Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TAʼLIM SIFATINI NAZORAT QILISHNING PYEDAGOGIK MONITORING TEXNOLOGIYASI'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TAʼLIM SIFATINI NAZORAT QILISHNING PYEDAGOGIK MONITORING TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
3
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
zamonaviy pedagogika / taʼlim sifati / tendensiya / monitoring / majburiyat.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Narimanova Saida Narimon Qizi

Ushbu maqolada davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Ilk qadam” davlat dasturi asosida olib boriladigan taʼlimiy faoliyat jarayonida taʼlim sifatini nazorat qilishning pedagogik monitoring texnologiyasi keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTLARIDA TAʼLIM SIFATINI NAZORAT QILISHNING PYEDAGOGIK MONITORING TEXNOLOGIYASI»

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA TA'LIM SIFATINI NAZORAT QILISHNING PYEDAGOGIK MONITORING TEXNOLOGIYASI

Narimanova Saida Narimon qizi

Namangan viloyati, Yangi Namangan tumani 58-DMTT direktori, MTTDMQTMOI mustaqil

tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11274661

Annotatsiya. Ushbu maqolada davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida "Ilk qadam" davlat dasturi asosida olib boriladigan ta'limiy faoliyat jarayonida ta'lim sifatini nazorat qilishningpedagogik monitoring texnologiyasi keltirilgan.

Kalitso'zlar: zamonaviypedagogika, ta'lim sifati, tendensiya, monitoring, majburiyat.

Ta'lim sifatini boshqarishda zamonaviy pedagogikada metodologik tadqiqotlarning muhim yo'nalishlaridan biri hisoblanadi va u pedagogik jarayonlarni tashkil etishda zaruriy bilish bosqichi va bajariladigan xatti-harakatlar ketma-ketligini aniqlab beradi. Ta'lim sifatini boshqarishda asosiy e'tibor loyihalashtirish faoliyatiga beriladi. Bu sifatni boshqarish metodologiyasi tomonidan ko'zda tutilgan - bunda sifat tadqiq qilish va loyihalashtirish, rivojlantirish dasturlari va konsepsiyalarini ishlab chiqish bosqichida qo'yilishi kerak. Uning vositalari orqali pedagogik tizim elementlari tahlilidan jarayonlarni loyihalashtirish, va boshqarishga o'tish amalga oshiriladi.

Maktabgacha ta'lim tizimida pyedagogik monitoring texnologiyasi:

• tarbiyachilarni ta'limiy faoliyati natijalarini tashkiliy va axborot vositalaridan foydalanib kuzatish;

• loyihalashtirilgan ta'lim natijalariga va qo'yilgan maqsadga erishish jarayonlarini, pedagogik jamoa bilan kuzatish;

• ta'limiy mashg'ulotlarni Davlat o'quv dasturi asosida nazorat qilish va baholash usullari va vositalarini o'zida ifoda etuvchi hujjat.

Pedagogik monitoring quyidagi bosqichlardan iborat:

I. Tayyorlov bosqichi- bu faoliyat ko'rinishlaridan biri bo'lib, uni bajarilish natijasida kelgusida qanday natijalarga erishilishi (maqsadlar qo'yilishi) ko'zda tutilayotganlig, buning uchun qanday harakatlar qanday izchillikda va qaysi muddatdarda bajarilishi kerakligi, ya'gi nima, qayerda, qay yo'sinda amalga oshirilishi lozimligi belgilanadi. Kelgusi faoliyat rejalashtirish ularga erishi uchun zarur bo'lgan ishning maqsadi, tarkibi, tuzilmasi va bajarish muddatlarini belgilash demakdir.

Ammo faqat rejaning o'zi yetarli emas. Odamlar birgalikda samarali ishlashi uchun kim va qanday ishlarni bajarishi (funksional majburiyatlari, xuquqlari, javobgarligi), bunda kim bilan va qay yo'sinda o'zaro munosabatda bo'lish lozimligini taqsimlash kerak.

II. Ijro etish bosqichi. Bu quyidagi ketma-ket harakatlarni o'ziga qamrab oluvchi monitoring jarayonidir: Dalillarni qayd etish. Tanlangan metod va vositalar yordamida ma'lumotlar yig'ish. Birgalikda ish samarali bo'lishi uchun, birinchidan, ijrochilar ulardan qanday natijalar va qachon kutilayotganligini yaxshi tushunishlari; ikkinchidan, ular bunga erishishdan manfaatdor bo'lishlari; uchinchidan, ular o'z ishlaridan qoniqish hosil qilishlari; to'rtinchidan, jamoadagi ijtimoiy-psixologik muhit unumli ishlash uchun qulay bo'lishi zarur.

«MAKTABGACHA TALIM TIZIMI XODIMLARINI RIVOJLANTIRISH: AMALIYOT VA XORIJIY TAJRIBA»

RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI 2024 YIL 23-24 MAY

III. Umumlashtiruvchi bosqich. Bu monitoringning yakuniy bosqichi bo'lib, uning operatsiyalarini bajarilish tartibi quyidagicha bo'ladi: Axborotlarni umumlashtirish va tizimlashtirish. Barcha o'lchashlar natijasiga binoan ma'lumotlar bankini (bazasini) yaratish. Monitoring obyekti holatini o'zgartirish va dinamik rivojlanishini aniqlash.

Ta'lim sifati borasidagi rejalar va loyihalarni ishlab chiqishdagi muvaffaqiyatning muhim sharti asosan kadrlarga ko'p jihatdan bog'liq [1].

• pedagogik jamoasi va boshqaruv tarkibi faoliyatiga taalluqli materiallarni tahlil

qilish;

• ta'lim tashkilotida ta'lim sifatini boshqarish natijalarini hujjatli rasmiylashtirish;

• ta'lim jarayoni qatnashchilarining faoliyat natijalarini birgalikda muhokama qilishni tashkil etish;

• obyekt sifatini yaxshilashga doir chora-tadbirlar rejasini tuzish;

• pedagoglar sifat tizimini ta'minlashga doir ishlariga tuzatishlar kiritish.

Mamlakatimizda maktabgacha ta'lim Davlat siyosati darajasigacha ko'tarildi. Shu

maqsadda maktabgacha ta'limga yangicha e'tibor qaratilishi maktabgacha ta'lim tizimida o'zaro bog'liq bo'lgan qator o'zgarishlarga olib keldi, bu esa uning yangi sifat xususiyatlarining paydo bo'lishiga olib keldi.

REFERENCES

1. Валиева Ф.Р. Мутахассис тайёрлаш жараёнида узвийлик ва узлуксизликни таъминлашнинг методик асослари. Педагогика фанлари буйича фалсафа доктори (PhD) дисс.автореферати. - Т.: 2020. - 48 б

2. Valieva F. R. The importance of educational content in preparation of competative personnels. 2 nd International Conference bridge to science: research works San Francisco, USA February 28, 2018 121-122 list http://doi.ogr/10.15350/L_2/3

3. Кудрявцев В.Т. Инновационное дошкольное образование // Дошкольное воспитание.-1997.- №7.- С. 65-72.

4. Мескон М.Х., Альберт М., Хедоури Ф. Основы менеджмента.- М.:Дело, 1998.- 799 с.

5. Оценка физического и нервно-психического развития детей раннего и дошкольного возраста / Сост. Н.А. Ноткина, Л.И. Казьмина, Н.Н. Бойно-вич.- СПб.: Аксидент, 1999.32 с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.