Научная статья на тему 'MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYALANUVCHILARINING AXLOQIY QARASHLARINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI'

MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYALANUVCHILARINING AXLOQIY QARASHLARINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

CC BY
95
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
axloqiy qoidalar / tarbiya / jamiyat / ma’naviy sifatlar / insonpavarllik hissi. / moral rules / upbringing / society / spiritual qualities / feeling of humanvavarlik.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Tolibjonova, Gulshoda Nurbek Qizi

Yosh avlodni jamiyatga,mehnatga ,o’ziga munosabatni ochib beruvchi ma’naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsning axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishini talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirib olishgina bolalarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISSUES OF FORMING ETHICAL VIEWS OF PRESCHOOL EDUCATORS

The younger generation is a complex process, which requires a well-known quality of spiritual education, which reveals the educator to society, the labor and self-quality.Only children can help children to understand what surrounding aspects are in the behavior of surrounding people to consciously absorbing moral knowledge.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA TA’LIM TARBIYALANUVCHILARINING AXLOQIY QARASHLARINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

MAKTABGACHA TA'LIM TARBIYALANUVCHILARINING AXLOQIY QARASHLARINI SHAKLLANTIRISH MASALALARI

Yosh avlodni jamiyatga,mehnatga ,o'ziga munosabatni ochib beruvchi ma'naviy fazilatlarga muvofiq ravishda tarbiyalash tarbiyalanuvchi shaxsning axloqiy tarbiyaning pedagogik va psixologik asoslarini chuqur bilishini talab qiladigan murakkab jarayondir. Axloqiy bilimlarni ongli ravishda o 'zlashtirib olishgina bolalarga atrofdagi kishilar xatti-harakatidagi qaysi jihatlar yaxshi-yu, qaysilari yomon ekanligini anglab olishga yordam beradi.

Kalit so'zlar: axloqiy qoidalar, tarbiya, jamiyat, ma'naviy sifatlar , insonpavarllik hissi.

The younger generation is a complex process, which requires a well-known quality of spiritual education, which reveals the educator to society, the labor and self-quality.Only children can help children to understand what surrounding aspects are in the behavior of surrounding people to consciously absorbing moral knowledge.

Keywords: moral rules, upbringing, society, spiritual qualities, feeling of humanvavarlik.

«Axloq» so'zi lotincha «mows», ya'ni moral so'zidan kelib chiqib, u hech qayerda qat'iy yozib qo'yilmagan ijtimoiy qonundir. Inson kundalik hayotida undan (axloq normalaridan) norma sifatida foydalanadi. Axloqiy tarbiya normalari har bir jamiyatning huquqiy normalariga asos bo'ladi. Axloqiy bilimlarni o'zlashtiribgina qolmay, har qanday vaziyatlarda o'zini ana shu normalarga munosib tuta oladigan kishilar axloqiy tarbiyalangan hisoblanadi. Bunday kishida barqaror ma'naviy motivlar shakllangan bo'ladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Inson shaxsini shakllantirish bu tevarak-atrofdagi dunyoga, tabiatga, mehnatga, boshqa odamlarga va o'ziga munosabat sistemasini izchil o'zgartirish va murakkablashtirishdir. Bu uning butun hayoti davomida ro'y beradi. Bunda bolalik va o'smirlik yoshi, ayniqsa, muhimdir. Insonning shaxs sifatida rivojlanishi uning jismoniy va ma'naviy kuchlari birligida har tomonlama va yaxlit amalga oshiriladi.

Tolibjonova Gulshoda Nurbek qizi

Andijon Davlat pedogogika Instituti Maktabgacha Ta'lim fakulteti 1-bosqich magistranti.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Dunyoqarash, e'tiqod, ma'naviy sifatlar, his-tuyg'ular (burch, vijdon, mas'uliyat, muhabbat) madaniyati aniq tarixiy ijtimoiy sharoitda yaratiladi va shaxsning shakllanishiga ta'sir etadi. Qadimgi yunon faylasuflari Aflotun va Arastu bola tarbiyasini jamiyat o'z ixtiyoriga olishi, tarbiya jarayonidagi barcha zarur ishlarni davlat bajarishi lozim degan g'oyani ilgari surgan edilar. Ular o'z ftkrlarini farzand tarbiyasi jamiyat manfaatlari bilan bog'liq deb isbotlamoqchi bo'lganlar. Shunga ko'ra, bola tarbiyasi bilan asosan, davlat shug'ullanishi kerak, degan g'oya ilgari surilgan. Ammo sharq mutafakkirlari bola tarbiyasi bilan, asosan, ota-ona shug'ullanishi kerak degan xulosaga kelishgan. Bu bilan ular oilaviy tarbiyaning roliga katta e'tibor berganlar. Sharq mutafakkirlari oila va farzand tarbiyasi masalalariga katta e'tibor berganlar. Muhammad ibn Muso al-Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Abu Rayhon Beruniy, Mahmud Koshg'ariy, Kaykovus, Alisher Navoiy, Husayn Voiz Koshifiy kabi mutafakkirlarning qator asarlarida bolalarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash masalalari o'rtaga qo'yilgan va ularni hal etish yo'llari ko'rsatib berilgan.

Hozirgi kunda Maktabgacha ta'lim yoshidagi bolalarni axloqiy jihatdan tarbiyalash vazifasi va mazmuni bolaning ma'naviy dunyosini, uning ongini, axloqiy hislarini, shaxsiy sifatlarini tarbiyalash va rivojlantirish, axloqiy tarbiya mazmunini amalga oshirishdan iborat. Maktabgacha yoshdagi bolalarga axloqiy tarbiya berishning vazifalari quyidagilardan iborat:

1. Bolalarda axloqiy tasavurlar va xatti-harakatlami tarbiyalash.

2. Xulq madaniyati va ijobiy munosabatlarni tarbiyalash.

3. Bolalarda axloqiy his-tuyg'ularni tarbiyalash.

4. Xulqdagi salbiy sifatlarni barham toptirish.

Maktabgacha ta'lim muassasalarida axloqiy tarbiya berish har xil vositalar yordamida amalga oshiriladi. Birinchi galda bolalarni har xil faoliyatlar vositasida mashg'ulotlarda va mashg'ulotlardan tashqari vaqtlarda, ta'lim berish orqali kattalar mehnati bilan tanishtiriladi. Har xil bayramlar, ijtimoiy hayot voqealari, bolalar adabiyoti, musiqa, o'yin materiallari, ommaviy axborot vositalari — televideniya, radio va boshqalar bolalarning axloqiy tarbiyasiga katta ta'sir ko'rsatadi. Kichik yoshli bolalar axloqiy tasavur va bilimlarni faqat o'yin mashg'ulotlarida yaxshi o'zlashtirib oladilar. Bolalar tomonidan o'zlashtirib olingan axloqiy tasavurlarni ularga ongli ravishda tushuntirish dastlab mashg'ulotlarda, keyinchalik o'yin, mehnat jarayonlarida, sayrda, mustaqil faoliyatlar orqali amalga oshiriladi.Asta sekinlik bilan bolalarda Insonparvarlik hissi tarbiyalana boshlaydi.. Maktabgacha yoshdagi bolalarda tarbiyalanadigan axloqiy xususiyatlar, xulq-atvor qoidalari orasida insonparvarlik hissi muhim o'rin tutadi. Insonparvarlik hissi axloq normalari va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

qoidalarini o'rgatish asosida rivojlanadi. Buning uchun bolalarni yaxshi ishlarni qilishga o'rgatib borish kerak. Insonparvarlikni tarbiyalashda bolalaming yoshini e'ti borga olish zarur. Kichik bolaga yaxshi bo'l deganingiz bilan yaxshi bo'lib qolmaydi, chunki yaxshilik bilan yomonlikni to'g'ri tahlil qilishga uning hayotiy tajribasi yetishmaydi. Bu yoshdagi bolalarni yaxshi ishlar qilishga o'rgatiladi: yiqilib tushgan bolani turg'azib qo'yishga yordam berish, uning ustki kiyimlarini qoqib qo'yish, yupatish, o'simlik va hayvonlarni parvarish qilish, o'yinchog'ini o'rtog'iga berib turish, tik turgan kishiga joy ko'rsatish, eng muhimi boshqalarga ko'rsatgan xizmatidan xursand bo'lishga o'rgatish.Mana shunday axloqiy qoidalar biz kattalar uchun juda kichik bo'lin ko'rinishi mumkin lekin, bolalar uchun bu katta ishday ular har bir qilayotgan ishlarini tahlil qila boshlaydi shuning bilan ulardi kichik lekin eng asosiy fazilatlar va tarbiya jarayonlari sodir bo'la boshlaydi.

Shaxsni shakllantirish tarbiya jarayonida ro'y beradi, inson tarbiyasi xalq baxt-saodati yo'lidagi bunyodkorlik mehnatida, ijtimoiy hayotda, sotsial-iqtisodiy vazifalarni hal etishda amaliy ishtirokida yuzaga keladi. Shaxsni shakllantirishga uch omil:

tarbiya

ijtimoiy muhit

irsiyat nishonalari ta'sir ko'rsatadi.

Bola shaxsining shakllanish jarayoni tarbiya va ta'lim sharoitida insoniyatning ijtimoiy-tarixiy tajribasini o'zlashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu xilma-xil faoliyat turlarida ro'y beradi. Natijada bola o'zi yashayotgan jamiyat ijtimoiy munosabatlari sistemasiga kiradi. Bolaning ijtimoiy tajribani o'zlashtirishi uzoq davom etadigan murakkab jarayondir. Qiyinchilik shundan iboratki, bola, bir tomondan, mazmun, hajm va umumlashtirish darajasi jihatidan murakkab bo'lgan insoniy tajribani o'zlashtirishi kerak bo'lsa, ikkinchi tomondan, u mazkur tajribani o'zlashtirish usullarini hali egallamagan bo'ladi.Bola tarbiyasi ota-ona uchun asosiy vazifa.barcha fazilarlatlar oilada bunyod etiladi.Demaki farzand to'g'ri tarbiyasi uning oilasiga va tashqi muhitqa juda katta bog'liq bo'ladi.Bu yo'lida ota-onalar astoydil harakat qilib o'z farzandi kelajagi uchun munosib va to'g'ri o'rnak bo'la olishlari lozim.

REFERENCES

1. PQ-3261 09 009 2017 Maktabgacha ta'lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risidagi qaror.

2. Maktabgacha pedogogika F.R qoddirova.SH .Q Toshpolatova, N.M.Qayumova,M.N.A'zamova,Shin.A.V, Mirziyoyeva.Sh.Sh, Gosheva.I.V,T 2019

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

3. Z. Nishonova, G. Alimova "Bolalar psixologiyasi va uni o'qitish metodikasi" Toshkent 2007

4. "Maktabgacha ta'lim - tarbiya to'g'risida"gi qonun O'zbekiston 2020 y.

5. Kattakulovna, T. S., Khudoiberdievich, T. B., Evatovich, R. A., Norkulovich, J. B., & Buriniyozovna, E. S. Increasing protection of the rights and interests of youth in Uzbekistan.[Electronic Resource]. URL: https://philosophicalreadings. org/2021-13-4/(date of access: 15.06. 2022).

6. Turdiboev, B. (2019). UZBEKISTAN AS AN INDEPENDENT STATE-CIVILIZATION. Scientific and Technical Journal of Namangan Institute of Engineering and Technology, 1(8), 163-168.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.