Научная статья на тему 'MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY TARBIYASI'

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY TARBIYASI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
8
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
jismlniy tarbiya / harakat / faoliyat / mashq / sport / bola / tarbiyachi. / physical education / action / activity / exercise / sport / child / educator.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Ergasheva S.

Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda sog’lom muhitni shakllantirish va bolalarning harakat faoliyatini kuchaytirish haqida fikrmulohazalar bildirilgan. Shuningdek, maktabgachayoshdagibolalarningjismoniytarbiyasi, sport mashg’ulotlarinibajarishihaqidaqaydetilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHYSICAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN

This article provides feedback on creating a healthy environment for preschool children and strengthening children's physical activity. It is also mentioned about the physical education and sports activities of preschool children.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY TARBIYASI»

Ergasheva S.

2-bosqich talabasi Andijon davlatpedagogika instituti Maktabgacha talim yo'nalishi

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNING JISMONIY

TARBIYASI

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha yoshdagi bolalarda sog 'lom muhitni shakllantirish va bolalarning harakatfaoliyatini kuchaytirish haqidafikr-mulohazalar bildirilgan. Shuningdek,

maktabgachayoshdagibolalarningjismoniytarbiyasi, sport

mashg'ulotlarinibajarishihaqidaqaydetilgan.

Kalitso'zlar: jismlniy tarbiya, harakat, faoliyat, mashq, sport, bola, tarbiyachi.

Ergasheva S.

2nd year graduate student The direction of preschool education Andijan State Pedagogical Institute

PHYSICAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN

Abstract. This article provides feedback on creating a healthy environment for preschool children and strengthening children's physical activity. It is also mentioned about the physical education and sports activities of preschool children.

Keywords: physical education, action, activity, exercise, sport, child, educator.

Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, oilada jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni soglom va baquvvat qilib o'stirish, ular organizmini chiniqtirish, ta'lim va tarbiyani to'g'ri tashkil etishdan iboratdir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning soglomlashtirish vazifalari - bu jismoniy tarbiyaning eng asosiy vazifasi bolib, bola hayotini muhofaza qilish, uning soglig'ini mustahkamlash, organizmini chiniqtirish yo'li bilan o'zini himoya qilish va turli kasalliklarga chidamlilik xislatlarini oshirishdan iborat.

Jismoniy tarbiya jarayonida bolalarni harakatga o'rgatish tarbiyachining bevosita rahbarligi hamda uning kuzatuvi ostidagi bolalarning mustaqil faoliyatida amalga oshiriladi. Harakat faoliyatiga o'rgatishda bolaning anglash, irodaviy va emotsional kuchlari rivojlanadi hamda uning amaliy harakat konikmalari shakllanadi. Harakatlarga o'rgatish bola ichki dunyosi his-tuyg'usi, tafakkuri, asta-sekinshakllanadigan dunyoqarashi, axloqiy fazilatlariga; bolalar

tomonidan bajariladigan, salomatlik va umum-jismoniy rivojlanish uchun foydali bolgan harakat faoliyatiga maqsadga yo'nalgan tarzda ta'sir etadi. Ta'lim mazmunini muvofiq maktabgacha yoshdagi bolalar ta'lim-tarbiyasiga qo'yiladigan davlat talablari asosida tanlangan jismoniy mashqlar, harakatli o'yinlar tashkil etadi. Ta'lim jarayonida kattalar bolalarga maqsadga yo'naltirilgan faoliyatning tajribasini beradi. Uning mazmuniga rivojlanish va takomillashishiga xizmat qiluvchi harakatlarni egallash tajribasi ham kiradi. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilan ishlashda ularning yosh xususiyatlarini hisobga olish juda zarur, bolaning ongli harakat faoliyatida asqotadigan ayrim bilimlar; bolani harakatlarga o'rgatuvchi faoliyat metodlari, faoliyat va ularni amalga oshirishning malaka va konikmalari haqidagi bilimlar birligi ish jarayonlaridan kelib chiqqan holda tarkibiy qismlarni tashkil etadi. Qismlardan biri ijodiy faoliyat tajribasi hisoblanadi. Bolalikdan mustaqil fikrlashga o'rgatilmagan va hamma narsani tayyor berilgandan so'ng o'zlashtiradigan kishi unga tabiat tomonidan berilgan sifatlarni namoyon qila olmaydi. Shuning uchun jamiyat yosh avlodning ijodiy faoliyatga o'rganishiga tamoman befarq qarab turolmaydi. Harakat faoliyatini tarbiyalash jarayonida kattalar (ota-onalar, tarbiyachilar) bolalar rivojlanishining psixofiziologik xususiyatlarini hisobga olgan holda, ular oldiga yangi harakat vazifalarini qo'yadilar. Bolaning mashqlar jarayonida yangi harakat vazifalarini tobora hal eta borishi va shu bilan bogliq ravishda vujudga keladigan katta imkoniyatlar harakatlar xarakteri va sifatini o'zgartiradi. Bu yosh davri uchun juda xarakterli bolgan narsa yangi mashqlarga o'rgatish jarayonida go'yo bir aylanib yangicha sifat kasb etadi.

Jismoniy tarbiya nazariyasi ilk yoshdagi va maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarning quyidagi psixofiziologik xususiyatlarini o'z ichiga oladi: Organizmning ish qobiliyati imkoniyatlari, yuzaga keluvchi qiziqish va ehtiyojlar, ko'rgazmali harakat, ko'rgazmali obraz va mantiqiy tafakkurformalari, ustun turuvchi faoliyat turning o'ziga xosligi, bu faoliyat rivojlanishi bilan bog'liq ravishda bola psixikasida muhim o'zgarishlar kechadi va "Bolaning yangi oliy rivojlanish bosqichiga o'tishi"ga tayyorlanadi. Shunga muvofiq bolalar jismoniy tarbiya nazariyasi, jismoniy tarbiyani tashkil qilish va ularni optimal pedagogik sharoitlarda amalga oshirishning barcha formalari mazmunini ishlab chiqadi. Jismoniy tarbiya nazariyasi har bir yosh bosqichdagi bolaning potensial imkoniyatlari qonuniyatlarini o'rganib va hisobga olib, jismoniy tarbiyaning butun ta'lim-tarbiya kompleksi ilmiy asoslangan dasturi talablarini (harakat, ko'nikma va malakalari, jismoniy sifatlar, ba'zi elementar bilimlarni) ko'zda tutadi. Ularni o'zlashtirish bolalarni maktabda o'qishi uchun zarur jismoniy tayyorgarlik darajasini ta'minlash imkonini beradi. Jismoniy tarbiya shaxsni har tomonlama tarbiyalash ishining muhim komponenti hisoblanadi, aynipaytda u aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi vazifalarini kompleks tarzda hal etadi. Bolalar jismoniy tarbiyasini tashkil etishning turli shakllarida (mashg'ulotlar, harakatli o'yinlar, mustaqil harakat faoliyati va h.k.) tarbiyachining e'tibori fikrlaydigan, o'z yosh imkoniyatlariga ko'ra ongli harakat qiladigan, harakat

ko'nikmalarini muvaffaqiyat bilan egallaydigan, atrof-muhitda mo'ljal ola biladigan, uchraydigan qiyinchiliklarni faol tarzda bartaraf etadigan, ijodiy izlanishga intiladigan bolani tarbiyalashga qaratiladi. Bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi to'xtovsiz rivojlanmoqda va bola tarbiyasining turli tomonlarini qamrab oluvchi tadqiqotlar natijasida olinayotgan yangi bilimlar hisobiga boyib bormoqda. Bolalar muassasalarining ommaviy tajribasida sinovdan o'tgan tadqiqot natijalari dasturlar, o'quv qo'llanmalari, darsliklarga kiritilmoqda va bolalar bilan ishlash amaliyotiga joriy qilinmoqda. Bu butun ta'lim tarbiya jarayonining taraqqiyotiga yordam beradi. Shunday qilib, maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy tarbiyalash nazariyasi butun jismoniy tarbiya tizimini takomillashtirishga yordam beradi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, oilada jismoniy tarbiyalashning asosiy vazifalari ularni sog'lom va baquvvat qilib o'stirish, ular organizmini chiniqtirish, ta'lim va tarbiyani to'g'ri tashkil etishdan iboratdir.Ta'lim jarayonini tashkil etish bolalarni ular kuchi yetadigan mehnat harakatlarida mashq qildirish imkonini beradi. Tarbiyachi bolalardan jismoniy tarbiya jihozlarini ozlari tartibli va toza saqlashlarini (ixcham o'raglan bayroqchalar, dazmollangan lenta, romolchalar va h.k.) muntazam talab qilib turadi. Bu haqida birinchi navbatda navbatchilar qayg uradilar va zarur buyumlarni avaylab joylashtiradilar. Shu bilan birga ular barcha bolala rfoydalanishlari qulay bolishi uchun predmet va inventarlarning joylashish tartibini ham e'tiborda tutadilar. Bolalar sharlar, to'plar va hokazolarni vaqti-vaqti bilan yuvib, yirik jihozlarni artib turadilar. Bunday tadbirda barcha tarbiyalanuvchilar tarbiyachi rahbarligida ishtirok etadilar. Shunday qilib, harakatlarga o'rgatish jarayonida bolalarda aqliy qobiliyat, axloqiy va estetik tuyg'ular rivojlanadi, oz faoliyatiga ongli munosabat va shu bilan bogliq ravishda maqsadga intilish, uyushqoqlik shakllanadi. Bularning hammasi o'zaro aloqadorlikda ta'lim jarayoniga umumiy yondashishni amalga oshirilishi hisoblanadi. Mazkur jarayon har tomonlama rivojlangan shaxsning shakllanishiga xizmat qiladi.

Maktabgacha yoshdagi bolalarning jismoniy tarbiyasi juda muhimdir. Bu yoshdagi bolalar uchun faol faoliyatlar va mashqlar o'rganish, sport mashg'ulotlarini qilish, vaqtdan qiziqishni olish, to'y borligini o'rganish va sog'lom ovqatlanishni o'rganish kabi faoliyatlar juda foydali bo'ladi. Ularning jismoniy tarbiyasi uchun ayni paytda yaxshi uyqu, yaxshi ovqatlanish va qulay kiyim-kiyim ham muhim ahamiyatga ega. Maktabda sport mashg'ulotlari, ta'limiy mashg'ulotlar va yengil mashg'ulotlar orqali bolalarning jismoniy va ruhiy rivojlanishi uchun yordam bera oladi. Ayni paytda ota-onalar ham bolalarning jismoniy tarbiyasiga katta e'tibor qaratishi kerak.

Foydalanilganadabiyotlar:

1. "Pedagogical skill and pedagogical technology" T.., 2003.

2. Sodikova Sh. "Preschool Pedagogy". "Sources of Thought". T: 2013, - 330 p.

3. Kadyrova F., Toshpulatova Sh., Azamova M. "Preschool Pedagogy" - T., "Spirituality". 2019.

4. Journals "Methodology of preschool education". -T:, numbers 2018

5. Qilichova, M. (2021). Maktabgacha talim yoshidagi bolalarni jismoniy rivojlanishining o'ziga xosliklari. MaKTa6rana TatnHM ^ypHann, 3 (Preschool education journal).

6. Qilichova, M. (2021). Maktabgacha talim yoshidagi bolalarning rivojlanish yoshi va o'ziga xos xususiyatlari. MaKTa6rana TatnHM ^ypHann, 3 (Preschool education journal).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.