Научная статья на тему 'MАKTАBGАCHА YOSHDАGI BOLАLАRNI EKOLOGIK TАRBIYALАSHDА IJTIMOIY ZАRURIYAT SIFАTIDА'

MАKTАBGАCHА YOSHDАGI BOLАLАRNI EKOLOGIK TАRBIYALАSHDА IJTIMOIY ZАRURIYAT SIFАTIDА Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
119
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekologik ta’lim / ekologik tarbiya / bioloya pedagoglarini / biologik ta’limi nazariyalari / modellarini loyihalashtirish / kontseptual / integrativligi / gumanistik yo‘nalishlar / atrof-olam / ijtimoyi muhit. / design / conceptualization / integrativity / humanistic directions of environmental education / environmental education / theories / models of biological education of teachers / biological education / the surrounding world / social environment.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Ravshanova, Nargiza Norboevna, Norqulova, Latofat Sherali qizi

Mаktаbgаchа tа’lim turli yosh guruh bolаlаridа ekologik ong elementlаrini shаkllаntirish, ekologik elementlаr bolа ongidа tаbiаt tо‘g‘risidаgi tаsаvvur, аtrof-olаm tо‘g‘risidаgi tushunchаlаrining mаzmun vа moxiyati bilаn аniqlаnishini shakillantirish. Tаbiаtdа sodir bо‘lаdigаn hodisаlаr tаbiy ofаtlаr, insonlаr tomonidаn yetqаzilаn zаrаrlаr, tо‘g‘risidаgi elementlаr ekologik tа’lim fаoliyatidа bolа ongigа singdirish lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AS A SOCIAL NEED IN THE ECOLOGICAL EDUCATION OF PRE-SCHOOL CHILDREN

Preschool education formation of elements of ecological consciousness in children of different age groups formation of an idea of nature in the child's mind, identification of environmental elements with the content and essence of his ideas about the world around him. Elements about natural phenomena, natural disasters, harm caused by people should be instilled in the child's mind in environmental educational activities.

Текст научной работы на тему «MАKTАBGАCHА YOSHDАGI BOLАLАRNI EKOLOGIK TАRBIYALАSHDА IJTIMOIY ZАRURIYAT SIFАTIDА»

' SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(11), November, 2023

MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI EKOLOGIK TARBIYALASHDA IJTIMOIY ZARURIYAT SIFATIDA

Ravshanova Nargiza Norboevna

Nizomiy nomidagi TDPU "Maktabgacha ta'lim texnologiyasi" kafedrasi pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent v.b. Norqulova Latofat Sherali qizi Nizomiy nomidagi TDPU Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 1-kurs magistranti

Mаktаbgаchа ta'lim turli yosh guruh bolаlаridа ekologik ong elementlarini shakllantirish, ekologik elementlar bola ongida tabiat to'g'risidagi tasavvur, atrof-olam to'g'risidagi tushunchalarining mazmun va moxiyati bilan aniqlanishini shakillantirish. Tabiatda sodir bo 'ladigan hodisalar tabiy ofatlar, insonlar tomonidan yetqazilan zararlar, to'g'risidagi elementlar ekologik ta'lim faoliyatida bola ongiga singdirish lozim.

Kalit so'zlar. ekologik ta'lim, ekologik tarbiya, bioloyapedagoglarini, biologik ta'limi nazariyalari, modellarini loyihalashtirish, kontseptual, integrativligi, gumanistikyo 'nalishlar, atrof-olam, ijtimoyi muhit.

КАК СОЦИАЛЬНАЯ НЕОБХОДИМОСТЬ В ЭКОЛОГИЧЕСКОМ

Кафедра "Технология дошкольного образования" ТГПУ им Низами доктор

Магистрант 1 курса направления дошкольного образования ТГПУ им. Низами

Дошкольное воспитание формирование элементов экологического сознания у детей разных возрастных групп формирование представления о природе в сознании ребенка, отождествление элементов окружающей среды с содержанием и сущностью его представлений об окружающем мире. Элементы о природных явлениях, стихийных бедствиях, вреде, причиняемом людьми, должны быть привиты в сознании ребенка в экологической образовательной деятельности.

Ключевые слова. проектирование, концептуализация, интегративность, гуманистические направления экологического образования, экологического

ANNOTATSIYA

BOCnHTAHOÏÏ ДОШКОЛЬНИКОВ Равшанова Наргиза Норбоевна

философии по педагогическим наукам (PhD., и.о., доцент Норкулова Латофат Шерали

АННОТАЦИЯ

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

воспитания, теории, модели биологического воспитания педагогов, биологического воспитания, окружающего мира, социальной среды.

AS A SOCIAL NECESSITY IN ECOLOGICAL EDUCATION OF

PRESCHOOLERS

Ravshanova Nargiza Norboevna

Department of "Technology of preschool education" of Nizami TSPU associate philosophy in pedagogical sciences (PhD), Dosent Norkulova Latofat Sherali Master's student of the 1st year of the direction of preschool education of TSPU. Nizami

ABSTRACT

Preschool education formation of elements of ecological consciousness in children of different age groups formation of an idea of nature in the child's mind, identification of environmental elements with the content and essence of his ideas about the world around him. Elements about natural phenomena, natural disasters, harm caused by people should be instilled in the child's mind in environmental educational activities.

Keywords. design, conceptualization, integrativity, humanistic directions of environmental education, environmental education, theories, models of biological education of teachers, biological education, the surrounding world, social environment.

O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim tizimida ilk ekologik ta'limni takomillashtirish to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasida ilk ekologik ta'limni rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 maydagi 434-son qarori asoslanib, maktabgacha ta'lim tizimida uzviylik asosida ilk ekologik tarbiyani ta'lim faoliyatini sivilizasiyaning hozirgi va kelajakdagi holati o'rtasidagi bog'lovchi vosita sifatida ta'limiy faoliyatni olib bordik. Pedagogkni maqsadi ta'lim-tarbiyani asosi xisoblanadi, pedagog o'ziga xos shakl-usullar orqali insoni xayotga tayyorlaydi, inson bilim natijalarini tarbiyasida ko'rsatadi. Ta'lim malaka va ko'nikmalar orqali shaxsda tarbiyaning rivojlantirishdir.

Hozirgi vaqta O'zbekistonda ekologik madaniyatni rivojlantirish maqsadida bir qancha loyihalar olib borilmoqda misol sifatida, YXHT loyihalari Koordinatorining idorasi, Maktabgacha ta'lim vazirligi, "SVB Advisory" Britaniya-O'zbekiston barqaror rivojlanish kompaniyasi va "Hashar Week" ijtimoiy loyihasi bilan birgalikda

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

O'zbekiston Respublikasida mavjud maktabgacha ta'limda ekologik ta'lim va tarbiyani joriy etish dasturini boshladi. Loyiha doirasida «Qiziqarli chiqindi» didaktik o'yinini va o'qitish metodikasini aprobasiyasi uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlari tanlab olindi. Maktabgacha yoshdagi bolalarni turli xildagi chiqindini saralashga, chiqindi bilan to'g'ri ishlashga o'rgatishga, shuningdek bolani mehnatga o'rgatishga qaratilgan.

MAVZUGA OID ADABIYOTLARNING TAHLILI:

Maktabgacha ta'lim tashkilotida bolalarga ilk ekologik ta'lim-tarbiya berish muammosi, uning nazariy va amaliy ahamiyati pedagogik jarayonlarda o'rganilgan bo'lsada, ko'pgina jihatlarga e'tibor qilinmaganligining mavjudligi, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya faoliyatida bolalarni ekologik tarbiyalashda muammosini yanada chuquroq o'rganishni taqazo etadi. (O.U.Xasanboyeva, X.D.Djabborova, R.O. Boboyorov, N. Ravshanova, V.V. Zotov, H.H Gara, S.Rubinshteyn , S.N Nikolayeva , V.N. Ogonkov, D. S. Gordeyeva, N.M Kot, A.R. Axmetshina, N. S Zotova, A.V Mironov va boshqalar ) ekologik tarbiyaning global jarayonlarida globallashuv tendentsiyalari, fanlar majmuasini birlashtirish, maktabgacha ta'limning milliy o'ziga xosligini saqlash va mustahkamlash lozim.

Vazifalar: O'zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishishi, jahon hamjamiyatiga yuz tutishi, rivojlangan mamlakatlar bilan iqtisodiy, madaniy ma'rifiy, diplomatik aloqalarning yo'lga qo'yilishi barcha jabhalar kabi ta'lim tizimini isloh qilishni talab etdi. Shu sababli O'zbekiston Respublikasining «Ta'lim to'g'risida»gi Qonunida ta'lim mamlakatimizning ijtimoiy taraqqiyot sohasida ustuvor yo'nalish deb e'lon qilingan.

Mazkur hujjatda mamlakatimizning ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari etib, jumladan, quyidagilar qayd etilgan:

ta'lim va tarbiyaning insonparvar, demokratik xarakterda ekanligi;

ta'lim uzluksizligi va izchilligi;

ta'lim tizimining dunyoviy xarakterda ekanligi;

davlat ta'lim standartlari doirasida ta'lim olishning hamma uchun ochiqligi; ta'lim dasturlarini tanlashga yagona va tabaqalashtirilgan yondoshuv; bilimli bo'lish va iste'dodni rag'batlantirish; ta'lim tizimida davlat va jamoat boshqaruvini uyg'unlashtirish; Ma'lumki, mamlakatimizning ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari uzviy ravishda uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat ko'rsatish prinsiplariga bevosita ta'sir ko'rsatadi va ularni taqozo etadi. O'zbekiston Respublikasi «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi»da ta'lim tizimini tubdan isloh qilish, zamon talablari asosida qayta qurish, uzluksiz ta'lim tizimining turlari, ta'lim muassasalari oldidagi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

vazifalar, kadrlar tayyorlash milliy modelini amaliyotga tatbiq etish masalalari bilan bir qatorda uzluksiz ta'lim tizimining quyidagi faoliyat ko'rsatish prinsiplari qayd etilgan.

1. Ekologik ta'limning ustuvorligi ta'lim-tarbiya jarayonining samarali tashkil etilishi va rivojlantirilishi jamiyatimizdagi ustuvor yo'nalish sanaladi. Ta'limning ustuvorligi yuksak ma'naviyatli, bilimli va salohiyatli barkamol shaxsning shakllanishiga zamin yaratadi.

2. Ekologik ta'limning demokratlashuvi ta'lim va tarbiya uslublarini tanlashda, ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish va boshqarishda ustoz va tahsil oluvchining hamkorligiga asoslanadi.

3. Ekologik ta'limning insonparvarlashuvi - inson qobiliyatlarini to'liq ochilishi va bilim olishga bo'lgan ehtiyojlarning qondirilishi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ustuvorligining ta'minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhitning o'zaro munosabatlarini uyg'unlashtirishga asoslanadi.

4. Ekologik ta'limning ijtimoiylashuvi - ta'lim oluvchilarda ongli intizom, insoniy qadr-qiymat tuyg'usi, yuksak ma'naviyat, ijtimoiy normalarga asoslangan xulq-atvor, estetik boy dunyoqarash, mantiqiy va ijodiy fikrlashni tarkib toptirish nazarda tutiladi.

5. Ekologik ta'limning milliy yo'naltirilganligi - ta'limning milliy tariximiz, xalq an'analari va urf-odatlari bilan uzviy uyg'unligi, O'zbekiston xalqlarining madaniyatini saqlab qolish va boyitish, ta'limni milliy taraqqiyotning o'ta muhim omili sifatida e'tirof etish, boshqa xalqlarning tarixi va madaniyatini hurmatlashni ta'minlaydi.

6. Ekologik ta'lim va tarbiyaning uzviy bog'liqligi har tomonlama kamol topgan insonni shakllantirishni nazarda tutadi.

7. Iqtidorli yoshlarni aniqlash ta'lim jarayonini differensiallashtirish va individuallashtirish, iqtidorli yoshlarga ta'limning eng yuqori darajasida, izchil ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart-sharoitlar yaratishni ko'zda tutadi. Respublikamizda olib borilayotgan ta'lim sohasidagi islohotlarning muvaffaqiyati uzluksiz ta'lim tizimining barcha turlarida ekologik ta'lim-tarbiya jarayoni tashkil etiladigan o'qitish prinsiplari ta'lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari va uzluksiz ta'lim tizimining faoliyat ko'rsatish prinsiplariga qanchalik mos kelishi va ularni amaliyotga joriy etishga safarbar etilganligiga bog'liq.

Maktabgacha ta'lim turli yosh guruh bolalarida ekologik ong elementlarini shakllantirishda, ekologik elementlar bola ongida tabiat to'g'risidagi tasavvur, atrof-olam to'g'risidagi tushunchalarining mazmun va moxiyati bilan aniqlanadi. Tabiatda sodir bo'ladigan hodisalar tabiy ofatlar, insonlar tomonidan yetqazilan zararlar,

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

to'g'risidagi elementlar ekologik ta'lim faoliyatida bola ongiga singdirish lozim. Albatta faoliyatdan oldin, bolani yosh xususiyatlari inobatga olgan xolda, turli xil metod va ussulardan foydalanib ta'limiy faoliyatlar olib boriladi, shunda bolada malaka va ko'nikma shakillanadi, faoliyat bilan bog'liq bo'lgan harakatlar tabiatni saqlash xarakteriga ega bo'lishi kerak.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida, ta'limiy faoliyatning maqsadi bolaga ta'lim-tarbiya berish, shunday ekan biz ta'lim faoliyatiga o'zgacha yondashuvlar orqali ma'lum natijaga erishamiz. Misol sifatida, maktabgacha ta'limda, turli yosh gurux bolalariga uzviylik asosida ilk ekologik tarbiya berishda ta'lim faoliyatini to'g'ri tashkil etish, mavzuga oid jixozlash, (adabiyotlar, krassvordlar, topishmoqlar, AKT, didaktik, xarakatli o'yinlar) ekologik tarbiya tushunchalarini muammosiz o'zlashtirishiga asos bo'ladi. Maktabgacha ta'lim tizimida ekologik ta'lim, yani konsepsiyasini rivojlantirishda integrasiyalashgan ta'limga urg'i berish, ekologik ta'limni samarali usullarini ishlash, maktabgacha ta'limga oid metodik, o'quv qo'lanma va dasturlarini yaratish, ekologiyaga oid adabiyotlar turini ko'paytirish nazarda tutilgan. Maqsad, ilk ekologik ta'lim-tarbiya orqali, ekologik muammolarni oldini olish, atrof-muxitga nisbatan madaniyat, milliy va umuminsoniy axloq, ilk ekologik tushunchalarni shakillantirishni nazarda tutadi. Yangilik: Inson hayotida ijtimoiy-siyosiy, madaniy-ma'rifiy, sport odatlari bilan birga zamonaviy ekologik ko'nikmalar va tabiiy marosimlar keng o'rin olgan. Aynan ilk ekologik tarbiya inson va tabiat o'rtasidagi munosabat va muvozanatga bog'liqliq, ta'limiy faoliyat jarayonida ko'nikmalarni va tabiatni asrash, shaxsiy gigiyenik qoidalarni ilk yoshdan boshlash va uzviylik asosida davom ettirib borish maqsadga muvofiqdir.

Ekologik tarbiyani oiladan, kichik yoshdan boshlash, uzviylik asosida tizimli ravishda maktabgacha ta'lim tashkilotlaridan keyin o'rta ta'limda davom ettirish maqsadga muvofiqdir. Dastlabki ilk ekologik tarbiya asosi, bolaning kundalik faoliyatidan boshlanadi, ozoda yurish, mexnatsevarlik, uy xayvonlari va xona gullarini parvarish qilish, ifloslantirmaslik, ya'ni chiqindilarni maxsus axlat idishiga tashlash, daraxt shoxlarini sindirmaslik, atrof muhitni ozodaligi uchun ma'suliyatli bo'lishni, jonli, jonsiz tabiatga muruvvatli bo'lishni shakllantirib borish muhim ahamiyatga ega.

TAHLIL VA NATIJALAR:

Demak, ekologik madaniyat tabiatni ilmiy anglashdir, insonni tabiatga bo'lgan munosabat natijasi ekologik madaniyatining ko'zgisidir. O'z navbatida aytishimiz mumkin, tabiatda mavjud jonzotlari ichida, faqat inson o'zida ekologik madaniyatni, tabiatga nisbatan shakillantiradi. Inson va tabiat, bog'liqligini kundalik bir kunlik, bir soniyalik hayot misolida ko'rishimiz mumkin. Aytaylik o'n daqiqada butun yer

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

yuzida kislorod yo'q bo'ldi deylik, natija butun yer yuzida hayot tugaydi, shunday ekan kislorod manbayi daraxt, o'simlik, gullarni ekib parvarishlab atrof muhitni ko'kalamzorlashtirishni bolalar o'rtasida targ'ib qilishni kuchaytirishning ayni vaqti.

XULOSA VA TAKLIFLAR:

Maktabgacha ta'limda tizimida, uzviylik asosida ilk ekologik tarbiya berishda, nazariy va amaliy faoliyatlar jarayonida, bola faoliyatiga yaqin bo'lgan usullardan foydalanib, inson va tabiatning o'zaro bog'liqligini, faoliyat jarayonida jamoa bo'lib yil fasllari o'zgarishiga qarab jonli tabiat vakillariga yordam berishlari kuzatiladi. Masalan qish faslida qushlarning yemishlari qor tagida qolishini hisobga olgan holda jamovaiy tarzda tarbiyachilar boshchiligida tarbiyalanuvchilar bilan birgalikda donxo'raklarni ommaviy yasash va MTT ichidagi daraxtlarga ilib chiqish va munttazam qor yoqqan vaqtlarda donxo'raklarga qushlar uchun yemish don qoldirishni odat qilish. Bolalarning ekologik tarbiyasi faqat ekologik-ma'rifiy yoki atrof-muhitni muhofaza qilish tadbirlarini tashkil etish bilan cheklanib bo'lmaydi. Shunday ekan, ilk ekologik bilimlarning keng doirada, motiv, inovasion, kognitiv yondashishlar orqali, bola ongiga ekologik muammolar, ilmiy munosabatlar asosida shakllantirish zarurati bilan, ekologik tarbiya ta'limi jarayonida mustaxkamlanib o'z samarasini beradi. Ekologik tarbiya mazmun-moxiyati, umumbashariy insoniy qadriyatlar asosida ta'limiy faoliyatlar olib borilsa, bolada tabiat bilan bog'liq milliy qadriyatlarga nisbatan ijobiy tasavvurlar shakllanadi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Ravshanova N.N. Maktabgacha yoshdagi bolalarda uzviylik asosida ekologik tarbiya tushunchalarini shakllantirish.//monografiya/ T. : Nizomiy nomidagi TDPU, 2022 y

2. Tolipova J.O., Fofurov A. Biologiya o'qitish metodikasi. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2012.

3. Tolipova J,O. Biologiyani o'qitishda innovasion texnologiyalar. - T.: Nizomiy nomidagi TDPU, 2014.

4. Norboevna, R. N. (2021, April). IMPROVING THE MEMBERSHIP SYSTEM IN ECOLOGICAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. In Archive of Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 97-98).

5. Ravshanova, N. N. (2020). THE PRINCIPLE OF CONTINUITY IN ENVIRONMENTAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 2(6), 369-

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

6. Nigmatov, A. N., & Ravshanova, N. N. (2020). Scientific Preschool Environmental Education and Training Research Methodology. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 23-31.

7. Xolto'rayeva, S. X. Maktabgacha yoshdagi bolalarga matematik bilim berish orqali fazoviy tasavvurlarni shakllantirishning dolzarbligi. Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman, 579-581.

8. Norboevna, R. N. (2021, April). IMPROVING THE MEMBERSHIP SYSTEM IN ECOLOGICAL EDUCATION OF PRESCHOOL CHILDREN. In Archive of Conferences (Vol. 20, No. 1, pp. 97-98).

9. Nigmatov, A. N., & Ravshanova, N. N. (2020). Scientific Preschool Environmental Education and Training Research Methodology. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 2(08), 23-31.

10. Babayeva, D. R., & Ochilova, X. S. (2022, October). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI NUTQ O 'STIRISH ORQALI MUSTAQIL FIKRLASHGA O 'RGATISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 8, pp. 21-23).

11. Sharipova, G. S., & Madaminjonova, M. S. (2022, April). BASIC CONCEPT IN CLOTHES DESIGN. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 12-15).

12. Sharipova, G. S. (2022). DISTRIBUTION AND MODERNIZATION OF ADVANCED PEDAGOGICAL PRACTICES IN THE LESSON PROCESS. CURRENT RESEARCH JOURNAL OF PEDAGOGICS, 3(06), 12-15.

13. Xolto'rayeva, S. X. (2023). MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARNI MAKTAB TA'LIMIGA TAYYORLASH JARAYONIDA TAYANCH KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARBLIGI. QO 'QON UNIVERSITETIXABARNOMASI, 871-872.

14. ШАРИПОВА, Г. С. (2019). ОСНОВЫ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛИЗМА НА ПРИМЕРЕ ПРАКТИЧЕСКИХ ЗАНЯТИЙ ПО ФОРМИРОВАНИЮ УМЕНИЙ И НАВЫКОВ БУДУЩИХ ПРЕПОДАВАТЕЛЕЙ. In Высшее и среднее профессиональное образование как основа профессиональной социализации обучающихся (pp. 260-268).

15. Садикова, Д. Х., & Калауова, М. С. (2023). РОБОТЫ-ИГРУШКИ И МАТЕМАТИЧЕСКОЕ РАЗВИТИЕ ДОШКОЛЬНИКОВ НА ЗАНЯТИЯХ. Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 1(5), 5-12.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

16. Садикова, Д. Х. (2023). ФОРМИРОВАНИЕ ПРОФЕССИОНАЛЬНЫХ КАЧЕСТВ СТУДЕНТОВ ДОШКОЛЬНОГО ОБРАЗОВАНИЯ НА ОСНОВЕ STEAM ТЕХНОЛОГИИ. Лучшие интеллектуальные исследования, 4(2), 5-11.

17. Садикова, Д. Х. (2023, January). АППЛИКАЦИЯ-СРЕДСТВО РАЗВИТИЯ ТВОРЧЕСТВА ДЕТЕЙ ДОШКОЛЬНОГО ВОЗРАСТА. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 2, pp. 87-91).

18. Sadikova, D. K., & Mansurova, A. M. (2023). Study of Foreign Experience in The Application of Steam Technologies in Preschool Education. European Journal of Pedagogical Initiatives and Educational Practices, 1(2), 162-167.

19. Paджaпoвa, З. Т., & Миpзaевa, Г. З. (2023). ИННОВАЦИОННАЯ ТЕХНОЛОГИЯ В ЛАНДШАФТНОМ ДИЗАЙНЕ.(в дoшкoльных oбpaзoвaтельных opгaнизaциях). Analysis of world scientific views International Scientific Journal, 1(4), 70-76.

20. Radjapova, Z., & Abduraufova, U. (2023). THE IMPORTANCE OF USING METHODS IN THE PROFESSIONAL TRAINING OF FUTURE TEACHERS ON THE BASIS OF AN INTEGRATIVE APPROACH. Science and innovation, 2(B1), 337-340.

21. Tirkashevna, R. Z. (2023). PEDAGOGIK KOMPETENTLIK-SHAXSGA TA'LIM-TARBIYA BERISHNING MUHIM SHARTI. Science and innovation, 2(Special Issue 9), 125-128.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.