MAVLONO JALOLIDDIN RUMIY HAYOTI: IBRAT VA HIKMAT
KO'ZGUSI
Madina Mardonova
Tayanch doktorant, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti Tashkent, Uzbekistan
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Sharqning buyuk mutafakkiri va shoiri, tasavvuf ta 'limotining ulug' namoyandasi, "Mavlaviya" tariqatining asoschisi Mavlono Jaloliddin Rumiyning hayotiga oid ayrim faktlar tarixiy va adabiy manbalar bergan ma'lumotlar asosida qayta ko 'rib chiqiladi. Rumiy hayotyo 'li bilan bog'liq ba'zi bir chalkashliklarga oydinlik kiritiladi. Jaloliddin Rumiyning buyuk ustozlari,piru komillari haqida ham so'z boradi. Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziyning Rumiy bilan uchrashuvi, Damashqda Mavlono shu shaharda Shayx ul-akbar Muhyiddin ibn al-Arabiy bilan muloqotda bo 'lganligi. Aflokiyning Mavlono bilan Shamsiddinning Shomda yuz bergan muloqoti haqida keltirgan hikoyatini bu yerda aynan keltirib o 'tilganligi ko 'rsatilgan. Rumiy hayoti, ijodi va qarashlarini tahlil va tahqiq etish yo 'lida AQSh va G 'arbiy Yevropada ko 'zga ko 'rinarli jiddiy ilmiy ishlar amalga oshirilgani haqida aytib o 'tilgan. Rumiyshunoslik bilan jiddiy shug 'ullangan ingliz olimlaridan birinchi bo'lib Rinald Nikolson eslanishi joiz. U aslida yunon va turk tillari bo'yicha mutaxassis edi, biroq fors tiliga jiddiy mehr qo'yganligi, qat'iy va tinib-tinchimas sa'y-harakati bois fors tilini, so'ng arab tilini o'rganib oldi. Mavlono g'azallari haqiqat, zavq-shavq va jozibaga undovchi she'riyatning eng baland cho'qqilarida parvoz etib, uni irfon mulkining malik ush-shuarosiga aylantirdi. Ammo bu g'azallar shunday bir olamda sayr qiladiki, hayotning oddiy mushohadalari bilan uning orasida ancha masofa mavjud. G 'ayb va ahli shuhuddan boshqa hech kim bundan ogoh emas. Gap shundaki, "Masnaviy" birinchi navbatda ana shunday masala va tushunchalarga nazar soladi, inson hayotining mazmun-mohiyati hamda turmush tarzi bilan aloqa o 'rnatadi.
Kalit so'zlar: Mavlono Jaloliddin Rumiy, tasavvuf, mutasavvif, orif, "Masnaviyi ma'naviy, "Devoni kabir", "Kitobi ma'orif", Baho Valad, "Valadnoma", Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy, Aflokiy, "Manoqib ul-orifin", Sulton Valad, Shamsiddin Tabriziy.
76
www.birunijournal .uz
THE LIFE OF MAVLANO JALALIDDIN RUMI: A MIRROR OF LESSON
In this article, some facts about the life of Maulana Jalaluddin Rumi, the great thinker and poet of the East, the great figure of Sufism, the founder of the Mavlawiya order, are considered based on the historical and spiritual information provided by the order. spiritual preachers. literary sources. Rumi clears up some of the confusion surrounding the lifestyle. It is also said about the great teachers and perfect teachers of Jalaluddin Rumi. Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Tirmidhi's meeting with Rumi, in Damascus Mawlana had a conversation with Sheikh ul-akbar Muhyiddin ibn Arabi in this city. Here is Afloki's story about the dialogue between Maulana and Shamsiddin in Sham. It was noted that in order to analyze and research Rumi's life, work and views, significant scientific work has been carried out in the USA and Western Europe. Rinald Nicholson should be noted as the first English scholar who seriously dealt with Roman studies. At first he knew Greek and Turkish, but because of his serious love for Persian, he learned Persian and later Arabic with his determination and unremitting efforts. Maulana's ghazals rose to the highest heights of poetry, called for truth, pleasure and charm, turning it into a symbol of wisdom. But these ghazals walk in such a world that there is a long distance between ordinary observations of life and it. No one is aware of this except the people of the unseen and Shuhud. The fact is that "Masnavi" first of all looks at such issues and concepts, establishes a connection with the essence of human life and lifestyle.
Key words: Maulana Jalaluddin Rumi, Sufism, mystic, scholar, "Masnaviyi Ma'navi", "Devoni Kabir", "Kitobi Maarif', Baha Walad, "Valadnama", Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termizi, Afloki, "Manokib ul-Arifin", Sultan Walad, Shamsiddin Tabrizi.
AND WISDOM
Madina Mardonova
Researcher
Tashkent State University of Oriental Studies Tashkent, Uzbekistan
ABSTRACT
77
www.birunijournal .uz
ЖИЗНЬ МАВЛАНО ДЖАЛАЛИДДИНА РУМИ: ЗЕРКАЛО УРОКА И
МУДРОСТИ
Мадина Мардонова
Исследователь , Ташкентский государственный университет востоковедения
Ташкент, Узбекистан
АННОТАЦИЯ
В данной статье на основе историко-духовных сведений, предоставленных заказ. духовные проповедники. литературные источники. Руми проясняет некоторую путаницу, связанную с этим образом жизни. Также говорится о великих учителях и совершенных учителях Джалалуддина Руми. Встреча Сайида Бурхониддина Мухаккика Тирмизи с Руми в Дамаске Мавлана имел беседу с шейхом улъ-акбаром Мухиддином ибн Араби в этом городе. Вот рассказ Афлоки о диалоге Мауланы и Шамсиддина в Шаме. Было отмечено, что с целью анализа и исследования жизни, творчества и взглядов Руми в США и Западной Европе проведена значительная научная работа. Риналъда Николсона следует отметить как первого английского ученого, серьезно занявшегося римскими исследованиями. Сначала он знал греческий и турецкий языки, но из-за своей серьезной любви к персидскому языку, благодаря своей решимости и неустанным усилиям, он выучил персидский, а затем и арабский язык. Газели Мауланы поднялись на высшие высоты поэзии, призвали к истине, наслаждению и очарованию, превратив ее в символ мудрости. Но эти газели ходят по такому миру, что между обычными наблюдениями за жизнью и ним большая дистанция. Никто об этом не знает, кроме людей незримого и Шухуда. Дело в том, что «Маснави» в первую очередь рассматривает подобные вопросы и понятия, устанавливает связь с сущностью человеческой жизни и образа жизни.
Ключевые слова: Маулана Джалалуддин Руми, суфизм, мистик, ученый, «Маснавийи Ма'нави», «Девони Кабир», «Китоби Маариф», Баха Валад, «Валаднама», Сайид Бурхониддин Мухаккик Термизи, Афлоки, «Манокиб уль-Арифин», Султан Валад, Шамсиддин Табризи.
KIRISH
Buyuk mutasavvif va shoir, fors-tojik adabiyotining ulug' namoyondasi, "Mavlaviya" tariqatining asoschisi Mavlono Jaloliddin Balx shahrida 1204 yilda dunyoga keldi. Uning "Rumiy" va "Mavlono Rumiy" nomi bilan shuhrat qozonishining boisi Turkiyaning Quniya shahrida uzoq muddat istiqomat
78
www.birunijournal .uz
qilganligidir. Chunki Rumiyning o'zi ham doim o'zini xurosonlik deb hisoblagan, o'z shahri va hamshaharlarini yaxshi ko'rgan, ularni hech qachon unutmagan [9,5]. Binobarin, Mavlaviy o'zining xurosonlik ekanligini qat'iy ta'kidlagan. Bu haqda "Devoni kabir"da ham yozadi:
Ma'nosi: Xurosonimdan yunonlar (diyoriga)cha olib ketding, toki ularga go'zal dinni o'rgatay.
Mavlono Jaloliddinning otasi Muhammad bin Husayn Xatibiy bo'lib, o'z davrida Bahouddin Valad nomi bilan tanilgan va laqabi Sulton ul-ulamo bo'lgan. U 1230 yilda, ya'ni, sakson besh yoshida vafot etdi. Bahouddin Valad tasavvuf tariqatining ulug'laridan bo'lib, Shamsiddin Ahmad Aflokiyning yozishicha uning so'fiylik "jun chakmoni" (xirqasi), ya'ni silsilasi Ahmad G'azzoliyga borib taqaladi. U amri-ma'ruf ahli bo'lib, bemaza va bema'ni odatlardan uzoq yurar, doimo ko'pchilik hamrohligida bo'lardi. Ozar Begdiliyning "Otashkada" tazkirasida yozishicha, usiz jasad tashqariga chiqmagan va usiz hech qanday yig'in o'tkazilmagan. U doimo falsafa hakimlari va boshqalarni inkor, shariat qoidalariga bo'ysungan va dini Ahmadiyni [2,193] targ'ib qilgan. Xos va avom uni qo'llab quvvatlagan" [5, 194]. Uning yozgan asarlari ziyolilar orasida o'ziga xos bir mehr -muhabbat va ixlos bilan o'qilgani tufayli katta shuhrat qozongan edi. Ayniqsa, uning "Ma'orifi Bahoi Valad" kitobi ulkan e'tiborga sazovor bo'ldi.
Ushbu kitob, ya'ni, "Kitobi ma'orif ' Baho Valadning ma'ruza va va'zlaridan tashkil topgan majmua bo'lib, Mavlono va unga ergashgan oriflar dunyoqarashiga o'ziga xos ravishda ta'sir ko'rsatdi. Hatto, "Kitobi ma'orif'da "Masnaviyi ma'naviy"da aks ettirilgan ko'pgina masalalarning izi va ildizini ko'rish mu mkin.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Mavlono otasi Baho Valad vafot etgan paytda yigirma to'rt yoshli yigit edi. Otasi o'g'lining o'z o'rniga o'tirishini, va'z va yig'in gilamini yoyib, fatvo berish usullarini o'rganishini istardi. To'g'risi, bu borada o'g'liga vas iyat ham qilgan edi. Mavlono bu hunarni bir yil, ya'ni, Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy maslagi bilan tanishguncha davom ettirdi.
Sayyid Burhoniddin Muhaqqiq Termiziyning o'zi haqiqat toliblaridan bo'lib, Baho Valad (Jalolliddin otasi)ning muridlaridan hisoblanardi. U Balxda Baho Valad majlislarida qatnashib, undan ilm o'rgangan va uning chin muridlaridan biriga aylangan edi. "Valadnoma"dan ma'lum bo'lishicha, Mavlaviy Burhoniddin
Az Xurosonam kashidiy to bari yunoniyon, To baromo'zam bad-ishon, to kunam xushmazhabiy.
79
www.birunijournal .uz
Muhaqqiq Termiziyning oldiga o'zi boradi. "Sayyid, Mavlonoga turli ilmlarni o'rgatadi va uning qol ilmida (Qol ilmi - isbotlash yo'li bilan mohiyatini tushunish va tushintirish mumkin bo'lgan ilm) zehni o'tkirligini anglab, Xudovandgorning oyoqlarini o'pa boshladi, tinmay ofarinlar aytib, derdi: - Diniy va yaqiniy (aniq hujjat va aniq dalil-isbotlarga asoslangan ilm) ilmlar bo'yicha martaba va darajada otadan oldinga o'tding, ammo padari buzurgvorlaring ham qol ilmida komil va ham hol (hol ilmi - faqat e'tiqod yo'li bilan mohiyatini tushunish va bilish mumkin bo'lgan ilm, tasavvuf) ilmida mukammal edi. Hol ilmiga ham jiddiy e'tibor berishingni xohlayman va u ma'no hazrat shayximdan menga o'tgan hol ilmida zohiran va botinan otangning vorisi bo'lishing va aynan otangga o'xshash uchun ham uni mendan o'zlashtir. Mavlono sayyidning bu so'zlarini quloqqa oldi va unga murid tushdi". Ushbu ma'lumotni Aflokiyning "Manoqib ul-orifin", Ahmad Roziyning "Haft iqlim", Jomiyning "Nafahot ul-uns" asarlari ham tasdiqlaydi.
"Manoqib ul-orifin" muallifining yozishicha, Mavlono otasi vafotidan so'ng Shomga bordi. Burhoniddin uni to Qaysariyagacha kuzatib bordi, lekin undan keyin Mavlonoga hamroh bo'la olmadi. Mavlono Halab shahriga borib, zohiriy bilimlarni o'rganishga kirishdi. Bu paytlarda Damashq va Halab shaharlari islomiy bilimlarning muhim markazlari hisoblanib, Markaziy Osiyo va Eronning ko'pgina ulamolari mo'g'ul hujumi natijasida u yoqqa o'tib ketgan va o'sha yerda turg'un bo'lib qolgan edilar. U Halabdan so'ng Damashqqa bordi va to'rt yil u diyorda ilmu donish bilan shug'ullandi. Aflokiyning yozishiga qaraganda, "Hazrat Mavlono Damashqqa kelishi bilan shahar ulamolari va akobirlari, kim bo'lishidan qat'iy nazar uni kutib oldilar va Muqaddasiya madrasasidan joy berib, uning xizmatida bo'ldilar. U nihoyat jiddiy riyozat chekib din ilmi bilan mashg'ul bo'ldi". Mavlono shu shaharda Shayx ul-akbar Muhyiddin ibn al-Arabiy bilan muloqotda bo'ldi.
Mavlono jami yetti yil Damashq va Halabda yashab, so'ng Qo'nyoga ravona bo'ldi, Qaysariyaga yetib kelgach, Burhoniddinning oldiga keldi va uning shogirdlari qatoriga qo'shildi. U to'qqiz yil Burhoniddin Muhaqqiq Termiziy xizmatida bo'lib, uning o'quvchi talabasi bo'ldi. 1230 yilda Rumga qaytdi, Burhoniddin esa Qaysariyada qoldi va o'sha yerda vafot etdi. Aflokiy yozadi: "Burhoniddin vafot etayotgan paytda bu ruboiyni o'qiydi:
Ey do'st, qabulam kunu jonam bisiton, Mastam kunu az du jahonam bisiton. Bo harchi dilam qaror girad be tu, Otash ba man andar zanu onam bisiton.
80
www.birunijournal .uz
Ma'nosi: Ey do'st, meni qabul et, jonimni olgin. Mast aylab, ikki dunyoimni olgin. Sensiz nima bilan qalbim orom topsa, menga o't qo'yib, o'shani mandan olgin.
Burhoniddin Termiziy vafot etgach, Mavlono deyarli besh yil (1240-1244) otasi va ajdodi an'anasiga ko'ra madrasada fiqh va din ilmlaridan dars berishga kirishdi. Har kuni to'rt yuzga yaqin shariat ilmi toliblari uning darsi va huzurida hozir bo'lardilar. Shuningdek, o'sha zamon faqihlari va din peshvolari odati bo'yicha zikr uyushtirishar va xalqni xudojo'ylikka undashardi.
Shamsiddin Muhammad bin Malikdod asli tabrizlik edi [9,57]. Mavlono uning ta'sirida o'zgacha holga tushib, zuhddan ishqqa yetishgan shaxs h.q. 642 jumodul -oxir oyining yigirma oltinchi kuni (1244 yil) Qo'nyoga boradi. Bu paytda u oltmish yoshda edi. Shamsiddin Ko'nyo ufqida va Mavlono yig'inida porlab nur sochishdan oldin ko'p shaharlarda va ulug' zotlar xizmatida bo'ldi. Ba'zida maktabda muallimlik ham qildi, mayda-chuyda ishlar bilan ham shug'ullandi. "Maosh berganda kechiktirib vaj-bahona qilar va derdi: - Hammasi yig'ilsin, mening qarzim bor, qutulishim kerak. Nogoh "Tashqariga chiq", deya g'oyib bo'lardi" Va o'n to'rt oy Halab shaharida madrasada zahmat chekdi. "U doim qora rangli namad chakmon kiyardi va uning tariqati pirlarini Tabriz komillari deb atashardi"
Shunday qilib, Shams Qo'nyoda "shakarfurushlar karvonsaroyiga tushdi va bir hujra oldi. Xalq katta tojir ekan, deb o'ylashi uchun hujrasi eshigiga ikki-uch dinorlik qulf osib, kalitini dastorining bir chekkasiga bog'lab, yelkasi uzra tashlab qo'yardi. Aslida esa hujrasida qamishdan to'qilgan eski va siniq bo'yra, ko'za va bolishdan boshqa hech vaqo yo'q edi. Shamsning Mavlono bilan diydor ko'rishishi haqida bayon qilingan fikrlar anchagina. Masalan, Aflokiy "Manoqib ul-orifiyn" kitobida keltirishicha, bir kuni Mavlono paxtafurushlar madrasasidan chiqib, yo'rg'a ot ustida o'tirgan edi. Tolibi ilmlar va donishmandlar unga hamroh bo'lib kuzatib borar edila r. To'satdan Shamsiddin Tabriziy unga to'qnash kelib qoldi va Mavlonodan so'radi: -Boyazid ulug'roqmi yo Muhammad? Mavlono aytdi: - Bu qanaqa savol? Muhammad oxirgi payg'ambar. Uning Boyazidga qanday aloqasi bor? Shamsiddin aytdi: -Bo'lmasa nega Muhammad "Bizning urf-odatimiz ma'rifat tufaylidir" desa, Boyazid "Bizning sha'nimiz ulug'dir" deydi? Mavlono bu savol haybatidan lol bo'lib, hushidan ketdi. U o'ziga kelgach, Shamsiddin Mavlononing qo'lini ushlab, piyoda yurib o'z madrasasiga olib kelib, hujrasiga keltirdi va qirq kun bu yer hech bir zotni kiritmadi. Mavlononing bir necha baytiga ahamiyat bersangiz, bu so'zlarning unga yaqinligini sezasiz:
Manam on nogahon turo dida Gashta sar to ba po hama dida.
81
www.birunijournal .uz
Joni man hamchu murg'i devona, Dar g'amat az gazof parrida.
Ma'nosi: Menman, o'sha seni to'stdan ko'rib qolgan, seni ko'rib boshdan-oyoq ko'zga aylangan. Mening jonim aqlidan ayrilgan qush kabi sening dardingda bekorga uchib ketdi.
Jomiy ham "Nafohot ul-uns"da shu rivoyatni naql qiladi. "Al-javohir ul-maziya" kitobining muallifi Muhyiddin Abdulqodir (h.q.775-969) esa boshqa rivoyatni keltiradi. Davlatshoh Samarqandiy tazkirasida esa Shamsning Mavlaviy bilan diydor ko'rishish rivoyat boshqa bir tarzdadir [2,196-197].
Ibn Batuta XIV asrda keltirgan rivoyat ham misol bo'lib xizmat qilishi mumkin[3,187].
Aflokiy va Davlatshoh keltirgan rivoyati chalkashlikdan xoli emas, chunki Shams savoli juda sodda, jo'n va oddiydir. Hatto tariqatda g'o'r kishilar ham bunga o'xshash savollarga javob berishga ojiz emaslar. Qanday qilib, hayoti ibtidosida irfon haqiqatlari bilan tanishgan va tasavvuf beshigida tarbiya topgan Mavlono bu savolni javobsiz qoldirishi mumkin?![9,60]
Aflokiy Mavlono bilan Shamsiddinning Shomda yuz bergan muloqoti haqida keltirgan hikoyatini bu yerda aynan keltirish o'rinlidir:
"Shunday qilib, rivoyat qiladilarki, bir kuni (Mavlono) Damashq maydonida sayr qilib yurgan edi. Xaloyiq orasida ajib bir kishiga duch kelib qoldi: u egnida qora chakmon va boshiga namad kuloh kiyib , aylanib yurardi. U Hazrat Mavlonoga yetishi bilan uning muborak qo'llarini o'pib dedi: - Ey, ma'nolar olamining mohir ustozi, bizni top". Va ul hazrat Mavlono Shamsiddin Tabriziy edilar" Ammo Mavlononing o'g'li Sulton Valadning rivoyati "Valadnoma"da quyidagicha: Mavlononing Shamsiddinga bo'lgan mehri, nabiylik, rasullik va kalimullohlik maqomlariga ega bo'la turib Xizrni izlagan Musoga o'xshaydi. Mavlono ham shuncha yetuklik va shon-shavkatga ega bo'la turib, komillikning yuqori zinalari talabida yurib, maxfiy avliyolardek pok Shamsni topdi va unga murid tushdi, oyog'iga bosh qo'ydi va birdan uning nurida foniy bo'ldi"[9,61].
"Valadnoma"da Mavlaviyning muridlardan qanday qilib yuz o'girgani bayon etilgan.
Shams Tabreziy va Mavlono o'rtasidagi do'stlik o'n olti yil davom etdi, ammo Qo'niyo aholisining bu masalaga bo'lgan salbiy munosabati natijasida Shams 1245 yili shavvol oyining yigirma birinchisi, payshanba kuni safarga otlanib, Damashqqa
82
www.birunijournal .uz
keldi. Mavlono Jaloliddin Rumiy o'z ustozi va piridan ajralishni xohlamay, unga atab to'rt g'azal yozib jo'natdi.
Oxiri Mavlono o'g'li Sulton Valadni Shamsiddinni qaytarib kelish uchun Damashqqa jo'natdi. Sulton Valad 1246 yilda aholining uzr so'rashi evaziga Shams Tabreziyni qaytarishga muvaffaq bo'ldi. U ham marhamat qilib, Qo'niyoga qayt di. Bu gal xalq turli mish-mishlar tarqatib, unga ancha ozor berdi. Kutilmaganda Shams to'satdan hammani tark etib, noma'lum yurtga bosh olib ketdi, bu safar uning hech qanday daragi chiqmadi [1,311].
Rumiy hayoti, ijodi va qarashlarini tahlil va tahqiq etish yo'lida AQSh va G'arbiy Yevropada ko'zga ko'rinarli jiddiy ilmiy ishlar amalga oshirildi. Rumiyshunoslik bilan jiddiy shug'ullangan ingliz olimlaridan birinchi bo'lib Rinaltd Nikoltsonni (1868-1945) eslash joiz. U aslida yunon va turk tillari bo'yicha mutaxassis edi, biroq fors tiliga jiddiy mehr qo'yganligi, qat'iy va tinib -tinchimas sa'y-harakati bois fors tilini, so'ng arab tilini o'rganib oldi. O'ttiz yoshlik paytidayoq Mavlono Jaloliddin Rumiyning "Masnaviyi ma'naviy" va "Devoni Kabir"ini mutolaa qildi, shu mutolaa natijasi o'laroq, uning she'rlaridan tanlab bir to'plam nashr ettirdi[7]. Nikoltson shoir devonlaridan tanlab olgan g'azallarni falsafiy ma'nosi va xususiyatiga qarab tasnifladi va 1898 yilda "Jonning joni" nomi ostida to'plam shaklida nashrdan chiqardi. Mazkur majmua 1977 yilda qayta chop qilindi. Nikoltson 1924 yilda "Osiyo saltanati jamiyati" jurnalida Rumiyning "Fiyhi mo fiyhi" ("Ichindagi ichindadir") asarini tanishtirib, uning ba'zi qismlarini tarjima qildi. U amalga oshirgan ishlarning eng muhimi "Masnaviyi ma'naviy" tarjimasi va sharhidir. U yozadi: "Masnaviy" Jaloliddinning she'riyatdagi hayratga soluvchi iste'dodi kengliklarini "Devoni Shamsi Tabriz"dan ko'ra to'laroq namoyon etadi. Mavlono g'azallari haqiqat, zavq-shavq va jozibaga undovchi she'riyatning eng baland cho'qqilarida parvoz etib, uni irfon mulkining malik ush-shuarosiga aylantirdi. Ammo bu g'azallar shunday bir olamda sayr qiladiki, hayotning oddiy mushohadalari bilan uning orasida ancha masofa mavjud. G'ayb va ahli shuhuddan boshqa hech kim bundan ogoh emas. Gap shundaki, "Masnaviy" birinchi navbatda ana shunday masala va tushunchalarga nazar soladi, inson hayotining mazmun-mohiyati hamda turmush tarzi bilan aloqa o'rnatadi".
Nikolson 1925-1940 yillar davomida "Masnaviyi ma'naviy"ning ilmiy-tanqidiy matnini tayyorlash va uning baytlarini sharhlash bilan shug'ullandi. Nihoyat, jiddiy sa'y-harakat va bir dunyo mehr-muhabbat bilan ko'ngliga tugib qo'ygan niyatini amalga oshirib, sakkiz jildlik kitobni jahon ilmiy va adabiy jamoatchiligiga taqdim etdi[8]. Nikolsonning forsiy adabiyot va tasavvuf bo'yicha amalga oshirgan qimmatli ishlari ko'p, ammo bu sohada u bajargan eng murakkab va qimmatli ish "Masnaviyi
83
www.birunijournal .uz
ma'naviy"ning ilmiy-tanqidiy nashri edi [4,85]. "Masnaviy"ning R.Nikolson tayyorlagan ilmiy-tanqidiy nashri haligacha eng mo"tabar va ishonchli nashr hisoblanadi.
Mavlono Jaloliddin Rumiy hayoti bilan bog'liq bir qancha sahnalarda turli naql va rivoyatlar natijasida ba'zi bir chalkashliklar yuzaga kelgan. Jumladan, ba'zi bir manba va adabiyotlarda uning oilasi bilan Balxdan Qo'niyoga ko'chib ketish chog'ida 12 yoshda bo'lganligi aytilsa, ba'zi bir ma'lumotlarga qaraganda 20-22 yoshlarda bo'lgan. Yoki Rumiyning Shams Tabreziy bilan bo'lgan birinchi muloqoti turli manbalar va rivoyatlarda biroz tafovut bilan naql qilinadi. Shams Tabreziyning oxirgi marta Mavlono huzuridan chiqib ketishi va dom-daraksiz yo'qolishi xususida ham turlicha fikrlar bor.
Mavlono Jaloliddin Rumiyning bir faqih mudarris va voiz darajasidan ulug' bir orif va mutafakkir, buyuk bir mutasavvif va shoir maqomigacha bosib o'tgan yo'li kuchli ruhiy-botiniy evrilishlar, ma'naviy-axloqiy yuksalishlar orqali hosil bo'lgan. Har holda uning hayot yo'li juda murakkab, shu bilan birgalikda ibrat va hikmat larga to'la bo'lganligiga undan bashariyat ahliga meros qolgan "Masnaviyi ma'naviy", "Devoni kabiri Shams" va "Fiyhi mo fiyhi" kabi asarlari guvohdir.
REFERENCES
1. Амир Исмоил Озар. Адабиёти Ирон дар адабиёт-э жахон. -Тэхрон: "Энтэшорот-э Сухан", 1387. - С.311.
2. Давлатшох Самаркандий. Тазкират уш-шуъаро. Техрон, 1337. - С.196-197.
3. Ибн Батута. Сафарнома. Жилди 1. / Таржумаи Мухаммад алии Муваххид. - Техрон: ""Огох", 1376. - С.187.
4. Мухаммад Истеъломий. Жалолиддин Румий хакида. Форс тилидан узбек тилига Жаъфар Мухаммад таржимаси. - Техрон, 2001. - Б.85.
5. Озар Бегдилий. Оташкада. Дар зикри шуарои Балх. - Техрон, 1378. -
6. Rumi, London, Chapman and Hall; New York, Fredrich Stokes, 1931.
7. Selected Poems from the Divan-i Shams-i Tabriz, Cambridge University Press,
8. Tales of Mystic Meaning, Being Selections from the Mathnawi of Jalal-ud-Din
9. Oypy3OH$ap, Eagnty33aMOH. Py3ropn MaB^OHO ^anonnggnH. - TexpoH, 1366. - C.5.
XULOSA
С.194.
1898.
84
www.birunijournal .uz