Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI RAHBARINING HUQUQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI'

MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI RAHBARINING HUQUQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
13
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
huquqiy kompetensiya / huquq / huquqiy tarbiya / huquqiy madaniyat / huquqiy bilimlar.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Buriyev Xurshid Kosimovich

Mazkur maqolada maktabgacha taʼlim tashkiloti rahbarining huquqiy kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni sufatida ularda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada oshirish masalalari yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TAʼLIM TASHKILOTI RAHBARINING HUQUQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH MEXANIZMI»

MAKTABGACHA TA'LIM TASHKILOTI RAHBARINING HUQUQIY KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISH

MEXANIZMI

Buriyev Xurshid Kosimovich https://doi.org/10.5281/zenodo.11239439

Annotatsiya. Mazkur maqolada maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining huquqiy kompetensiyasini rivojlantirish mazmuni sufatida ularda huquqiy ong va huquqiy madaniyatini yanada oshirish masalalari yoritilgan.

Kalit so'zlar: huquqiy kompetensiya, huquq,huquqiy tarbiya, huquqiy madaniyat, huquqiy bilimlar.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida umumiy boshqaruvni ya'ni, sifatli ta'lim-tarbiya jarayonini, sog'lom ovqatlantirishni nazorat qilish, tashkilotning huquq va majburiyatlarini amalga oshirishni samarali tashkil etishda rahbarning huquqiy kompetentligi juda muhim hisoblanadi. Huquqiy kompetensiyaga ta'rifni berishdan avval huquqqa taalluqli tushunchalarni mazmunini yoritsh zarur bo'ladi.

Huquq - davlat tomonidan belgilangan yoki tasdiqlangan umumiy majburiy ijtimoiy normalar tizimi. U huquqiy munosabatlar va fuqaroning davlat tomonidan mustahkamlanadigan, kafolatlanadigan va muhofaza etiladigan asosiy huquqlarini o'z ichiga oladi. Huquqiy tarbiya -shaxsning ijtimoiy hayotda tarbiyalanishida muhim o'rin tutadi. Uning maqsadi jamiyat tomonidan qabul qilingan huquqiy normalarga muvofiq shaxsning o'z xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish orqali huquqiy madaniyatni shakllantirish.

Huquqiy madaniyat - dinamik hodisa bo'lib, u nafaqat sivilizatsiya qadriyatilarini o'zida mujassam etib, balki sivilizatsini o'zini ham rivojlanishiga va taptibga solinishiga yordam beradi. Huquqiy ongning asosiy g'oyalaridan biri bu - an'anaviy huquqiy javobgarlik turlariga - jinoiy-huquqiy, fuqarolik-huquqiy, ma'muriy huquqiylarga qo'shimcha konstitutsiyaviy javobgarlikning mavjudligidir.

Huquqiy ong deganda jamiyatda kishilarning huquq to'g'risidagi qarashlari tushuniladi. Huquqiy ong huquqiy normalarni qabul qilish, ularni amalda qo'llash uchun xizmat qiladi.

Huquqiy ong yaxlit ijtimoiy ong tizimiga uning alohida elementi sifatida kiradi. U ijtimoiy turmushning murakkab tarkibida alohida ijtimoiy hodisa bo'lganligi sababli mafkuraviy va siyosiy qarashlarning ta'siriga uchraydi. Huquqiy ongning amaliy funksiyasi ikki yo'l bilan ro'yobga chiqadi:

1. Huquqiy ong huquq normalarining g'oyaviy manbai bo'ladi;

2. U odamlarning xulq-atvoriga mafkuraviy va psixologik ta'sir ko'rsatadi.

Huquqiy ong huquqiy qurilmaning bir qismi sifatida huquq bilan bir qatorda ijtimoiy turmushda faol rol o'ynaydi. Huquqiy ong davlat belgilab qo'yishi kerak bo'lgan umumiy ahamiyatga molik xulq-atvor qoidalariga bo'lgan ehtiyoj jamiyat, ijtimoiy guruh, individ tomonidan anglab olinishi ham, shuningdek amaldagi huquqiy taptibning adolatli ekanligi, huquqni yanada rivojlantirish istiqbollari, yo'nalishlari baholanishini ham o'z ichiga oladi.

Huquqiy ong huquq bilan mushtarak tabiatga ega va jamiyat, turli ijtimoiy guruhning obyektiv ravishda kelib chiqqan ehtiyojlari hamda manfaatlarining bevosita ta'siri ostida

shakllanadi, o'zgarib borayotgan obyektiv shart-sharoitlar va jarayonlar ta'siri ostida doimiy rivojlanadi. Huquqiy davlat tomon ilgarilab borgan sari huquqiy normalar emas, balki aynan huquqiy ong ijtimoiy jihatdan xulq-atvorni rag'batlantiruvchi sifatida namoyon bo'lib boraveradi.

Huquqiy ongni va yuksak huquqiy madaniyatni shakllantirish huquqiy ta'sir ko'rsatish mexanizmining samaradorligini oshirishga yordam beradi.

Ma'lumki jamiyatda yashab turib, undan holi bo'lish mumkin emas. Shu sababli ijtimoiy majburiyatlarni ixtiyoriy va ongli ravishda bajarish - demokratiyani yanada rivojlantirish, ijtimoiy intizomni mustahkamlash, insonni tarbiyalashning zarur shartidir.

Huquqiy bilimlar, bilish natijasi sifatida, huquqiy ongning asosini tashkil etadi. Shu sababli huquq normalarida mustahkamlab qo'yilgan xulq-atvor qoidalari fuqarolarga albatta ma'lum bo'lishi, ular tomonidan tushunilgan va anglangan bo'lishi shart. Ayni vaqtda huquqda huquqiy ongning bir elementi deb qarash huquqiy bilimlarning hajmi va teranligiga katta ta'sir ko'rsatadi. Bu element huquqiy ong mazmuni va darajasining asosiy ko'rsatkichidir. Fuqaroning butun xulq-atvori ijtimoiy huquqiy voqelikka munosabatning namoyon bo'lish shaklidir.

So'nggi yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni, inson huquq va erkinliklariga hurmat munosabatini shakllantirishga, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda fuqarolarning huquqiy savodxonligi darajasini oshirishga qaratilgan sezilarli ishlar amalga oshirilganligiga qaramasdan, mazkur masala hamon dolzarbligicha qolmoqda.

Yuqorida huquqiy atamalarga berilgan ta'riflardan kelib chiqib, maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarning huquqiy kompetensiyasiga quyidagicha ta'rif berdik.

Bizning fikrimizcha, rahbarning huquqiy kompetensiyasi bu - davlat tomonidan ishlab chiqilgan me'yoriy huquqiy hujjatlar mazmunini tushunadigan va shu asosda ish olib boradigan, huquqiy tarbiya, huquqiy ong, huquqiy madaniyat, huquqiy savodxonlik kabi bilimlarni o'zida aks ettirgan yetuk shaxs.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida" PF-5618-son Farmoni mazkur yo'nalishda oldimizda turgan vazifalarni belgilab bergan muhim hujjat bo'ldi. Farmonda ko'rsatib o'tilganidek, bu boradagi muammolar aholining huquqiy bilimlarini oshirishga doir vazifalarning umumiy tusda belgilanganligi hamda ularni amalga oshirishning aniq ta'sirchan mexanizmi mavjud emasligi, aholining huquqiy bilimlari yetarli emasligi oqibatida, davlat organlarining qonunga xilof qarorlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyatidan deyarli foydalanmasligi mansabdor shaxslar tomonidan fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlari kamsitilishi holatlarining vujudga kelishiga sabab bo'layotganligi kabi holatlarda yaqqol namoyon bo'lmoqda. Farmonda jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishga xizmat qiluvchi bir qator vazifalar, jumladan, eng avvalo, ta'lim-tarbiyaning tizimli va uzviy ravishda olib borilishiga alohida e'tibor qaratish, maktabgacha ta'lim tizimidan boshlab, aholining barcha qatlamlariga huquqiy ong va huquqiy madaniyatni chuqur singdirish, shaxsiy manfaatlar hamda jamiyat manfaatlari o'rtasidagi muvozanatni saqlash g'oyalarini keng targ'ib qilish, yosh avlod ongiga huquq va burch, halollik va poklik tushunchalarini hamda odob-axloq normalarini chuqur singdirib borish, Konstitutsiyaning muhim jihatlarini ularga bolaligidan boshlab o'rgatish, davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirib borish, ularda korrupsiya va boshqa huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, davlat hokimiyati va kompetensiyai organlari, shu jumladan, huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda fuqarolik

jamiyati institutlarining manzilli huquqiy targ'ibotni amalga oshirish borasidagi o'zaro hamkorligini mustahkamlash, ommaviy axborot vositalarining huquqiy axborot bilan ta'minlashdagi rolini oshirish, huquqiy targ'ibotning innovatsion usullaridan keng foydalanish, shu jumladan, veb-texnologiyalarni qo'llashni kengaytirish belgilab qo'yildi. Fikrimizcha eng samara beruvchi vazifa bu - ta'lim jarayonida huquqiy bilimlarni oshirishga xizmat qiluvchi dedaktikalarni ko'raytirish hisoblanadi. Zepo yoshlikda egallangan bilim va ko'nikmalar har bir shaxs uchun eng ko'p vaqt xizmat qiladigan manba ekanligi barchamizga birdek ma'lum. Farmon bilan O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish sohasida muvofiqlashtiruvchi davlat organi etib belgilandi. Haqiqatdan ham bu borada adliya organlarining roli juda muhim hisoblanadi. Mazkur Farmon ijrosi yuzasidan aholiga berul maslahat berish portalini o'z ichiga olgan Advise.uz huquqiy axborot tizimi yaratilib, faoliyat ko'rsatib kelmoqda. Bundan tashqari, ushbu farmon bilan jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish konsepsiyasi tasdiqlanib, unda muhim ahamiyatga ega bo'lgan quyidagi yo'nalishlar belgilandi:

Shaxs, davlat va jamiyatning o'zaro munosabatlarida aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirish;

Jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirishda huquqiy targ'ibotning innovatsion usullarini joriy qilish;

Aholining huquqiy madaniyatini yuksaltirishda ommaviy axborot vositalarining rolini kuchaytirish;

Yuridik ta'limni, shuningdek, yuridik kadrlarni tayyorlash.

Maktabgacha ta'lim tashkilotida rahbarning huquqiy ongi, huquqiy kompetentligini yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta'minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 9-yanvardagi "Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to'g'risida" PF-5618-son Farmoni

2. X.K.Buriyev, N.F.Abdunazarova "Conceptual foundations of the process of forming the legal competense of students of pedagogigal directions" - European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences, "Progressive Academic Publishing", UK Vol.8 No8, 2020,www.idrublisations.org 48-51 b.

3. F.R. Valiyeva Uzluksiz ta'lim tizimi sharq olimlari nigohida. // Kasb-hunar ta'limi jurnali. №3-son. 2019-yil

4. F.R. Valiyeva, Sh.Kurbonov Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie // East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020

5. Mavlonov N.Sh. , Ne'matova Z.F., Maktabgacha ta'lim tashkiloti tarbiyachisi faoliyatida aktdan foydalanish, INNOVATIVE DEVELOPMENTS AND RESEARCH IN EDUCATION: a collection scientific works of the International scientific online conference (23th September , 2022) - Canada, Ottawa : "CESS", 2022. Part 9- 189p., 186-189

6. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarida ta'lim sifatini boshqarish algoritmini joriy etish. modern scientific research

sbornik statey III Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii, Sostoyavsheysya 17 maya 2023 g. v g. Penza Penza MSNS «NAUKA i prosve^enie» 2023

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.