Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TA’LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY MUHITNING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TA’LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY MUHITNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
maktabgacha yosh / shaxs / ta'lim / tarbiya / mazmun / rivojlanish / qadriyatlar / ijtimoiylashuv.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Boboxonova Gulshan Igamberdievna, Raximova Gulxayyo Niuriddin Qizi

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasida va rivojlanishida ijtimoiy muhitning ahamiyati, bola shaxsi kamolotida ijtimoiy omillarning o'rni haqida ma'lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TA’LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY MUHITNING AHAMIYATI»

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING TA'LIM-TARBIYASI VA RIVOJLANISHIDA IJTIMOIY MUHITNING

AHAMIYATI

1Boboxonova Gulshan Igamberdievna, 2Raximova Gulxayyo Niuriddin qizi

1Karmana tumani 12-son DMTT direktori, 2Shahrisabz tumani 40-son DMTT direktori https://doi.org/10.5281/zenodo.11293533

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning ta'lim-tarbiyasida va rivojlanishida ijtimoiy muhitning ahamiyati, bola shaxsi kamolotida ijtimoiy omillarning o'rni haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: maktabgachayosh, shaxs, ta'lim, tarbiya, mazmun, rivojlanish, qadriyatlar, ijtimoiylashuv.

Аннотация. В статье представлены сведения о значении социальной среды в воспитании и развитии детей дошкольного возраста, роли социальных факторов в развитии личности ребенка.

Ключевые слова: дошкольный возраст, личность, образование, воспитание, содержание, развитие, ценности, социализация.

Abstract. The article presents information about the importance of the social environment in the upbringing and development of preschool children, the role of social factors in the development of the childs personality.

Keywords: preschool age, personality, education, upbringing, content, development, values, socialization.

Insonni har tomonlama barkamol etib tarbiyalash jamiyat oldidagi eng dolzarb masala sifatida qaralib, xalqimizning azaliy orzusi bo'lib, ajdodlarimiz ma'rifat, ma'naviyat va madaniyatni qanday qilib yosh avlodga o'rgatish, ularni komillikka yetaklash yo'llari, qonun-qoidalarini muttasil izlaganlar.

Ota-bobolarimiz azaldan bola tarbiyasi kamolotiga alohida e'tibor qaratganlar. Inson shaxsini ma'naviy kamolga yetkazish yuksak xulq-odob, ilm-fanni egallash asosidagina amalga oshirilishi mumkinligini ta'kidlaganlar. Buning uchun esa shaxs ta'lim-tarbiyasi va rivojlanishiga jiddiy e'tibor qaratmoq lozimligini aytadilar.

Shaxs - ta'lim tizimining bosh subyekti va obyekti, ta'lim sohasidagi xizmatlarning iste'molchisi va ularni amalga oshiruvchisi sifatida qaraladi. Shaxs -muayyan jamiyatning a'zosidir. Shaxsning har tomonlama kamol topishida va uning xulq-atvorida ijtimoiy va biologik omillarning ta'sir kuchi hamisha ham bir xil bo'lavermaydi. Uning xulqiga, munosabatlariga vaziyatlar, vositalar, ijtimoiy omillar ham ta'sir etadi.

Shaxsning kamolga yetishida, jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishida, nasl-irsiyat, ijtimoiy muhit, ta'lim-tarbiya muhim ahamiyatga ega albatta. Shaxs qaysi jamiyatda yashasa, shu jamiyat hayotidagi qonun-qoidalarga, shu jamiyat ijtimoiy iqlimiga asoslanib kamol topadi. Va o'z navbatida har bir odam shaxs sifatida turlicha namoyon bo'ladi. O'zining qobiliyati, o'zining o'rni, xarakteri, qiziqishi, aqliy rivojlanganlik darajasi, ehtiyoji va mehnat faoliyatiga munosabati, atrofga munosabati, menligi bilan farqlanadi.

Rivojlanish kishidagi tabiiy, jismoniy, ruhiy va ijtimoiy jarayon bo'lib, u barcha tug'ma va egallangan miqdor va sifat o'zgarishlarini o'z ichiga oladi.

Jismoniy rivojlanish bu - o'sishi, vaznning ortishi, sezgi a'zolarining mukammallashuvi, harakatlarni to'g'ri boshqara bilish bilan bog'liq jarayondir.

Ruhiy rivojlanishda esa bu - insondagi psixologik sifatlar belgilarning shakllanishi, emotsional irodaviy, bilish jarayonida muhim o'zgarishlar ro'y berishidir.

Bolaning ijtimoiy rivojlanishi eng avvalo oilada u ijtimoiy hayotda qatnasha boshlaganda uning xulqida, tevarak-atrofga bo'lgan munosabatida namoyon bo'ladi.

Shaxsning shakllanishi kishilik jamiyati tomonidan yaratilgan ijtimoiy-tarixiy tajribani mukammal o'zlashtirish, ta'lim-tarbiya berish orqali amalga oshiriladi. Bu turlicha faoliyatlarda yuzaga keladigan jarayondir.

Bolalar egallashlari lozim bo'lgan ijtimoiy-tarixiy tajribalar kattalar tomonidan ta'lim-tarbiya jarayonida, turli xil vaziyatlarda muntazam amalga oshirilib boriladi. Tarbiya va ta'limning mazmuni, vositalari, metodlari, bolaning rivojlanish jarayoni ularning yoshiga qarab izohlanadi. Jumladan, 3 yoshdagi kichik bolalar bilan ish olib borilganda ularning mustaqil hayotga butunlay moslashmaganligi hisobga olgan holda ish tutiladi. Bola ulg'aygan sari uning mustaqilligi, ijtimoiy hayotga moslashuvchanligi oshib boradi. O'z navbatida ta'lim-tarbiyaviy ishlarning mazmuni, vazifalari, vositalari, ijtimoiy agentlar, ijtimoiy muhitlar o'zgaradi. Bolalarning bilishga bo'lgan ehtiyojlari ta'lim-tarbiya ishini murakkablashtirish imkonini beradi. Ijtimoiy-tarixiy tajribani o'zlashtirish asosan faol ish jarayonlarida ro'y beradi. Faollik bolaga xos xususiyatdir. Tarbiya jarayonlaridagi - faollik asosida faoliyatning har xil turlari shakllanadi boshlaydi. Faoliyatlar bola hayotidagi bilim, ko'nikma malakalarning ortib borishiga asos bo'lib xizmat qiladi.

Ta'lim-tarbiya orqali amalga oshiriladigan turli faoliyatlarni maktabgacha yoshdagi bolalar bir vaqtning o'zida o'zlashtira olmaydilar. Ularni bolalar tarbiyachi rahbarligida, uning yordamida sekin-asta egallab boradilar.

Bolalar hayotidagi ilk faoliyatlarning eng oddiylari undagi shaxsiy qobiliyatlar, xususiyatlar, aqliy salohiyati, menligi, tevarak-atrofga ma'lum bir munosabatning shakllanishiga asos bo'lib xizmat qiladi. Bolada dastlabki ijtimoiy moslashuvchanlik, dastlabki harakat va tasavvurlar, taassurotlar shakllana boshlaydi.

Harakat usullarini egallab borish orqali bolada faollik sekin-asta rivojlanadi. Ammo faollikning qay darajada rivojlanib borishi ham irsiyatga ham taqlidchanlik qobiliyatiga bog'liq. Bola tabiatida taqlidchanlik borligini hammamiz yaxshi bilamiz. Bola hayotining ilk dastlabki yillarida kattalar bilan bo'ladigan har bir munosabati va narsa-buyumlar ishtirokida bajargan harakatlari asosiy faoliyat turi hisoblanadi. Bola bilan muomala qilish orqali kattalar ularni asta-sekin ijtimoiy faoliyatga olib kiradilar.

Mana shu yo'llar bilan bola faoliyatning o'ziga xos tomonlarini egallab boradilar.

Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro'y beradi, inson tarbiyasi uning kamoloti yo'lidagi bunyodkorlik mehnatida, oila instituti, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy vazifalarini hal etishda namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi 2022-2026-yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to'g'risida PF-60 farmoni.

2. Belaya K.Yu. Maktabgacha ta'lim muassasasi uchun qo'llanma: Nazorat va diagnostika funktsiyasi. - M.: Sfera savdo markazi, 2005. - 93.

3. Vinogradova, N.A. Maktabgacha ta'lim muassasalarida uslubiy ishlar. Samarali shakl va usullar: usul. / N.A. Vinogradova, N.V. Miklyaeva, Yu.N. Rodionova. - M .: Iris - matbuot, 2008. - 192 p.

4. Kalmuratov T.N. Issues of Improving the Management of Family Non-Governmental Preschool Education Organizations. International Journal of Social Science Research and Review, http://ijssrr.com editor@ijssrr.com Volume 4, Issue 4 November, 2021 Pages: 135139.5 bet

5. Valiyeva F.R. To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021

6. Olimov Q.T, Li D.Ye, Mavlonov N.Sh, Technology of creation electronic textbooks on special disciplines for vocational education, J: Xalqaro ilmiy jurnal "Vestnik nauki" 2020-yil 23-fevral № 2 (23)

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.