Научная статья на тему 'MATN VA UNING XUSUSIYATLARI'

MATN VA UNING XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
8289
404
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hikoya / mazmunli matn / tasviriy matn / izoh mazmunli matn / didaktik matn / xabar mazmunli matn / buyruq mazmunli matn / hissiy ifoda mazmunli matn.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abdullayeva Asal Rustam Qizi

Matn va uning xususiyatlari yuzasidan bir qator o`zbek tishunoslari ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Ammo hozirgi axborot vositalari tezlik bilan rivojlanib borayotgan davrda matnlarning yangi shakllari, turlari paydo bo`lmoqda. Boshlang`ich sinf ona tili darslarida matn va uning xususiyatlari mavzularining o`quv dasturiga kiritilishi va darsliklarda kiritilishi 1-4-sinf o`quvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MATN VA UNING XUSUSIYATLARI»

MATN VA UNING XUSUSIYATLARI Abdullayeva Asal Rustam qizi

Nizomiy nomidagi TDPU Boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.8051538

Annotatsiya. Matn va uning xususiyatlari yuzasidan bir qator o^zbek tishunoslari ilmiy tadqiqot ishlari olib borganlar. Ammo hozirgi axborot vositalari tezlik bilan rivojlanib borayotgan davrda matnlarning yangi shakllari, turlari paydo bo'lmoqda. Boshlang 'ich sinf ona tili darslarida matn va uning xususiyatlari mavzularining oquv dasturiga kiritilishi va darsliklarda kiritilishi 1-4-sinf oquvchilarining yosh xususiyatlariga mos keladi.

Kalit so'zlar: hikoya, mazmunli matn, tasviriy matn, izoh mazmunli matn, didaktik matn, xabar mazmunli matn, buyruq mazmunli matn, hissiy ifoda mazmunli matn.

Matn - nutq ko'rinishi bo'lib, vazifasi jihatidan tugal nutqiy butunlik -dir.Har bir matn murakkab tuzilish va mazmun mundarijasiga ega bo'lib, u og'zaki hamda yozma ijod namunasi hisoblanadi. Tilshunoslikda matn tilning alohida birligi (supersintaktik butunlik) va matn tilshunosligi deb atalayotgan sohaning asosiy ob'ekti sifatida talqin qilinadi. Matn so'z birikmasi va gapdan farqlanadi, chunki matnning ham o'z kategoriyasi va qonuniyatlari mavjud. Matn so'zining lugaviy ma'nosida birikish, bog'lanish tushunchalarining borligi, shuning uchun matn tarkibi o'zaro qaysidir boglovchilar yordamida birikishni o'rganish "Matn tilshunosligi" sohasining asosiy muammolaridan biridir.

Tilshunos E.Qilichev "Matnning lingvistik tah^lili" nomli kitobida "Matn - hamma elementlari o'zaro zich aloqada bo'lgan va muallif nuqtai nazaridan ma'lum bir maqsadga yo'naltirilgan nominativ-estetik axborotni ifodalovchi murakab tuzilma» degan ta'rifni beradi. I.Rasulov esa matnni quyidagicha ta'riflaydi: "Gapdan katta birlik murakkab sintaktik butunlik bo'lib, u fikran va sintaktik jihatdan o'zaro bogliq bo'lgan gaplar birlashmasidan iborat. Unda fikr gapga nisbatan ancha to'liq bo'ladi".

Matn hajm va mazmun belgisiga ko'ra ikkiga bo'linadi: 1. Hajm belgisiga ko'ra matn turlari. 2. Ifoda maqsadi va mazmun belgisiga ko'ra matn turlari.

I. Hajm belgisiga ko'ra matn turlari. Matn gapdan ko'ra yirik hajmli aloqa vositasi, nutqiy faoliyat maxsuli, muayyan qonuniyatlar asosida shakllangan yozma nutq ko'rinis hidir. Matn hajm belgisiga ko'ra ikkiga ajratiladi. Minimal matn (mikromatn) va maksimal matn (makromatn).

Badiiy uslubda minimal matn deyilganda biror mavzuni yoritishga bagishlangan qatralar, xalq donishmandligini ifodalaydigan maqol, matal va aforizmlar, miniatyuralar, hajviy asarlar, nomalar, she'r va she'riy parchalar, umuman, kichik mavzuni qamrab oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik tushuniladi. Matnning ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi tomonini esa turli shakldagi boglamalar, sintaktik vositalar birlashtirib turadi.

Maksimal matn deyilganda keng ko'lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa, roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar maksimal matn hisoblanadi.Maksimal matn mikromatnlardan iborat. Eng kichik butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa bob (qism yoki fasl)larga to'gri keladi. Bunday matn tarkibida epigraf, so'zboshi (muqadddima), so'ng so'z (epilog) kabi yordamchi qismlar ham ishtirok etishi mumkin. Ular asar mazmuni va goyasiga, shuningdek, mavzuning tanlanishi va yoritilishiga oid ayrim masalalarga qo'shimcha izoh, sharh bo'lib keladi.

II. Ifoda maqsadiga va mazmuniga ko'ra badiiy matnni quyidagi turlarga bo'lib chiqish mumkin: 1. Hikoya mazmunli matn. 2. Tasviriy matn. 3.Izoh mazmunli matn. 4. Didaktik matn. 5. Xabar mazmunli matn. 6. Buyruq mazmunli matn. 7. Hissiy ifoda mazmunli matn.

1. Hikoya mazmunli matnlar (Le texte narratif - narrativ matn). Bunday matnda muallif yoki asar qahramoni o'zi boshidan o'tkazgan eshitgan, ko'rgan yoki guvoh bo'lgan biror voqeani hikoya qilib beradi. Xotiralar, esdaliklar, ertak va rivoyatlarni narrativ matn turiga kiritish mumkin. Hikoya tarzi, asosan, o'tgan zamon shaklida, birinchi shaxs birlik yoki ko'plikda ifodalanadi.

2. Tasviriy matnlar (Le texte descriptif - deskriptiv matn). Bunday matn tinglovchiga noma'lum bo'lgan biror kishi, joy, hayvonot va nabotot olamiga mansub mavjudot yoki qandaydir narsa-buyum hamda voqea-hodisani batafsil tasvirlab berish maqsadida tuzilgan bo'ladi. Tasviriy matnda ham monologik nutq ko'rinishi etakchilik qiladi. Partonimik tasvir bunday matnning eng xarakterli xususiyati hisoblanadi, ya'ni tasvirlanayotgan ob'ektning dastlab, birlamchi xususiyati tilga olinadi. Keyin unga aloqador xususiyatlar va qismlardan so'z yuritiladi.

3. Izoh mazmunli matnlar (Le texte argumtntatif-argumentli matn). Bunday matnda aytilayotgan fikrning ishonarliligini ta'kidlash uchun turli dalil va izohlar keltiriladi. Asoslash, isbotlash, o'zini oqlashga urinish yoki himoya maqsadida har xil vajlarni keltirish argumentli matn turining o'ziga xos jihatlaridan hisoblanadi.

4. Didaktik matnlar (Le texte explicatif- eksplikativ matn). Kimgadir pand-nasihat qilish, uni turli hayotiy voqealar vositasida tarbiyalash yoki aytilganlardan xulosa chiqarishga o'rgatish istagi asosida tuzilgan matn eksplikativ yoki didaktik matn deyiladi.Maqsadga erishish uchun maqol, matal, aforizm, turli hayotiy voqealar, rivoyatlar, masallardan namuna sifatida foydalaniladi.

5. Xabar mazmunli matnlar (Le texte informative - informativ matn). Biror voqea-hodisa haqida xabar berish maqsadida tuzilgan yoki havola qilingan matng informativ matn hisoblanadi. Badiiy matnda informativlik o'ziga xos tarzda bo'ladi. Oddiy xabardan farqlanib, estetik maqsad yuklangan bo'ladi.

6. Buyruq mazmunli matnlar (Le texte injonctif-injonktiv matn). Buyruq havmda maslahat ohangi etakchilik qiladigan, buyruq maylidagi gaplardan tuzilgan, biror ishni bajartirish yoki turli ta'qiqlashlarni ifoda etadigan matn tipiga buyruq mazmunli matn deyiladi.Asosan qahramonlar nutqida kuzatiladi.

7. Hissiy ifoda mazmunli matnlar (Le texte expressif - ekspressiv matn). Insonning ichki kechinmalarini, voqelikka munosabatini, o'ziga xos pafos bilan ifodalash maqsadida tuzilgan matnlar hissiy ifoda mazmunli matn deyiladi.

Ilmiy -metodik adabiyotlarda matnlar uslubga ko'ra ham turlarga ajratoladi.

Bular quyidagilardir.

1. Rivoyat matn. Bu tur matnda voqea-hodisa riviya qilinadi.(Sharq faylasuf-larining ilmiy merosi, axloqiy-tarbiya va ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashlar, ibora, hikmatli so'z va maqollarning kelib chiqishi, etimologiyasi talqiniv.h.)

Ona qishloq! Sen naqadar kichik va ko'rimsiz bo'lmagin, biz uchun dunyo-da eng katta va chiroyli maskansan doim! Sen biz uchun dunyoning o'zisan! Vatan deb faxrlanganimizda, biz, avvalo, poyonsiz dalalaringni, olamdagi bor go'zallikni o'z bag'rida yashirib turgan yam -yashil bog'- rog'laringni, anhorla-ringda sharaqlab oqqan suvlaringni, subhidamdan

bo'stonlaringda muhabbatdan roz aytib, navo bazmini boshlagan bulbullaringni o'ylaymiz. Biz qishloq suvini ichib, qishloqning arpa, zog'ora nonini yeb, aqlini tanigan odamlarga Vatan sendan, sening dalangdagi egatdan boshlanadi.

2. Tasviriy matn. Tasviriy matnda voqiada ishtirok etadigan shaxslar bo'lmaydi. Unda, asosan, tabiat manzarasi, alohida narsalar (buyumlar), voqia va hodisalar, ish jarayonlari tasvirlanadi. Matnning bu turida tasvirlanayotgan narsa, voqia-hodisa kabilarning o'ziga xos tashqi belgilariga alohida e'tibor beriladi.

3. Muhokama matnining o'ziga xos xususiyati shundaki so'zlovchi (o'quvchi) bayon qilinayotgan voqia-hodisaga o'z munosabatini bildiradi. O'z fikrini isbotlash uchun dalillar izlaydi va uni asoslashga intiladi. U kuzatish taqqoslash, natijalariga tayanib, ma'lum bir fikrni rad etadi va bu haqda o'z hukmini chiqaradi.

Muhokama tarzidagi matnlar yaxshilik va yomonlik, mehnat sevarlik va ishyoqmaslik, halollik va tekin xo'rlik, to'g'rilik va egrilik, yaxshi so'z va yomon so'z, do'stlik va dushmanlik, botirlik va qo'qoqlik, odob va odobsizlik, qadr- qimmat va qadrsizlik, sabr-qanoat va sabrsizlik kabi mavzularda bo'lishi mumkin. Ayniqsa xalq maqollarini muhokama matnining mavzusi qilib tanlash maqsadga muvofiqdir. Masalan, "Betga aytganning zahri yo'q", "Dili to'g'rining - yo'li to'g'ri", "Sayoq yurgan-tayoq yer" kabi.

Badiiy uslubda yozilgan matnlarning o'ziga xos xususiyatlari ularda tasviriylik va ta'sirchanlikning kuchliligidir. O'quvchi badiiy matn yaratishda tabiat va ishtimoiy borliqqa nisbatan erkin munosabatda bo'ladi: uning mohiyatini ochish uchun turli -tuman leksik birliklar (ko'p ma'noli so'zlar, ma'nodosh va qarama- qarshi ma'noli so'zlar), tasviriy ifoda va frazeologik birikmalar, adabiy tilning tasviriy vositalari:o'xshatish, mubolog'a, kichraytirish, jonlantirish kabi-lardan o'z imkonoyatiga qarab bemalol goydalana oladi. Badiiy matn o'quvchi -larda badiiy didni shakllantirishning asosiy vositalaridir. O'quvchi bunday matnlar orqali go'zallik va nafosat olamiga kiradi, o'z quvonchi va tashvishlari bilan o'rtoqlashadi, sevimli qahramonlariga ergashadi.

Badiiy matn bilish va yaratish aks ettirish va ijodning dialektik birligi asosida vujudga keladi. Badiiy asar kishilarning estetik ma'naviy talablarini qondirish uchun xizmat qiladi.

REFERENCES

1. Abdullayeva Q., Rahmonbekova S.. „Ona tili darslari (1 -sinf o'qituvchilari uchun qo'llanma). - Т.: 1999.

2. Abdullayeva Q., Rahmonbekova S.. Diktantlar to'plami,-T.:1997

3. Abdurahmonova E., Grammatika imlo va nutq o'stirishda tarqatma materiallar.-T.: 1996

4. Almamatov T. Yadgorov Q, Pochchayeva G. O'zbek tili o'qitish metodikasi metodik qo'llanma. Jizzax - 2006

5. Fuzailov S., Xudoyberganova M., Yo'ldosheva Sh., Ona tili,3-sinf.- T.:2019

6. Ikromova R., Gulomova X., Yo'ldosheva Sh.,. Shodmonqulova D, Ona tili, 4-sinf uchun, T.,2020

7. Mirzayeva S., O'zbek tili o'qitish metodikasi. -T.: O'qituvchi, 1992

8. Qosimova K., Matchonov S., G'ulomova X., Yo'ldosheva SH., Sariyev Sh., Ona tili o'qitish metodikasi. -T.: Noshir,2009.

9. Qosimova K., Fuzailov S., Ne'matova A., Ona tili, 2-sinf uchun. -T,:2018

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.