Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BAYRAM ERTALIKLARI ORQALI BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH MAZMUNI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BAYRAM ERTALIKLARI ORQALI BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH MAZMUNI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
5055
215
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Bayram / ertalik / bola / malaka / maktabgacha ta’lim / maktabga tayyorgarlik

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Imamova N.Z., Abdulhakimova M.

Maqolada maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bayram ertaliklarini o’tkazish va ularni to’g’ri tashkil etish, Bayram ertaliklari orqali bolalarni maktabga tayyorlash hamda shu jarayonda qilinadigan ishlar mazmuni haqida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BAYRAM ERTALIKLARI ORQALI BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH MAZMUNI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARIDA BAYRAM ERTALIKLARI ORQALI BOLALARNI MAKTABGA TAYYORLASH MAZMUNI 1Imamova N.Z., 2Abdulhakimova M.

1Nizomiy nomidagi TDPU o'qituvchisi, 2Nizomiy nomidagi TDPU talabasi https://doi. org/10.5281/zenodo. 7926853

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bayram ertaliklarini o'tkazish va ularni to'g'ri tashkil etish, Bayram ertaliklari orqali bolalarni maktabga tayyorlash hamda shu jarayonda qilinadigan ishlar mazmuni haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Bayram, ertalik, bola, malaka, maktabgacha ta'lim, maktabga tayyorgarlik.

Yurtimizda barcha sohada olib borilayotgan ilg'or izlanishlar shu jumladan bolalarni maktab ta'limiga tayyorlash soxasini ham chetlab o'tmagan. Har tomonlama yetuk, kreativ yondashuvchi kadrlarni tayyorlash jarayoni hozirgi zamon talabidir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi PQ-3305-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to'g'risida"gi qarori hamda, 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son "2017-2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 21-noyabrdagi 929-son "O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi to'g'risidagi nizomi maktabgacha ta'limga bolalarni sifatli tayyorlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida moddiy texnika bazasini mustahkamlash, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish va shu orqali maktabgacha ta'limga bola qamrovini oshirish va sohaga ilg'or xorij tajribalarini tadbiq qilish imkonini beradi. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim-tarbiya jarayoni ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari va "Ilk qadam" davlat dasturi asosida rejalashtiriladi. Yurtimizda maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama, intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratish, maktabgacha ta'lim tizimiga innovasiyalarni, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikasiya tehnologiyalarni joriy etish, bu O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to"g"risidagi PQ-4312 da belgilab berildi. Konsepsiyada maktabgacha ta'lim tizimini rivojlantirishning maqsadlari va ustuvor yo'nalishlarida, ta'lim-tarbiya jarayonini takomillashtirish, bolalarning rivojlanganligi darajasini va ularning umumiy boshlang'ich ta'limga tayyorligi, shuningdek, ularning ijtimoiy,shaxsiy,hissiy, nutqiy, jismoniy va ijodiy rivojlanishini baholash asosida amalga oshirilishi ta'kidlandi. Bolalarni har tomonlama barkamol shaxs qilib rivojlantirish va ularni maktabgacha ta'lim tashkilotlarida kasblar bilan tanishtirib borish bolani o'z vaqtida mustaqil hayotga jasorat bilan kirishi o'z kasbiy faoliyat yo'lini tanlashi uchun tayyorlashni nazarda tutadi.

Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasidsa musiqiy tarbiya alohida ahamiyat kasb etib, muntazam ravishda olib boriladigan tarbiya jarayonining bir qismini tashkil etadi. Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim musassalarida musiqiy tarbiyani amalga oshirish dasturida belgilangan ertalik va bayramlarni nishonlashga qaratilgan tadbir va bayramlarni tashkil qilish jarayoniga qaratilgan. Musiqa, ayniqsa, milliy musiqa, bola tarbiyasiga benihoya katta ta'sir ko=rsatib, ularda yuqori darajadagi badiiy, estetik zavq va didni shakllantiradi, go'zallikni musiqa orqali idrok etishda yetakchi rol o'ynaydi. Bolalar bog'chasida musiqiy tarbiya quyidagi vazifalarni o'z oldiga qo'yadi:

- musiqa tinglash;

- vokal ijrochilik;

- milliy musiqa asboblari bilan tanishtirish;

- bastakor hayoti va ijodi bilan tanishtirish;

- musiqa turlari bilan tanishtirish;

- ritmik harakat va raqs asoslari bilan tanishtirish;

- bolalarda ijobiy qobilyatlarni aniqlash va rivojlantirish; -musiqa vositalari orqali bolalar tarbiyasini tobora shakllantirish.

Musiqa rahbarlari ushbu vazifalarni amalga oishirar ekanlar, o'z ish tajribalarida turli faoliyat shakllaridan keng foydalanadilar.

- Musiqa mashg=ulotlari (vazifa va maqsadiga qarab, turli mavzu va yo'nalishda bo'ladi):

- bayram ertaliklari;

- ko'ngil ochar musiqiy o'yinlar;

- nafosat soatlari;

- badiiy va adabiy musiqiy kompozitsiyalar;

- musiqiy teatr dramatizatsiyalari;

- yakka hol ish turlari;

- to'garak ishlari.

Bayram ertaliklariga tayyorgarlik ko'rilar ekan, avvalambor bu hammaning bayrami ekanligi, bolalar xotirasida unutilmas iz qoldirilishi, ularga zavq, xursandchilik olib kelishini nazarda tutish zarur. Bu jarayonda barcha teng qatnashishi lozim. Masalan, pedagogik jamoa, ota-onalar va mahalla ahli. Maktabgacha ta'lim muassasasida tashkil qilingan bayram ertaliklari umumxalq bayramlarining bir parchasi bo'lmog'i zarur. Bolalar bog'chasida musiqa va o'yinlar bolaning aqliy, estetik va jismoniy rivojida raqs, musiqali o=yin va musiqa bilan harakat katta ahamiyatga ega. Musiqa faoliyatining bu turlari bolaning har

tomonlama o'sishiga katta yordam beradi. Bayram ertaliklari bolalarni rivojlantiribgina qolmay, ularni maktab ta'limida o'zlarini erkin tutishlarini, darslar jarayonida o'zlarining fikrlarini erkin bildira olish ko'nikmalarini shakllantirishga yotdam beradi.

Xulosa qilib shuni aytish lozimki kichik, o'rta, katta va tayyorlov guruhlarida bayram ertaliklari MTTda olib boriladigan barcha bayram ertaliklari vositasida oliyjanob fazilatlar yosh avlodga maktabgacha ta'lim yoshidan boshlab shakillantiriladi. Bayram ertaliklari jarayonida bola hayotiy voqelikni musiqaviy obrazlar orqali idrok etib boradi.

REFERENCES

1. Maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablari. -Toshkent, 2018.

2. Agar bolam sog'lom bo'lsin desangiz. D.Sharipova va boshqalar (Ota-onalarga maktabgacha yoshdagi bolalarning gigiyenik tarbiyasi haqida) Metodik qo'llanma. -T., 2006.

3. G'aybullaeva M. Bir yoshdan uch yoshgacha bo'lgan bolalar tarbiyasi. -Toshkent, 2006.

4. Khalilova Dilnoza Furkatovna. Formation of social competence of future educators in preschool educational organizations. Science and innovation international scientific journal Volume 2 issue 3 march 2023. 174-177.

5. Dilnoza Furkatovna Khalilova. Innovative educational environment as a factor for improving professional competence in developing social relationships in students.

6. Science and innovation international scientific journal Volume 2 issue 1 january 2023. UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337 | SCIENTISTS.UZ. 412-414. https://scholar.google.ru/scholar?oi=bibs&cluster=16983227533543910071&btnI=1&hl= ru.

7. Imamova, N. Z. (2023, January). METHODOLOGY FOR DEVELOPING CREATIVE QUALITIES OF FUTURE TEACHERS IN THE PROCESS OF INDEPENDENT TRAINING. In International Scientific and Current Research Conferences (pp. 86-90). https://orientalpublication.com/index.php/iscrc/article/view/859

8. Djamilova, N., Kim, I., Marasulova, D., Imamova, N., & Ismanova, G. (2022). Ecological Culture Development of Independent Learning, Creativity, Integrative Technology and Logical Thinking. Journal of Pharmaceutical Negative Results, 25242529. https://pnrjournal.com/index.php/home/article/view/3844

9. Xolto'rayeva S.X. MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARGA MATEMATIK BILIM BERISH ORQALI FAZOVIY TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISHNING DOLZARBLIGI. XALQARO ILMIY-AMALIY ANJUMAN, 579-581

10. Камалова, Г. А. (2023). СОЦИАЛЬНО-ПЕДАГОГИЧЕСКАЯ СУЩНОСТЬ РАЗВИТИЯ ПРОФЕССИОНАЛЬНОЙ КОМПЕТЕНТНОСТИ УЧАЩИХСЯ НА ОСНОВЕ ИНТЕГРАТИВНОГО ПОДХОДА. INTELLECTUAL EDUCATION TECHNOLOGICAL SOLUTIONS AND INNOVATIVE DIGITAL TOOLS, 2(14), 213221. https://interonconf.org/index.php/neth/article/view/1875

11. Чориева, Д. А., & Камалова, Г. А. (2021). РОЛЬ УЧИТЕЛЯ В ОРГАНИЗАЦИИ УЧЕБНО-ВОСПИТАТЕЛЬНОГО ПРОЦЕССА В ОБРАЗОВАТЕЛЬНОМ УЧРЕЖДЕНИИ. In Человек в современном мире: пространство и возможности для личностного роста (pp. 161-166). https://elibrary.ru/item.asp?id=45840373

12. Artikbayeva, A. A. (2023). Development of Professional Competencies of Students Based on Social Cooperation. Web of Synergy: International Interdisciplinary Research Journal, 2(2), 354-356.

13. Махмутазимова, Ю. Р. (2019). Роль воспитателя в детском саду в формировании личности ребенка. Actual Problems of Applied Sciences Journal World, (3), 24-28.

14. Makhmutovna T. K., Ibragimovna T. I. Specific features of the pedagogical process focused on increasing the social activity of youth //Asian Journal of Multidimensional Research (AJMR). - 2020. - Т. 9. - №. 6. - С. 165-171.

15. Abdullaeva, B. S., Sobirova, M. A., Abduganiev, O. T., & Abdullaev, D. N. (2020). The specifics of modern legal education and upbringing of schoolchildrenin the countries of the post-soviet world. Journal of Advanced Research in Dynamical and Control Systems, 12(2), 2706-2714.

16. Oglu, Abduganiev Ozod Tursunboy. "Pedagogical Conditions And Mechanisms Of Development Of Social Active Civil Competence In Students." Turkish Journal of Computer and Mathematics Education 12, no. 7 (2021): 433-442.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.