Научная статья на тему 'MAXALLIY POMIDOR NAVLARINING XORIJIY NAVLARGA NISBATAN QIYOSIY OʻRGANISH'

MAXALLIY POMIDOR NAVLARINING XORIJIY NAVLARGA NISBATAN QIYOSIY OʻRGANISH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
145
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
pomidor / tomatdosh / urug’ / nav / maxintos / TMK / tuproq / kasallik / iqlim. / tomato / tomato companion / seed / variety / maxintos / TMK / soil / disease / climate.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Asiydinova, I. Sattorov, Q. Ahmadov

Ushbu maqolamizda pomidorni “TMK 22” navini ekish muddati va mahsuldorligini xorijiy “Maxintos” naviga taqqoslab oʻrganishni oʻz oldimizda maqsad qilib 2022yil baxor-kuz mavsumida ushbu izlanish ishlarini olib borishni maqsad qilib qoʻyib, dala tajribalarini oʻtkazdik.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

COMPARATIVE STUDY OF LOCAL TOMATO VARIETIES COMPARED WITH FOREIGN VARIETIES

In this article, we have conducted field experiments with the goal of studying the planting period and productivity of the tomato variety "TMK 22" with the foreign "Maxintos" variety, with the goal of conducting this research in the spring-autumn season of 2022.

Текст научной работы на тему «MAXALLIY POMIDOR NAVLARINING XORIJIY NAVLARGA NISBATAN QIYOSIY OʻRGANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAXALLIY POMIDOR NAVLARINING XORIJIY NAVLARGA NISBATAN QIYOSIY

O'RGANISH Asiydinova Mavludaoy Nurmuxamat qizi

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi Sattorov Ilg'orjon Ilhomjon o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi Ahmadov Qosimjon Furqat o'g'li

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7338290 Annotatsiya. Ushbu maqolamizda pomidorni "TMK 22" navini ekish muddati va mahsuldorligini xorijiy "Maxintos" naviga taqqoslab o'rganishni o'z oldimizda maqsad qilib 2022- yil baxor-kuz mavsumida ushbu izlanish ishlarini olib borishni maqsad qilib qo'yib, dala tajribalarini o'tkazdik.

Kalit so'z: pomidor, tomatdosh, urug', nav, maxintos, TMK, tuproq, kasallik, iqlim.

СРАВНИТЕЛЬНОЕ ИЗУЧЕНИЕ МЕСТНЫХ СОРТОВ ТОМАТОВ ПО

СРАВНЕНИЮ С ЗАРУБЕЖНЫМИ СОРТАМИ Аннотация. В данной статье мы провели полевые опыты с целью изучения сроков посева и продуктивности томата сорта «ТМК 22» с зарубежным сортом «Максинтос», с целью проведения данных исследований в весенне-осенний сезон 2022 г.

Ключевые слова: томат, томат-компаньон, семена, сорт, максинтос, ТМК, почва, болезнь, климат.

COMPARATIVE STUDY OF LOCAL TOMATO VARIETIES COMPARED WITH

FOREIGN VARIETIES Abstract. In this article, we have conducted field experiments with the goal of studying the planting period and productivity of the tomato variety "TMK 22" with the foreign "Maxintos" variety, with the goal of conducting this research in the spring-autumn season of 2022.

Keywords: tomato, tomato companion, seed, variety, maxintos, TMK, soil, disease, climate.

Kirish. Xozirgi davrda O'zbekistonda pomidorni yetishtirilayotgan maydon 62276 gektarni va undan olinayotgan yalpi hosil 1876239 tonnani tashkil etib, hosildorligi 301 ts/ga ni tashkil etmoqda. Bu yetishtirilayotgan yalpi hosil 34 mln. li axolimiz talabiga to'liq javob bermaydi. Uni hosildorligi va yalpi hosilini oshirish texnologiyasining asosiy elementlaridan biri, pomidor ko'chatini ekish muddati hamda sxemasini to'g'ri tanlash mavzuning dolzarbligidir. Chunki, pomidor navining biologik xususiyatlari va agrotexnikasidan kelib chiqqan xolda oziqlanish maydoni hamda ekish muddati to'g'ri tanlansa u yaxshi o'sadi, kasalliklarga deyarli chalinmasdan kuz faslining sovuq kunlari boshlangunicha yuqori sifatli hosil beradi. So'nggi yillarda mamlakatimiz olimlarini hamda chet el selektsionerlarining ko'plab navlari davlat reyestriga kiritilgan. Xozirgi davrda pomidorning yuqori va sifatli hosil beradigan nav na'munalarini tanlash hamda pomidorni eng qulay ekish muddatini aniqlash o'rganilayotgan mavzuning dolzarbligini tasdiqlaydi.

Shuning uchun pomidorni "TMK 22" navini ekish muddati va mahsuldorligini xorijiy "Maxintos" naviga taqqoslab o'rganishni o'z oldimizda maqsad qilib 2021- yil baxor-kuz mavsumida ushbu izlanish ishlarini olib borishni maqsad qilib qo'yib, dala tajribalarini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

o'tkazdik.

Tadqiqot materiallari va metodologiyasi. Pomidorni yetishtirishda oziqlanish maydoni, ekish sxemasi va ekish muddati hamda mahsuldorlik belgilarini taqqoslab o'rganish. Tadqiqot jarayonida dala tajribalari natijalarini taxlil qilishda mavjud metodik materiallar qo'llanildi. Dala tajribalarida fenologik kuzatuvlar, biometrik o'lchamlar olib borildi, mevalarining texnik va biologik yetilishi o'rganildi.

Tadqiqot natijalarining nazariy va amaliy ahamiyati.

Pomidorni serhosil navlarini tanlash hamda ekish sxemasini aniqlash ishning nazaraiy va amaliy ahamiyati hisoblanadi.

Tadqiqot natijalari. Tadqiqot jarayonida dala tajribalari natijalarini taxlil qilishda mavjud metodik materiallar qo'llanildi. Dala tajribalarida fenologik kuzatuvlar, biometrik o'lchamlar olib borildi, tuproq iqlim sharoitiga qanday moslashib borilishi hamda sabzavot ekinlarining texnik va biologik yetilishi o'rganildi.

Asosiy ekinda pomidorning hosildorligi yuqori formalarini ajratib olish, ekish sxemalarini qiyosiy baxolash orqali yetishtirish texnologiyasini ilmiy asoslash tajribaning natijalariga o'z tasirini ko'rsatadi

Muhokama. Ma'lumki, maydon birligida shakllangan assimilyasiya yuzasining kattaligi ekin hosildorligini belgilovchi omillaridan biri bo'lib hisoblanadi. Shuning uchun xam tajribalarimizda o'simliklar unib chiqqandan 20 kundan so'ng har 10 kun muddatlarda ularning barg yuzasi va shunga muvofiq ravishda maydon birligiga to'g'ri keladigan assimilyasiya yuzasi aniqlandi.

Pomidorning "TMK 22" navi 70x30 sm sxemada ekilsa yuqori v sifatli hosil berishi ilmiy asoslab beriladi.

Pomidor nav na'munalarini asosiy ekin sifatida ko'chatidan yetishtirishda ekiladigan navni to'g'ri tanlash fermer xo'jaliklariga iqtisodiy samara keltiradi.

Tajribalarni o'tkazishda amaldagi B.A.Dospexov (1989) uslubi hamda pomidor yetishtirish bo'yicha mavjud bo'lgan tavsiyalardan foydalanildi.

Qo'yilgan muammoni xal etish uchun quydagi dala tajribalari o'tkazildi:

1-tajriba. Pomidorni nav-na'munalarini sinash

2-tajriba. Ekish muddatlarini pomidorni o'sishi va hosildorligiga ta'sirini aniqlash.

Har ikki tajriba ilmiy tadqiqot institutining tajriba maydonda aprel-oktyabr oylarida

o'tkazildi.

1-tajribada pomidorni 2 muddatda 5 va 30 aprel, 70x30 sm ekib o'rganildi. Tajribalar 4 qatorli, uzunligi 6 metr bo'lib, xar qatorga 20 tupdan ko'chat ekildi va bir takrorlanish yuzasi 16,8 m2 ni tashkil etdi. Hisobga olinadigan maydoncha yuzasi 288 m2.

2-tajribada pomidorni nav-na'munalarini sinash uchun uni "TMK 22" hamda Maxintos navlari bir muddatda (30 aprelda) 70x30 sm sxemada ekib sinab ko'rdik. Tajriba 4 qatorli va 4 takrorlanishli, xar bir sxemani egallagan maydoni 280 m2.

Xar ikki tajriba maydonchasida quyidagi kuzatish ishlari (10 tupdan o'simlikdan barcha takrorlanishda) olib borildi:

Xulosa. 2021 yil aprel-oktyabr oylarida o'tkazilgan dala tajribalari natijalariga muvofiq quyidagi xulosalar chiqarildi:

1. Sinalgan pomidorning nav-na'munalaridan o'rtapishar TMK 22 navlari virusli kasalliklariga

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

chidamligi jixatidan Maxintos navidan ustunlik kildi.

2. Pomidorning TMK 22 navi o'zini erta hosilga kirishi hamda serhosilligi bilan Maxintos navidan keskin ajralib turdi (5I,9 t/ga).

3. O'rganilgan pomidor navi TMK 22 (158,3 g) Maxintos (132,4 gr) ga nisbatan tovarbop yirik meva shakllantirishlari bilan ajralib turdi.

4. Sinalgan pomidor navlaridan TMK 22 pomidor navining iqtisodiy samaradorligi qiyosiy o'rganilgan Maxintosga nisbatan ancha yuqori bo'lib, o'rta hisobda sof foyda 2I5457GG so'mga teng bo'ldi. Bu esa Maxintos (17084000 so'm) ga nisbatan 4461700 so'm ko'proq foyda keltirayotganini ko'rish mumkin.

5. Pomidor navlari 5G kunlik nixol davrida poyasini uzunligi, tupdagi chin barglari va meva elementlarini yuqori bo'lishi bilan birga, boshqa navlardan ustun bo'ldi.

6. Pomidorni virus kasalliklari turlari bilan zaralanishini keskin kamayishini ta'minlash uchun uni ko'chatlarini aprel oyining uchinchi 10 kunligida ekish maqsadga muvofik bo'ladi.

7. Xulosa qilinganda erta muddatlarda ekilgan urug'lar to'liq (75%) ko'chatlari, urug' ekilganidan 13 kundan, kechki muddatda ekilgan urug'lar to'liq (75%) nixollari esa 5-б kun oldin hosil bo'ldi. Bunga asosiy sabab ko'chatxona xavo va tuprog'ining tabiiy xolda isishi ta'sir etishidandir.

S. Birinchi muddatda ekilgan urug'lardan hosil bo'lgan nixollar 50 kunlik bo'lganida ko'chatlar bo'yining o'rtacha uzunligi 12,5 sm va xar tupdagi barglar soni 4-5 donani tashkil etdi. Keyingi muddatda ekilgan urug'lardan hosil bo'lgan nixollar bo'yi uzunligi 15-IS sm, barglari soni esa б-7 dona bo'lishligi aniqlandi.

9. Xulosa qilinganda, isitilmaydigan plyonkali issiqxonada turli muddatlarda pomidor ko'chati yetishtirilsa ularni sifat ko'rsatkichiga tabiiy sharoit turlicha ta'sir etar ekan.

Ishlab chiqarishga taklif. Pomidorni TMK 22 navini 50 kunlik ko'chatini ekish. "TMK

22" navi tipidagi navlarini aprel oyining birinchi va ikkinchi dekadasida ekish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston respublikasi prezidentining respublikada kartoshka yetishtirishni kengaytirish va urug'chiligini yanada rivojlantirish to'g'risidagi 2020-yil б-maydagi PQ-47G4- son qarori.

2. Ostonaqulov TE, Zuyev VI, Qodirxo'jayev OK. Sabzavotchilik; Darslik.Navro'z.-Toshkent; 2GIS (2G2G)- 552 bet

3. Ostonaqulov. O'zbekistonda tugunak mevali ekinlar. Monografiya; Navro'z- Toshkent: 2G2G- 324 bet

ISS

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.