MAKTABGACHA TA'LIMDA STEAM TEXNOLOGIYASINI AMALIYOTDA QO'LLASHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Azamat Ruzvonovich Raxmonov
ChDPU "Umumiy pedagogika" kafedrasi pedagogika fanlari bo'yicha (PhD) falsafa
doktori
Ra'noxon Xusniddinovna Sherova
CHDPU talabasi
ANNOTATSIYA
STEAM - hozirgi kunda dunyo ta'lim tizimining eng asosiy urf bo'lgan innovatsion metodlaridan biri hisoblanadi. Maqolada maktabgacha ta'lim tizimidagi yangiliklar sifatida STEAM texnologiyasini va o'zgartirishlarni pedagogik faoliyatda tatbiq etishning pedagogik masalalari haqida fikr yuritildi.
Tayanch iboralar: STEAM texnoloiyasi, ilmiy bilish, integratsiyon mashg'ulotlar, yangi innovatsiyon yo'nalish, STEAM abbreviaturasi, ta'lim sifati, STEAM yondashuvi, legotexnologiyalar, ta'lim tendensiyalari.
АННОТАЦИЯ
STEAM сегодня является одним из важнейших инновационных методов мировой системы образования. В статье рассмотрены педагогические вопросы внедрения технологии STEAM и изменения в педагогической деятельности как инновации в системе дошкольного образования.
Ключевые слова: технология STEAM, научные знания, интегрированное обучение, новое инновационное направление, аббревиатура STEAM, качество образования, подход STEAM, леготехнологии, образовательные тенденции.
ABSTRACT
STEAM is one of the most important innovative methods of the world education system today. The article discussed the pedagogical issues of implementing STEAM technology and changes in pedagogical activities as innovations in the preschool education system.
Keywords: STEAM technology, scientific knowledge, integrated training, new innovative direction, STEAM acronym, educational quality, STEAM approach, legotechnologies, educational trends.
334
O'zbekiston Respublikasida ta'lim tizimini rivojlantirish muhim masalalardan biri sifatida qarab kelinmoqda. Ayniqsa ta'lim to'g'risidagi qonunning o'zgartirishlari qismida maktabgacha ta'limni islohati zamonaviy rivojlangan davlatlardan tajribalar kiritish eng asosiy vazifalardan biridir. Davlat bu bo'yicha maktabgacha ta'limda yangi xorij tajribalariga asoslangan dasturlar va texnologiyalarni kiritish uchun keng shart-sharoitlarni yaratdi. Biz o'z navbatida mazkur ta'lim faoliyatida eng avvalo mutaxasslik tayyorlash kesimida talabalarga steam texnologiyasi fanini o'qitishdan maqsadida maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual jihatdan tarbiyalashda turli faoliyatlari mazmunini integratsiya qilishga o'rgatishni muhim hisobladik. Jumladan STEAM ta'lim texnologiyasini maktabgacha ta'limda qo'llashning me'yoriy - uslubiy asoslarini o'rgatish zarurati mavjud. STEAM ta'lim texnologiyasini maktabgacha ta'limda qo'llash bo'yicha xorijiy tajribalarni o'rgatish extiyojini bartaraf etish lozim. Maktabgacha ta'lim fanlarida integratsion mashg'ulotlarni tashkil etish ham muhim jixatlardan biri sifatida qaralmoqda. Maktabgacha ta'lim yo'nalishlari talabalariga STEAM ta'lim texnologiyasini amaliy qo'llash usullari haqida bilim va ma'lumotlar berishda amaliy tajribaga alohida e'tibor berish kerak. Maktabgacha ta'limda STEAM texnologiyasi fanining vazifasi sifatida - talabalarga STEAM ta'lim texnologiyasidan foydalanish usullarini o'rgatish, STEAM ta'lim texnologiyasini ta'lim-tarbiya jarayonida qo'llashda turli xil faoliyatlarni integratsiyalash, maktabgacha yoshdagi bolalarni ilk tadqiqotchilik faoliyatiga tayyorlash vazifalarini bajaradi. STEAM ta'lim texnologiyasining mazmun va mohiyatidan STEAM - hozirgi kunda dunyo ta'lim tizimining eng asosiy urf bo'lgan innovatsion metodlaridan biri hisoblanadi. Bir qaraganda STEAM abbreviaturasi juda murakkab ko'rinadi, lekin uni alohida ko'radigan bo'lsak sodda va aniq ekanini ko'rishimiz mumkin, ya'ni: S - science, T - technology, E -engineering, A - art, M - mathematics, yoki tabiiy fanlar, texnologiya, muhandislik san'ati, ijod, matematika fanlariga qiziqishni ortirishdir. Oddiy so'z bilan aytganda, zamonaviy dunyoda eng ko'p talab etilayotgan fanlardir. Hech kimga sir emaski, ko'plab fan tarmoqlarida katta yutuqlarga erishish uchun o'zlashtiriladigan turli sohalardagi bilimlarning integratsiyasi talab etiladi. Aynan shunday muammolarni hal qilishda STEAM texnologiyasi yordam beradi. Bu metodika ta'limni aralash turda olib borish va egallangan nazariy bilimlarni kundalik hayotda qo'llay olish ko'nikmalarini shakllantirishga imkon beradi. STEAM bu maktabgacha va maktab o'quv loyihasi, ilmiy-tadqiqot faoliyatini amalga oshirish imkoniyatini beruvchi innovatsion texnologiyadir. Ushbu metod yordamida fanlar alohida tarmoqlarda emas, balki integratsiyalashgan holda, umumiy bog'liqligini ko'rsatib o'rgatiladi. Fanlarni kundalik hayot bilan bog'liqligini ko'rsatishdan tashqari, texnologiyada
335
o'quvchilaming ijodkorligini ham ko'rsatib berishi mumkin. Ushbu yondashuv bolalarning faoliyatiga bir qancha vazifalarni taqdim etadi, bolalar ularni hal qilishida ijodkorligini namoyon qilishni o'rganadi. Bunday vazifalar yordamida bola g'oyalarni nafaqat o'ylab topadi, balki ularni kundalik hayotida amalga oshirishni ham o'rganadi. Shu tariqa, bola o'z faoliyatini oldiga qo'yilgan vazifalari va mavjud imkoniyatlari doirasida hal qilishga o'rganadi. STEAM (Sfan, T-texnologiya, E-muhandislik, A- san'at, M - matematika) - ilm-fan, texnologiya, muhandislik, san'at va matematikani birlashtiruvchi zamonaviy yondashuv sifatida talqin qilinadi. STEAM bolalarda quyidagi muhim xususiyatlar va ko'nikmalarni rivojlantirishga yordam beradi; muammolarni keng qamrovli tushunish; ijodiy fikrlash va muhandislik yondashuv; tanqidiy fikrlashni yuzaga kelishi; ilmiy metodlarni tushunish va qo'llash; dizayn asoslarini tushunish va andozalash singari yondashuvlar nazarda tutiladi. Bu yondashuv kelajakda bolalarda hayotiy muammolarni hal etishda yordam beradi. Bugungi kunda STEAM - ta'limining mamlakatimizda asosiy ta'lim tendensiyalardan biri sifatida rivojlanmoqda va amaliyot yondashuvni qo'llashda beshta sohani yagona o'quv sxemasiga integratsiyalashga asoslangan. Bunday ta'limning shartlari uning uzluksizligi va bolalarning guruhlarda o'zaro muloqot qilish qobiliyatini rivojlantirish bo'lib, buna ular fikrlarni to'plashi va fikrlar almashishi mumkin. Shuning uchun, asosiy ta'lim dasturiga quyidagilar: legotexnologiyalar, bolalar tadqiqotlari kabi mantiqiy fikrlashni rivojlantirish modullari kiradi. Maktabgacha ta'limda STEAM yondashuvi tufayli bolalar tabiatni tushunish, dunyoni muntazam o'rganishadi va shu bilan qiziqishlarini, muhandislik fikrlash uslubini, tanqidiy vaziyatlardan chiqish qobiliyatini, jamoaviy ish qobiliyatini rivojlantirish va liderlikka o'rgatish, o'z-o'zini namoyon qilish asoslarini o'rganishadi, o'z navbatida, bolalar rivojlanishining tubdan yangi darajasini ta'minlaydi. O'z-o'ziga ishonchni shakllantirish imkoniyati vujudga keladi. Bu yondashuvda bolalar o'z qo'llari bilan yaratgan ko'prik va yo'llar, samolyotlar va avtomobillarni "ishga tushirib", suv osti va havo tuzilmalarini "rivojlantirib", sinovdan o'tkazib, har safar ular maqsadga yaqinlashib borishadi. Yaxshi natija bermagan "mahsulot"ni qayta-qayta sinovdan o'tkazib, takomillashtirib borishadi. Natijada barcha muammolarni o'zi hal qilish, maqsad ga erishish bolalar uchun ilhom, g'alaba, adrenalin va quvonch olib keladi. Har bir g'alaba, o'zlarining qobiliyatlariga ko'proq ishonch uyg'otadi. Faol muloqot va jamoaviy ishni tashkil etishni o'rgatadi. Makatbgacha ta'limda STEAM dasturlari ham faol muloqot va guruh bo'lib ishlashni o'rgatishi nazarda tutiladi. Muhokama bosqichida bolalar fikr bildirishga qo'rqmaslikka o'rganadilar. Faoliyatlar jarayonida bolalar frontal usulda stol atrofida o'tirmaydi, o'zlarining dizaynlari asosidagi "mahsulot"larni sinovdan o'tkazadi va
336
rivojlantiradi. Faoliyat jarayonida bolalar hamma vaqt hamkorlikni ta'minlaydigan jamoada tarbiyachilar va ularning do'stlari bilan muloqot qilish bilan band bo'lishadi. Texnik fanlar bo'yicha qiziqishlarni rivojlantirish. Maktabgacha va boshlang'ich maktab yoshidagi STEAM ta'limi vazifasi qiziqishning rivojlanishi uchun dastlabki shart-sharoitlami yaratish maqsad qilinadi. Bolalar uchun tabiat fanlari va texnik fanlar bo'yicha, qilgan ishni yaxshi ko'rish, qiziqishni rivojlantiris h uchun maxsus metodikalar ishlab chiqiladi. Xulosa sifatida maktabgacha ta'limda STEAM texnologiyasi bolalar uchun juda qiziqarli va dinamika hisoblanib, bolalarning zerikishlariga chek qo'yadi. Natijada bolalar STEAM texnologiyasida yaxshi bilim olishga intilishadi va uni darhol amalda qo'llashadi. Agar biz an'anaviy ta'limning asosiy maqsadi bilimlarni o'rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak. STEAM esa o'z yondashuvi bizni yetqazgan bilimlarni haqiqiy ko'nikmalar bilan birlashtirishga o'rgatadi. Bu maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarga nafaqat bilimga ega bo'lish, balki ularni amalda qo'llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi. Agar biz an'anaviy ta'limning asosiy maqsadi bilimlarni o'rgatish va bu bilimlardan fikrlash va ijod qilish uchun foydalanish deb aytsak, STEAM yondashuvi bizni olgan bilimlarni haqiqiy ko'nikmalar bilan birlashtirishga o'rgatadi. Bu maktabgacha yoshdagi bolalarga nafaqat ba'zi bir g'oyalarga ega bo'lish, balki ularni amalda qo'llash va amalga oshirish imkoniyatini beradi. O'zbekiston Respupblikasida STEAM ta'lim tizimini davlat ta'lim tizimiga kiritish bo'yicha o'tgan besh yil mobaynida ishlar anchagina keskin amalga oshirilganini ko'rish mumkin. Lekin xususiy maktabgacha muassasalarida buning imkoni osonroq bo'lsa, davlat maktabgacha ta'lim tizimiga STEAM ta'lim tizimini kiritishda bir qator muammolar borligi sezilmoqda. Yutimizda STEAM ta'lim tizimini umumiy maktab ta'limiga tadbiq etish borasida AQSH mutaxassisi jalb qilindi. Undan tashqari Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev tashabbuslari bilan yurtizmida tashkil etilgan prezident maktablarida STEAM ta'lim tizimi orqali ta'lim beriladi. Zamonaviy tadqiqotlar STEAM tizimi maktabgacha ta'lim tizimiga ham mazkur tajribalarni olib kirish, uni eng kichik yoshdan, maktabgacha davrdan boshlab tadbiq etish muhim ekanligini ta'kidlamoqda. Bolaning eng kichik yoshidan boshlab STEAM tizimiga olib kirishning ahamiyati, muvaffaqiyatlar ildizidir. Aslida STEAM fikrlash bolalikdan boshlanishi ilmiy asoslarda aniqlangan. Bola yurishni bilmagan paytida ham jarayonlarning bog'liqligi, ketma-ketligi va ehtimollikni tushuna olishi kuzatiladi. Ushbu xususiyatlar har tomonlama o'rganishlar natijasida biz STEAM texnologiyasini maktabgacha ta'limga kiritishni tavsiya qildik. Maktabgacha ta'lim tizimida STEAM tizimi bo'yicha faoliyat kundalik ish rejasi asosida olib borilishi
337
imkoniyatlari yetarli. STEAM ta'lim tamoyillarga asoslanadigan faoliyatlarni ishlab chiqish va amalga tadbiq etish sharoitlari mavjud.
REFERENCES
1. Mirziyoyev Sh.M. O'zbekistonni rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasi. T., O'zbekiston, 2017.«Gazeta.uz».
2. O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori, 08.05.2019 yildagi PQ-4312-son
3. A.R.Raxmonov Avestoda inson kamoloti xaqidagi masalalar. Махпират номидаги Урта осиё халклари тарихи институти Турон фанлар академияси. Ilmfan: innovatsiya va taraqqiyot. Xalqaro ilmiy konferentsiyasi materiallari to'plami.2022 yil 27 fevral. Turon FA, 2022. «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2022.ТОШКЕНТ - 2022.
4. Raxmonov A.R, Sherova R.X. CHDPU MAT kechki ta'limi yo'nalishining 22/1 guruh talabasi "Maktabgacha yoshdagi bolalarning aqliy qobiliyatini shakllantirishning pedagogik asoslari" OAK tan olgan xalqaro ilmiy bazalarda indekslangan (https://humoscience.com/index.php/ss) ISSN: 2992-8834, IMPACT FACTOR: 8.0, 24-29 b181-827
5. Садикова, Ш. О. (2022). ПЕДАГОГИК АМАЛИЁТ-ПЕДАГОГИК ФАОЛИЯТГА ТАЙЁРЛАШНИНГ МУХДМ ШАКЛИ. International Academic Research Journal Impact Factor, 7(1), 1.
6. Содиков, У. Ж. (2021). ЯНГИ УЗБЕКИСТОН ШАРОИТИДА ПЕДАГОГИКА ФАНИНИНГ ТАРАККИЁТИ ВА ИННОВАЦИЯЛАР. Academic research in educational sciences, 2(NUU Conference 1), 41-47.
338