Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINING KREATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI'

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINING KREATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metod / zamonaviy o'qituvchi / kreativlik / stereotiplar / zamonaviy talim / innovatsiya.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Xakimova Nargiza Nozimjon Qizi

Ushbu maqolada kreativlik tushinchasi, mohiyati va uning nazariy metodologik asoslari, inson tafakkuri, tasavvuri undagi fikrlash shakllari yoritib berilgan. Shu bilan birga o'qituvchi kreativligi va bolalarning kreativ fikrlashlari haqida so'z boradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINING KREATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTLARI TARBIYALANUVCHILARINING KREATIV QOBILYATLARINI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

Xakimova Nargiza Nozimjon qizi https://doi.org/10.5281/zenodo.11211940

Annotatsiya. Ushbu maqolada kreativlik tushinchasi, mohiyati va uning nazariy metodologik asoslari, inson tafakkuri, tasavvuri undagi fikrlash shakllari yoritib berilgan. Shu bilan birga o'qituvchi kreativligi va bolalarning kreativfikrlashlari haqida so'z boradi.

Kalit so'zlar: metod, zamonaviy o'qituvchi, kreativlik, stereotiplar, zamonaviy talim, innovatsiya.

Abstract. In this article, the concept of creativity, its essence and its theoretical and methodological foundations, human thinking, imagination, and the forms of thinking in it are explained. At the same time, the teachers creativity and children creative thingking are discussed.

Keywords: method, modern teacher, creativity, stereotypes, modern education, innovation.

Kirish. Xozirgi zamon innovatsion rivojlanishning global vazifalaridan biri bu insonlarning kreativ fikrlashini shakllantirishdir. Kreativlik deganda insonning yangi yangi g'oyalar ishlab chiqarishi, murakkab ko'rinib turgan , yechimi ochiq turgan muammolarga yechim topa bilishi, tavakkalchilik qobilyati, o'zining kasbiy faoliyatiga ijodiy yondashuvi hamda kasbiy yetukligi kabi harakatlari nazarda tutiladi. Jahondagi globallashuv fan va ta'limning integratsiyalashuvi jarayonlarida o'sib kelayotgan yosh avlodni kreativ fikrlash qobiliyatini rivojlantirish masalasi dolzarb vazifalardan biri sifatida belgilanmoqda. Zamonaviy jamiyat ta'lim tizimi oldiga yuqori malakali, intiluvchan, raqobatbardosh, tashabbuskor, ma'naviy va jismoniy sog'lom shaxslarni tarbiyalab berish talabini qo'ymoqda. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha harakatlar strategiyasida "yuksak bilimli va intellektual rivojlangan avlodni tarbiyalash" vazifasi belgilandi[2]. Sifatli ta'lim xizmatlarini imkoniyatlarini oshirish , mehnat bozorining imkoniyatlariga mos keluvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish, oliy ta'lim muassasalari ta'lim sifati va samaradorligini oshirish kabi yo'nalishlar belgilanib, bu borada oliy ta'lim muassasasi pedagoglarini hamda bo'lajak mutaxassislarni kreativligini rivojlantirish, doimiy yangilanib turuvchi jamiyat hayotiga yangicha fikr va qarashlar bilan yondashuvchi yosh avlodni zamon talablariga mos ravishda tarbiyalash oliy ta'lim muassasi pedagogining muhim kasbiy vazifasi hisoblanadi[1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Jahon miqyosida pedagogik tajriba va ilmiy tadqiqotlarni tahlil qilish natijasida inson hayoti davomida egallaydigan barcha ma'lumotining 70%ini besh yoshgacha bo'lgan davrda olib ulgurishi o'z isbotini topgan. Darhaqiqat, bu davr mobaynida bola dunyoni idrok qilishni boshlaydi, fikrlaydi, atrof- olam bilan tanishadi, umri davomida oladigan bilimlarga zamin tayyorlaydi. Yurtimiz kelajagi hisoblangan yosh avlodni barkamol shaxs sifatida tarbiyalashda maktabgacha ta'lim tashkilotlari va maktabgacha ta'lim tashkilotlari mutaxassislarining o'rni beqiyosdir.

Prezident SH. Mirziyoyevning 2019- yil 19- oktyabrdagi maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish masalalariga bag'ishlangan yig'ilishda ta'kidlaganlaridek: "Qaysi sohani olmaylik, biz zamonaviy erkin fikrlovchi shaxslarni tarbiyalamasdan turib biron bir o'zgarishga,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION

15 MAY, 2024

farovon hayotga erisha olmaymiz.Bunda shaxslarni, millatning sog'lom genofondini tayyorlash, avvalo, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlanadi". Prezidentimiz ta'kidlaganidek "Kelajagimiz unib o'sib kelayotgan yosh -avlodlarni qo'loda".Ta'lim sohasiga qo'yiladigan talablar orasida maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini kreativ qobilyatlarini oshirish uchun qator chora- tadbirlar yo'lga qo'yilgan. Maktabgacha ta'lim tashkilotlaridagi pedagog shaxsiga qo'yiladigan talab - eng avvalo o'z ustida izlanishlar olib borishi shular jumlasidandir.Shunday ekan, maktabgacha ta'lim tizimida eng muhim ehtiyoj maktabgacha ta'lim tashkiloti mutaxassislarining kasbiy yetukligi oshirish. Chunkiy maktabgacha ta'lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini kreativ kompetentligini oshirishda ularning roli muhimdir. So'nggi yillarda kelajagimiz poydevori bo'lmish farzandlarimizga ya'ni maktabgacha ta'lim tizimiga katta e'tibor qaratilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 9-sentyabrdagi PQ-3261-sonli "Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori, 2016-yil 29- dekabrda qabul qilingan PQ-2707- sonli " 2017-2021 yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida"gi Qarori, 2018- yil 3- iyuldagi Maktabgacha ta'lim Vazirligining 3032- son " O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan Davlat talablarini tasdiqlash haqidagi ", 2019- yil 16-dekabrdagi PQ-595-sonli " Maktabgacha ta'lim va tarbiya to'g'risidagi " qonuni, 2019-yil 8-maydagi PQ 4312-sonli "Maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi", 2020- yil 6- noyabrdagi " O'zbekistonning yangi taraqqiyot davrida ta'lim- tarbiya va ilm-fan sohalarini rivojlantirish chora- tadbirlari to'g'risida"gi PF 6108-sonli farmon va shu kabi qarorlarining qabul qilinishi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim va tarbiya jarayoniga salmoqli yangilanishlar kiritilishiga xizmat qildi. Yurtimizda 2018-yildan Koreya tajribasiga asoslangan "Ilk qadam" o'quv dasturi maktabgacha ta'lim tashkilotlarida joriy qilina boshladi. Yangi dasturga binoan, maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanuvchilar bilan mashg'ulotlar beshta faoliyat markazlarida tashkil etiladi. Bularning barchasi bolalarni kreativ fikrlashi, Har bir ish uchun kreativ yondashuviga shart sharoitlar amalga oshirilayotganini ko'rishimiz mumkin.. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi mutaxassislar tarbiyalanuvchilarni kreativ kompetentligini rivojlantirshda turli metodikalarini integrativ yondashuv asosida takomillashtirsa tarbiyalanuvchilar har qanaqa jarayonda o'zining ijodiy va kreativ qobilyatlarini namoyon qilishida foydali va kerakli jihatlarini ko'rsatadi. O'sib kelayotgan yosh avlodni yangi zamon talablariga to'laqonli javob bera oladigan, har qanaqa vaziyatga kreativ yondasha oladigan, dunyoni yangicha qarashlar bilan anglaydigan kreativ qobilyatlarini rivojlantirish, ularda kreativ fiklash va tafakkurni shakllantirish eng avvalo maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib boruvchi pedagog, mutaxassislardan kasbiy faoliyatlari ham muhim. Barkamol shaxsni voyaga yetkazishda roli beqiyos sanaladigan maktabgacha ta'lim tashkiloti rivojlantirish eng avvalo oliy ta'lim muassasasi pedagoglarining zimmasidadir. Ma'lumotlarga qaraganda (yoshlar psixologiyasiga ko'ra) olti yoshgacha bo'lgan bolalar 40% iste'dod potentsialiga ega ekanlar. Bolalar eng kichik yoshdanoq ijodkorlik, yaratuvchanlikkanjuda moyil bo'lar ekanlar. Shunday ekan, ayni shu davr bolalarda kreativ qobilyatlarini shakllantirishning ayni vaqtidir. Buning uchun albatta maktabgacha ta'lim tashkilotidagi mutaxassislarning o'z zimasiga qanday masulyat yuklanotganligini his etib yashashlari lozim. Hozirgi zamon ta'lim jarayoniga Oliy ta'lim muassasasida taxsil oluvchi bo'lajak tarbiyachilarni o'qitishda "Kreativ Pedagogika asoslari" fanining qo'shilgani talabalarning kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida zarur bo'lguvchi kreativ kompetentligini rivojlantirilishi ta'limjarayonini samarali va sifatli tashkil etishda xizmat qiluvchi omil bo'ladi desak, adashmaymiz. Kreativlikning mazmun va mohiyatiga to'xtaladigan bo'lsak,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

mamlakatimizdagi bir qator pedagog olimlarning o'quv - metodik qo'llanmalarini tahlil qilgan holda, quyidagilarni aytishimiz mumkin:

Kreativlik ( lot,ingl. "create"-yaratish, "creative" yaratuvchi, ijodkor)-individning yangi g'oyalar ishlab chiqarishga tayyorlikni tavsiflovchi hamda mustaqil omil sifatida iqtidorlilikning tarkibiga kiruvchi ijodiy qobiliyati.Kreativ kompetentlik esa- pedagogik faoliyatga nisbatan tanqidiy va ijodiy yondoshish, o'zining ijodkorlik malakalariga egaligini namoyish eta olishidir.Kreativlik shaxsni yahlit holda yoki uning muayyan xususiyatlarini tavsiflaydi[5]. Bugungi kunda asosiy e'tibor o'quvchi yoshlarning ta'lim-tarbiyasiga, ularning mustaqil fikrlaydigan, yuksak tafakkur egasi va ma'naviyatli insonlar bo'lib shakllanishlariga qaratilgandir. Prezidentimiz ta'kidlaganlaridek, "Yoshlarimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma'naviy salohiyatga ega bo'lib, dunyo miqyosida o'z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo'sh kelmaydigan insonlar bo'lib kamol topishi, baxtli bo'lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz".

Shuningdek, kreativlik iqtidorining muhim omili sifatida aks etadi. Qolaversa, kreativlik zehni o'tkirlikni belgilab beradi. P. Torrens fikricha, "kreativlik" tushunchasi negizida quyidagilar yoritiladi:

- muammoga yoki ilmiy farazlarni ilgari surish;

- farazni tekshirish va o'zgartirish;

- qaror va natijalarni shakllantirish asosida muammoni aniqlash;

- muammo yechimini topishda bilim va amaliy harakatlar yeg'indisidir[5].

Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga ahamiyat berish lozim: Bolalarda kreativlikni rivojlantirishda quyidagilarga e'tibor qaratish zarur: Odatda kreativlik bolalarning faoliyatida tez-tez ko'zga tashlansada, biroq, bu holat bolalarning kelgusida ijodiy yutuqlarni qo'lga kiritishlarini kafolatlamaydi. Faqatgina ular tomonidan ko'p savollar berilishini rag'batlantirish va bu odatni qo'llab-quvvatlash, bolalarning mustaqilligini rag'batlantirish va ularda javobgarlikni kuchaytirish, bolalar tomonidan mustaqil faoliyatni tashkil etilishi uchun imkoniyat yaratish va bolalarning qiziqishlariga e'tibor qaratish , ijodiy ko'nikma, malakalarni o'zlashtirishlari zarur degan ehtimolni ifodalaydi. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarining bo'lajak mutaxassislarining kreativ kompetentligini rivojlantirishning nazariy asoslarini yoritishda mamlakatimiz pedagog olimlarining, jumladan N. Muslimov, M. Usmonboyeva, A. To'rayev, D. Sayfurov va boshqa olimlar tomonidan tayyorlangan o'quv-metodik qo'llanmalardan foydalanilgan[6].

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, kreativlik xozirgi kunda judayam, ayniqsa O'zbeksitonda tanqis, kam uchraydigan narsalardan biri hisoblanadi.

Shuni unutmaslik kerakki, bugungi jamiyat bir xillikdan zerikdi. Endi faqatgina kerativ o'ylagan insongina xammadan ajralib tura oladi. Chunki Kreativlik- bu cheklash mumkin bo'lgan tushuncha emas. Uni rivojlantirish xar birimizning qo'limizda. Unutmang, Kreativlik - XXI asr talabi!

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta'lim o'tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PF-5198-sonli Farmoni. 2017-yil 30-sentabr. Qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 30.09.2017 y.,06/17/5198/0043-son; 09.10.2020 y., 07/20/4857/1357-son.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

2. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7 fevraldagi «O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar Strategiyasi to'g'risida»gi PF-4947-son Farmoni. -O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2017 y., 6-son,

3. O'zbekiston respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 22 dekabrdagi "Maktabgacha ta'lim va tarbiyaning Davlat standartini tasdiqlash to'g'risida" 802-son Qarori /qonun hujjatlari ma'lumotlari milliy bazasi, 23.12.2020 y.,09/20/802/1658-son

4. "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi. "Ilk qadam" maktabgacha ta'lim muassasasining Davlat o'quv dasturi BMTning Bolalar jamg'armasi YuNISEFning O'zbekistondagi vakolatxonasi texnik ko'magi yordamida yaratildi va nashr etildi. - T.: 2018.

5. Muslimov N, Usmonboyeva M, Pedagogik kompetentlilik va kreativlik asoslari" moduli bo"yicha o"quv-uslubiy qo"llanma. :- Toshkent 2015, 120-bet.

6. Роу А.Дж. Креативное мышление / Пер.с.англ. В.А.Островкого. М.: НТ Пресс, 2007,176c.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.