MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARINI SINERGETIK YONDASHUV ASOSIDA BOSHQARISHDA NAZARIYA VA
AMALIYOT BIRLIGI
Xakimova Sevara Shavkat qizi
MTTDMQTUMOI stajor tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11350371 Annotatsiya. Ushbu maqolada boshqaruvda sinergetik yondashuv, birgalikdagi faoliyat, hamkorlik, pedagogik sinergetika, va maktabgacha ta'limni boshqarishni rivojlantirish, tashkilot direktorlarining boshqaruv faoliyatini rivojlantirish, o'z-o'zini anglash, muammoli vaziyatlar, sinergetik nazariyani rivojlantirish bayon etilgan.
Kalit so'zlar: sinergetik yondashuv, boshqaruv faoliyati, nazariya, amaliyot, shaxs, zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkiloti, tadqiqot.
Maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarish ko'p omilli jarayon bo'lib, uning bir qismi tashkiliy tuzilma, ta'lim tashkilotining umumiy madaniyati, rahbarning strategiyasi va taktikasi hisoblanadi. Ta'lim sohasi sifati hamda boshqaruvi samaradorligini oshirish borasida yurtimizda ham bir qancha islohotlar olib borilmoqda. Prezidentimiz tomonidan chiqarilgan farmon, farmoish va qarorlarda, shuningdek, 2020-yil 23-sentabrda qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi qonunda ham buning yorqin dalilini ko'rishimiz mumkin.
Rahbar ta'lim tashkilotini boshqaruvini quyidagi tamoyillari asosida tashkillashtiriladi: -pedagogik tizimni boshqarishda demokratlashtirish va insonparvarlashtirish; -boshqarishning tizimliligi va yagonaligi;
-ta'lim tizimini boshqarishda axborotning obyektivligi va to'liqliligi; -yakka hokimlik bilan jamoatchilik boshqaruvining birligi.
Ushbu tamoyillarning barchasini bir butun holda amaliyotga joriy qilinsa yanada maqsadga muvofiq ish bo'ladi. Bunda o'z navbatida ta'lim tashkiloti direktori ya'ni boshqaruvchisi har sohada bilimli, tashabbuskor, lider, yangi bilimlarni o'zlashtirib amaliyotda qo'llay olish ko'nikmalariga ega bo'lmog'i lozim. Zamonaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyati tizimini tashkil etish boshqaruv sifatiga bevosita bog'liq. Agar boshqaruv zamonaviy yondashuvlar asosida qurilgan bo'lsa (tizim-sinergetik, tizimli faoliyat va malakaga asoslangan), agar xodimlarni boshqarish samarali tashkil qilinsa, baholash metodologiyasi sifatli amalga oshirilsa, shuningdek, dolzarb ma'lumotlarning olinishini ta'minlansa shundagina maktabgacha ta'lim sifati yanada oshadi.
Shuningdek, tashkilotni boshqarishda sinergetik yondashuvdan foydalanish, ya'ni birgalikda, hamkorlikda boshqaruv tamoyilini amaliyotda qo'llay olish, tizimli tashkil qilish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Hamkorlikda boshqaruv ishini amalga oshirish shu bilan birgalikda, maktabgacha ta'limni boshqarish va faoliyatini to'g'ri va samarali olib borish xususida 2019-yil 22-oktyabrda qabul qilingan "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'isida" gi Qonunning 9-bobi1 maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarishga bag'ishlangan ya'ni "Maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarish va uning faoliyatini tashkil etish tartibi" deya nomlanuvchi bandi mavjud. Bunda Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarishni quyidagilar amalga oshiradi: pedagogik kengash;
1 O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'isida" gi Qonun. 2019-yil 22-oktyabr
kuzatuv kengashi;
davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbari.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining pedagogik kengashi pedagog xodimlardan iborat bo'lgan, uning pedagogik faoliyati bilan bog'liq masalalarni muhokama qilishga doir vakolatlarni amalga oshiradigan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining kollegial boshqaruv organidir.
Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va unga ta'lim berishga ko'maklashish maqsadida kuzatuv kengashi tashkil etilib, uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, o'z xodimlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan shakllantiriladi.
Direktor davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining rahbaridir. Direktor davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining faoliyatiga joriy rahbarlikni amalga oshiradi. Davlat maktabgacha ta'lim tashkiloti direktorining huquq va majburiyatlari normativ-huquqiy hujjatlar, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ustavi, shuningdek mehnat shartnomasi bilan belgilanadi.
Yuqoridagi vazifalardan kelib chiqadigan bo'lsak, ta'lim tashkilotining boshqaruvini amalga oshirishda hamkorlik, birgalikdagi faoliyat hamda maktabgacha ta'limda boshqaruvni zamon talablari asosida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha ta'limni har tomonlama rivojlantirish, mavjud kamchiliklarni atroflicha ko'rib chiqish, kadrlar malakasini oshirish, moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va shu bilan birgalikda yaxlit tizim sifatida maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishda zamonaviy yondashuvlarni jumladan, sinergetik yondashuv asosida boshqaruvni demokratlashtirish, o'zaro hamkorlik ishlarini to'g'ri tashkil qilish, yangiliklar, yangi qonun va qarorlar ijrosini tashkilot xodimlari bilan birgalikda o'rganib chiqish, savodxonligini oshirish talab etiladi. Istiqbolda belgilanayotgan bunday ulkan vazifalarning amalga oshirilishi sohaning me'yoriy-huquqiy bazasini takomillashtirishni talab etadi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, maktabgacha ta'lim tashkilotini boshqarishda sinergetik yondashuv ya'ni o'zaro hamkorlik, bu hamkorlik ota onalar, pedagoglar, fuqarolik jamiyati institutlari va bolaning qonuniy vakillari bilan olib borilishi mumkinligini ko'rishimiz mumkin. Bu hamkorlikni o'z vaqtida, tizimli va shaffof tarzda olib borilishi har bir davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining ish faoliyati, moddiy texnik bazasi va kelajakdagi amalga oshirishi rejalashtirilayotgan maqsadlari uchun g'oyatda foydali bo'lib hisoblanadi. Bu hamkorlikni tashkil etish qonunchilikda Kuzatuv kengashi tashkil etish bilan belgilab qo'yilganligi jamiyatimizning har bir sohaga alohida e'tibor qaratishidan dalolatdir. Ta'lim tashkilotini boshqarishda tizimli va izchil hamkorlik ishlarini tashkil qilish jamoada sog'lom raqobat muhitini yuzaga keltiradi va shaffoflikni ta'minlaydi. Keng jamoatchilik bilan birga olib borilaigan ishlar nafaqat boshqaruv va moddiy texnik jihatdan foydali balki ta'limiy jarayonlarga ham o'zining ijobiy ta'sirini ko'rsatmay qolmaydi. Shunday ekan, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari doimiy ravishda hamkorlik ishlarini yo'lga qo'yishi, "Oila-bog'cha-maktab-mahalla hamkorligi" doirasida turli ma'naviy-ma'rifiy tadbirlarni amalga oshirishi, jumladan, tomonlar o'rtasida "Ochiq eshiklar" kunini tashkil qilinishi ham maqsadga muvofiq bo'ladi. Bu esa tashkilot direktoridan liderlik va izlanish, kreativlik talab qiladi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
1. O'zbekiston Respublikasi "Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'isida" gi Qonuni. 2019-yil 22-oktyabr
2. "Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3955 30.09.2018
3. Umarxodjayeva M.G. Operatsion menejment. O'zbekiston faylasuflar milliy jamiyati nashriyoti. Darslik.Toshkent - 2014.
4. Tagaxtiyeva G.K. Innovatsion menejment. O'quv qo'llanma. -T.: "Fan va texnologiya", 2013
5. Professional Development fomur early Childhood Professionals: examining Pedagogy in early Childhood Walsh, G.;Gray, C.; McMillan 2010.
6. Professional Development for early Childhood Professionals: examining Pedagogy in early Childhood 8 October 2010
7. F.R. Valiyeva To Develop Professional Training of Professional Education Specialists by Ensuring //International Journal of Trend in Scientific Research and Development (IJTSRD) Special Issue on International Research Development and Scientific Excellence in Academic Life Available Online: www.ijtsrd.com e-ISSN: 2456 - 6470 2021
8. Kalmuratov T.N. O novoy forme gosudarstvenno-chastnogo partnerstva v oblasti doshkolnogo obrazovaniya. lxvi international correspondence scientific and practical conference «european research: innovation in science, education and technology» September 09-10, 2020 London, United Kingdom
Elektron ta'lim resursi
1. http://www.pedagog.uz