Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO QADIMGI TARIXIY-MADANIY VILOYATLARI JOYLASHUVIGA DOIR'

MARKAZIY OSIYO QADIMGI TARIXIY-MADANIY VILOYATLARI JOYLASHUVIGA DOIR Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Kenjayeva N.T.

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilk yozma manbalarda tilga olingan O‘rta Osiyo qadimgi xalqlarining hududiy joylashish chegaralari muammosi sharqshunoslarning asarlarida dolzarb mavzuga aylandi (E.Zaxau, V.Geyger, V.Tomashek). Bu masala XX asr boshlarida ko‘rib chiqilgan (I.Markvart, A.Xermann) va arxeologik ma’lumotlarni hisobga olgan holda, keyingi yillarda ham ilgari surilgan (M.M.Dyakonov, V.M.Masson, B.Y.Staviskiy). Mazkur muammo, ayniqsa o‘tgan asrning 70-80 yillarida bir qator tadqiqotchilar (I.V.Pyankov, P.Bernar, G.P.Frankfor, E.V.Rtveladze, J.K.Garden va boshqalar) ishlarida bayon etildi [1]. Mavzu tarixshunosligi I.V.Pyankov tomonidan yetarlicha yoritilgan. Tadqiqotchining ishlarida Baqtriya tarixi va tarixiy geografiyasiga mansub yunonrim manbalarining tahlili katta o‘rin egallab, shuningdek, Sug‘d va Baqtriyaning tog‘lar va daryolar orqali o‘tgan hududiy chegaralari haqidagi antik davr mualliflarining tasavvurlari ko‘rib chiqildi [2].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO QADIMGI TARIXIY-MADANIY VILOYATLARI JOYLASHUVIGA DOIR»

MARKAZIY OSIYO QADIMGI TARIXIY-MADANIY VILOYATLARI

JOYLASHUVIGA DOIR

Kenjayeva N.T.

magistr, Oriental universiteti.

https://doi.org/10.5281/zenodo.1117499 7

XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab ilk yozma manbalarda tilga olingan O'rta Osiyo qadimgi xalqlarining hududiy joylashish chegaralari muammosi sharqshunoslarning asarlarida dolzarb mavzuga aylandi (E.Zaxau, V.Geyger, V.Tomashek). Bu masala XX asr boshlarida ko'rib chiqilgan (I.Markvart, A.Xermann) va arxeologik ma'lumotlarni hisobga olgan holda, keyingi yillarda ham ilgari surilgan (M.M.Dyakonov, V.M.Masson, B.Y.Staviskiy). Mazkur muammo, ayniqsa o'tgan asrning 70-80 yillarida bir qator tadqiqotchilar (I.V.Pyankov, P.Bernar, G.P.Frankfor, E.V.Rtveladze, J.K.Garden va boshqalar) ishlarida bayon etildi [1]. Mavzu tarixshunosligi I.V.Pyankov tomonidan yetarlicha yoritilgan. Tadqiqotchining ishlarida Baqtriya tarixi va tarixiy geografiyasiga mansub yunon-rim manbalarining tahlili katta o'rin egallab, shuningdek, Sug'd va Baqtriyaning tog'lar va daryolar orqali o'tgan hududiy chegaralari haqidagi antik davr mualliflarining tasavvurlari ko'rib chiqildi [2].

Bugungi kunga kelib muammoning umumlashtirilgan natijalari, Makedoniyalik Aleksandrning Baqtriya va Sug'diyona yoki Transoksianaga yurishlari masalasiga bag'ishlangan E.V.Rtveladzening monografik tadqiqotlarida aks etgan. Shu monografiyalarda arxeologiya va yozma manbalar ma'lumotlari qadimgi hududiy joylashish geografiyasi va kartografiyasi masalalarini ochib berishda asosiy manbalar sifatida talqin qilingan [3].

XX asrning 70-80 yillarida O'rta Osiyoda amalga oshirilgan keng qamrovli arxeologik tadqiqotlar natijasida shu mintaqaning tarixiy geografiyasiga oid mavjud ilmiy qarashlar tubdan o'zgardi.

Mil. avv. II ming yillikning oxiri va I ming yillikning boshlarida O'rta Osiyoda yangi etnomadaniy jarayonlarning rivojlanishi natijasida yozma manbalardan bizga ma'lum parfiyaliklar, marg'iyonaliklar, sug'diylar, baqtriyaliklar, xorazmliklar va sak-massagetlar paydo bo'ladi. Ushbu elat va qabilalar o'zaro madaniy ta'sir va aloqalar asosida tarqqiy etgan. Ular yashagan hududlar nomi etnonim va gidronimlar bilan bog'lanishi ehtimoldan holi emas. Misol tariqasida qadimgi yunon tarixchilarining yozishicha, Baqtr daryosi gidronimidan baqtriyaliklar xalqi va mamlakatining nomi kelib chiqqan.

"Avesto"ning qadimgi qismlarida Sug'd mamlakati Sug'da va Gava Sug'da shakllarida tilga olingan. Sug'da "mamlakati" bilan bog'liq bo'lgan Gava tushunchasini Sug'daning eng qadimgi nomi sifatida talqin qilish mumkin.

"Avesto"ning mamlakatlar ro'yxatida birinchi navbatda tilga olingan "ariylar sayhon yerlari" - Aryoshayyona, Aryonam Vayjoni - bu keng hududda joylashgan o'lka deb tushunish kerak [4]. Negaki, u yerda bepoyon dashtlar, ko'p yaylovlarga ega baland tog'lar va chuqur ko'llar mavjud bo'lgan. Aryonam Vayjo (uning yana bir nomi Aryonam Vaychax) Vaxvi Datiya daryosi havzasida joylashgan. "Avesto"da shunday yoritiladi: "Qish u yerda o'n oy davom etadi, yoz ikki oy. Qish oylarining suvlari sovuq, yerlari sovuq; qishning oxirida katta toshqin suv paydo bo'ladi" Shunga ko'ra, Aryonam Vayjo iqlimi shimoliy dasht va dasht o'rmon hududlar hamda tog'li o'lkalar tabiatiga yaqin bo'lib ko'rinadi. Shu sababli Ural va Oltoy tog'lari, G'arbiy Sibir iqlimi hamda Ob, Ural va Volga sersuv daryolari haqidagi dasht chorvador qabilalarining xotiralari "Avesto"da aks etishining ehtimoli yuqori.

"Avesto"da Vaxvi Datiya ("marhamatli", "yaxshi") sersuv daryosi qatori yana bir katta daryo - Ranxa tilga olingan. Aryonam Vayjo iqlimi sovuq viloyatlar tabiatiga yaqin bo'lib ko'rinadi. Biroq mazkur geografik belgilar Aryonam Vayjoning hududiy joylashuvini aniqlash uchun yetarlicha ma'lumotlarga ega emas.

Xuddi shunday o'xshash holat O'rta Osiyo ko'chmanchi qabilalarning tarixiy geografiyasiga oid. Gerodot massagetlarning hududiy joylashuvi haqida yozib, ularni sharqda, quyosh chiqishi yo'nalishida, Araks daryosining ortida joylashtiradi va Araks daryo-si Matiyona tog'laridan boshlab oqadi deb izoh beradi [5]. Bu ta'rifda Gerodot Kavkaz tog'laridan boshlangan va Kaspiy dengiziga quyilgan Araks daryosi haqida ham yozgani ehtimoldan holi emas. Biroq "Matiyona" tog'lari deganda Hindikush nazarda tutilganga o'xshaydi. U paytlarda Amudaryo Qoraqum tepaliklarini yorib, qadimiy Uzboy o'zani orqali Kaspiy dengiziga quyilgan. Massagetlar Sharqiy Kaspiybo'yi va Janubiy Orolbo'yi oralig'idagi Uzboy havzasida mavsumiy istiqomat qilganlar hamda Yoyiq (Ural) va Emba daryolarigacha yoyilgan hududlarda ko'chib yashaganlar [6].

Ahamoniylar yozuvlarida saklarning yashash joylari dengiz va daryolar bilan bog'langan. Katta sersuv daryo yonida (Amudaryo) "cho'qqi qalpoq kiyib yurgan" ko'chmanchilar, daryo yoki "dengiz ortidagi saklar" va boshqalari haqida ham manbalarda ma'lumot bor. Bu masala monografiyaning keyingi bandida ko'rib chiqiladi.

Qadimgi yunon va rim mualliflari Markaziy Osiyo viloyatlari (Baqtriya, Sug'diyona) hududiy chegaralari haqida so'z yuritib, tub joyli xalqlarning aralash joylashuvi holatini hisobga olmaganlar. Antik davr tarixchilari turli yurtlarning

o'ziga xos geografik xususiyatlarini hamda qadimiy xalqlarning hududiy joylashishi chegaralarini aniq belgilab berolmaganlar. Gerodotning asarida "Baqtriya xalqi" tushunchasi tilga olinib, Baqtriyaning hududiy chegaralari haqida ma'lumotlar mavjud emas (Gerodot, I, 93).

Markaziy Osiyoda eng qadimgi xalqlarning shakllanishi va alohida etnik hududlarning ajrala boshlashi masalasi murakkab ilmiy muammo hisoblanadi. Buning sababi yozma manbalarda qadimgi elatlarning hududiy ajrala borishi va ma'lum hududiy chegaralarga ega yerlarda joylashish jarayoni aniq ko'rsatilmaganligi holati bilan belgilangan.

Baqtriya, baqtriyaliklar (yoki Sug'diyona, sug'diylar hamda saklar) makrotoponimi va etnonimlari yunon yozma manbalarda bosqinchilarga qarshi turgan elatlar yoki davlatning bir qismi bo'lib nazarda tutilgan.

Markaziy Osiyoda aholi joylashgan hududlarning toponimlari turli davrlarga oid yozma manbalarda saqlanib kelgan. Bu hududlar yunon mualliflari asarlarida Marg'iyona, Baqtriyona, Xorasmiye va Sug'diyona bo'lsa, shunga mos ravishda qadimgi fors yozuvlarida Marg'ush, Baqtrish, Xuarazmi va Sug'uda, "Avesto"ning eng qadimgi qismlarida esa ular - Mouru, Bahdi, Xvarizam va Sug'da shaklida aks etilgan.

Gerodotning "Tarix" asarida Marg'iyona haqida ma'lumotlar yo'q. Sug'd esa yunon manbalarida chekka o'lka sifatida yoritilgan. Videvdat ro'yxatida Baqtriyaning Sug'ddan keyin tilga olinishi, qadimgi fors yozuvlarida Sug'dning Baqtriyadan so'ng sanab o'tilishi, ular o'rtasida hududiy chegara mavjudligini ko'rsatadi. Gekatey, Gerodot va Ktesiyning asarlarida O'rta Osiyo aholisining hududiy joylashuvi, alohida daryolar, tog'lar, voha va dashtlar bilan bog'langan.

Hozirgi kunga kelib, yunon-rim manbalarida tilga olingan qadimiy viloyatlar, shaharlar va qal'alarning hududiy joylashuvi yetarlicha aniqlangan: Nautaka -Sug'diyona viloyatlaridan biri bo'lib, Sharqiy Qashqadaryodagi hozirgi Kitob -Shahrisabz - Yakkabog' vohalarida joylashgan, markazi - Uzunqir; Ksenippa (shuningdek, boshqa manbalarda - Nixshapayya) - Qarshi vohasi, markazi -Yerqo'rg'on; Bagi (Baga) - Buxoro vohasi, Basileya - Sug'diyonaning ikkinchi poytaxti (Ko'ktepa).

Adabiyotlar:

1. Пьянков И.В. Средняя Азия в известиях античного историка Ктесия. -Душанбе: Дониш, 1975. - 191 с.; уша муаллиф. Средняя Азия в античной географической традиций (источниковедческий анализ) / Автореф. дис... докт. ист. наук. - Ленинградское отделение ИВ АН СССР, 1984. - 37 с.; Bernard P., Francfort H.-P. Etudes de géographie historique sur la plaine d'Ai Khanum

(Afghanistan). - Paris, 1978. - 106 p.; Ртвеладзе Э.В. Ксениппа - Паретака // Кавказ и Средняя Азия в древности и средневековье. - М.: Наука, 1981. - С. 92-101; Gardin J. - C. Pour une géographie archéologique de la Bactriane // E аrchéologie de la Bactrianne Ancienne. - Paris, 1985. - Pp. 39-46.

2. Пьянков И.В. Бактрия в античной традиции (общие данные о стране: название и территория). - Душанбе: Дониш, 1982. - 62 с.

3. Ртвеладзе Э.В. Александр Македонский в Бактрии и Согдиане. -Ташкент, 2002. - 151 с.; уша муаллиф. Александр Македонский в Трансоксиане. Походы. Историческая география. - СПб.: Евразия, 2019. - 368 с.

4. Авеста. Избранные гимны / Пер. с авестийского И.М.Стеблин-Каменского. - Душанбе: Адиб, 1990. - С. 164.

5. Геродот. История. В девяти книгах / Пер. Г.А.Стратановского. - М.-Л.: Наука, 1972. - Кн. I, 202.

6. Смирнов К.Ф. Кочевники Северного Прикаспия и Южного Приуралья скифского времени // Этнография и археология Средней Азии. - М.: Наука, 1979. - С. 74-78.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.