Научная статья на тему 'MAMLAKATIMIZDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI OMMALASHTIRISHDA XOTIN-QIZLAR SPORTINING O‘RNI'

MAMLAKATIMIZDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI OMMALASHTIRISHDA XOTIN-QIZLAR SPORTINING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Социологические науки»

CC BY
583
87
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Ключевые слова
xotin-qizlar sporti / mashg‘ulotlar / jismoniy tayyorgarlik / trenirovka / harakat / malaka / ko‘nikma.

Аннотация научной статьи по социологическим наукам, автор научной работы — Xusnidaxon Qodirova, U.Boltaboyeva

Ushbu maqolada xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ayollarning o‘ziga xos bo‘lgan morfo-funksional xususiyatlari, jismoniy taraqqiyoti va uning tahlili aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAMLAKATIMIZDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI OMMALASHTIRISHDA XOTIN-QIZLAR SPORTINING O‘RNI»

MAMLAKATIMIZDA JISMONIY TARBIYA VA SPORTNI OMMALASHTIRISHDA XOTIN-QIZLAR SPORTINING O'RNI

Xusnidaxon Qodirova FarDU U.Boltaboyeva O'zDSMI FMF

Annotasiya: Ushbu maqolada xotin-qizlar sportini rivojlantirish, ayollarning o'ziga xos bo'lgan morfo-funksional xususiyatlari, jismoniy taraqqiyoti va uning tahlili aks etgan.

Kalit so'zlar: xotin-qizlar sporti, mashg'ulotlar, jismoniy tayyorgarlik, trenirovka, harakat, malaka, ko'nikma.

THE ROLE OF WOMEN'S SPORTS IN THE PROMOTION OF PHYSICAL TRAINING AND SPORTS IN OUR COUNTRY

Husnidahon Kadyrova FerSU U.Boltaboyeva FRB UzSIAC

Abstract: This article describes the development of women's sports, the specific morpho-functional characteristics of women, physical development and its analysis.

Keywords: women's sports, training, physical training, training, movement, skills, abilities.

O'zbek xalqi asrlar davomida ezgulikni o'zida aks ettirgan qadimiy va boy milliy madaniyati bilan jahon sivilizasiyasiga ulkan hissa qo'shgan buyuk xalqlardan biridir. Mustaqil Respublikamizni jahonga tanitishda sportning ahamiyati katta bo'lmoqda. Hozirgi kunda milliy o'yinlar, kurash, uloq shu bilan bir qatorda xalqaro sport turlari - tennis, boks, futbolning dunyo xalqlari o'rtasida o'zbeklarning obro'sini oshirishga xizmat qilayotganligining guvohimiz. Qadriyatlarni e'zozlash, qadimiy urf-odatlarni shakllantirish, e'tiqodlarni mustahkamlash, avloddan-avlodga o'tib kelayotgan madaniy merosimizni kelajak avlodga yetkazish va yoshlar ongiga milliy xalq o'yinlarining mazmun-mohiyatini chuqur singdirish bugungi dolzarb masaladir.

Mamlakatimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, ijtimoiy siyosatning muhim yo'nalishlaridan biri etib belgilangan. Chunki sport aholi

salomatligini mustahkamlaydi, yosh avlodni sog'lom va barkamol etib tarbiyalash orqali jamiyatda sog'lom turmush tarzini qaror toptiradi. Turli kasalliklar, yoshlar o'rtasida zararli odatlarning oldini oladi. Sport yuksak madaniyat, vatanparvarlik tuyg'ularini shakllantirishda ham muhim o'rin tutadi. Bu sohada erishilgan yutuqlar mamlakatni dunyoga tanitadi, barcha yurtdoshlarga g'urur-iftixor bag'ishlaydi. Yosh sportchilarning dastlabki bosqichda tayyorgarlik ishlarini o'rgatish ko'nikma hosil qilish, sport mashg'ulotlarini tashkillashtirishning eng muhim tarkibiy qismlaridan hisoblanib, organizmni har tomonlama rivojlantirish, sog'liqni mustahkamlash, jismoniy qobiliyatlarni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning oktyabrdagi jismoniy tarbiya va sport sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish, ommaviy sportni rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni tanlash va tarbiyalash, sohani malakali kadrlar bilan mustahkamlash hamda zamonaviy sport inshootlarini barpo etish masalalariga bag'ishlangan videoselektordagi ma'ruzasi takomillashtirish va tayyorgarlikning boshqa bosqichi uchun mustahkam funksional baza yaratishga yo'naltirilgan jarayon sifatida tushuniladi. Insonning sportga oid faoliyati qanday maqsad va mazmun yoki qaysi yo'nalishda amalga oshirilmasin, uning pirovard unumdorligi va harakat samaradorligi, o'z navbatida muvofiq jismoniy sifatlar, harakat malakalari, ko'nikmalari va albatta organizmning fuksional imkoniyatlariga tayaniladi.

Ayollarning organizmi erkaklarnikidan bir qator morfologik va funksional, anatomik-fiziologik xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan ayollarda balog'at yoshi - 34 yoshgacha, o'rta yosh - 35-54 yosh, keksa yosh 55-74 yoshgacha hisoblandi. Bunday yoshga doir xususiyatlar birinchi navbatda eng muhim biologik vazifa - onalik funksiyalari bilan ham bog'liq [2]. Kundalik harakat hajmi va shiddati inson salomatligi, uning jismoniy va funksional shakllanishida muhim ahamiyatga egadir. Lekin barcha harakat turlari, jumladan sport to'garaklarida ijro etiladigan jismoniy va texniktaktik mashqlar hajmi hamda shiddati shug'ullanuvchining funksional imkoniyatlariga mos kelishi yoki yuqori bo'lishi lozim. Chunki biologiya fanida azaldan o'z isbotini topgan qonuniyatlarga ko'ra, ontogenetik taraqqiyotning muayyan bosqichlarida bajariladigan kundalik jismoniy yuklamaning qisman ta'sir "kuchi" organizmning funksional imkoniyatlaridan doimo yuqori bo'lsa, shu organizmda (organlar, mushaklar, tomirlar, hujayralar, to'qimalar, yurak, o'pka, taloq, jigar va h.k) zo'riqish yoki tez toliqish alomatlari paydo bo'ladi. Bunday salbiy "izlar" odamning ayniqsa yosh qizlarning odatiy funksional faoliyatini izdan chiqaradi, kayfiyatini tushiradi, uyqusini buzadi, pirovard ish qobiliyatini susaytiradi va uning to'liq tiklanishiga to'sqinlik qiladi. Agar shunday yuklamalar xotin-qizlar faoliyatida surunkali qaytarilib tursa, organizmning normal o'sishiga ta'sir etibgina qolmay, balki turli funksional "ob'ekt"larga lokal yoki global patalogik asoratlarning yuzaga kelishiga sababchi bo'lishi ehtimoldan holi emas. Kundalik yoki yalpi

mashg'ulot yuklamalari hajmi va shiddati funksional imkoniyatdan past bo'lsa jismoniy sifatlarning shakllanishi susayadi, ish qobiliyati oshmaydi. Binobarin, kundalik yoki yalpi yuklamalar, shu jumladan, jismoniy tarbiya darslari va trenirovka mashg'ulotlariga oid yuklamalarni shug'ullanuvchilarning yoshi, jismoniy va funksional imkoniyatlariga qarab "to'lqinsimon" prinsipda oshirib borish darkor. Demak, xotin-qizlar sportiga oid mashg'ulotlarni tashkil qilishda pedagogik va tibbiy nazoratga asoslanish sog'lom barkamol avlodni tarbiyalash jarayonining ajralmas qismidir . Shunday ekan jismoniy tarbiya va sport bo'yicha o'tkaziladigan mashg'ulotlar (jismoniy tarbiya darslari, trenirovka mashg'ulotlari, sport musobaqalari) mazmunini maqsadli rivojlantirish va boshqarish har bir mutaxassis (o'qituvchi, murabbiy, tashkilotchi, uslubchi, yo'riqchi) va rahbar shaxslarga katta mas'uliyat yuklashi, ularning jismoniy madaniyat, jismoniy tarbiya, jismoniy rivojlanish, jismoniy tayyorgarlik va sport moslamalariga oid bilimlarni o'zlashtirishlari, muvofiq kasbiy-pedagogik malaka va ko'nikmalarni puxta egallashlari zarur ekanligi isbot talab qilmaydi. Alohida e'tibor qaratish muhimki, xotin-qizlar sportini samarali tashkil qilish, ko'p yillik sport trenirovkasi jarayonida shug'ullanuvchilar sog'ligi va ularning sport mahoratini shakllantira borish ustivor jihatdan jismoniy tayyorgarlik ko'rsatkichlariga bog'liqdir.

Sport amaliyotida jismoniy tayyorgarlik, odatda, ikki bir-biriga chambarchas bog'liq bo'lgan umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarlik turlariga bo'linadi. Hayot davomida inson sog'ligi, uning aqliy va jismoniy faolligi, ko'p yillik sport trenirovkasi davomida sport mahoratining shakllana borishi ustivor jihatdan shu ikki tayyorgarlik turlari mazmuni va darajasi bilan bog'liq.

Jismoniy tarbiya va sport mashg'ulotlari oldiga qo'yiladigan asosiy maqsad sog'liqni mustahkamlash hamda yuqori sport natijalariga erishishdir. Aksariyat olimlarning ta'kidlashicha, muayyan sport turi bo'yicha muntazam o'tkazib boriladigan, hajm, shiddat va mazmun jihatdan to'g'ri tashkil qilingan mashg'ulotlar organizmga ijobiy ta'sir qilar ekan. Lekin umumiy jismoniy tayyorgarlikka asoslanmagan va tor doirada ixtisoslashtirilgan mashg'ulotlar salbiy oqibatlarga olib kelishi kuzatilgan. Darhaqiqat, jismoniy tayyorgarlik malakali sportchi xotin-qizlarni tayyorlashda eng muhim poydevor sifatida sport mahoratining samarali shakllanishida beqiyos omil bo'lib hisoblanadi. Shu bilan bir qatorda ilmiymetodik adabiyotlarning tahliliga ko'ra har qanday jismoniy tayyorgarlik jarayoni ham jismoniy sifatlarning samarali ravishda rivojlanishiga olib kelavermaydi va texnik-taktik mahoratning shakllanishiga ijobiy ta'sir etmasligi mumkin. Ko'p hollarda sport mahoratiga salbiy ta'sir etishi ham ehtimoldan holi emas. Xotin-qizlar sportini rivojlantirish kelajakda sog'lom farzandlarning tug'ilishiga olib keladi. Zero, farzandlarimizning sog'lom bo'lishi yurtimizning farovon, gullab yashnashini ta'minlaydi. Chunki, kelajagimiz bu bizning farzadlarimizdir

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Goncharova O.V. "Yosh sportchilarning jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish". T.: 2016y. UzDJTI, 150b.

2. Бубе Х., Штюблер Х., Трогш Ф. Тесты в спортивной практике - М.: Физкултура и спорт, 1968, 238с.

3. Abduraxmonov M., Maxmudov A. Jismoniy tarbiya va sport. Sport tibbiyoti. T.: 2016y. Ilmiy texnika axboroti-press nashriyoti, 83b.

4. "Ayollarning fan va sportdagi o'rni". Ilmiy amaliy anjuman tezislari to'plami. 2007 yil 14 aprel.

5. Yuldasheva, S. (2021). The Emergence of Libraries as a Hotbed of Spirituality and Enlightenment. International Journal of Culture and Modernity, 10, 43-51.

6. Юлдашева, С. Н. (2020). СОЦИОЛОГИЧЕСКОЕ ИССЛЕДОВАНИЕ ЧИТАТЕЛЬСКОЙ АУДИТОРИИ. ТИПОЛОГИЯ ЧИТАТЕЛЕЙ. Oriental Art and Culture, (V).

7. Sohibaxon, Y. (2021). O'ZBEKISTONDA KUTUBXONACHILIK SOHASINING RIVOJI. Oriental Art and Culture, (7), 260-268.

8. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

9. Юлдашева, С. (2019). Китоб мутолаасини шакиллантиришда кутубхоначилик фаолияти. Oriental Art and Culture, (IV (1)), 59-62.

10. Yuldasheva, S., & Madumarova, M. (2020). TASKS AND CONTENT OF BIBLIOGRAPHIC WORKS. European Journal of Arts, (1), 148-152.

11. Аскарова, М. (2020). УЗБЕК АДАБИЙ ТАЩИДИ ТАРАККИЁТИ. Oriental Art and Culture, (V).

12. Мирзаева, Н., & Аскарова, М. (2020). ЧУЛПОН ИЖОДИДА МИЛЛИЙ УЙГОНИШ ХАРАКАТИ. Oriental Art and Culture, (V).

13. Аскарова, М. (2021). Адабий жараённинг зукко тадкикотчиси. Oriental Art and Culture, (7), 209-216.

14. Askarova, M. (2020). Homil yakubov's views on navoi studies. ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 788-792.

15. Askarova, M. (2021). Homil Yakubov's views on Oybek lyrics. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal, 11(3), 24122415.

16. Nurxon, I., & Habibjonov, I. (2021). KITOB VA KITOBXONLIK-INSON MANAVIYATINING KOZGUSI. Oriental Art and Culture, (6).

17. угли Хабибжонов, И. Т. (2020). УЗБЕК СОЛЩ ТЕРМИНЛАРИНИНГ АФФИКСАЦИЯ УСУЛИ БИЛАН ЯСАЛИШИ. Oriental Art and Culture, 1(5), 200-206.

18. Хдбибжонов, И. Т. У. (2021). СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИДА ДУБЛЕТЛИК ВА УНИ ТАРТИБГА СОЛИШ МАСАЛАЛАРИ. Scientific progress, 1(6), 842-846.

19. Ismoilova, N., & Habibjonov, I. (2021). Kitob va kitobxonlik-inson manaviyatining kozgusi. Oriental art and culture, 2(1), 159-166.

20. Habibjonov, I. (2020). Syntactic design of uzbek tax and customs terminology. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2910-2915.

21. Oglu, H. I. T. (2020). Formation of uzbek tax and customs terms (on the example of materials on the history of language). ACADEMICIA: AN INTERNATIONAL MULTIDISCIPLINARY RESEARCH JOURNAL, 10(12), 1308-1313.

22. Yuldasheva, S., Habibjonov, I., & Haydarov, A. (2020). Librarianship in the formation of book reading. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2925-2927.

23. Рузиева, Г., & Хабибжонов, И. (2021). САДР ЗИЁ КУТУБХОНАСИ. Oriental Art and Culture, (6).

24. Normatova, M., & Ikromjon, X. (2021). "QUTADG'U BILIG" IKKI JAHONNI TUTISHGA OCHUVCHI YO'L. Oriental Art and Culture, (6).

25. Угли, Х. И. Т. (2020). ТИЛШУНОСЛИКДА СОЛЩ-БОЖХОНА ТЕРМИНОЛОГИЯСИНИНГ ТАДЖИКИ. Oriental Art and Culture, (V).

26. Solieva, H. O. (2021). THE ROLE OF READING IN THE FORMATION OF A PERSON'S OPERATIVE MEMORY AND MENTAL MATURITY. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 2(11), 178-185.

27. Солиева, Х. О. (2018). ВЗГЛЯДЫ ИБН СИНО НА МЕДИЦИНСКОЕ ВОСПИТАНИЕ МОЛОДЁЖИ. Актуальные научные исследования в современном мире, (5-6), 56-60.

28. Омоновна, С. Х. (2018). «Бебош бола» синдроми ёхуд нега болалар асабийлашади?. Современное образование (Узбекистан), (11).

29. Омоновна, С. Х. (2018). Укувчилар тарбиясини шакллантиришда ота-оналарга педагогик билим бериш тизимининг ахамияти. Современное образование (Узбекистан), (5).

30. Омоновна, С. Х. (2019). Агар бола сизни «Эшитмаса»... Современное образование (Узбекистан), (4 (77)), 58-63.

31. OMOHOBHa, X. C. (2020). TAPHXHH K^-^MA MAHEA.ftAPHH KOHCEPBATUHfl-PECTABPAUHH KHHHm ^APAEH^APH XYCYCH^A. Oriental Art and Culture, (V).

32. OMOHOBHa, C. X. (2021). rnoöarnamyB ^apaeHuga axöopoT OKUMHHUHr ernnap MatHaBHATura Tatcupu xycycuga. Oriental Art and Culture, (7), 217-224.

33. OMOHOBHa, C. X. (2021). MagaHHAT Ba MatHaBHAT Macananapuga Tapuxufi ungronap ronapu. Oriental Art and Culture, (7), 244-253.

34. napnueB, A. (2021). ^A^H^^H OEH^OH MAXMYAOBHHHT OAO^H^TH^ArH ^HrH ^HPPA^AP. Oriental Art and Culture, (6).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.