Научная статья на тему 'MASOFAVIY TA’LIMNING ISTIQBOLLI TEXNOLOGIYALARI'

MASOFAVIY TA’LIMNING ISTIQBOLLI TEXNOLOGIYALARI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

18
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Masofaviy ta'lim / Tarmoqdan ayrilish / onlayn bilim / multimedia dasturlari.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Baxtiyor Sharipovich Radjabov, Moxira Abdug’Affor Qizi Mirjamolova

Maqolada davlat o'qituvchilari uchun masofaviy ta'lim masalalari, usullari, ahamiyati,masofaviy ta'lim tizimini tashkil etish muammolari, masofaviy ta'lim modellari va ularning turlari. Bundan tashqari, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini qo'llashning afzalliklari ta'kidlangan va fikr-mulohazalar bildirilgan davlat uchun masofaviy ta'limda videodarslar va multimedia dasturlarini qo'llashning samarali usullari haqida berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MASOFAVIY TA’LIMNING ISTIQBOLLI TEXNOLOGIYALARI»

g

MASOFAVIY TA'LIMNING ISTIQBOLLI TEXNOLOGIYALARI

Baxtiyor Sharipovich Radjabov

MO'M va geometriyasi professori

Moxira Abdug'affor qizi Mirjamolova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti

ANNOTASIYA

Maqolada davlat o'qituvchilari uchun masofaviy ta'lim masalalari, usullari, ahamiyati,masofaviy ta'lim tizimini tashkil etish muammolari, masofaviy ta'lim modellari va ularning turlari. Bundan tashqari, zamonaviy ta'lim texnologiyalarini qo'llashning afzalliklari ta'kidlangan va fikr-mulohazalar bildirilgan davlat uchun masofaviy ta'limda videodarslar va multimedia dasturlarini qo'llashning samarali usullari haqida berilgan.

Kalit so'zlar: Masofaviy ta'lim, Tarmoqdan ayrilish, onlayn bilim, multimedia dasturlari.

Bugungi kunda taraqqiyot juda tеz rivojlanmoqda va o'zgarmoqda. Dеyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o'zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqеa hodisalar sodir bo'lmoqda. Har bir kunimiz kuchli yangilik oqimi ostida kechmoqda. Axborot oqimi bizni har joyda, uyda, ishxona va hattoki ta'tilda ham ta'qib etadi. Inson axborot ta'siridan holi normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o'rganish axborotlarni yig'ish va o'zlashtirish orqali kechadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o'zlashtirilgan axborotlarning ko'p yoki ozligi bilan belgilanadi. Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari keng yo'l ochish ta'limotni takomillashtirishda yangi axborot texnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylandi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Vaholanki, ta'lim tizimida sezilarli o'zgarishlar ro'y bermoqda. Ta'lim tizimida masofadan o'qitish uslubi shakllari qo'llanilmoqda. Masofaviy ta'lim uslubi bu sirtqi o'qishning yangi shakli va mustaqil o'qishdir. Bu insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masofadan turib yoki odatdagidek sinfxonalarida ta'lim olish - bu ko'plab abituriyentlarni qiynayotgan savol. Ko'pincha o'quvchilar masofaviy ta'lim olishni tanlashdan qo'rqishadi, chunki ular

ushbu ta'lim usulining ijobiy va salbiy tomonlariga aniqlik

October 20, 2023

g

kiritmaydilar. Agar siz shu tartibda bilim olishni xohlasangiz, masofaviy bilim olishning afzalliklari va kamchiliklarini tushunib olishingiz lozim.

Masofaviy ta'lim olishning afzalliklari va kamchiliklari: Siz o'qish bilan bir qatorda ish bilan ham shug'ullanishingiz mumkin. Aslida masofaviy o'qishni tanlagan abiturentlarning asosiy qismi bu o'z ishidan voz kechishni istamaydigan, ammo bilim olishni xohlaydiganlardir. Onlayn ta'limda siz dam olish kunlarida, ishdan qaytganingizda hatto yarim kechada o'qishingiz mumkin;

Mablag'ingiz tejaladi. Har qanday dastur uchun masofaviy ta'lim darajasi o'quv markazlaridagi oddiy to'lovdan ko'ra ancha arzonroq bo'lishi mumkin. Iqtisodiy jihatdan maqbul variantlarni qidirayotgan o'quvchilar uchun onlayn ta'lim eng to'g'ri yo'l;

Vaqtingizni tejang! O'quv markazlariga borish va qaytish vaqtida transport kutish uchun ketadigan vaqtingizni tejashingiz mumkin. Onlayn ta'limda siz istagan hududda ma'lumot olasiz;

Agar talaba o'zini intiluvchan hisoblasa, masofaviy ta'limning eng katta foydasi shundaki, ayrim darslar guruh bo'lib o'tiladi. Guruhda ba'zi o'quvchilar tezroq, ayrimlari esa sekin tushunadilar. Bu jihatdan masofaviy ta'lim olish usuli samaraliroq;

Kamchiliklari: Chalg'ish ehtimoli yuqori. Yuzma-yuz muloqot qilish uchun o'qituvchilar va kutilayotgan topshiriqlar haqida doimiy ravishda eslatuvchi kursdoshlar yo'q. Agar talaba masofaviy o'qitish kursini muvaffaqiyatli yakunlamoqchi bo'lsa, o'zini g'ayratli va diqqatli qilishi kerak;

Tarmoqdan ayrilish. Onlayn bilim olishning eng katta dushmani bu internet provayderlarining sekin ishlashi yoki aloqa uzilib qolishi. Bu vaziyatda talabaning ta'lim olishga bo'lgan intilishi so'nishi yoki asabiylashishiga olib keladi.

Siz qay bir yo'sinda ta'lim olishingizdan qatiy nazar, bularning bari siz mukammal bilim olishingingizga ko'maklashadi.[1]

Masofaviy o'qitishdagi shaxsiy yo'naltirilgan yondoshuv Internet taqdim etayotgan ajoyib imkoniyatlarga suyangan holda o'quv jarayonining ta'lim darajasini sezilarli oshiradi. Masofaviy o'qitish jarayonini shunday pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish lozimki, talabalarning quyidagi imkoniyatlari shakllansin: aniq ilmiy yoki amaliy muammolarni yechishga tadbiq eta oladigan zaruriy fundamental bilimlarni olish; bilish faoliyati jarayonida kelib chiqqan muammolarni do'stlar bilan hal etish; qo'yilgan masalalarni yechish uchun zarur bo'lgan qo'shimcha axborot manbalari bilan ishlash; barcha mavjud

muammolarni bartaraf etish, egallangan bilimlarni amaliyotda

October 20, 2023

g

g

qo'llash; Internet texnologiyalardan foydalangan holda mustaqil kuzatishlar olib borish; o'z bilim darajalarni, erishilgan yutuqlarini baholash imkoniga ega bo'lish, o'z faoliyatini to'g'rilay olish.

Masofaviy ta'limning asosiy texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: INTERAKTIV texnologiyalar:

1. internet masofaviy ta'lim portali;

2. video va audio konferensiyalar;

3. elekron pochta orqali ta'lim;

4. internet orqali mustakil ta'lim olish;

5. uzoqdan boshqarish tizimlari;

6. onlayn simulyator va o'quv dasturlari;

7. test topshirish tizimlari. INTERAKTIV bo'lmagan texnologiyalar:

1. video, audio va bosmaga chiqarilgan materiallar;

2. televizion va radio ko'rsatuvlar;

3. disklarda joylashgan dasturlar [2]

REFERENCES

1. "MASOFAVIY TA'LIM TEXNOLOGIYASI" fanidan o'quv uslubiy qo'llanma Qo'chqorova S.S. - NDPI, "Informatika o'qitish metodikasi" kafedrasi katta o'qituvchisi Norbekov A.O. - NDPI, "Informatika o'qitish metodikasi" kafedrasi o'qituvchisi

2. WWW.Jurnalx .com PEDAGOGICAL ASPECTS OF IMPROVING THE SYSTEM OF DISTANCE TRAINING OF PUBLIC EDUCATION WORKERS Sabirova Nasiba Ergashevna

3. Fayllar.org

4. NSPI.uz

October 20, 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.