Научная статья на тему 'MAMLAKAT BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI VA DAVLATNING XALQARO IMIDJI MASALALARI'

MAMLAKAT BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI VA DAVLATNING XALQARO IMIDJI MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
244
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Yangi O‘zbekiston / globallashuv / barqarorlik / xavfsizlik / imidj / xalqaro imidj / tahdid / islohot / davlat / jamiyat / jahon hamjamiyati. / New Uzbekistan / globalization / stability / security / image / international image / reform / state / society / world society

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Berdiyev, Bektosh Oxnorovich

Mazkur maqola bugungi kunda Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bilan bog‘liq vaziyatlarda mamlakat imidjining mustahkamlanishi, bunday holatda jahon miqyosida yuz berayotgan globallashuv jarayonlari bilan bog‘liq holda, ekstremizm va terrorizmning ham keng tarqalishi, rivojlanib borayotganligi kuzatilayotganligi muammolari yoritilgan. Bunday turdagi salbiy voqeliklarga qarshi kurashishning zarurati, ammo, bu jarayonlarda mamlakatimizning xalqaro maydondagi imidjini asrab qolish masalalarining dolzarbligi muhokama qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF ENSURING THE STABILITY OF THE COUNTRY AND ISSUES OF THE INTERNATIONAL IMAGE OF THE STATE

The article deals with topical issues of preserving the image of our country in the international arena in the fight against terrorism and extremism in the context of their development. These trends are especially relevant in the context of a constant increase in the international image of the Republic of Uzbekistan and globalization taking place on a global scale.

Текст научной работы на тему «MAMLAKAT BARQARORLIGINI TA’MINLASH MASALALARI VA DAVLATNING XALQARO IMIDJI MASALALARI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

О

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

MAMLAKAT BARQARORLIGINI TA'MINLASH MASALALARI VA DAVLATNING XALQARO IMIDJI MASALALARI

Berdiyev Bektosh Oxnorovich,

Siyosiy fanlar bo'yicha falsafa doktori, PhD. O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti v.b., [email protected]

Mazkur maqola bugungi kunda Yangi O 'zbekistonning taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish bilan bog'liq vaziyatlarda mamlakat imidjining mustahkamlanishi, bunday holatda jahon miqyosida yuz berayotgan globallashuv jarayonlari bilan bog'liq holda, ekstremizm va terrorizmning ham keng tarqalishi, rivojlanib borayotganligi kuzatilayotganligi muammolari yoritilgan. Bunday turdagi salbiy voqeliklarga qarshi kurashishning zarurati, ammo, bu jarayonlarda mamlakatimizning xalqaro maydondagi imidjini asrab qolish masalalarining dolzarbligi muhokama qilingan.

Kalit so'zlar: Yangi O'zbekiston, globallashuv, barqarorlik, xavfsizlik, imidj, xalqaro imidj, tahdid, islohot, davlat, jamiyat, jahon hamjamiyati.

Данная статье посвящена актуальным вопросам сохранения имиджа нашей страны в международной арене в процессах борьбы против терроризма и экстремизма в условиях их развития. Эти тенденции особо актуальны в условиях постоянного повышения международного имиджа Республики Узбекистан и глобализации, происходящие в мировом масштабе.

Ключевые слова: Новый Узбекистан, глобализация, стабильность, безопасность, имидж, международный имидж, реформа, государства, общество, мировое сообщество.

The article deals with topical issues of preserving the image of our country in the international arena in the fight against terrorism and extremism in the context of their development. These trends are especially relevant in the context of a constant increase in the international image of the Republic of Uzbekistan and globalization taking place on a global scale.

Key words: New Uzbekistan, globalization, stability, security, image, international image, reform, state, society, world society

ANNOTATSIYA

АННОТАЦИЯ

ABSTRACT

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

KIRISH

Bugungi O'zbekiston jahonda yuz berayotgan globalllashuv jarayonlarining tobora murakkablashib borishi sharoitida davlat barqarorligi va xavfsizligiga nisbatan turli tahdidlaming tobora ko'payib borayotganligiga guvoh bo'lib turibmiz. Ayniqsa, davlatchilik taraqqiyoti va mavjudligining asoslariga keng zarba bera olish qobiliyatiga ega bo'lgan terrorizm va ekstremizning xavfi, davlatchilik barqarorligiga keltirishi mumkin bo'lgan salbiy ta'siri to'g'risida ortiqcha gapirishga hojat yo'q. Chunki aynan ushbu muammo mamlakat imijiga ta'sir ko'rsatuvchi omil hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 7 dekabrdagi Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigida "O'tgan qisqa davrda jamiyatimizning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy manzarasi butunlay o'zgardi. Erkinlik va ochiqlik, qonun ustuvorligi, jahon hamjamiyati bilan o'zaro manfaatli hamkorlik davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishiga aylandi" - deya ta'kidlaganligi mamlakatimizning qo'lga kiritgan muvaffaqiyatlarini yana bir bor asoslab berdi [1]. Bu borada asosan Prezident Shavkat Mirziyoyevning chiqishlari tahlil qilingan

Maqolada tizimli tahlil, bihevioristik tahlil, sotsiologik tahlil, tarihiylik kabi metodlardan foydalanilgan.

NATIJALAR

Mazkur maqolada Yangi O'zbekistonning xalqaro imidji va uni yuksaltirish jarayonida mamlakat barqarorligiga salbiy ta'sir ko'rsatadigan omillar tahlil qilingan va tegishli ilmiy xulosalar ishlab chiqilgan.

MUHOKAMA

Umuman olganda, bugun jahon hamjamiyatining teng huquqli a'zosi sifatida tobora barqaror rivojlanayotgan Yangi O'zbekistonning xalqaro imidji tobora yuksalib borayotganligini barchamiz ko'rib turibmiz. Jahon miqyosida 200 dan ortiq mamlakatning so'nggi yillardagi rivojlanish sur'ati bilan solishtiradigan bo'lsak, O'zbekiston nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy barqarorlik va rivojlanish dinamikasi jihatdan ham katta yutuqlarni qo'lga kiritib kelmoqda. Inson huquqlaridan tortib, so'z erkinligi, vijdon erkinligi, siyosiy faollik, siyosiy madaniyatning yuksalishi va xokazo ko'rsatkichlar borasida ham O'zbekiston maqtanishga arzigulik muvaffaqiyatlarni qo'lga kiritdi. AQSH Davlat kotibining Janubiy va Markaziy Osiyo masalalari bo'yicha yordamchisi o'rinbosari Elis Uells "Amerika ovozi" teleradiosiga bergan intervyusida shunday degan edi: "O'zbekiston uzoq yillar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

mobaynida mintaqa va bugun dunyoga ochilishni istamadi. Mintaqaviy hamkorlik yo'lidan bormadi. Endi yangi yo'l tuta boshladi. Bu O'zbekiston ravnaqiga xizmat qiladi, albatta. Sarmoyadorlarga yo'l ochib, mamlakatni ham o'z qudrati, ham chet ellik hamkorlar yordami bilan rivojlantirish payti keldi" [2].

Eng quvonarlisi, so'nggi olti yilda Yangi O'zbekistoning siyosiy taraqqiyotini dunyoning nufuzli ekspertlari, siyosatchilari va taraqqiyot borasida katta yutuqlarni qo'lga kiritgan davlatlar tomonidan e'tirof etilmoqda va dunyoviy rivojlanish borasidagi bunday islohotlar ular tomonidan qo'llab-quvvatlanmoqda, katta qiziqish bilan kuzatib borilmoqda. Mamlakatimiz rahbari ta'kidlaganidek, "Yangi O'zbekiston - demokratiya, inson huquq va erkinliklari borasida umume'tirof etilgan norma va prinsiplarga qat'iy amal qilgan holda, jahon hamjamiyati bilan do'stona hamkorlik tamoyillari asosida rivojlanadigan, pirovard maqsadi xalqimiz uchun erkin, obod va farovon hayot yaratib berishdan iborat bo'lgan davlatdir" [3] .

Siyosiy o'zgarishlar, islohotlarku juda yaxshi. Ayniqsa, siyosiy erkinlikning bunday imkoniyatlaridan nafaqat bunyodkor kuchlar, balki destruktiv kuchlarning ham foydalanishga bo'lgan intilishlari, mamlakatning siyosiy barqarorligiga putur yetkazish, dunyoviy davlatchilik tomorlariga bolta urish, uning xavfsizligi va barqarorligiga katta ziyon yetkazish umidida yurgan kuchlarning ham payt poylab turganliklarini aslo unutmasligimiz kerak. Zero, ularga qarshi samarali kurash, bir tomondan dunyo hamjamiyati tomonidan o'ta ehtiyotkorlik bilan kuzatib borilsa, ikkinchi tomondan mamlakatimizning xalqaro maydondagi imidjiga katta ta'sir ko'rsatadigan omil sifatida baholanishini ham alohida qayd etmog'imiz lozim.

Ma'lumki, xalqaro maydondagi bugungi nufuzimiz, mamlakatimining jahon miqyosidagi tobora yuksalib, mutahkamlanib borayotgan imidji bundan bor yo'g'i 6 -7 yil oldin terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish borasidagi uslublarni qo'llashniga imkoniyat bermoydi. Bugun xalqaro hamjamiyat davlatimizni jadal siyosiy islohotlarni amalga oshirayotgan Yangi O'zbekiston sifatida ko'rmoqda. Demak, mamlakat, birinchi galda, davlatimizning barqarorligi va xavfsizligini, jamiyat tinchligini ta'minlash uchun avvalo, xalqaro maydondagi nufuzimizdan, salohiyatimizdan, amalga oshirayotgan keng ko'lamli isloholarning demokratik ruhidan kelib chiqib yondashishni zamonning o'zi talab qilmoqda.

O'zbekiston butunlay ekstremistik yoki fundamentalistik qarashardan holi mamlakat deya e'tirof etishimizning o'z haqiqat emas. Buni inkor ham qila olmaymiz. Zero, dunyodagi mana-man degan mamlakatlarning hech biri butunlay barqarorlikni kafolatlay olmagidek, O'zbekiston ham bunday muammolardan butunlay mustasno emas. Mamlakatimiz aholisining 90 foizdan ortig'ini islom diniga e'tiqod qiluvchilar

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

tashki qilishini hisobga oladigan bo'lsa, islom dinini niqob qilib olgan ekstremistik, va terroristik kuchlarning maqsadlari bizga ham qaratilganligini, O'zbekistonning keng ko'lamli geosiyosiy manfaatlar to'qnashadigan hududda joylashganligi, yon qo'shni mamlakatlarimizda islomiy ekstremizning o'chog'i mavjudligini va xokazo omillarni hisobga oladigan bo'lsak, davlatimizning diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashishga majburligini, ammo, bunday ma'lum bir talablar va ehtiyotkorliklarni albatta hisobga olishimiz kerakligini yaxshi anglaymiz.

Bugungi kun globallashuv yaratgan imkoniyatlardan biri bo'lgan axborot sohasidagi terrorizm va eksremizmning salbiy ta'sirlaridan na aholimiz va o'sib kelayotgan yoshlarimiz samarali himoyalangan deya olmaymiz. Sababi, turli ijtimoiy tarmoqlar va internet resurslarining tobora keng qo'loch yoyib, ko'plab ongu-tafakkuri yaxshi shakllanib ulgurmagan yoshlarni o'z domiga tortayotganligini, erkinlikning bunday imkoniyatlaridan ekstremistik kuchlar o'ta samarali foydalanayotganligini ko'rib turibmiz. Nafaqat ko'rib, balki jamiyatimizning, davlatimizning, ko'plab fuqarolarimizning bundan katta jabr chekayotganligiga ham guvoh bo'lib turibmiz.

Ayniqsa, ko'plab terroristik va ekstremistik ruhdagi tashkilotlarning yoshlarni o'z ortidan ergashtirishning zamonaviy usul va vositalaridan samarali foydalanayotganligi, ularni terroristik tashkilotlar safiga jalb qilish, ruhiyatiga fundamentalistik g'oyalarni singdirayotganligi, oxir-oqibat o'z so'zlaridan chiqa olmaydigan manqurtlar guruhini shakllantirgan holda, ularni o'z vataniga davlatiga qarshi qayrayotganligi, "islomiy davlat" tuzish chaqirig'i ostida esa davlat barqarorligini izdan chiqarish va katta geosiyosiy o'yinchilarning manfaatlarini amalga oshirish uchun yo'naltirayotganligidir.

Ma'lumki, bunday g'arazli maqsadlarni o'z oldiga qo'ygan kuchlarga qarshi zarba berish, bu yo'nalishdagi turli salbiy voqeliklarga qarshi kurashish borasida O'zbekistonda katta tajriba to'plangan. Qudratimiz, salohiyatimiz, kuchimiz bunday destruktiv kuchlarni bartaraf etishga yetadi. Ammo..., yuqorida ta'kidlab o'tganimizdek, bunday kurashlarning tobora takomillashib borayotganligi sharoitida ularga qarshi kurashishning yanada samarali va foydali, mamlakat imidjiga salbiy ta'sir ko'rsatmaydigan, dunyoviy davlatchilik tamoyillariga zid bo'lmagan uslublarini ishlab chiqish va ulardan foydalanishni zamonning o'zi bizdan taqazo qilmoqda.

Chunki, davlatimiz so'nggi besh olti yil davomida inson huquqlarini muqaddas bilib, siyosiy huquq va erkinliklarni, so'z va vijdon erkinligini ta'minlash borasida juda katta ijobiy islohotlarni amalga oshirdi. Xalqaro maydondagi obro'-e'tiborini, nufuzini va imidjini yuksaltirish borasida misqollab yig'gan obro'sini saqlashi,

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

terroristik tashkilotlarga bilib-bilmay kirib qolgan shaxslarga nisbatan munosabatda dunyoning ma'rifatli davlatlari tutgan yo'ldan borishi zamonning talabi ekanligini ham e'tirof etmoq lozim. Bunda oqni oq, qorani qoraga aniq ajratish, odil so'dlovni amalga oshirish, mahbuslarga jismoniy zarar yetkazmaslik, ularning ruhiy va ma'rifiy reabilitatsiyasiga alohida e'tibor qaratish masalalari bizdan katta siyosiy bilimlarni, islohotlarni talab qiladi.

Yon atrofimizda yuz berayotgan hodisalarni tahlil qiladigan bo'lsak, hukumatlar, davlatlar yoki jamiyatlarning barqarorligiga katta salbiy ta'sir ko'rsatadigan asosiy holat, yutqazishining asosiy omili - bu ma'naviy xavfsizlikni ta'minlash, mafkuraviy bo'shliqni to'ldira olmaslik, targ'ibot ishlarida suskashlikka yo'l qo'yayotganligi, axborot maydonida o'z vaqtida samarali shijoat ko'rsata olmayotanligidir. Terroristik va ekstremistik kuchlar esa o'z "mafkuraviy qaram"lariga doimo "jannat" va'da qilishi va buning uchun muqaddas islom dinining g'oyalaridan, shuningdek, axborot tarqatishning eng zamonaviy uslublaridan foydalanayotganligi ularning ba'zida ta'siri ortishiga ham xizmat qilayotganligini afsuslar bilan qayd etishimish lozim.

Biz ham bu yo'lda avvalo jamiyatda ma'rifatparvarlik g'oyalaridan, zamonaviy targ'ibot uslublaridan, bugungi kun dunyo siyosatida ro'y berayotgan zamonaviy tendensiyalardan, milliy va mahalliy, hududiy va mintaqaviy xususiyatlarimizdan kelib chiqqan holda amalga oshirilmog'i joiz. Ma'lumki, Markaziy Osiyoda ro'y beradigan har qanday ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va harbiy jarayonlar jahon hamjamiyatining diqqat markazida turadi va bunday jarayonlarga turli-tuman baholar beriladi. Agarki, diniy ekstremizm va terrorizmga kurash jarayonida kuch tuzilmalari o'z vakolatlarini sal oshiradigan bo'lsalar, yoki davlat organlarining faoliyatida bu masala yuzasidan biroz qat'iy choralar ko'rilsa, birdaniga dunyo axborot makoni "O'zbekistonda inson huquqlari poymol bo'lmoqda, insonlarning diniy huquq va erkinliklari buzilmoqda" va xokazo asosli asossiz, isbot qilinmagan xabarar bilan portlaydi. Bu esa mamlakatimizning, davlatmizning, olib borilayotgan islohotlar va o'zgarishlarining xalqaro va ichki imidjga juda katta salbiy ta'sir ko'rsatadigan omilga aylanishi turgan gap.

Demak, asosiy vazifamiz, jamiyatda diniy ekstremizm va fundamentalizmga qarshi kurashish immunitetini rivojlantirish, ma'rifatparvarlik salohiyatini kuchaytirish, eng zamonaviy axborot texnologiyalarning bugungi kun imkoniyatlaridan mutaxassislarimizu, olimlarimizning foydalana olish qobiliyatlarini yanada kuchaytirish imkoniyatlariga albatta alohida e'tibor qaratmog'imiz lozim.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 12 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Shuningdek, bu borada davlat siyosati doirasida ma'lum bir ijtimoiy, mafkuraviy, ma'naviy dasturlarni kuchaytirish, fuqarolarimizda mafkuraviy immunitetni kuchaytirish va g'oyaviy kurashlar frontida faol bo'lgan olimlarni, ekspetlarni, ma'rifatparvarlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlashga alohida e'tibor qaratilmog'i lozim.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021 yil 7 dekabrdagi Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi. https://president.uz/uz/lists/view/4815

2. Uells E. Buyuk maqsadlarni amalga oshirish hamisha juda qiyin bo'lgan. -URL.: http://uza.uz/oz/politics/buyuk-ma-sadlarni-amalga-oshirish-amisha-zhuda-iyin-b-lgan-27-02-2018.

3. Yangi O'zbekiston demokratik o'zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O'zbekiston" gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari. https://president.uz/uz/lists/view/4547

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.