Научная статья на тему 'MEDIYA VA DIDAKTIKA'

MEDIYA VA DIDAKTIKA Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

3
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mediya / didaktika / audio mediya / vizual mediya / audiovizual mediya / didaktik kompetensiya / pedagogik kompetensiya

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Furkat Tashmuradovich Raxmatov

Bu maqolada gap mediya va didaktika tushunchalari ta'rifi, bu tushunchalarning maqsad va vazifalari va ulardan chet tili mashg'ulotlarida samarali foydalanish usullari haqida boradi. Maqolani yozishda G'arb olimlarining tadqiqotlaridan samarali foydalanildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MEDIYA VA DIDAKTIKA»

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

MEDIYA VA DIDAKTIKA

Furkat Tashmuradovich Raxmatov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti o'qituvchisi E-Mail: furkatrakhmatov@gmail .com F.f.f.d. dotsent Z. Sanakulov taqrizi ostida

ANNOTASIYA

Bu maqolada gap mediya va didaktika tushunchalari ta'rifi, bu tushunchalarning maqsad va vazifalari va ulardan chet tili mashg'ulotlarida samarali foydalanish usullari haqida boradi. Maqolani yozishda G'arb olimlarining tadqiqotlaridan samarali foydalanildi.

Kalit so'zlar: Mediya, didaktika, audio mediya, vizual mediya, audiovizual mediya, didaktik kompetensiya, pedagogik kompetensiya

ABSTRACT

In diesem Artikel handelt es sich um die Deffinition der Begriffen Medien und Didaktik, um Ziel und Funktion dieser Diffenition und um den effizienten Einsatz dieser Methoden im Fremdsprachenunterricht. Beim Schreiben dieses Artikels wurden die Untersuchungen von westlicher Wissenschftler erfolgreich verwendet.

Schlüsselwörter: Medien, Didaktik, auditive Medien, visuelle Medien, audiovisuelle Medien, didaktische Kompetenz, pädagogische Kompetenz

Kirish

Mediya tushunchasi uchun yakdil ta'rif topish mushkul. Biz bu maqolada mediyaning uch xil turi borligidan kelib chiqib mavzuni yoritishga harakat qilamiz. Bular "primer mediya", "sekunder mediya" va "tritier mediya". Bundan keyin bu atamalar "birlamchi mediya", "ikkilamchi mediya" va "uchlamchi mediya" deb yuritiladi "Birlamchi mediya"larga inson tana a'zolari kiradi. Bu a'zolar muloqat jarayonida faol qatnashadi. "Vizual (ko'rish), auditiv(eshitish), taktil(teri bilan sezish), gustatorik(tam bilish) va olfaktorik(eshitish)" a'zolar shular jumlasidandir. Bizning gapirishimiz mimikamiz va jestlarimiz shu a'zolarga itoat qiladi. Ikkilamchi mediyalarga tutunlar yordamida aloqa(Rauchzeichen) yoki optik telegrafiya, yozuvlar va rasimlar kiradi. Va nihoyat uchlamchi mediyalarga jumladan telefon, radio, televideniye va internet kiradi. Ma'lumotlarni kodlovchi mediya (plastinka, CD) va aloqaga bog'lash uchun xizmat qiluvchi mediyalari (xat, qo„l telefoni, ShK, va telefon) farqlanadi. O'rgatish va o'rganish kontekstida mediya "beshta tashqi his

April 23-24, 2024

838

Chirchik State Pedagogical University Current Issues of Modern Philology and Linguodidactics

Staatliche Pädagogische Universität Chirchik Aktuelle Fragen der modernen Philologie und Linguodidaktik

^hjrchiqdavlat^edagGgika^niversiteti^^^^^^^Za

qilish a'zolari"ga tasir qilinishga ko'ra farqlanadi. Masalan, "auditiv mediya" (Musiqiy asar, ovozli maqola), vizual mediya (rasm, ovozsiz film), audiovizual mediya (ovozli film, telemaqola) va kodlashmalar (ferbal: ovozli maqolalar, kitob, illustrasiyalar; rasm, ovozsiz film: rasimlardan iborat matn) Shunday qilib biz mediya tushunchasini o'rgatish va o'rganish kontekstida uch jihatga ko'ra klassifikasiya qilamiz:

a) Shakl va mazmun tarafidan: Mediya ozmi ko'pmi shakl yoki qiyofadir va shu orqali sizga qandaydir ma'lumot yetqaziladi (Masalan, matn, rasm ohang)

b) Texnik tarafdan (o'rgatish va o'rganish qurollari), masalan, doska, kitob, internet, kitobdagi rasm, internetdagi otkritkalar.

c) Funksional tarafdan (qaysi adresiga borishiga ko'ra), masalan, massmediya ya'ni ommaviy axborot vositalari (gazeta, radio, TV, internet) Mana shu narsalar aynan musiqa uchun muhim: Musiqa va qo'shiqlar til

o'rganuvchiga har xil yo'llar orqali kirib keladi: jonli tarzda (rolga kirish yoki rol ijro etish), kasettalar, CD, internet orqali. Tahlil va natijalar

De Vit va Chervionkaga ko'ra "Mediya didaktikasi" quyidagi vazifalar bilan shug'illanadi: mos mediyani tanlash va undan samarali foydalanish (mediya shartlari va baholash), o'rgatish va o'rganish jarayonida mediyani rivojlantirish, ishlab chiqarish va shakllantirish hamda tasiri. Mediya didaktikasi o'rgatish va o'rganish jarayonida optimallshtirish uchun xizmat qiladi. Til o'rganuvchilar bilan birgalikda mediapool1 ya'ni mediya xovuzni borib ko'rish va ularning birini tanlsh imkoniyati paydo bo'ladi. Qo'shiqdan mediya sifatida foydalanish shunday imkoniyat beradiki, bunda til o'rganuvchilar qo'shiq tanlsh imkoniyatiga ega bo'ladilar.

Didaktika maktabda mashg'ulotlarning umumiy strukturasi nima va u qanday kabi savollarga javob ahtaradi. Didaktika umumiy, hamda o'ziga ta'luqli kategoriyalar, qarashlar, printsiplarni maxsuis didaktikaga bo'y sundirib qo'ygan. Jank va Mayerlar shunday qo'shimcha qiladi: "Didaktika yana boshqa ko'plab savollarga javob qidiradi, masalan, nima sababdan savoli (sababni topishga qaratilgan savol) va nima maqsadda savoli (maqsadni topishga qaratilgan savol) va kim savoli (o'rgatuvchi-o'rganuvchi-bog'lanish/aloqa)" Gevkalyukka ko'ra didaktikani amalda ishlata olish shuni anglatadiki, bunda siz til o'rganuvchini shunday xolatga tushirinki, oqibatda u o'z talabi, qiziqishlari va ehtiyojlariga mos yangi bilimlarni mustaqil o 'zlashtira olsin. Yaxshi mashg'ulot tashkil topishi uchun sizga mashg'ulot

1 Mediapool bu talabalarning maxsus ijod xonasi bo'lib, u yerda siz har xil musiqa, soft va texnik qurilmalardan foydalana olasiz

April 23-24, 2024

839

^hirchiq^avlat^edagogjka^niVBBiitiii^^^^^^^^lSllä

tayyorgarligi va o'tkazilishligi uchun didaktik kashfiyotlar kerak bo'ladi. Yaxshi mashg'ulot o'quv materialiga chuqur didaktik yondashish va ishlatilayotgan metodlarning tez-tez almashtirib turilishi bilan ajralib turadi. Mashg'ulotlarda musiqadan foydalanish orqali siz fanlar aro chet tili mashg'uloti o'tasiz. Bu, "chet tili mashg'ulotlarini boshqa fanlarga bog'lsh, masalan, musiqa misolida", degani. Fanlar aro chet tili mashg'uloti uchun Peter va Volfga topshirq yaxshi misol bo'la oladi. "Peter va Volf" musiqiy ertak bo'lib, u musiqa va tilni DaF mashg'ulotlarida ishlatish imkoniyatini beradi.

Chet tili mashg'ulotining birinchi etapida til o'rganuvchilar so'z boyligini ko'paytirishi lozim. Umirbod o'rganish ma'nosida o'rganuvchi o'z shaxsiy ehtiyojlari uchun muhimligiga ko'ra yangi so'zlarni ajratish, va eng muhimlarini izlab topishni o'rganishi kerak. Ular ixtiyoriga strategiyalr ham qo'yilishi kerakki, ular yordamida til o'rganuvchi o'zining leksik til kompetensiyalarini samarali va mustaqil yaxshilay olsin. Bunday strategiyalarga chet tiliga oid matnlarni barcha his qilish a'zolari bilan anglash kiradi. Blell musiqaning chet tilini o'rganishga qanady ta'siri borligini tushuntirib beradi. "Musiqa interaksiya (birgalikda, bir xil harakat qilish) va kommunikasiya (nutqiy aloqaga kirishish)ning o'ziga xos shaklini bo'lib, bu shakllar o'zining tipik belgilar sistemasi yoki til orqali resipientlarga (borliqni idrok qiluvchi a'zolari orqali his qiluvchiga) tushuntirishga intiladi". Bunga ko'ra musiqa chet tili mashgulotida erkin harakatlanish makoni yaratadi, bu yerda siz barcha to'rtta ko'nikmalarda mashq qilish uchun zarur faollikni amalga oshirasiz.

Musiqa DaF-mashg'ulotlarida auditiv mediya sifatida

Mediya kategoriyasi barcha yordamchi vositalarni qamrab olib, u bevosita yoki bilvosita o'rganish imkonini beradi. DaF-mashg'ulotlarida to'rt xil mediya farqlanadi:

1. Vizual mediya

2. Auditiv mediya

3. Audiovizual mediya

4. Interaktiv mediya

Lettmayer va Uulga ko'ra zamonaviy o'rgatish va o'rganish metodlari nafaqat bilim berishga vositalik qiladi, balki ilm olish uchun kayfiyatni ijobiy tomonga to'g'irlash imkonini ham beradi. Mediyani qo'llash darsda ijobiy motivasiya beradi. Ular bir tomondan aktual, ikkinchi tomondan til o'rganuvchi uchun tushunishga oson. Zamonaviy mediyalar darsda innovativ, kreativ va interaktiv ishlash imkoniyatini beradi. Ular shu bilan birga jamiyatni tahlil qilish, o'z-o'zini analiz qilish va ahloqiy fikrlashga xizmat qiladi. Haynrisi va Riimerga ko'ra mediya jadallashuv, ko'rgazmalashuv, konkretlashuv, segmentlashuv va takrorlashuv orqali o'quv

April 23-24, 2024

840

jarayoniga yordam beradi va qo'shimcha ravishda o'quv jarayoning individuallashuviga yordam beradi.

Mashg'ulotda mediyaning vazifasi

Zamonaviy mediyalar orqali chet tili mashg'ulotlarida turli xil pedagogik va didaktik maqsadlarga erishish mumkin. Mashg'ulotdagi mediya har xil vazifalar tashuvchisidir. Buni Bestega ko'ra quyidagi jadval yordamida yoritibberish mumkin. Bu yerda mashg'ulotlardagi musiqa bilan bog'liq faolliklar e'tiborga olingan.

Chet tili mashg'ulotida mediyaning vazifasi Mashg'ulotdagi faolliklar

Psixohiginetik va emosional vazifalar - Kreativ yozish holati - Musiqa orqali yangi ma'noni tasdiqlash uchun fantaziya yordamida sayohat

Sotsial-psixologik vazifa - Raqas tushish va kuylash

Ong ostida o'rganishni qo'llab quvvatlash - Qo'shiq matnini akustik va ritmik kashf qilish(tanish) - Musiqaviy ritmni o'stirish

Nutqiy kognitiv jarayonni qo'llab quvvatlash - Ko'p kanalli(tarmoqli) lo'g'at ustida ishlash - Grammatika ustida ishlash -masalan, rep-ritmi yordamida noto'g'ri fe'llar ustida ishlash

Madaniyatlararo ta'lim - Madaniyatlararo ta'limga undovchi vidiokliplar - Yod madaniyatni o'zlashtirish va mustahkamlashga qaratilgan qo'shiqlar

Mediya didaktikasi pedagogik kompetensiyalarni shakillantirishda mediyadan foydalanish bilan shug'illanadi. U avvalam bor Mashg ulotlar mediyasini tadqiq qiladi. Mediya didaktikasi dars vositalari bo'lmish til, kitoblar, doska, tarqatma materiallar, ppt va boshqalarni samarali qo'llash usullarini yoritish bilan shug illanadi. Lettmayerga ko'ra musiqa auditiv va audiovizual mediya turiga kiradi.

Quyidagi jadval musiqa auditiv va audiovizual mediyada qanday shakllarda kelishi ko rsatilgan.

Auditiv mediya - quloq Audiovizual mediya - quloq va ko'z

Radio Ovozli film, Ovozli rasmlar namoishi

Ovozli kasseta, plastinka Video, DVD

CD-Player ShK va Video-bima

MP3-Player Internet - You Tube va boshqalar

841

April 23-24, 2024

Myuller mediya pedagogikasining tadqiqot obyekti auditiv mediya ekanligini uqtirib o'tadi. Quyidagi jadvalda, Myullerga ko'ra auditiv mediyaning uch aspektini qamrab oluvchi, mediyapedagogik sistema tasvirlangan.

Topshiriqlar sohasi Auditiv mediya Mediya mahorat yordamida talqin/farqlash/anglash "refkeksiv"(aks ta'sir) Mediyamaxsulotlar yordamida talqin/farqlash/anglash "Analitik" Mediyani amalda faol qo'llsh "mahsuldorlik"(natijakorlik)

Radio - Kundalik turmushda radioning ahamiyati - Internet yordamida radio eshitish - Uzatish va tasvirlash shakllari tadqiqi - Radioeshittirishlar tayyorlash

Musiqa - Kundalik turmushda musiqaning ahamiyati - Sevimli musiqa haqida suhbat - Musiqani tadqiq qilish va taqqoslash - Qo' shiq va musiqa yozish

Lettmayer va Uulga ko ra akustik (auditiv) nutq so'zlashda ko'makchilarga radio yoki ovoz yozish qurilmalari, CD-va DVD-Playerlar, mobil ovoz kuchaytirgichlar, MP3-plyer yoki iPod lar kiradi. "Adiovizual" tushunchasi lotincha "audiere"(eshitmoq) va "videre" (ko'rmoq) so'zlaridan kelib chiqqan. U informatsiya tashuvchi bo'lib, informatsiyani rasmli tasvirlar va ovozlar orqali yetqazadi. Audiovizual mediyalarga filmlar, diofilmlar, videolar, ShK va boshqalar kiradi. Lettmayer va Uulning takidlashicha auditiv va audiovizual mediyalar ko'plab ustinlikka ega. Masalan, Tezligi, jonliligi, takrorlash imkoniyati yoki davomiyligi.

Xulosa va takliflar

Bestening fikriga ko'ra akustik mediya, ayni paytda qo'shiq va musiqa, eshitish kamoloti va eshitish estetikasi uchun ilk qadam bo'lib xizmat qiladi. Ovozli mediyalarni audiovizual mediyalar singari nemis tili mashg'ulotlarida o'quv predmeti sifatida didaktik qo'llash mumkin. Beste yana shuni takidlaydiki, agar nemis tili mashg'ulotlarida akustik va audiovizual mediyalr ishlatilsa, tilning ko'plab sohalarida muvaffaqiyat qozonish mumkin. Yana shu narsaga e'tibor qaratish kerakki, mediyalar bilan ishlash, ko'p ishlashni anglatadi, biroq har xil til sohalaridagi erishilgan yutuqlar qilingan katta sarf harajatlarni oqlaydi.

REFERENCES

1. Meyer, Andrea (1993): Musik im Fremdsprachenunterricht. Musik als psychohygienische Lernhilfe. In: Fremdsprachenunterricht. Zeitschrift für das Lehren und Lernen fremder Sprache. S. 360- 363

842

April 23-24, 2024

qdavMpdagog

Я

2. BESTE, Gizela (Hgg.): Deutsch Methodik. Handbuch für die Sekundarstufe I und II. Berlin: Cornelsen Verlag, 2006

3. MÜLLER, Karla: Hörtexte im Deutschunterricht. Poetische Texte hören und sprechen. Friedrich Verlag GmbH, 2012.

4. LETTMAYR, Klaudia / UHL, Ramona: Unterrichtstechnologie. Medien zur Unterstützung des Unterrichts. Trauner: Trauner Verlag, 2013.

5. Ibodullayevich, S. Z. (2021). THE STRUCTURE OF BILINGUAL DICTIONARIES AND THEIR ANALYSE (on the example of German-Uzbek dictionaries). MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS, 191.

6. Кувонов, З. (2023). NEMIS TILIGA CHET TILIDAN O „ZLASHAGAN SO „ZLARNING STRUKTURAL-SEMANTIK TADQIQI. Ижтимоий-гуманитар фанларнинг долзарб муаммолари/Актуальные проблемы социально-гуманитарных наук/Actual Problems of Humanities and Social Sciences., 3(6), 230-

7. Raxmatov, F. (2022). МАНТЩ ИЛМИДАГИ БАЪЗИ АТАМАЛАР ТАЪРИФИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 400-412.

8. Raxmatov, F. (2021). ПЕДАГОГИКАДА МАНТЩ ИЛМИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 1(4), 39-50.

9. Abduxalilova D. S. Q. ZAMONAVIY TILSHUNOSLIKDA MADANIYATLARARO MULOQOT TAHLILI //Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS). - 2022. - Т. 2. - №. 3. - С. 390-394.

238.

April 23-24, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.