Научная статья на тему 'MASOFAVIY TA'LIMNING ISTIQBOLLI TEXNOLOGIYALARI VA RIVOJLANISHI'

MASOFAVIY TA'LIMNING ISTIQBOLLI TEXNOLOGIYALARI VA RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

32
73
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — T. G. Yadgarov, O. I. Abduganiyeva

Hozirgi zamonda ta'lim olishning istiqbolli usullaridan biri bu zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari, xususan esa, Internet tarmog’i imkoniyatlaridan foydalangan holda masofaviy ta'limdir(расм1).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MASOFAVIY TA'LIMNING ISTIQBOLLI TEXNOLOGIYALARI VA RIVOJLANISHI»

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

MASOFAVIY TA'LIMNING ISTIQBOLLI TEXNOLOGIYALARI VA

RIVOJLANISHI

T. G. Yadgarov

1 - filial RXTU, Tashkent, Uzbekistan

O. I. Abduganiyeva

2 - TATU kata o'qituvchisi, Tashkent, Uzbekistan t.yadgarov52@mail.ru

Hozirgi zamonda ta'lim olishning istiqbolli usullaridan biri bu zamonaviy telekommunikatsiya texnologiyalari, xususan esa, Internet tarmog'i imkoniyatlaridan foydalangan holda masofaviy ta'limdir(pacMl).

Masofaviy ta'lim jarayoni (ta'lim va ta'lim jarayoni), birinchi navbatda, uning tashkil etilishida interfaol bo lishi, ya'ni o'qituvchi va talabaning, shuningdek, talabalarning o'zaro munosabatlarida va o'zaro bog'liqligi bilan tavsiflanadi. Masofaviy ta'lim jarayonining istiqboli haqida gapirganda, bu jarayonda o'qituvchi va talabalarning mavjudligi, ularning muloqoti va talabalar o'rtasidagi muloqotni tushunamiz.

Telekommunikatsiyalardan va mavjud texnologiyalardan amalda foydalanish - birinchi navbatda masofaviy ta'limning o'rnini belgilab beradi. Bejiz emaski, masofaviy ta'limning samaradorligi asosan unga kiritilgan pedagogik ma'no bilan belgilanadi va bugungi kunda juda masofaviy ta'limni o'qituvchi va talaba o'rtasida ma'lumot almashish sifatida anglatiladi. Ta'kidlash joizki, ta'limning ustun xususiyati zamonaviy telekommunikatsiyalar yordamida qurilgan talabalarning shaxsiy samarali faoliyatidir.

Masofaviy ta'limga har qanday yondashuv ta'lim sub'ektlari o'rtasidagi interaktiv o'zaro ta'sirni va ta'lim jarayonining samaradorligini ta'minlaydigan axborot va pedagogik texnologiyalarning integratsiyasini o'z ichiga oladi. Bunda esa, ma'lumot almashish va uzatish talabalarning samarali ta'lim faoliyatini tashkil etish uchun asosiy vosita rolini o'ynaydi[1]. Masofaviy ta'limning asosiy xususiyatlari bu uning ma'lum masofadagi o'quvchining ijodiy o'zini namoyon qilishidir. Ta'lim real vaqtda sinxron tarzda (chat, videomuloqot, masofaviy talabalar va o'qituvchi uchun umumiy grafikli ko'rinish va boshqalar), shuningdek asinxron amalga oshiriladi. Internet ta'limi va masofaviy ta'lim bevosita chambarchas bog'liq, ammo bir xil emas, ya'ni global resurslardan foydalangan holda o'qitishning texnik va texnologik xususiyatlari qat'iy tartibi farqlanadi.

Hozirgi vaqtda, mavjud vaziyatlarni hisobga olgan holda, ko'plab xizmatlar orasida masofaviy ta'limda eng samaralisi - bu electron platformadir. Shu sababli, yangi texnologiyalarning eng jadal rivojlanishi shunday platform asosida sodir bo'ladi. Albatta, umumiy foydalanish mumkin bo'lgan vositalardan tashqari, masofaviy ta'limning ko'plab tashkiliy va pedagogik muammolarini kompleks hal qilish imkonini beradigan katta hajmdagi maxsus dasturiy ta'minot ham mavjud. Talabalar birgalikda ovozli munozarada ishtirok etadilar(yoki chatlar), bir vaqtning o'zida konferensiyada etarli ishtirokchilar bo'ladi. O'qituvchi darslarni ZOOM orqali olib boradi va materialni umumiy "ekranda" da

October 20, 2023

https://cspi.uz/ Republican Scientific and Practical Conference

Chirchik State Pedagogical University Effectiveness of Introduction of Digital

Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023 Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

tushuntiradi. Matnli suhbat o'qituvchi tomonidan talabalar bilan umumiy suhbat yoki ulardan biri bilan chat suhbat va shuningdek ochiq muhokamalar ishlatiladi.

Asosiy diqqat markazida o'qituvchiga bir yoki bir nechta o'quvchilarga javob berish uchun "ovozli qo'ng'iroq aloqa qilish" imkonini beradi va talabalar o'qituvchidan ularga chat yoki qolini ko'tarish yordamida qo'ng'iroq qilishni va savollar so'rashga imkon beradi. Oqituvchi barcha o quvchilarning faolligini nazorat qiladi. Jarayonlar davomida talabalarga ta'lim muammosini keltirib chiqaradigan ma'ruza materiallari taklif etiladi.

Barcha kontentlar maxsus o quv jarayonini boshqarish tizimlari orqali yig'iladi va Zoom bilan bevosita muammolar muhokama qilinadi. Talabalar bilan savol-javob, fikr, sharhlar almashilaniladi. Muhimi, o'qituvchi talabalarga konferensiya orqali o'qish sohasidagi mutaxassislar bilan bog'lanish imkoniyatini beradi.

Natijada paydo bo'lgan savollarni xal etish va o'quv kontentlarini telegramma orqali joylashtirilganlik bo'yicha asosiy muammolarni jamoaviy tanlash amalga oshiriladi. Masofaviy ta'lim turlari, bir tomondan, pedagogik jarayonning xususiyatlari bilan, ikkinchi tomondan, mavjud oquv kontenlar majmui bilan belgilanadi. Individual maslahat mashg'ulotlari har bir talabaning xususiyatlarini hisobga olgan holda otkaziladi.

Suhbat darsi real vaqt rejimida olib boriladi va aniq jadval va savollar va muammolarni shakllantirish, shuningdek tahlil qilish va kelajakda foydalanish uchun dars matnini yozib olish imkoniyati talab qiladi.

Masofaviy darslar (o'rganilayotgan mavzu), konferentsiyalar, seminarlar va boshqalar, o'qitish va nazorat qilishning samarali shakli sifatida ijodiy ochiq topshiriqlar bilan masofaviy olimpiada otkazish daragasiga chiqadi

Masofaviy ta'lim nafaqat talabalar uchun, balki o'qituvchilar uchun ham qollaniladi va nafaqat malaka oshirish maqsadida, balki masofaviy pedagogik konferentsiyalar va tanlovlar uchun muhim rol oynaydi.

Yana bir imkoniya, ZOOM platformasining yutuqlaridan biri bu o'qituvchilarining rolini oshiradi, chunki telekommunikatsiyalar yordamida ularning ta'sir zonasi odatdagi o'quv jarayoniga nisbatan bir necha barobar ortadi. Xozirda, asrimizda eng yaxshi o'qituvchilar masofaviy o'qituvchilar bolishi mumkin.

Masofaviy ta'lim bugungi kunda ozining nafaqat ijobiy, balki salbiy tomonlariga ega.Bu esa, o'quv jarayonining texnologik samaradorligi axborot va telekommunikatsiya texnologiyalarining eng so'nggi yutuqlari va kashfiyotlaridan foydalanishga bog'liq hisoblanadi.

Kamchiliklardan bu talabalar va oqituvchilar ortasida bevosita muloqotning kamligi, bunda ta'lim va tarbiyaga individual yondashish bilan bog'liq bo'lgan barcha omillar etishmaydi. Yana bir vaziyat, uyda o'qitish jarayonida individual psixologik sharoitlar mavjud emas. Jumladan, talaba bilan muntazam tashqi nazorat yoqligi.

Masofaviy ta'limning farqlari va afzalliklari - o'qituvchi (repetitor) bilan doimiy aloqada bo'lish, u bilan yuzaga keladigan muammolarni, qoida tariqasida, telekommunikatsiyalardan foydalangan holda tezkor muhokama qilish qobiliyati; kurs davomida va istalgan vaqtda munozaralar tashkil etish, loyihalar va guruh ishlarining boshqa turlari bo'yicha hamkorlik qilish qobiliyati (bu holda guruh bir hududda yashovchi talabalardan iborat bolishi yoki taqsimlanishi mumkin), nazariy materiallarni talabalarga bosma yoki

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

735

Chirchik State Pedagogical University Volume 4 | CSPU Conference 1 | 2023

Effectiveness of Introduction of Digital Ta'lim jarayonida raqamli texnologiyalarni

ТесЬпОо^е^Пшшшшшшшшшшшшшш

elektron darsliklar ko'rinishida o'tkazish, bu universitetga kelganida yo'naltirish mashg'ulotlarini butunlay yo'q qilish yoki ularning soni va davomiyligini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beradi

Shularga qaramay, yangi texnologiyalar ilm-fan va ta'limning yangi yo'nalishlarini ochishga va o'z-o'zini rivojlantirish uchun yangidan-yangi imkoniyatlarga ega bo'ladi. Ta'lim sifatini ixtisoslashtirilgan nazorat qilish - masofadan tashkil etilgan imtihonlar, suhbatlar, amaliy, kurs va loyiha ishlari, kompyuterning intellektual test tizimlari qoTlaniladi. Bu masofaviy ta'limning harakatlantiruvchi kuchi bo'lgan chinakam mustahkam bilim olishdair.

Xulosa qilishimiz mumkinki, barcha turdagi elektron kontentlarini o'z ichiga olgan yagona axborot-ta'lim makonini yaratiladi: virtual kutubxonalar, turli ma'lumotlar bazalari, konsalting xizmatlari, elektron darsliklar va boshqalar. Turli xil pedagogik usullardan foydalanish texnik vositalar va talabalar bilan aloqani tashkil etish usullariga ko'proq bog'liq bo'ladi. Shuni ta'kidlash joizki, har qanday o'zaro ta'sir texnologiyasi bilan o'qituvchi materialni qisqaroq va aniqroq taqdim etishni yoki savollarga javob berishni o'rganishi lozim. Bu vaziyatda esa o'qituvchining ham, talabaning ham doimiy va uzluksiz o'zini-o'zi takomillashtirish kontseptual bo'ladi.

REFERENCES

[1] A.Parpiyev, A.Maraximov, R.Xamdamov, U.Begimqulov, M.Bekmuradov,N.Toyloqov. Elektron universitet. Masofaviy ta'lim texnologiyalari OzME davlat ilmiy nashriyoti. -T.:2008,196 b.

[2]. Теория и практика дистанционного обучения: Учеб. пособие для студ. высш. пед. учебн. заведений / Е. С. Полат, М. Ю. Бухаркина, М. В. Моисеева; Под ред. Е. С. Полат // М.: Издательский центр "Академия", 2004. - 416 с.- стр. 17

[3]. The pedagogy of the Massive Open Online Course: the UK view. Sian Bayne and Jen Ross, the University of Edinburgh. The Higher Education Academy, 2013.

https://cspi.uz/

October 20, 2023 Republican Scientific and Practical Conference

736

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.