Научная статья на тему 'MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA INSON HUQUQLARI'

MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA INSON HUQUQLARI Текст научной статьи по специальности «Право»

CC BY
67
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Область наук
Ключевые слова
qonun / inson huquqlari / majburiyat / davlat / jamiyat / boshqaruv tizimi / adolatparvarlik / ijtimoiylashuv / tarbiya / mulkiy munosabatlar / ehtiyoj / mehnat

Аннотация научной статьи по праву, автор научной работы — Ganiyev Eldorbek Abduraxmonovich

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mutafakkirlarining asarlarida inson huquqlarining shakllanishi, jamiyatda ijtimoiy normalar, davlat ishlarini boshqarishda ustuvor bo‘lgan qonuniyatlar hamda mutafakkirlarning bu boradagi qarashlari haqida fikr yuritilib, mazkur masalalar mutafakkirlar asarlari asosida ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA INSON HUQUQLARI»

Central Asian Journal of

Education and Innovation

MARKAZIY OSIYO MUTAFAKKIRLARI ASARLARIDA INSON HUQUQLARI

Ganiyev Eldorbek Abduraxmonovich

Raqamli iqtisodiyot va agrotexnologiyalar universiteti yuriskonsulti E-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.10974501

ARTICLE INFO

Qabul qilindi: 05-April 2024 yil Ma'qullandi: 10- April 2024 yil Nashr qilindi: 15- April 2024 yil

KEY WORDS

qonun, inson huquqlari, majburiyat, davlat, jamiyat, boshqaruv tizimi, adolatparvarlik, ijtimoiylashuv, tarbiya, mulkiy munosabatlar, ehtiyoj, mehnat.

ABSTRACT

Ushbu maqolada Markaziy Osiyo mutafakkirlarining asarlarida inson huquqlarining shakllanishi, jamiyatda ijtimoiy normalar, davlat ishlarini boshqarishda ustuvor bo'lgan qonuniyatlar hamda mutafakkirlarning bu boradagi qarashlari haqida fikr yuritilib, mazkur masalalar mutafakkirlar asarlari asosida ochib berilgan.

Inson va uning erkinligi, sha'ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatdir. Inson huquqlari har bir davrda eng dolzarb masalalaridan biri hisoblangan. Inson huquqlari keng qamrovli tushuncha bo'lib, u tug'ilishdan tortib, jamiyat hayotining barcha sohalarida fuqaroning erkin ishtirok etishgacha bo'lgan huquqlariga taalluqlidir.

Ta'kidlash lozim, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining ilk moddasi shunday boshlanadiki, "Hamma odamlar o'z qadr-qimmati hamda huquqlarida erkin va teng bo'lib tug'iladilar"1. Ushbu universal hujjatning mazkur normalar bilan boshlanishi shunday ahamiyatliki, ushbu normalar a'zo davlatlar uchun inson huquqlariga rioya etilishi va ularni hurmat qilishi bo'yicha hamda inson huquqlari va asosiy erkinliklarini ta'minlashga ko'maklashish sohasida alohida majburiyatlarni yuklaydi.

Inson huquqlarini muhofaza qilinishining huquqiy asoslari milliy qonunchilik tizimida, Asosiy qonunimizda aniq normalar asosida mustahkamlangan.

Ta'kidlash lozimki, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning ikkinchi bo'limi Inson va fuqaroning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlariga bag'ishlangan. Bunda, inson huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatning oliy maqsadi etib belgilangan. Xususan, Konstitutsiyaning 54-moddasiga ko'ra, "Insonning huquq va erkinliklarini ta'minlash davlatning oliy maqsadidir. Davlat inson hamda fuqaroning Konstitutsiya va qonunlarda mustahkamlangan huquqlari va erkinliklarini ta'minlaydi"2.

Incon huquq va erkinliklarini himoya qilish mexanizmini yanada takomillashtirish, 2017-2021-yillarda O'zbekicton Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi

1 https ://constitution.uz/uz/pages/humanrights

ö^HKacHHHHr amu Taxpnpgarn Констнтуцннсн (https://lex.uz/docs/6445145)

bo'yicha Harakatlar strategiyaci, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekictonning taraqqiyot ctrategiyasining ijrosini ta'minlash, shuningdek, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida belgilangan vazifalarni camarali va o'z vaqtida amalga oshirish maqsadida 2020-yil 22-iyunda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Incon huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasining milliy strategiyasini tasdiqlash to'g'risida"gi Farmoni e'lon qilindi3.

Bundan tashqari inson huquqlari va erkinliklari xalqaro hujjatlarda, mamlakatlarning normativ-huquqiy hujjatlarida, shuningdek, mutafakkir va olimlarning asarlarida bayon etilgan.

Jumladan, buyuk mutafakkirlarimiz Al Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Ibn Sino, Abu Rayhon Beruniy, Ahmad al-Farg'oniy, Maxmud Qoshg'ariy, Yusuf Xos Hojib, Ahmad Yugnakiy, Shayx Najmid din Kubro, Hoja Bahouddin Naqshband, Amir Temur, Ulug'bek, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Husayn Voiz Koshifiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Haydar Xorazmiy, Xofiz Xorazmiy kabi buyuk siymolar, o'z zamonasining eng ilg'or ma'rifatparvarlari Ogahiy, Munis, Feruz, Anbar otin, Ahmad Donish, Furqat, Avaz O'tar o'g'li, Munavvar qori, Abdurauf Fitrat, Mahmudxo'ja Behbudiy, Is'hoqxon Ibrat, Abdulla Avloniy, Sadriddin Ayniy kabi ma'rifatparvarlar asarlarida inson huquqlari va uning himoyasi muqaddas tuyg'u sifatida e'tirof etilgan.

Mazkur mutafakkir bobolarimizning asarlari mamlakatimiz olimlari va ustozlar tomonidan tarixiy, siyosiy-huquqiy ta'limotlar, pedagogik va ijtimoiy sohalar asosida ularning turli sohalarga qo'shgan hissalari o'rganib tahlil qilib kelingan va hozirgi kunda bunday ilmiy izlanishlar to'xtagani yo'q.

Jumladan, yuridik fanlar doktori F.A.Muxitdinova4, V.R Topildiev5, R.Ikramov va N.Bekmirzaevlar6, J.S.Ramatov va M.Hasanov7, H.Yuldasheva8,

B.Q.Malikov9, F.F.Xatamov10, N.Avazov11, B.Botirov12 kabi olimlar tomonidan mutafakkir

3 Y36eKHCTOH Pecnyö^HRacH npe3HgeHTHHHHr 2020 hh^ 22 HTOHgaru n®-6012-cOH OapMOHH // Https://lex.uz/docs/4872355

4 Muxitdinova F.A., Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosi va siyosiy-huquqiy ta'limotlari. "Toshkent Islom universiteti" nashriyoti, Monografiya. 2009, -46 b. Muxitdinova F.A. Uch buyuk mutafakkir. Monografiya. T.: TDYul 2010 7 b.t. Muxitdinova F.A., Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi va siyosiy-huquqiy ta'limotlari. "Toshkent Islom universiteti" nashriyoti, Monografiya. 2009, -56b. Muxitdinova F.A., Forobiyning ilmiy merosi va siyosiy-huquqiy ta'limotlari. "Toshkent Islom universiteti" nashriyoti, Monografiya. 2009, -52 b. Muxitdinova F.A Sharq uyg'onish davri siyosiy - huquqiy ta'limotlarini ilmiy nazariy tadqiq etish Monografiya. -T.: Noshir, 2010. -360 b.

5 O'zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilish xususida ayrim mulohazalar (science and innovation international scientific journal https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6809308)

6 P.HxpaMOB, H.EeKMup3aeB «ABecTO»ga KOHyH Ba hhcoh xyKyK^apu Ta^KHHu, Academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

7 ^.C.PaMaroB, M. X,acaHOB A6y Hacp ®opo6un Huro^uga hhcoh Kagp-KHMMaru Ba xyKyK^apu Maca^acu. https://tstu.uz/ International Scientific and Practical Conference April 21-22 2022, TSTU, DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-976-979

^.C.PaMaTOB. A6y Hacp ®opo6unHHHr $a^ca$HH Kapam^apu, xycycaH, hhcoh MaiHaBun RaMO^OTH xaKHgaru H^MHH-$a^ca$HH TarnuMOTH (Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230)

8 H.Yuldasheva. Sharq mutafakkirlari ta'limotlarida inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish g'oyasi ("Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / https://oac.dsmi-qf.uz)

9 E.K Ma^HROB. TapuxHn cuuMO^ap gaBmr 6omKapyBH TH3HMuga gaBmr xH3MaTHHUHr ypHH xaKuga (https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal)

10 O.O.XaTaMOB. MOHOrpa^na. hhcoh xyKyK^apu - .Hmu Y36eRHcTOHHHHr chöchh Hc^OXOraapu acOcu. CaMapKaHg, 2022. - 164 6. WK 81.58

Page 37

olimlarimizning asarlari turli xil sohalarda jumladan siyosiy-huquqiy sohalarda o'rganib kelingan va hozirgi kunda ham bunday ilmiy izlanishlar davom etmoqda.

Bizining ilmiy tadqiqotning maqsadi Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlarida inson huquqlariga oid masalalarni o'rganish va mamlakatimizda ijtimoiy-huquqiy iclohotlarni amalga oshirishda davlat va fuqarolik jamiyati inctitutlari faolligini oshirish, mutafakkirlarining boy ilmiy-nazariy, huquqiy meroslariga asoslanib inson huquqlari sohasida qabul qilinayotgan normalar uchun tarixiy va nazariy, amaliy asos sifatida foydalanish uchun ko'maklashishdan iboratdir.

Ilmiy izlanishlar natijasida mutafakkirlarimizning asarlari o'rganilmoqda. Jumaldan, Abu Nasr Forobiy o'z asarlarida jamiyat, davlat va huquq macalalarining nazariy, umumiy falcafiy acoslarini rivojlantirishga harakat qilib, jamiyat va davlatning kelib chiqishi, fuqaro va hokimiyat munosabatlari, davlat boshqaruvida ishtirok etuvchilar va ularning xalq oldidagi vazifalari haqida o'z qarashlarini bayon etgan.

Ta'kidlash lozimki, Al-Farobiy inson huquq va erkinliklarini e'tirof etishda "fozil shahar" g'oyasiga asos soldi va ushbu g'oya asosida hududni rivojlanishi inson huquqlarining tengligi va adolat prinsiplariga asoslanishini asoslab berdi.

Forobiy hozirgi davr uchun ham dolzarb bo'lgan fundamental g'oyani ta'kidlab o'tgan, ya'ni jamiyatning barcha a'zolari o'zaro teng hisoblanadi. Ular bir-biridan faqat aql-zakovati, bilim darajasi bilan farqlanishi mumkin.

Shunga muvofiq, "Tenglik - har kimga o'ziga yarasha berilgan darajadir. Bu tenglik mehr-muhabbat va do'stlikni vujudga keltiradi13".

Ta'kidlash lozimkm, mutafakkir o'z qarashlarida insonning tug'ilishidan tortib hayoti davomida teng huquqlilik prinsipida yashashi, shaharlarda inson huquqlari va erkinliklari muhofazasida tartib-qoidalarga rioya etilishi va ularning nazorati adolatli bo'lishini bayon etadi.

Abu Rayhon Beruniy odamlar jamoa bo'lib yashashining acosiy qoidalari o'zaro yordam, bir-birlari bilan tinch-totuv, umumiy manfaat uchun ishlashga asoslangan bo'lishi kerak, deb hisoblaydi. Olim mamlakatlar va davlatlar o'rtasida yaxshi qo'shnichilik munosabatlarini olib borish g'oyasini ilgari curib, davlat va huquqning paydo bo'lishi, ularning vazifalari ehtiyojidan kelib chiqadi degan g'oyani ilgapi suradi14.

Abu Rayhon Beruniy ta'kidlaydiki, "Har bir insonning qadri qimmati o'z ishini qanday bajarayotgani bilan o'lchanadi"15.

Abu Rayhon Beruniyning g'oyalari insoniylik tuyg'ulari bilan kurilgan. U xalqlar bilan do'stlikni yoqlab, turli yzaro urushlariga qarshi chiqadi. Uning ijtimoiy qarashlari markazida inson, insoniy jamiyat yotadi va inson mehnati qadrlanadi. Inson faoliyati va mehnat munosabatlarida insonni qadrlash yuqori baholangan.

11 A.HopMypogoB. Eex6ygnn ^ao^naTHga hhcoh xyKy^apn. Xy^yKHH TagRH^oraap ®ypHmH SI-3 (2020) DOI http://dx.doi.org/10.26739/2181-9130-2020-SI-3

12 e.eothpob. EypxoHHggHH MaprHHOHHHHHHr "A^-xngoa" acapuga maxcnn xy^yK; Ba эpкннflнкflapнннг Ma3MyHH Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

13 Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent: " O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti. 2004. 82-83-b

14 A6y PanxaH EepyHH. №6paHHbie nporoBegeHHa. - TamKeHT, 1963. T. 2. - C.55-59.

15 EepyHHH. TaH^aHraH acap^ap. 3-tom. -T.: 1966 "Markaziy Osiyo Uyg'onish davri ilm-fan va madaniyatini tadqiq etishning dolzarb muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumani materiallari to'plami. -Guliston: Universitet, 2022. -47 bet.

Page 38

Hazrat Navoiy "Mahbub ul-qulub" asarida qozilar (sudyalar) qanday bo'lishi haqida shunday deganlar: "Qozi qonun yo'lidan bir qadam ham toymasligi - to'g'ri yo'ldan chiqmasligi lozim... Modomiki, hukmi elning moli va joniga taalluqli ekan, qozining shiori to'g'rilik va adolat bo'lmog'i lozim"16.

E'tibor beradigan bo'lsak, mutafakkir ushbu asarda inson huquqlarini himoya qilinishida sudyalar faoliyati mas'uliyatli va adolatli bo'lishi ta'kidlagan. Sudyalarning mustaqil va duyoqarashi keng bo'lishi va tomonlarning vajlarini to'g'ri baholashda qonun ustuvorligiga tayanishi, inson huquqlarini himoya qilinishida inson huqularini poymol etuvchi omillar, jumladan, tanish-bilishchilik, poraxo'rlik, ilmsizlik, shaxsiy manfaatdorlik, ikkiyuzlamachilikka zinhor yo'l qo'ymasligi mutafakkirning ushbu mulohazalarida o'z ifodasini topgan.

Ulug' bobokalonimiz Amir Temur ta'kidlaganidek, "Qaerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo'ladi"17.

Ushbu fikrlariga ko'ra ta'kidlashimiz lozimki, Amir Temur davrida inson huquqlari ta'minlanishi, tartib-qoidalarning ustuvorligi, islohotlarda oshkoralik, adolatli jamiyat barpo etish tamoyillari yaqqol namoyon bo'lgan. Xalqni ijtimoiy himoyalash, xususan inson huquqlarini himoya qilishda ularning mehnat faoliyatini muhofazalash maqsadida savdogarlarga, ijtimoiy mehnatning ba'zi turlarida mashg'ul bo'lgan xalq vakillariga imtiyozli soliqlar joriy etilgan. Masalan, kimda-kim biron sahroni obod qilsa yoki koriz (yer osti inshooti) qursa, biron bog' ko'kartirsa, yoxud birorta xarob bo'lib yotgan joyni obod qilsa, birinchi yili undan hech qanday o'lpon olinmagan18.

Abulqosim Firdavsiyning "Shohnoma" asari shoirning butun umrlik faoliyatining natijasidir. Mutafakkir olim ushbu asarda davlatni boshqaruv sohasidagi hamda davat va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni taraflama yoritib beradi. Firdavsiyning "Shohnoma" asari O'rta Osiyo xalqlari o'tmish tarixini o'rganish tarixiy manba bo'lib xizmat qiladi.

"Shohnoma" asari O'rta Osiyo va Eron xalqlaring milliy iftixori o'sib kelayotgan davrda arablarning ikki yuz yillik hukmronligiga qarshi kurash g'alaba bilan yakunlanayotgan davrda yaratildi. Bu davrda O'rta Osiyo va Eron xalqlari milliy markazlashgan davlatini tashkil qila bilgan somoniylar davrida ijtimoiy va madaniy hayotning hamma sohalarida juda katta yutuqlarga erishgan zamon edi. Bu vaqtda ilmu fan va falsafiy fikr yuqori pog'onaga ko'tarildi19.

Burhonuddin al-Marg'inoniyning asosiy asari hisoblangan "Hidoya" inson huquqlarini ta'minlashda aosiy manbalardan biri hisoblanadi. "Hidoya" asarida huquqiy masalalarning yechimi bayon qilingan.

Burhonuddin al-Marg'inoniyning qalamiga mansub "Hidoya" asari huquq ilmi borasida o'ta mukammal ekanligini nafaqat islom, hatto Yevropa olimlari ham e'tirof etishgan"20.

Mahmud Qoshg'ariyning "Devonu lug'atit turk" asarida ilm olishning qadri, bilim eng bebaho boylik bo'lib, uning negizida insonning ma'naviy-ma'rifiy dunyoqarashi, odob-axloqi,

16 A.HaBOHH, "Max6y6 y^-Ky^y6" (http://library.navoiy-uni.uz/files/alisher%20navoiy.%20mahbubul%20qulub.pdf, https://www.bukhari.uz/?p=12101)

17 "Temur tuzuklari" T:1990

18 Xalqaro AMir TeMur jaMg'arMasi. TeMur tuzuRlari. -T.: O'zbeRiston. 2011, -E.146.

19 "Markaziy Osiyo Uyg'onish davri ilm-fan va madaniyatini tadqiq etishning dolzarb muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumani materiallari to'plami. -Guliston: Universitet, 2022. -24 bet.

20 K.KarraeB. Hmom EypxOHugguH MapFHHOHHH, Hmom A^h Cyrgun Ba xyKyKmyHOc^HR. CaMapKaHg, 2007. - E-21-

go'zal insoniy fazilatlari shakllanishi, bilim va kasb-hunar insonning butun xatti-harakatlarini belgilashi ta'kidlab o'tilgan21.

Ta'kidlash lozimki, asarni mutolla qilgan shaxs asarda ta'lim olish huquqi va ta'lim olish mexanizmi, ta'lim olishda ustoz va shogird munosabatlari, davlatning o'z fuqarolari oldida ta'lim olishga bo'lgan rag'batlarini qo'llab-quvvatlashi, ta'lim olish uchun yaratilgan sharoitlarni tushunadi va mulohaza qilish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Yana bir mutafakkirlarimizdan biri Yusuf Xos Xojibning "Qugadg'u bilig" asari biz uchun muhim hisoblanadi. Ushbu asarda bir qancha g'oyalar, jumladan, iqtisodiy munosabatlar to'g'risida fikrlar bayon etiladi. Asarda mehnatga to'g'ri haq to'lash, boshqalar mehnatini to'g'ri taqdirlash, qadriga yetish, moddiy manfaatdorlik, kasb-hunar egallash, kuchli ijtimoiy himoya masalalariga katta o'rin berilgan. Asarda muallif tadsimot munosabatlariga, ularning rag'batlantiruvchi ahamiyatiga e'tiborni qaratadi, zero, rag'batlantirish kuchiga ega bo'lgan taqsimot munosabati ishlab chiqarishni kuchaytiradi, jamiyat va xalq boyligini orttiradi.

Yusuf Xos Xojib ushbu asarda ta'kidlaydi: "Xizmat ahli o'z mehnati natijasidan umidvor turadi. Umidini topmagan xodim ko'ngli sinadi. Ammo xizmat qiluvchilarni hammasi ham bir xil emas. Ular turli-tuman toifalarga bo'linadi. Xodimlarning naf keltiruvchilari bor, shuningdek, nafi yo'g'i ham ancha. Naf keltiruvchi kishiga xizmatiga loyiq ravishda tortiqlar berish kerak. Xizmatiga loyiq tadbir ko'rgan xodimning boshi ko'kka yetadi. Inson degani, axir, xayvon tengi emas. Ana shuni bilib, unga amal qilinsa, barcha ish ko'ngildagidek bo'ladi...» 22.

Ko'rinib turibdiki, alloma mehnat faoliyatida ham bir xil taqsimotni tanqid qilmodda. Har bir xodim ish faoliyatini tashkil etishda o'z mehnatiga safoqatliligi, samaradorligi, keltirgan foydasi asosida taqdirlanishi maqsadga muvofiq ekanligi ta'kidlanmoqda.

Buyuk olim ushbu asarda davlat bilan (yurt boshlig'i) mehnatkash xodim o'rtasidagi bir sirni ochadi. Bunga ko'ra, davlatning buyuk bo'lishi, uning boyishi, el boshligining esa dovrug'i olamga yoyilishi uchun xalq boyishi, ishlaydigan odamlar mehnatiga muvofiq rag'batlantirilishi lozim. Yurt boshlig'i (davlat) odamlarni o'z mehnati natijalaridan manfaatdorligini ta'minlasa, yurt uchun fidoyi bo'ladilar, o'z jonini ham ayamaydilar, deb ta'kidlaydi Yusuf Xos Xojib. U davlat rahbarini xalqini to'q va farovon qilishga, inson hayotining darajasi o'zi qilayotgan mehnatga, uning sifatiga va miqdoriga bog'liq emas ekan, hech qanday iqtisodiy islohot ko'zlangan natijani bermaydi23.

Ko'rinib turibdiki, Yusuf Xos Xojib juda ko'p iqtisodiy fikrlarni ilgari surgan.

Jumladan, mehnat munosabatlari va mehnatga haq to'lashda inson huqulari qadrlangan va mehnat munosabatlarida teng huquqliylik, mehnat unumdorligiga erishgan xodimlarni rag'batlantirish masalalari ilgari surilgan.

Tarixga nazar tashlasak, ota-bobolarimiz inson huquqlari sohasida, jumladan, oila va oilaviy munosabatlarni tartibga soluvchi munosabatlarga, mehnat va ijtimoiy munosabatlariga ham alohida e'tibor berganliklarining shohidi bo'lamiz. Foroboy, Beruniy,

21 BoxagoBa H.X. fflaprç MyTa^aKKHp^apHHHHr Ta"MHMHnaxroKHH ^apam^apn. 3aMOHaBHH Ta*MHM / coBpeMeHHoe

06pa30BaHHe 2018 h, 16-6eT

22 Yusuf Xos Xojib. "Qugadg'u bilig" www.ziyouz.com Cho'lpon nomidagi nashriyot-motbaa ijodiy uyi, Tashkent 2007, 91-6eT

23 Yusuf xos xojibning iqtisodiy qarashlari Nurmuxamidova M., Mamajonova S., Ubaydullayeva G. - GulDU, O'zbekiston ("Markaziy Osiyo Uyg'onish davri ilm-fan va madaniyatini tadqiq etishning dolzarb muammolari"

mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumani materiallari to'plami. -Guliston: Universitet, 2022. -54 bet.)

Ibn Sino, A.Navoiy, A.Jomiy singari buyuk allomalarimizning asarlarida ham oila a'zolari o'rtasida o'zaro munosabatlar, ta'lim- tarbiyaga alohida ahamiyat qaratilgan.

Bundan tashqari o'tgan asrimizning boshlarida yashagan M.Behbudiy, A.Fitrat, A.Avloniy, A.Qodiriy, Cho'lpon kabi ma'rifatparvar ziyolilar inson huquqlari va erkinliklari, adolatni mustaxkamlamasdan turib jamiyat taraqqiyotiga erishib bo'lmasligini ta'kidlaganlar.

Jahon otin Uvaysiyning ma'rifiy faoliyatida ayollar savodxonligini oshirish, aqliy tarbiya masalalariga alohida o'rin berilgan, U o'z davrining yosh tolibalariga hayotga muhabbat tuyg'ularini singdirib borgan, tez fikrlash, chiroyli so'zlash va boshqa tarbiya vositalari bilan bog'liq bo'lgan chiston-topishmoq usullarni yaratishni o'rgatgan. Shuning uchun ham Uvaysiy ijodiy merosini o'rganish va uni hozirgi davr milliy ta'lim-tarbiya tizimi mazmuniga kiritish muhim ahamiyatga ega24.

Xususan Markaziy Osiyoning buyuk mutafakkirlari Imom Buxoriy, Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Amir Temur, Burhoniddin al-Marg'inoniy, Abdulla Avloniy, Fitrat asarlarida oila va oila huquqi, inson kamoloti muammolarining muhim jihatlari tahlil qilingan.25

Yuqoridagilarga ko'ra ta'kidlash lozimki, Markaziy Osiyo mutafakkirlarimiz asarlarida inson huquq va erkinliklari muqaddas qadriyat sifatida ta'kidlanganligi, qonun ustuvorligi va ijtimoiy adolatni ta'minlash, inson huquqlariga rioya qilishning tarixiy ildizlariga guvoh bo'lamiz, teran ilmiy izlanishlar uchun mutafakkirlarimiz asarlarining ahamiyatini his qilamiz va turli huquqiy qadriyatlarni, jamoalar va dunyoqarashlarning ko'p qirrali ekanligiga ishonch hosil qilamiz.

Markaziy Osiyo mutafakkirlari asarlarini inson huquqlari sohasi bo'yicha tadqiq etish jarayonida oilaviy munosabatlar, mehnat va ta'lim olish huquqlari, mulkiy munosabatlardagi qarashlarini o'rganishga muyasssar bo'lamiz..

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. https://constitution.uz/uz/pages/humanrights

2. O'zbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi (https://lex.uz/docs/6445145)

3. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi

4. PF-6012-son Farmoni // nttps://lex.uz/docs/4872355

5. Muxitdinova F.A., Abu Ali ibn Sinoning ilmiy merosi va siyosiy-huquqiy ta'limotlari. "Toshkent Islom universiteti" nashriyoti, Monografiya. 2009, - 46 b. Muxitdinova F.A. Uch buyuk mutafakkir. Monografiya. T.: TDYI 2010

6. b.t. Muxitdinova F.A., Abu Rayhon Beruniyning ilmiy merosi va siyosiy-huquqiy ta'limotlari. "Toshkent Islom universiteti" nashriyoti, Monografiya. 2009, -56b. Muxitdinova F.A., Forobiyning ilmiy merosi va siyosiy-huquqiy ta'limotlari. "Toshkent Islom universiteti" nashriyoti, Monografiya. 2009, -52 b. Muxitdinova F.A Sharq uyg'onish davri siyosiy - huquqiy ta'limotlarini ilmiy nazariy tadqiq etish Monografiya. -T.: Noshir, 2010. -360 b.

7. O'zbekiston Respublikasida inson huquqlarini himoya qilish xususida ayrim mulohazalar (science and innovation international scientific journal https://doi.org/ 10.5281/zenodo.6809308)

24 BoxngoBa H.X. fflaprç MyTa^aKKnpnapHHHHr TaiAHMHH axro^HH ^apam^apn. 3aMOHaBHH TaMHM / CoBpeMeHHoe

06pa30BaHHe 2018 h, 16-6eT.

25 ®a66opoB H. Y36eK^ap: TypMym Tap3H Ba MagaHnaTH. TomKeHT: 2003.- E. 67- 95. - 208 6.

Volume 3, Issue 4,April 2024 ^ Page 41

8. R.Ikramov, N.Bekmirzaev "Avesto"da qonun va inson xuquqlari talqini, Academic research in educational sciences volume 2 | ISSUE 2 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723

9. J.S.Ramatov, M. Hasanov Abu Nasr Forobiy nigohida inson qadr-qimmati va huquqlari masalasi. https://tstu.uz/ International Scientific and Practical Conference April 21-22 2022, TSTU,

10. DOI: 10.24412/2181-1385-2022-1-976-979

11. 8. J.S.Ramatov. Abu Nasr Forobiyning falsafiy qarashlari, xususan, inson ma'naviy kamoloti haqidagi ilmiy-falsafiy ta'limoti (Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=4.63) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22230)

12. H.Yuldasheva. Sharq mutafakkirlari ta'limotlarida inson huquqlari madaniyatini yuksaltirish g'oyasi ("Oriental Art and Culture" Scientific Methodical Journal / https://oac.dsmi-qf.uz)

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. . B.Q Malikov. Tarixiy siymolar davlat boshqaruvi tizimida davlat xizmatining o'rni xaqida (https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal)

14. F.F.Xatamov. Monografiya. Inson huquqlari - Yangi O'zbekistonning siyosiy islohotlari asosi. Samarqand, 2022. - 164 b. UO'K 81.58

15. A.Normurodov. Behbudiy faoliyatida inson huquqlari. Huquqiy tadqiqotlar jurnali SI-3 (2020) DOI http://dx.doi.org/10.26739/2181-9130-2020-SI-3

16. . B.Botirov. Burhoniddin Marg'inoniyning "Al-hidoya" asarida shaxsiy huquq va erkinliklarning mazmuni Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

17. Abu Nasr Forobiy. Fozil odamlar shahri. - Toshkent: " O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, 2004. 82-83-b

18. Abu Rayxan Beruni. Izbrannbie proizvedeniya. - Tashkent, 1963. T. 2. - S.55-59.

19. Beruniy. Tanlangan asarlar. 3-tom. -T.: 1966 "Markaziy Osiyo Uyg'onish davri ilm-fan va madaniyatini tadqiq etishning dolzarb muammolari" mavzusidagi xalqaro ilmiy anjumani materiallari to'plami. -Guliston: Universitet, 2022. - 47 bet.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.