangan. Xuddi shu me'yorda CO(NH2)2 o'g'iti qo'llanilganda esa bir dona o'simlikdagi mevalar soni 28 donadan 36 donagacha, mevaning og'irligi 60,5 gramgacha bo'lishi, fosforli o'g'it me'yorini 100 kg/ga miqdorida qo'llanilgan fonlarda azotli o'g'itlar me'yorini 120 kg/ga oshirilsa bitta o'simlikdagi mevalar soni 26-38 donagacha, mevaning og'irligi esa 58,5-59,3 gramgacha bo'lishi ham tadqiqotlarda aniqlangan.

Meksika bangidevonasi o'simligining rivojalanishi nisbatan kechroq muddatlarida uning oziqlanishiga bo'lgan talabi kuchayadi. Shundan so'ng oziq moddalar eng ko'p maksimal darajada o'zlashtiriladigan davr deb yuritiladi. Ko'p hollarda bu davr o'simliklar tomonidan eng ko'p quruq biomassa to'planadigan muddatga to'g'ri keladi. Ko'pchilik o'simliklar singari Meksika bangidevonasi

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

o'simligi oziqlanishini uning biologik xususiyatlarini hisobga olgan holda boshqarish mumkin.

Meksika bangidevonasi o'simligining urug'larini unib chiqishidan to pishib yetilgunga qadar bo'lgan davrlardagi o'sish jadalligi, qo'llanilgan azotli o'g'itlarning shakli va me'yorlariga bog'liq holda sezilarli darajada o'zgarganligi kuzatildi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tadqiqotlarimizdan olingan ma'lumotlarga ko'ra, 2016 yilda o'simlikning bo'yi, shonalash davrida o'g'it qo'llanilmagan - nazorat variantida 50,8 sm bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkichlar faqat P90 K90 kg/ga ishlatilgan variantda 65,4 sm.ni, ko'rsatib o'tilgan (P90K90) fonida azotli o'g'itlar (N60 kg/ga) me'yorida - ammiakli selitra (NH4NO3), mochevina (CO(NH2)2), ammoniy sulfat ((NH4)2SO4) shaklida qo'llanilgan delyankalardagi o'simliklarning bo'yi, yuqoridagilarga mos ravishda 73,2; 75,9; 78,4 sm.ni tashkil etganligi qayd etildi. Tadqiqotlarimizda ko'rsatib o'tilgan fosfor va kaliy (P90 K90 kg/ga) fonida azot me'yori (N120-150 kg/ga) oshirib qo'llanilgan variantlardagi o'simliklarning bo'yi, azot me'yoriga mutanosib holda 89,5-93,6; 95,4-102,3 sm.ga teng ekanligi aniqlandi.

Tadqiqotlarimizda sentyabr oyida o'tkazilgan fenologik kuzatuvlarda Meksika bangidevonasining jadal sur'atlarda o'sishi va hosil tugishi, qo'llanilgan azotli o'g'itlar me'yori va shakllarining ta'sirida turlicha bo'lganligi aniqlandi (1.IX). O'simlikning bo'yini balandligi o'g'itsiz - nazorat variantda 62,5 sm.ga teng bo'lgan bo'lsa, faqat fosfor va kaliy (P90K90 kg/ga) qo'llanilgan fonda, bu ko'rsatkichlar 74,8 sm.ni tashkil etganligi aniqlandi. Ushbu sharoitda va muddatda o'simliklarning bo'yini balandligi, ko'rsatib o'tilgan (P90K90 kg/ga) fonida azotli o'g'itlar (N120 kg/ga) me'yorida ammiakli selitra (NH4NO3), mochevina (CO(NH2)2) va ammoniy sulfat ((NH4)2SO4) shaklida qo'llanilgan variantlarda tegishlicha 107,6; 110,4 va 118,3 sm tashkil etganligi hisobga olindi.

Shuningdek, fosforli va kaliyli o'g'itlarning P90 K90 kg/ga me'yori qo'llanilgan fonda azotli o'g'itlardan ammoniy sulfatning 60, 90, 120, 150 kg/ga me'yorlarda qo'llanilishi bir dona o'simlikdagi barglar sonini 86,1-100,2 donagacha bo'lishini ta'minlab, o'g'itsiz nazorat variantiga nisbatan 18,6-32,5 donaga ko'p bo'lganligi aniqlandi. Fosforli va kaliyli o'g'itlarning P90 K90 kg/ga me'yorini o'zi qo'llanilgan variantda esa bir dona o'simlikdagi barglar soni 76,3 donani tashkil etdi.

Fosforli va kaliyli o'g'itlarning P90 K90 kg/ga me'yori qo'llanilgan fonda azotli o'g'itlardan karbamid (CO(NH2)2 - 46 % N) ning 60, 90, 120, 150 kg/ga me'yorlarda qo'llanilishi esa bir dona o'simlikdagi barglar sonini 82,1 -98,0 donagacha bo'lishini

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

ta'minlab, o'g'itsiz nazorat variantiga nisbatan 14,6-30,5 donaga ko'p bo'lishiga xizmat qildi.

Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill) ning o'sishi va rivojlanishiga qo'llanilgan mineral o'g'itlar turlari hamda me'yorlarining ta'siri, 2015-yil

№ var Qo'llanilgan mineral o'g'itlar shakllari Mineral o'g'it me'yorlari, kg/ga O'simlikning bo'yi, sm Hosil shoxlari soni, dona Mevalar soni, dona Mevalar og'irligi, g

1.06 1.07 1.08 1.09 1.07 1.08 1.08 1.09 1.08 1.09

1 (NN4)SO4 (Sulfat ammoniy) O'g'itsiz (nazorat) 18,9 30,9 47,9 60,3 3,9 8,0 1,8 5,4 3,5 10,9

2 P90 K90 29,8 45,0 62,5 72,6 6,0 10,9 3,8 9,4 7,6 19,2

3 N60 P90 K90 42,9 59,8 75,5 100,9 7,2 13,6 6,8 14,4 12,9 30,7

4 N90 P90 K90 49,2 67,5 83,3 107,9 8,5 15,8 11,8 19,4 23,2 41,3

5 N120 P90 K90 53,3 75,8 90,7 116,1 9,7 18,7 17,8 27,4 35,1 59,9

6 N150 P90 K90 57,9 81,7 99,4 123,2 9,2 17,6 16,8 25,4 32,3 54,6

7 CO(NN2)2 (Karbamid) N60 P90 K90 40,1 56,8 73,0 91,4 6,6 11,7 5,8 12,4 11,4 25,5

8 N90 P90 K90 46,6 63,0 81,8 100,4 8,0 14,6 9,8 17,4 19,0 36,4

9 N120 P90 K90 49,8 71,6 88,9 108,2 9,4 17,8 15,8 24,4 30,7 53,3

10 N150 P90 K90 55,5 78,7 95,3 114,6 8,8 16,3 12,8 21,4 24,9 50,7

11 NH4NO3 (Ammiakli selitra) N60 P90 K90 37,5 54,6 70,3 86,8 5,5 10,6 4,8 11,4 9,0 23,9

12 N90 P90 K90 43,3 60,1 77,4 94,3 7,4 13,2 7,8 15,4 15,1 33,0

13 N120 P90 K90 47,5 68,9 86,6 105,4 8,9 16,1 11,8 18,4 23,7 44,9

14 N150 P90 K90 52,2 76,3 92,5 111,9 9,3 17,4 14,8 23,4 30,0 51,7

Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill) ning o'sishi va rivojlanishiga qo'llanilgan mineral o'g'itlar turlari hamda me'yorlarining ta'siri, 2016-yil

№ var Qo'llanilgan mineral o'g'itlar shakllari Mineral o'g'it me'yorlari, kg/ga O'simlikning bo'yi, sm Hosil shoxlari soni, dona Mevalar soni Mevalar og'irligi

1.06 1.07 1.08 1.09 1.07 1.08 1.08 1.09 1.08 1.09

1 (NN4)SO4 (Sulfat ammoniy) O'g'itsiz (nazorat) 21,2 33,5 50,8 62,5 4,2 8,4 2 6 3,8 11,8

2 P90 K90 32,1 47,6 65,4 74,8 6,3 11,3 4 10 7,9 20,1

3 N60 P90 K90 45,2 62,4 78,4 103,1 7,5 14,0 7 15 13,2 31,6

4 N90 P90 K90 51,5 70,1 86,2 110,1 8,8 16,2 12 20 23,5 42,2

5 N120 P90 K90 55,6 78,4 93,6 118,3 10,0 19,1 18 28 35,4 60,8

6 N150 P90 K90 60,2 84,3 102,3 125,4 9,5 18,0 17 26 32,6 55,5

7 CO(NN2)2 (Karbamid) N60 P90 K90 42,4 59,4 75,9 93,6 6,9 12,1 6 13 11,7 26,4

8 N90 P90 K90 48,9 65,6 84,7 102,6 8,3 15,0 10 18 19,3 37,3

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 9

educational, natural and social sciences IV ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

9 N120 P90 K90 52,1 74,2 91,8 110,4 9,7 18,2 16 25 31,0 54,2

10 N150 P90 K90 57,8 81,3 98,2 116,8 9,1 16,7 13 22 25,2 51,6

11 NH4NO3 (Ammiakli selitra) N60 P90 K90 39,8 57,2 73,2 89,0 5,8 11,0 5 12 9,3 24,8

12 N90 P90 K90 45,6 62,7 80,3 96,5 7,7 13,6 8 16 15,4 33,9

13 N120 P90 K90 49,8 71,5 89,5 107,6 9,2 16,5 12 19 24,0 45,8

14 N150 P90 K90 54,5 78,9 95,4 114,1 9,6 17,8 15 24 30,3 52,6

Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill) ning o'sishi va rivojlanishiga qo'llanilgan mineral o'g'itlar turlari hamda me'yorlarining ta'siri, 2017-yil

№ var Qo'llanilgan mineral o'g'itlar shakllari Mineral o'g'it me'yorlari, kg/ga O'simlikning bo'yi, sm Hosil shoxlari soni, dona Mevalar soni Mevalar og'irligi

1.06 1.07 1.08 1.09 1.07 1.08 1.08 1.09 1.08 1.09

1 (NN4)SO4 (Sulfat ammoniy) O'g'itsiz (nazorat) 20,1 32,1 49,1 64,1 4,4 8,7 2,4 4,8 3,3 11,3

2 P90 K90 31,0 46,2 63,7 70,7 6,6 11,6 4,4 8,8 7,7 19,6

3 N60 P90 K90 44,1 61,0 76,7 99,0 7,8 14,3 7,4 13,8 13,0 31,1

4 N90 P90 K90 50,4 68,7 84,5 106,0 9,1 16,5 12,4 18,8 23,3 41,7

5 N120 P90 K90 54,5 77,0 91,9 114,2 10,3 19,4 18,4 26,8 35,2 60,3

6 N150 P90 K90 59,1 82,9 100,6 121,3 9,8 18,3 17,4 24,8 32,4 55,0

7 SO(NN2)2 (Karbamid) N60 P90 K90 41,3 58,0 74,2 89,5 7,2 12,4 6,4 11,8 11,5 25,9

8 N90 P90 K90 47,8 64,2 83,0 98,5 8,6 15,3 10,4 16,8 19,1 36,8

9 N120 P90 K90 51,0 72,8 90,1 106,3 10,0 18,5 16,4 23,8 30,8 53,7

10 N150 P90 K90 56,7 79,9 96,5 112,7 9,4 17,0 13,4 20,8 25,0 51,1

11 NH4NO3 (Ammiakli selitra) N60 P90 K90 38,7 55,8 71,5 84,9 6,1 11,3 5,4 10,8 9,1 24,3

12 N90 P90 K90 44,5 61,3 78,6 92,4 8,0 13,9 8,4 14,8 15,2 33,4

13 N120 P90 K90 48,7 70,1 87,8 103,5 9,5 16,8 12,4 17,8 23,8 45,3

14 N150 P90 K90 53,4 77,5 93,7 110,0 9,9 18,1 15,4 22,8 30,1 52,1

Azotli o'g'itlardan ammiakli selitra (NH4NO3) ning 60, 90, 120, 150 kg/ga me'yorlari qo'llanilganda bir dona o'simlikdagi barglar soni 80,3-95,5 donani tashkil etib, o'g'itsiz nazorat variantiga nisbatan 12,8-28,0 donaga ko'p bo'lishini ta'minladi.

Bir dona o'simlikda hosil bo'lgan barglarning quruq vazni aniqlanganda eng yuqori ko'rsatkichlar azotli o'g'itlardan ammoniy sulfatning 150 kg/ga me'yori qo'llanilgan variantda kuzatilib, 33,8 gramni tashkil etgan bo'lsa, o'g'itsiz nazorat variantida ushbu ko'rsatkich 21,4 g., fosforli va kaliyli o'g'itlarning P 90 K90 kg/ga me'yorini o'zi qo'llanilgan fonda esa 24,3 g. bo'lganligi aniqlandi. Mazkur fonda

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ammoniy sulfat o'g'itining 90, 120 kg/ga me'yorlari qo'llanilgan variantlarda bir dona o'simlikda hosil bo'lgan barglarning umumiy quruq vazni 29,0-31,3 g. ni tashkil etdi.

Karbamid o'g'iti (CO(NH2)2 - 46 % N) ning 60, 90, 120, 150 kg/ga me'yorlari qo'llanilgan variantlarda bir dona o'simlikdagi hosil bo'lgan barglar soni 2 5,5-32,0 g. ni tashkil etdi. Ushbu azotli o'g'it fonida ham eng yuqori ko'rsatkichlar 150 kg/ga miqdorida karbamid o'g'iti qo'llanilgan variantda kuzatilib, o'g'itsiz nazorat variantiga nisbatan 10,6 g. ga yuqori bo'lganligi aniqlandi.

Ammiakli selitra o'g'iti (NH4NO3 34,6 % N) ning 60, 90, 120, 150 kg/ga me'yorlari qo'llanilgan variantlarda bir dona o'simlikdagi hosil bo'lgan barglar soni 24,9-30,6 g. ni tashkil etdi. Ushbu azotli o'g'it fonida eng yuqori ko'rsatkichlar 150 kg/ga miqdorida ammiakli selitra o'g'iti qo'llanilgan variantda kuzatilib, o'g'itsiz nazorat variantiga nisbatan 9,2 g. ga yuqori bo'lganligi aniqlandi.

Tajriba dalasida yetishtirilgan Meksika bangidevonasining hosili (mevalar soni va ularning massasi) qo'llanilgan azotli o'g'itlar me'yori va shakllariga bog'liq holda turlicha bo'lganligi qayd etildi. Masalan, tajriba dalasida azotli o'g'itlardan ammiakli selitra (NH4NO3) shaklida 90, 120, 150 kg/ga me'yorida qo'llanilgan varianlar o'simliklardagi mevalarini va ularning massasi azotli o'g'it me'yoriga muvofiq holda 12, 16; 19; 24 dona va 24,8, 33,9; 45,8; 52,6 g.ni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkichlar karbamid (CO(NH2)2) shaklida qo'llanilgan variantlarda tegishlicha 13, 18; 25; 22 dona va 26,4, 37,3; 54,2; 51,6 g., ammoniy sulfat ((NH4)2SO4) shaklida yuqorida ko'rsatilgan azot me'yorida qo'llanilgan variantlardagi o'simliklarda mutonosib ravishda

15, 20; 28; 26 dona va 31,6, 42,2; 60,8; 55,5 g.ga teng bo'lganligi aniqlandi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, azotli o'g'itlar shaklidan qat'iy nazar ularning me'yorini ortib borishi bilan o'simliklardagi mevalar soni va ularning massasini ham ortib borishi kuzatildi. Bunda, o'simlikning o'sishi, rivojlanishi, meva to'planishi va ularning massasi bo'yicha eng maqbul sharoit N120 kg/ga me'yorida P90 K90 kg/ga fonida ammoniy sulfat shaklida qo'llanilgan variantlarda hisobga olindi. Tajribaning qolgan yillarida ham ushbu qonuniyatlar saqlanib qoldi (jadvallarga qarang).

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, Meksika bangidevonasini Toshkent viloyatining tipik bo'z tuproqlari sharoitida yetishtirishda qo'llaniladigan azotli o'g'itlarni shakllari o'simlikning o'sishi, bargining shakllanishi va meva hosil qilishiga ta'sir ko'rsatib, fosforli hamda kaliyli o'g'itlarning P90 K90 kg/ga me'yori

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

VOLUME 2 | ISSUE 9 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

fonida azotli o'g'itlardan ammoniy sulfat ((NH4)2SO4) ni 120 kg/ga me'yorida qo'llash maqsadga muvofiq ekanligi tadqiqotlarimizdan olingan ma'lumotlarda tasdig'ini topdi.

REFERENCES

1. Ataboyeva X.N. "O'simlikshunoslik" Toshkent, "Mehnat", 2000. - B. 22.

2. To'xtayev B.Y. O'zbekistonning sho'r yerlarida dorivor o'simliklarning introduktsiyasi. //Dis. dok. biol. nauk. -Toshkent, 2009. - B. 307.

3. Ergashev A., Axmedov O'., Abzalov A., Yulchiyeva M., Azimboyev S. Dorivor o'simliklarni yetishtirish texnologiyasi fanidan amaliy mashg'ulotlar. Toshkent, 2010. - B. 77-81.

4. Ranch J.P. et al. Extraction of 5-methyltryptohan resistanse in plants regenerated from resistant cell lines of Datura innoxia // Plant physiology. -2003. -T 71. C 136-

5. Sangwan - Norrel B. S. Angrogenic stimulating factors in the anther and isolated pollen grain culture of Datura innoxia Mill// Journal of Experimental Botany. -1997.-T.28.-C.843-853.

6. Schieder O. Somatik hubrids of Datura innoxia Mill// Molecular and General Genetics MGG. -2008. -T. 162. -C.112-119.

140.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.