Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KASBGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARNI QO’LLASH TEXNOLOGIYASI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KASBGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARNI QO’LLASH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
767
62
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
interfaol / maktabgacha ta’lim tashkiloti / metod / tarbiyachi / tarbiyalanuvchi / bilim / ko’nikma / jamoaviylik. / interactive / preschool educational organization / method / educator / educator / knowledge / skills / community.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. Ismoilova

Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning kasbga bo’lgan qiziqishlarini shakllantirishda interfaol metodlarni qo’llashning ahamiyati, interfaol metodlarni amalda qo’llashning samarali natijalari haqida so’z yuritildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE TECHNOLOGY OF USING INTERACTIVE TECHNIQUES IN THE FORMATION OF PRESCHOOL CHILDREN'S INTERESTS IN THE PROFESSION

The article talked about the importance of using interactive techniques in the formation of preschool children';s interests in the profession, about the effective results of the practical application of interactive techniques.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KASBGA BO’LGAN QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARNI QO’LLASH TEXNOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING KASBGA BO'LGAN QIZIQISHLARINI SHAKLLANTIRISHDA INTERFAOL METODLARNI QO'LLASH

TEXNOLOGIYASI Ismoilova Shaxnoza Baxtiyor qizi

Nizomiy nomidagi TDPU maktabgacha ta'lim pedagogikasi va psixologiyasi kafedrasi

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.7444971 Annotasiya. Maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarning kasbga bo'lgan qiziqishlarini shakllantirishda interfaol metodlarni qo'llashning ahamiyati, interfaol metodlarni amalda qo'llashning samarali natijalari haqida so'z yuritildi.

Kalit so'zlar: interfaol, maktabgacha ta'lim tashkiloti, metod, tarbiyachi, tarbiyalanuvchi, bilim, ko'nikma, jamoaviylik.

ТЕХНОЛОГИЯ ПРИМЕНЕНИЯ ИНТЕРАКТИВНЫХ МЕТОДОВ В ФОРМИРОВАНИИ ИНТЕРЕСА ДОШКОЛЬНИКОВ К ПРОФЕССИИ Аннотация. В статье говорилось о значении применения интерактивных методов в формировании интереса дошкольников к профессии, об эффективных результатах применения интерактивных методов на практике.

Ключевые слова: интерактивный, дошкольная организация, метод, воспитатель, воспитанник, знания, умения, коллективность.

THE TECHNOLOGY OF USING INTERACTIVE TECHNIQUES IN THE FORMATION OF PRESCHOOL CHILDREN'S INTERESTS IN THE PROFESSION Abstract. The article talked about the importance of using interactive techniques in the formation of preschool children's interests in the profession, about the effective results of the practical application of interactive techniques.

Keywords: interactive, preschool educational organization, method, educator, educator, knowledge, skills, community.

Maktabgacha tarbiya yoshi pedagogik ta'sir uchun eng qulay payt hisoblanib, bu davrda bola vatanni sevish, ota-onaga muhabbat, o'zaro do'stona munosabatlar, jamoaviylik, mehnatni sevish, har qanday inson faoliyatini hurmat qilish bilan bir qatorda kasbga bo'lgan qiziqishlari ham sekin-asta shakllanib boradi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida asosiy bilimlarni shakllantirishning eng birinchi bosqichi kasblar orqali bolalarga ma'lumot yetkazishdan iboratdir. Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi bolalarni kasbga qiziqtirishi va ma'lum kasbga nisbatan qobiliyatlarini aniqlashi aynan shu qobiliyatlarni rivojlantirishi muhim sanaladi. Buning uchun tarbiyachi beshta markazda tarbiyalanuvchilar faoliyatlarini samarali olib borishi, ertaklar, she'rlar, kasbiy faoliyatlar haqida ma'lumot beruvchi sahna ko'rinishlari, topishmoqlar, maqollar, kasbga oid rasmlar, noana'naviy ta'lim metodlari hamda sayrda ham bolalarning kasbga bo'lgan qiziqishlarini oshirishda o'zining pedagogik mahoratini ko'rsata bilishi lozim.

Bolalar bilan ishlashda markazlardagi faoliyatlarni to'g'ri va yoshga mos ravishda tashkil qilmasdan turib, muvaffaqiyatli natijaga erishib bo'lmaydi. Shuning uchun ham tarbiyachi bolalarni kasbga qiziqtirishda avvalo bolalarning yoshi va ularning individual xususiyatlarini inobatga olishi lozim. Bu borada ota-onalar bilan hamkorlikni to'g'ri yo'lga qo'yish ham muhimdir. Markazlardagi faoliyatlardan so'ng kasblar to'g'risida bolalarga uyda o'rganib

2157

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kelishlari uchun vazifa beriladi va ushbu vazifani bajarishda ota-onalar ham bevosita ishtirok etadilar.

Bolalarni kattalar dunyosi bilan tanishtirish orqali kasbga bo'lgan qiziqishlarini oshirish kattalar va tengdoshlari bilan o'zaro munosabatlarining ijtimoiy tajribasini to'plashga, bir-biriga hurmat va o'zaro do'stona munosabatlarni shakllantirish orqali birgalikda mehnat qilish ko'nikmalarini shakllantiradi. Bundan tashqari bolalar o'zlarining va kattalarning hissiy holatini tushunishga, o'z his-tuyg'ularini mimika, so'z, imo-ishoralar orqali ifoda etishga o'rganadilar. Nafaqat kattalar dunyosi bilan tanishtirish balki maktabgacha ta'lim tashkilotida faoliyat yuritayotgan hodimlarning ish faoliyatini kuzatish, ular bilan suhbat tashkil etish ham ko'zlangan maqsadga samarali erishishga yordam beradi.

Markazlar faoliyatida kutilgan natijaga erishish uchun tarbiyachi interfaol metodlar orqali bolalarga kasblar haqida ma'lumotlar berib, kasbga bo'lgan qiziqishlarini oshirib borishi lozim. Buning uchun interfaol metodlardan samarali foydalanish maqsadga muvofiq. Masalan, tarbiyachi markazlar faoliyatida "Yashiringan kasblar", "U kim?", "Qaysi kasb egalariga tegishli predmet?", "Qiziqarli kasb" va xokazo interfaol metodlar orqali bolalarning kasbga bo'lgan qiziqishlarini oshirib boradi.

"Yashiringan kasblar" nomli interfaol metodni markazlar faoliyatida qo'llash katta guruhlarda olib boriladi. Tarbiyachi ushbu interfaol metodni qo'llashdan avval bolalarni interfaol metodning mazmuni bilan tanishtiradi. Tarbiyachi tomonidan kerakli ko'rgazmali qurollar oldindan tayyorlab qo'yilgan bo'lishi lozim. Bolalar guruhlarga ajralib uzoqroq masofada turgan kubiklar tomonga birma bir yugurib borib kubiklar ortiga yashiringan suratlarda qaysi kasb egalari ifodalangani haqida ma'lumot berib yana joylarini egallaydilar. Ushbu metod bolalarning ham jismoniy rivojlanish ko'rsatkichlarini oshirishda hamda kasblar haqida bilimlarini mustahkamlashga yordam beradi.

"Qaysi kasb egalariga tegishli predmet" interfaol metodini qo'llash orqali bolalarning kasbga bo'lgan qiziqishlarini oshirish bilan bir qatorda, topqirlik, zukkolik, jamoa bo'lib ishlash kabi sifatlari shakllanadi va qaysi predmet qaysi kasb egalariga tegishli ekani haqida ma'lumotlarga ega bo'lish orqali kasblar haqida yanada ko'proq ma'lumotlarga ega bo'ladilar.

Xulosa qilib aytganda, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida interfaol metodlarni qo'llash bizga muammolarni muvaffaqiyatli hal qilish imkonini beradi: kattalar va bolalar o'rtasida erkin muloqotni shakllantirish, bolalarning og'zaki nutqini rivojlantirish, bolalar o'z fikr-mulohazalari, his-tuyg'ulari va istaklarini erkin ifodalay olish, bilim va ko'nikmalariga asoslanib o'z qarorlarini qabul qila olish ko'nikmalariga ega bo'ladilar.

Shunday qilib, interfaol pedagogik texnologiyadan mohirona foydalanish bolalar bilimini oshirishda yuqori samaradorlik beradi. Bolani shaxs sifatida tarbiyalash esa, zamonaviy-innovatsion pedagogik texnologiyalariga professional ega bo'lgan, ularni o'z ishi amaliyotida qo'llay oladigan tarbiyachigina erisha oladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim Vazirligi "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim tashkilotining o'quv dasturi.

2. Bolalar bog'chasida interaktiv pedagogika. Asboblar to'plami/Ed.N.V. Miklyaeva.-M.: Jurnal kutubxonasi 2012

2158

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

3. Мах,камов, У., Жуманова, Ф., & Равшанов, Ж. (2020). БУЛАЖАК У^ИТУБЧИЛАРНИ ТАРБИЯВИЙ ИШЛАРИНИ ТАШКИЛ ЭТИШ ВА БОШ^АРИШГА ТАЙЁРЛАШ. Academic research in educational sciences, (3), 815-830.

4. Gaynazarova G.A. Actual Problems of Continuous Qualification Improving of Preschool Educational Institution Tutors // Eastern European Scientific Journal.Ausgabe, ISSN 21997977, DOI 10.12851/EESJ201808. - Germany, 2018.- №4 - Pp.104-109. (13.00.00; №3)

5. Ёзиева, У., & Абдиева, Ф. (2021). Maktabgacha ta'lim tashkiloti samaradorligini oshirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish muammolari. Общество и инновации, 2(11/S), 111-114.

6. Akramova, D. (2022). BO'LAJAK PEDAGOG-PSIXOLOGLARNING MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMIDAGI FAOLIYATI. Science and innovation, 7(B8), 322-326.

7. Eshchanova, G. (2022). MАKTАBGАCHА TА'LIM TIZIMIDАGI ISLОHОTLАR SОTSАLIZАTSIYАSI. Science and innovation, 7(B8), 561-564.

2159

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.