Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FUTBOL ELEMENTLARINI O’RGATISHDA QO’LLANILADIGAN ASOSIY MEZONLAR'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FUTBOL ELEMENTLARINI O’RGATISHDA QO’LLANILADIGAN ASOSIY MEZONLAR Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
39
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
FUTBOL / BOG'CHA TARBIYALANUVCHISI / FUTBOL ELEMENTLARI / KOPTOK / HARAKAT / YUGURISH / TO'P OSHIRISH / BOLANING DIQQATI / BAYROQCHA / CHAP OYOQ / OYOQ YUZASI

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Abdullayeva B.P.

maqolada bugungi kunda vatanimizda futbolni rivojlantirishni maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan boshlash zarurligi va buning uchun maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini futbolga qiziqtirish lozimligi haqida so’z yuritilgan. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini futbolga o’rgatishda nimalarga e’tibor berish kerak va qanday o’rgatish lozim degan savollarga javob beriladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MAIN CRITERIA USED IN TEACHING THE ELEMENTS OF FOOTBALL IN PRESCHOOL EDUCATION

The article discusses the need to start the development of football in our country today from preschool educational institutions, and for this it is necessary to involve pupils of preschool educational institutions in football. Also, the article answers to questions about how to teach preschoolers football as well as presents the features that should be taken into consideration while teaching.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA FUTBOL ELEMENTLARINI O’RGATISHDA QO’LLANILADIGAN ASOSIY MEZONLAR»

СОВРЕМЕННЫЕ НАУКИ И ОБРАЗОВАНИЕ

Abdullayeva B.P.

Maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti Boshlang'ich ta'lim kafedrasi o'qituvchisi Chirchiq davlat pedagogika instituti O'zbekiston Respublikasi

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA FUTBOL ELEMENTLARINI O'RGATISHDA QO'LLANILADIGAN ASOSIY

MEZONLAR

Annotatsiya: maqolada bugungi kunda vatanimizda futbolni rivojlantirishni maktabgacha ta 'lim tashkilotlaridan boshlash zarurligi va buning uchun maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini futbolga qiziqtirish lozimligi haqida so'z yuritilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini futbolga o'rgatishda nimalarga e'tibor berish kerak va qanday o'rgatish lozim degan savollarga javob beriladi.

Kalit so'zlar: futbol, bog'cha tarbiyalanuvchisi, futbol elementlari, koptok, harakat, yugurish, to'p oshirish, bolaning diqqati, bayroqcha, chap oyoq, oyoq yuzasi.

Abdullayeva B.P.

Faculty of Preschool and Primary Education Department of Primary Education Chirchik State Pedagogical Institute Republic of Uzbekistan

THE MAIN CRITERIA USED IN TEACHING THE ELEMENTS OF FOOTBALL IN PRESCHOOL EDUCATION

Annotation: The article discusses the need to start the development of football in our country today from preschool educational institutions, and for this it is necessary to involve pupils of preschool educational institutions in football. Also, the article answers to questions about how to teach preschoolers football as well as presents the features that should be taken into consideration while teaching.

Key words: football, kindergarten, football elements, ball, movement, running, passing the ball, child's attention, flag, left foot, foot surface.

Futbolni rivojlantirishni maktabgacha ta'lim tashkilotlari muassasalarining tarbiyalanuvchilaridan boshlab o'rgatish. Bolalarni futbolga qiziqtirish bolaning o'ziga xos rivojlanish xususiyatlari va salohiyatlarini hisobga olib, futbol sport turi texnik elementlari ishtirokidagi harakatli va estafetali o'yinlar orqali ta'lim berish va rivojlantirish, bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning harakatlanish

ehtiyojlarini qondirishdan iborat. Tarbiyalanuvchilarga jismoniy tarbiya va ko'ngilochar mashg'ulotlarda bola organizmining fiziolgik, antropometrik, morfofunksional rivojlanish jihatlari va xavfsizlik nuqtai-nazardan optimal standartlarni joriy etish hamda ulardan oqilona foydalanish zarur.

Maktabgacha ta'lim muassasalarining 5-6 yoshli katta guruh va 6-7 yoshli tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarini futbolga qiziqtirish hamda tarbiyalanuvchilarni futbol sport turi bilan nazariy tanishtirish barobarida bolalarning yoshidan kelib chiqib futbol to'pi bilan muomala qilish, to'pni aniq va to'g'ri yo'llay bilish, masofani his qilish, jamoaviy o'yinda sherikni ko'ra bilish, bir-birini tushunish, raqibning qarshiligini engib o'tish, maydonga moslashish kabi jihatlarini futbol elementlari mavjud harakatli o'yinlar orqali o'z lashtiradi.

2018 yilgi BMT Bolalar jamg'armasi YUNISEFning O'zbekistondagi vakolathonasi texnik ko'magida yaratilgan "Ilk qadam"maktabgacha ta'lim tashkilotining Davlat o'quv dasturi bolaning o'ziga xos rivojlanish xususiyatlari va salohiyatlarini hisobga olish, o'yin orqali ta'lim berish va rivojlantirish, bola salomatligini asrash va mustahkamlash, uning harakatlanish ehtiyojlarini qondirish kabi tamoyillarni o'z ichiga oladi.

Dasturda ko'rsatilganidek 5 dan 7 yoshgacha bo'lgan bolaning to'siqdan hatlashi yoki aylanib o'tishi, yugurishning har xil ilon izi, egri-bugri, mokisimon, to'siqlarni engib o'tish kabi turlarini bajarishi, koptokni yuqoriga otishi, uni ilib olishi, qopchani nishonga irg'ita olishi, klyushka bilan koptokni to'siqlar orasidan olib o'ta olishi singari harakatlarining rivojlanishini hisobga olib tayyorlov guruhlarida futbol elementlaridan tashkil topgan harakatli o'yinlar orqali futbol sport turini texnik elementlariga o'rgatishni yo'lga qo'yish, hamda futbol festivalini muntazam o'tkazish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarga jismoniy tarbiya mashg'ulotlarida futbolni o'rgatish bolalarni futbolga bo'lgan qiziqishini ortirishi, tur haqida tushunchalarga ega bo'lishi, o'yin qoidalarini bilishlarini ta'minlashi bilan birga, mutaxassislarga yangi vazifalarni yuklaydi. Futbol o'yini asosan ochiq havoda chim yotqizilgan maydonlarda, moslashtirilgan sport zal yoki usti yopiq suniy chim yotqizilgan maydonchalarda o'tkaziladi.

Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida ko'nikma va malaka jismoniy tarbiya mashg'ulotlari va harakatli o'yin daqiqalari jarayonida hosil qilinadi. Bunga esa mashqlarni qayta-qayta bajarish orqali erishiladi, takroriylik o'z navbatida, butun a'zo tizimlari faoliyatiga ta'sir etadi.

Jismoniy tarbiya instruktori tarbiyalanuvchilarga dastavval futbol to'pi bilan muomala qilish, oddiygina to'pni tepish, belgilangan nishonga (darvozaga) yaqin masofadan sekin-asta oraliq masofani uzaytirish bilan hamda qarshisidagi sherigiga to'pni aniq yo'llash kabi mashqlardan boshlash kerak bo'ladi. Quyida jismoniy tarbiya instruktorlari tomonidan tarbiyalanuvchilarga futboldan ilk odiy mashqlarni o'rgatish uchun namuna keltirilgan.

1. Tarbiyalanuvchilar juftlikda bir biridan 5-7 metr uzoqlikda turib olishadi.Birinchi raqamli koptokni qarshisidagi juftiga qarab oyoq uchida astagina tepishni amalga oshiradi. To'pning to'g'ri yo'naltirilganligini bilish uchun (o yoq

uchiga bo'r surtib qo'yiladi) to'pning qaysi nuqtasiga zarba berilishi kerakligi kuzatiladi. Har bir oyoqda 7-10 martadan tepganida qarshisidagi sherigiga necha marta to'g'ri yo'llaganligi sanaladi. Aynan shu harakat bilan 5-7 m. masofaga kichik 75-100 sm.li darvoza yoki nishon (bayroqcha, to'ldirma to'p, kegli donachalari va h.k.)ga tepish amalga oshiriladi. 7-10 martadan keyin aniq amalga oshirilgan zarbalar sanaladi.

2.To'pning markaziga emas, balki markazidan bir oz chap va o'ng tomonga oyoq uchida 3-5 martadan tepish. To'p qaysi tomonga xarakat qilishini kuzatish va to'p nishonga tegishi uchun uni qaeriga tepish kerakligini esda tutish uqtiriladi.(1 -rasm)

(1-rasm).

3. Avvalo, tarbiyalanuvchilarga futbol sirini o'zlashtirishda uchta texnik usul va usullarning qo'shilmasini bajarishni o'rgatish kerak:

-oyoq yuzasining icliki va tashqi qismlarida to'p surish.(2-rasm)

(2- rasm).

-qarshi tomondan dumalab kelayotgan to'pni oyoq yuzasining ichki tomoni bilan to'xtatish. (3-rasm)

(3- rasm). (4-

rasm).

-yugurib kelib oyoq yuzasining o'rtasi bilan to'pni tepish. (4-rasm) 4.To'pni tepishni amalga oshirishda harakatlar mutanosib to'g'ri bajarilishi uchun tayanch oyoqni to'p bilan bir tekis qo'yish va 4-5 qadam naridan yugurib kelish kerak. Bu xarakat zanjirida beshta muhim vaziyatni hisobga olish zarur: -yugurib kelayotganda o'zgartirilgan so'ngi qadam;

-boldir va tos oralig'ida eng o'tkir burchak yaratish, shuningdek tayanch oyoqni 10-15 sm yondan va to'p tekisligida to'g'ri tutish;

-oyoq to'pga tekkan vaqtida tizza bo'g'imida deyarli to'g'rilanishi va tizza go'yo to'p ustida osilib qolgandek bo'lishi lozim;

-zarba berish vaqtida oyoq (tos-boldir-tovon) "bukriga"cha aylanadi; -zarba berilgandan keyin tepayotgan oyoq oldinga uzatilib ketadi.

(5-rasm). (6-rasm).

O'yin jarayoniga yaqinlashtirilgan harakatlarni amalga oshirishda esa yugurish vaqtida "etakchi" oyoq yuzasi to'pga tegishdan oldin oyoq (oyoq panjalari gumbazi)ning ichki qismi yoki tashqi qismi sal tashqariga aylanib chiqadi. (5-6-rasmlar) Oyoqni to'pga ishonch va e'tibor bilan tekkazish kerak. Bunda gavda

oldinga sal egilgan bo'ladi. To'pga doimo qarayverish kerak emas, chunki bu holatda boshqa o'yinchilar nima qilayotganini ko'rmay qolasiz. Shuningdek, to'pni doimo boshni ko'tarib butun maydonga qarayverib surish ham mumkin emas. Har galgidek bu gal ham mo'tadillik zarur, demak o'z oldingizdagi maydonga qarash kerakligi muhimligini tushuntirib va bajartirish lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar.

1. Farkhod Turdalievich Abdullayev, Bahrom Pulatovich Pardayev The Role of Public Sports and Health Measures in Strengthening Children's Bodies Academic Research in Educational Sciences (ARES)

2. Abdullaeva B.P. Babaraximova B.P. Pardaev B.P.Using information and communication technologies in teaching process of various primary European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, 8 (10), 67-70. Progressive Academic Publishing, UK www.idpublications.org

14.10.2020

3. Abdullaeva B.P. Abdullaeva F.T. Organization Of Swimming Lessons In Preschool Institutions The American Journal Of Social Science And Education Innovations. JULY 2020[ TAJSSEI]322ISSN (e):2689-100X DOI: https://doi.org/10.37547/taissei/Volume02Issue07-42

4. Abdullayeva, B. P., & Babaraximova, B. P. (2020). Maktabgacha ta'lim muassasasida futbol darslarini tashkil etish metodikasi. Academic Research in Educational Sciences http://ares.uz/iurnallar-sahifasi/ares-vol-1-no-3-2020

5. Mamadaliev K.R., Jabborova O.M., Umarova Z.A., Abdullaeva B.P. Creation of a New Generation of Teaching Literature - A Requirement of Modernity // SCOPUS International Journal of Psychosocial Rehabilitation, Vol. 24, Special Issue 1, 2020.

6. Academicia: An International Multidisciplinary Research Journal https://saarj.com Organization and methodology of conducting football lessons in a preschool institution Abdullaeva B.P 650-655 10.5958/2249-7137.2021.00098.7

7. Narimbetova Z.A.The Study Of The Elements Of Fractal Geometry As A Means Of Integrating Knowledge In Mathematics And Computer Science In The Educational Process Of A Secondary School Students. International Journal Of Scientific & Technology Research Volume 9, Issue 04, April 2020.

8. Narimbetova Z.A Developing Creative Competence Through The Formation Of Scientific Generalization In Students. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences Vol. 8 No. 5, 2020, Part II. ISSN 2056-585.

9. Наримбетова З.А.Учитель-нравственный пример для ученика. academic research in educational sciences VOLUME 2 | ISSUE 1 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723.

10.Наримбетова З.А. Active, interactive and distance forms of the cluster method of learning in development of higher education. электронное научно-практическое периодическое издание http://www.iupr.ru "Экономика и социум" №12(79) 2020.

11. Кузманова Г.Б., Н.А.Бекетов Use Of Historical Materials In Teaching Mathematics In Continuous Education. The american journal of social science and education innovations, Volume 2 Issue 9, 2020, ISSN 2689-100X, 2(09), 531-537.

12.Кузманова Г.Б. Umumiy o'rta ta'lim maktablarida matnli masalalarning ta'limiy ahamiyati. academic research in educational sciences, 2(3), 1154-1159

13.Наримбетова З.А. Использование интерактивные методы обучения в учебном процессе. электронное научно практическое периодическое издание http://www.iupr.ru "Экономика и социум" №3(82) 2021, МАРТ

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.