Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI XODIMLARINI MEHNATINI BAHOLASH VA RAG’BATLANTIRISHDA XORIJ MAMLAKATLAR TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH'

MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI XODIMLARINI MEHNATINI BAHOLASH VA RAG’BATLANTIRISHDA XORIJ MAMLAKATLAR TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
2
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
ta’lim / bola / tarbiyachi / rivojlanish / tarbiya / fan / intellektual / tarbiyalanuvchi / nutq.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Quvatova Muxayyo Eshqobulovna, Mirzayeva Zulxumor Shohnazarovna

Ushbu maqolada maktabgacha ta‘lim va tarbiyaning xorij davlatlardagi ilg’or tajribalari qiyosiy tahlil asosida o‘rganilgan. Asosan rivojlangan G‘arb va Sharq mamlakatlaridagi maktabgacha ta‘lim shakllari va sharoitlari haqida ma‘lumotlar keltirilgan. Hamda mamlakatimizda maktabgacha ta‘lim va tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni va uning natijaviyligiga doir fikrlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TIZIMI XODIMLARINI MEHNATINI BAHOLASH VA RAG’BATLANTIRISHDA XORIJ MAMLAKATLAR TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH»

MAKTABGACHA TA'LIM TIZIMI XODIMLARINI MEHNATINI BAHOLASH VA RAG 'BATLANTIRISHDA XORIJ MAMLAKATLAR TAJRIBALARIDAN FOYDALANISH

1Quvatova Muxayyo Eshqobulovna, 2Mirzayeva Zulxumor Shohnazarovna

1,2Qashqadaryo viloyati G'uzor tumani 2-Ko'p tarmoqli davlat ixtisoslashtirilgan Maktabgacha

ta'lim tashkiloti tarbiyachilari https://doi.org/10.5281/zenodo.11274515

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktabgacha ta'lim va tarbiyaning xorij davlatlardagi ilg'or tajribalari qiyosiy tahlil asosida o'rganilgan. Asosan rivojlangan G'arb va Sharq mamlakatlaridagi maktabgacha ta'lim shakllari va sharoitlari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Hamda mamlakatimizda maktabgacha ta'lim va tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar mazmuni va uning natijaviyligiga doir fikrlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim, bola, tarbiyachi, rivojlanish, tarbiya, fan, intellektual, tarbiyalanuvchi, nutq.

Abstract. In this article, the best practices of preschool education and upbringing in foreign countries are studied on the basis of comparative analysis. Information about the forms and conditions of pre-school education in developed Western and Eastern countries is presented. At the same time, the contents of the reforms implemented in the field ofpreschool education and upbringing in our country and their results were highlighted.

Keywords: education, child, educator, development, upbringing, science, intellectual, educated, speech.

Аннотация. В данной статье на основе сравнительного анализа изучается передовой опыт дошкольного образования и воспитания в зарубежных странах. Представлены сведения о формах и условиях дошкольного образования в развитых странах Запада и Востока. При этом было освещено содержание реформ, реализуемых в сфере дошкольного образования и воспитания в нашей стране, и их результаты.

Ключевые слова: образование, ребенок, педагог, развитие, воспитание, наука, интеллектуальный, образованный, речь.

Maktabgacha ta'lim tizimi uzluksiz ta'limning birlamchi, eng asosiy bo'g'ini hisoblanadi. Ko'p yillik ilmiy kuzatish va tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, inson o'z umri davomida oladigan barcha informatsiyaning 70 foizini 5 yoshgacha bo'lgan davrida olar ekan.[1, 33-bet] Demak, bolalarning sog'lom va bilimli, yetuk kadr bo'lib voyaga yetishida maktabgacha ta'lim va tarbiya muhim o'rin egallaydi. Shu nuqtai-nazardan mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish borasida bir qancha me'yoriy-huquqiy asoslar ishlab chiqildi. Davlatimizdagi bolalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlariga qabul qilish qamrovi yildan-yilga oshib bormoqda. Bu ko'rsatkich 2016 yilda 27,7 foizni tashkil etgan bo'lsa, 2020 yilga kelib 60 foizga yetdi. [2, 325-bet] Bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar istiqbolda o'z mevasini berishi nazarda tutilgan. Shu maqsadda prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev "Ayni paytda islohotchi bo'lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod kadrlarni tarbiyalashimiz zarur. Shu boisdan ham bog'cha ta'limining barcha bo'g'inlarini izchil isloh qilmoqdamiz"[3, 23-bet]-degan edilar. Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev tomonidan 2017 yil 16 avgust kuni bo'lib o'tgan yig'ilishda maktabgacha ta'lim tizimini tarkibiy jihatdan tubdan isloh qilish, mazkur muassasalarga bolalarni to'la qamrab olish bo'yicha muhim vazifalar berilgan edi. Bu boradagi

tahlillar natijasida qisqa vaqtda prezidentimiz tomonidan 1 ta Farmon, 2 ta Qaror imzolandi. Hamda alohida maktabgacha ta'lim va tarbiyaning huquqiy asoslarini yanada mustahkaslash uchun "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risida"gi qonun hujjati qabul qilindi. Shuningdek maktabgacha ta'lim uzluksiz ta'limning birinchi turi sifatida "Ta'lim to'g'risida"gi qonunda ham o'z aksini topdi.

O'zbekiston Respublikasining buyuk davlatga aylanishida ta'lim tarbiya ishlarini oqilona yo'lga qo'yish, yoshlarni zamonaviy ilm fan, madaniyat, texnika yutuqlari bilan muntazam ravishda tanishtirib borish muhim ilmiy amaliy ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston taraqqiyotini ma'naviy jihatdan yetuk, zamonaviy bilimlarga ega, irodasi baquvvat, ter fikrlaydigan, yuksak salohiyatli kadrlar hal etadi. Xodimlar har qanday tashkilotning muhim vazifaviy tizimchasi hisoblanib, innovats rivojlanishning qimmatli resurslaridan iborat. Strategik va operativ vazifalarga ega bo'l holda, inson omili ishlab chiqarishni axborotlashtirishni intellektuallashtirishda marka.. o'rinnni egallaydi. So'nggi paytlarga qadar "xodimlarni boshqarish" tushunchasi boshqaruv amaliyotida umuman bo'lmagan. Har bir tashkilot xodimlarni boshqarishning vazifaviy tizimiga ega bo'lishiga qaramay, bu boshqaruv bo'linma rahbarining huquq doirasiga kirgan. Tashkilotda xodimlarni boshqarish bo'yicha asosiy tarkibiy bo'linma mehnat resurslarini rejalashtirish, xodimlarning o'qishi, malakasini oshirishi va qayta tayyolanishini tashkil etishni bajaruvchi xodimlarbo'limidir. Ammo bu an'anaviy xizmatlar mehnatni tashkil etish va ish haqi bo'linmalari, mehnatni muhofaza qilish bo'limi bilan tashkiliy bog'liq emas. Innovatsion jamoalarda bular innovatsion menejer tomonidan hal etiladi, shu bilan birga boshqaruvning an'anaviy elementlari mehnat resurslarini boshqarish texnologiyasini tashkil etadi. Ma'lumki, mehnat resurslarini boshqarish rejalashtirish, xodimlarni tanlab olish va joylarini o'zgartirish, mehnat faoliyatini baholash hamda ish haqi miqdorini belgilash, rag'batlantirish va imtiyozlar tizimini ishlab chiqish vazifalarini o'z ichiga oladi. Mehnat resurslarini boshqarish xodimlarni kasbiy yo'naltirish va moslashtirish, joyni o'zgartirish, pasaytirish va ishdan bo'shatish tizimini o'z ichiga oladi. Hozirgi vaqtda maktabgacha ta'lim tashkilot ishchi-xodimlarini boshqarish, rag'batlantirish asosini xodim shaxsi rolining ortib borayotganligi, uning asosiy yo'l-yo'riqlarni bilishi, ularni shakllantira olishi tashkilot oldida turgan vazifalarga muvofiq ravishda yo'naltira bilishini tashkil etadi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishchi-xodimlarini boshqarishga doir yangi xizmatlar odatda an'anaviy xizmatlar: kadrlar bo'limi, mehnatni tashkil etish va ish haqi bo'limi, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo'limi va hokazolar asosida tuziladi. Yangi xizmatlarning vazifasi tashkilotdagi kadrlar siyosatini amalga oshirishdan, mehnat potensialini boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir. Shu munosabatlar bilan bu xizmatlar o'z vazifalari doirasini kengaytira boshlaydilar va sof kadrlar masalasidan mehnat faoliyatini rag'batlantirish tizimlarini ishlab chiqishga, kasbiy jihatdan ilgari siljishni boshqarishga, ixtiloflarga barham berishga, mehnat bozorini va shu kabilarni o'rganishga o'tadilar. O'zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini umumlashtirish maktabgacha ta'lim tashkilotlari ishchi-xodimlarini boshqarish va ularni rag'batlantirish tizimining asosiy Maqsadini, ya'ni malakali kadrlar bilan ta'minlash, ularning samarali ishlashini, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishini shakllantirishga imkon beradi. Shunga ko'ra tashkilot ishchi- xodimlarini boshqarish va rag'batlantirish tizimi shakllantiriladi. Uning tuzilishi uchun asos sifatida shunday prinsiplardan, ya'ni fan tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda sinovdan o'tgan qoidalar va usullardan foydalaniladi. Maktabgacha ta'lim tashkiloti maqsadiga erishish Faoliyatida yuqori samaradorlikni Ta'minlash personal o'z xizmat vazifasini sidqidildan, tashabbuskorlik ko'rsatib bajarishiga bog'liq. Buning uchun xodimlar o'z ishlariga chinakamiga qiziqishlari kerak. Qiziqish

(motiv) - bu insonni muayyan faoliyatga undovchi ichki va tashqi harakatlantiruvchi kuchlardir. Qiziqish insonga uning ehtiyojlarini qondirish uchun nima qilish va buni qanday Qilish kerakligini belgilaydi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev Sh.M.(2021) Yangi O'zbekiston strategiyasi.-T.:"O'zbekiston", 23-Bet

2. Sh.M. Mirziyoev "Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik har bir Rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo'lishi kerak". -T.: "O'zbekiston", 2017.

3. Q.X.Abduraxmonov. Mamarasulov F.U. Mehnat iqtisodi (uslubiy qo'llanma). T.: 1996.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.