INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
© S.G'. Rustamova1^_
1Toshkent davlat pedagogika universiteti, Toshkent, O'zbekiston
Annotatsiya
KIRISH: maktabgacha tarbiyachilarning psixologik xususiyatlarini tushunish ta'lim natijalarini yaxshilash va yosh bolalar uchun qo'llab-quvvatlovchi ta'lim muhitini yaratish uchun juda muhimdir. Ushbu tadqiqot samarali maktabgacha tarbiyachilarni belgilaydigan asosiy psixologik xususiyatlar, hissiy kompetensiyalar va shaxsiy xususiyatlarni o'rganadi, ularning ta'lim amaliyoti va o'quvchilar rivojlanishiga ta'sirini ta'kidlaydi.
MAQSAD: ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi maktabgacha tarbiyachilarning samaradorligiga hissa qo'shadigan psixologik xususiyatlarni aniqlash va tahlil qilishdir. Bu xususiyatlar ularning o'qitish usullariga, bolalar bilan o'zaro munosabatlariga va umumiy sinf muhitiga qanday ta'sir qilishini o'rganishni o'z ichiga oladi.
MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot aralash usullardan foydalanadi: adabiyotlarni ko'rib chiqish, so'rov, suhbatlar.
MUHOKAMA VA NATIJALAR: natijalar samarali maktabgacha tarbiyachilar orasida keng tarqalgan bir nechta asosiy psixologik xususiyatlarni ta'kidlaydi. hissiy intellect, empatiya, stressga chidamlilik, shaxsiy xususiyatlar
XULOSA: tadqiqot shuni ko'rsatadiki, maktabgacha tarbiyachilarning psixologik xususiyatlari ularning samaradorligi va ular yaratadigan ta'lim muhitining sifatiga sezilarli darajada ta'sir qiladi. Hissiy intellekt, empatiya, stressga chidamlilik va ijobiy shaxsiy xususiyatlar samarali o'qitish va bolaning ijobiy rivojlanishini qo'llab-quvvatlovchi muhim komponentlardir. Ushbu topilmalar maktabgacha tarbiyachilarning psixologik farovonligi va o'qitish samaradorligini oshirish uchun psixologik yordam va kasbiy rivojlanish dasturlari muhimligini ta'kidlaydi.
Kalit so'zlar: tarbiyachi xarakteri, bog'cha iqlimi, bola shaxsi, xulq-atvor, psixologik omillar, bola tarbiyasi
ПСИХОЛОГИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА ПЕДАГОТОВ ДОШКОЛЬНЫХ ОБРАЗОВАТЕЛЬНЫХ УЧРЕЖДЕНИЙ_
© С.Г. Рустамова1^
1Ташкентский государственный педагогический университет, Ташкент,_
Iqtibos uchun: Rustamova S.G'. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarning psixologik xususiyatlari II Inter education & global study. 2024. №6. B. 369-376.
ISSN 2992-9024 (online) 2024, №6
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal Научно-теоретический и методический журнал Scientific theoretical and methodical journal
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
Аннотация
ВВЕДЕНИЕ: понимание психологических особенностей дошкольников имеет решающее значение для улучшения результатов обучения и создания благоприятной среды обучения для маленьких детей. В этом исследовании изучаются ключевые психологические черты, эмоциональные компетенции и черты личности, которые определяют эффективных дошкольников, подчеркивая их влияние на учебную практику и развитие учащихся.
ЦЕЛЬ: основной задачей данного исследования является выявление и анализ психологических особенностей, которые способствуют эффективности работы педагогов дошкольного образования. Это включает в себя изучение того, как эти характеристики влияют на их методы обучения, их взаимодействие с детьми и общую среду в классе.
МАТЕРИАЛЫ И МЕТОДЫ: в исследовании использованы смешанные методы: обзор литературы, опрос, интервью.
ОБСУЖДЕНИЕ И РЕЗУЛЬТАТЫ: результаты подчеркивают несколько ключевых психологических характеристик, которые характерны для эффективных дошкольников. эмоциональный интеллект, эмпатия. стрессоустойчивость, личностные особенности
ЗАКЛЮЧЕНИЕ: исследование показывает, что психологические особенности педагогов дошкольного образования существенно влияют на их эффективность и качество создаваемой ими образовательной среды. Эмоциональный интеллект, эмпатия, стрессоустойчивость и положительные качества личности являются важными компонентами эффективного обучения и поддержки позитивного развития ребенка. Эти результаты подчеркивают важность программ психологической поддержки и профессионального развития для улучшения психологического благополучия педагогов дошкольных учреждений и эффективности обучения.
Ключевые слова: личность воспитателя, климат детского сада, личность ребенка, поведение, психологические факторы, воспитание ребенка.
Для цитирования: Рустамова С.Г. Психологическая характеристика педаготов дошкольных образовательных учреждений. // Inter education & global study. 2024. №6. С. 369-376.
PSYCHOLOGICAL CHARACTERISTICS OF TEACHERS OF PRESCHOOL EDUCATIONAL INSTITUTIONS_
© Surayo G'. Rustamova1^
1Tashkent State Pedagogical University, Tashkent, Uzbekistan_
Annotation
© intereduglobalstudy.com 2024, ISSUE 6
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
INTRODUCTION: understanding the psychological characteristics of preschoolers is critical to improving educational outcomes and creating a supportive learning environment for young children. This study examines key psychological traits, emotional competencies, and personality traits that define effective preschoolers, highlighting their impact on instructional practices and student development.
AIM: the main objective of this study is to identify and analyze the psychological characteristics that contribute to the effectiveness of preschool teachers. This includes studying how these characteristics affect their teaching methods, their interactions with children, and the overall classroom environment.
MATERIALS AND METHODS: the research uses mixed methods: literature review, survey, interviews.
DISCUSSION AND RESULTS: the results highlight several key psychological characteristics that are common among effective preschoolers. emotional intellect, empathy. resistance to stress, personal characteristics
CONCLUSION: the study shows that the psychological characteristics of preschool teachers significantly affect their effectiveness and the quality of the educational environment they create. Emotional intelligence, empathy, stress tolerance, and positive personality traits are important components of effective teaching and supporting positive child development. These findings highlight the importance of psychological support and professional development programs to improve preschool teachers' psychological well-being and teaching effectiveness.
Key words: educator's character, kindergarten climate, child's personality, behavior, psychological factors, child education
Maktabgacha ta'lim muassasalaridagi insonparvarlik yondashuvlari shaxs rivojlanishini ta'minlashga va yangi ta'lim dasturlarini yaratishga bo'lgan yondashuvlar kelajak avlodni komil shaxs sifatida tarbiyalashga qaratilgan. Maktabgacha ta'lim tizimini takomillashtirish, barkamol avlod ta'lim-tarbiya jarayonining tarbiyachilar tomonidan to'g'ri tashkil etilishini ta'minlashda tarbiyachilarning kasbiy mahorati hamda ularning malakasini oshirish jarayonini samarali tashkil etish muhim hisoblanadi. Maktabgacha yoshdagi tarbiyachi-pedagoglarning malakasini oshirish tizimi o'ziga xos xususiyatlarga ega. Yangi ma'lumotlarni an'anaviy boyitish bilan bir qatorda, maktabgacha ta'lim muassasalarida o'zaro munosabatlarning barcha sub'yektlari bilan turli xil ish turlari uchun uslubiy jihozlar, o'quv qo'llanmalar ilmiy jihatdan boyitilib bormoqda.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" qarori o'sib borayotgan avlodni sog'lom va har tomonlama yetuk voyaga yetkazish, ta'lim-tarbiya
For citation: Surayo G'.Rustamova. (2024) Psychological characteristics of teachers of preschool educational institutions, Inter education & global study, (6), pp. 369376. (In Uzbek).
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
jarayoniga samarali ta'lim va tarbiya shakllari hamda usullarini joriy etishga qaratilgan maktabgacha ta'limning samarali tizimini tashkil etish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilishi ko'zda tutilgan. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «Maktabgacha ta'lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida» 2018 yil 30 sentyabrdagi PQ-3955-son qaroriga muvofiq, shuningdek, maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, sog'lom, faol, to'laqonli, jamiyatga moslashgan bola shaxsini shakllantirish, o'sishida turli nuqsonlari bo'lgan bolalarni, shuningdek reabilitatsiya qilish va sog'lomlashtirishga muhtoj bolalarni o'qitish, tarbiyalash va integratsiya qilish uchun qulay muhit yaratish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qarori maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish, samarali davlat boshqaruvi tizimini yaratish, maktabgacha ta'lim muassasalari davlat va nodavlat tarmog'ini kengaytirish, moddiy-texnika bazasini mustahkamlash, ularni malakali pedagog kadrlar bilan ta'minlash, maktabgacha ta'lim muassasalariga bolalarni qamrab olishni keskin oshirish, ta'lim-tarbiya jarayonlariga zamonaviy ta'lim dasturlari va texnologiyalarini tatbiq etish orqali bolalarni har tomonlama intellektual, ma'naviy-estetik, jismoniy rivojlantirish hamda ularni maktabga tayyorlash sifatini tubdan yaxshilash maqsadida bir qator qaror va farmonlar qabul qilindi. Respublikamizda amalga oshirilayotgan bir qator ishlar maktabgacha ta'lim sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish, maktabgacha yoshdagi bolalarning har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratishga qaratilgan bir qator maqsadli yo'l xaritalari ham ishlab chiqilgan.
O'zbekiston Respublikasi maktabgacha ta'lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida qarorining ikkinchi bobida O'zbekistonda 7 104 ta maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyat yuritishi shu bilan birga maktabgacha ta'lim tizimining joriy holati va uni rivojlantirishdagi mavjud muammolarni o'z vaqtida aniqlash lozim ekanligi kiritilgan. Shuningdek, maktabgacha ta'lim tashkilotlarining malakali pedagog kadrlar bilan jamlanmaganligiga tuxtalib o'tilgan.
O'sib kelayotgan yosh avlodni muayyan maqsad yo'lida har tomonlama kamol toptirish, uning ongi, dunyoqarashi, e'tiqodini o'stirish, xulq-atvorini tarkib toptirish maktabgacha ta'limning dolzarb muammolaridandir. Tarbiyachi-pedagoglar bog'cha ta'limida bolalar bilan samarali ishlarni tashkil etishda innovasion psixologik texnologiyalar bilan mashg'ulotlarni olib borishni talab darajasiga ko'tarish lozim. Tarbiyachi bolalar bilan o'zaro munosabatlarda tarbiyachilarning refleksivligini rivojlantirish va ularning o'quv faoliyati natijalarini kuzatish, psixik jihatdan o'sishi va uning diagnostikasini to'g'ri yo'lga quyishni talab qiladi.
Maktabgacha yoshdagi bolalarni jismoniy, aqliy rivojlantirish sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish, ilg'or ilmiy ishlanmalar va texnologiyalarni maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatiga integratsiya qilishini taqoza etilmoqda. Qayta-qayta gapirish joiz bo'lsada, bugungi tarbiyachi zamon va davr talabi bilan hamnafas, har bir yangilikni ilg'ab oladigan, ish jarayoniga tatbiq eta oladigan bo'lishi zarur va shartdir.
Bizga ma'lumki, bolani bolalar bog'chasiga qabul qilish juda qiyin va mas'uliyatli davr. Bolaning bolalar bog'chasidagi yangi muhitga qanday moslashishi uning jismoniy va ruhiy
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
holatiga bog'liq bo'ladi. Bolalar bog'chaga to'g'ri moslashuv jarayonlari olib boruvchi ham pedagog-tarbiyachi bo'ladi, lekin bog'cha bilan bog'liq psixologik to'siqlarni to'g'ri tahlil qilishi, bolalarga bog'chaga borish lozimligini ota-onalari ham tushuntirishlar olib borishi kerak. Bola uchun onasidan ma'lum uzoq vaqt ajralish bosqichi, begonalar bilan ma'lum muddat qolishi bolani stressga ham solib quyadi. Bu o'z navbatida bolaning immun tizimidagi zaiflikni keltirib chiqarsa, sharoitlardagi noqulaylik psixologik to'siqlarni yuzaga kelishiga sabab bo'ladi, bu bola xulq-atvorida salbiy o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. Bolalarga katta yoshdagilar, ota-onalar muloqoti va xatti-harakatlarning yangi shakllarini yaratilishi ma'lum muddat xavotirlarni kuchaytiradi.
Bolalar tarbiyasining asosiy vazifasi-shaxsning aqliy, axloqiy erkin fikrlovchi va jismoniy rivojlanish, uning qobiliyatlarini har tomonlama ochish uchun imkoniyat yaratishdir. Bolalar psixologiyasi bo'yicha xorijda va mamlakatimizda bir qancha olimlar ilmiy izlanishlar olib borganlar.
Sh.A.Amonashvili o'zining qarashlarida bolalarga ta'lim-tarbiya berish samarasi pedagog-tarbiyachi shaxsiga bog'liq ekanligini ta'kidlaydi. Uning fikricha, pedagog-tarbiyachining shaxsiy sifatlari, ya'ni bolalarga muhabbat, ularni tushuna olish qobiliyati, optimist bo'lish va tarbiyaning ta'sir kuchiga ega ekanligiga ishonishdan iborat bo'ladi. Pedagogdagi mavjud sifatlar, tabassum qilish, qat'iyatli bo'lish, jiddiylik, aqllilik, muloqotchanlik, samimiylik va hayotni sevishi hammaga yoqishini asoslaydi[3].
Efilti Erkanning "Tarbiyachilar duch keladigan qiyinchiliklar maktabgacha ta'lim muassasalari" mavzusi ilmiy maqolasida maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachi-pedagoglar bolalarning qiziqishini uyg'otmaydigan yaroqsiz, eskirgan darajadagi dastur, katta guruhlar uchun mos bo'lmagan dasturlar charchash sikli o'zgarib turishi hissiy charchoqni oshirib beradi degan ilmiy xulosalarni beradi.
Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilarning kasbiy o'zini o'zi anglashini shakllantirish va takomillashtirishning ilmiy va amaliy muammosi dolzarb hisoblanadi.
Tarbiyachi-pedagoglarning sabrli bo'lishi ahamiyatlidir. Ota-onalar bitta bola bilan ishlash qiyin ekanligini yaxshi bilishadi. Bog'chada bitta guruhda 15 nafardan 25 nafargacha bolalar bilan ishlash juda qiyin. Bu bolalarga nisbatan juda ko'p sevgi va aql bovar qilmaydigan sabr-toqatni talab qiladi.
Tarbiyachi-pedagoglar kasbiy yo'nalishlarida o'zlarini motivatsiya qila olishi, har tomonlama ya'ni ma'naviy, ma'rifiy, tashkiliy jihatdan bilimlarini, ko'nikmalarini va malakalarini oshirib borishga bo'lgan qiziqishlari albatta ish samaradorligini oshirib beruvchi omillardan hisoblanadi. Shu sababli sinaluvchilarda o'zini-o'zi kasbiy-pedagogik rivojlantirishga tayyorgarlik darajasini aniqlash maqsadida quyidagi tadqiqotlarni olib bordik (1-jadval).
1-jadval.
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 MnR
Scientific theoretical and methodical journal 2024, №6
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
"Ozini o'zi kasbiy-pedagogik rivojlantirishga tayyorlik darajasini aniqlash" metodikasi shkalalarini normal taqsimlanishga mosligini tekshirish natijalari (Kolmogorov-Smirnov Z-mezoni, N=440)
Shkalalar Min Maks O'rtacha St.og'ish Z p
Motivasion komponent 5 8 6,98 0,85 5,48 0,000**
Kognitiv komponent 5 8 7,06 0,84 2,57 0,000**
Ma'naviy-irodaviy komponent 5 8 6,80 1,12 4,55 0,000**
Gnostik komponent 4 8 6,61 1,18 3,55 0,000**
Tashkiliy komponent 1 8 5,81 1,83 4,89 0,000**
O'zini-o'zi boshqarish qobiliyati 1 9 5,78 1,73 3,99 0,000**
Muloqotmandlik qobiliyati 2 9 6,07 1,75 3,57 0,000**
Izoh: ** - p<0.01
Yuqoridagi jadvallarda tarbiyachi-pedagoglar o'zini o'zi kasbiy-pedagogik rivojlantirishda motivasion komponenti 0,85 (Z=5,48;p<0.01) ko'rsatmoqda bu boshqa ko'rsatkichlardan juda past ko'rsatkichni bermoqda, demak, tarbiyachi-pedagoglar o'zini-o'zi tashqi yoki ichki motivatsiyalarini ko'rsata olmaslik darajasi juda past, xatti-harakatlari sust yoki o'z ustida motivasion ishlashni tashkil qilmaslikni namoyon etmoqda. Sinaluvchilarda kognitiv komponent 0,84 (Z=2,57; p<0.01) ko'rsatkich ham boshqalardan ancha past, bu sinaluvchilar o'zini-o'zi kasbiy tayyorgarlik darajasida kognitiv yondashuvi sustligini, qiziqishlari, ehtiyojlari, diqqat-e'tibori ustida ishlashi yoki o'zini-o'zi rivojlantirishga oid bilim, ko'nikmalarini shakllantirishga oid xatti-harakatlari sustligini ko'rsatmoqda. Sinaluvchilarning ma'naviy-irodaviy komponent 1,12 (Z=4,55;p<0.01) ko'rsatkichda bolalar tarbiyasida ham muhim komponent hisoblanadi, shu sababli bu ko'rsatkich oldingilarga nisbatan yaxshi yoki o'rtacha deb belgilab o'tsak bo'ladi. Tarbiyachilarda gnostik komponent 1,18 (Z=3,55; p<0.01) shaxsiy ma'naviy tajriba orqali to'plagan malaka ko'rsatkichlari boshqa komponentlardan o'rtacha ko'rsatkichda, demak sinaluvchilarni tajribalaridan kelib chiqib vaziyatlarga yondashuvi ijobiy, shunday bo'lsada oldingi olingan tadqiqotlarda qiyin vaziyatlarda emosional ko'rsatkichlari yuqori bo'lgandi, shu sababli sinaluvchilar o'zini-o'zi kasbiy pedagog rivojlantirishda ish tajribasi, hayotiy tajribalari yaqindan yordam berishini ko'rsatmoqda. Sinaluvchilarni tashkiliy komponent 1,83 (Z=4,89;p<0.01) yaxshi ko'rsatkichda, bolalarni mashg'ulotlarda, boshqada vaziyatlarni boshqarishda ularda tashkilotchilik bo'lgani yaxshi. Tarbiyachi-pedagoglar o'zini-o'zi boshqarish qobiliyati 1,73(Z=3,99;p<0.01) aynan tashkilotchilikda namoyon bo'lmoqda. Bolalar va ularni ota-onalari bilan bo'ladigan muloqotmandlik qobiliyati 1,75 (Z=3,57;p<0.01) kasbiy tajribalar ko'rsatkichi o'rtacha bo'lmoqda. Bolalarni turli mashg'ulotlarga jalb qilish masalalarida, ularda qiziqishlarni uyg'otishda ham muloqotga kirishimli bo'la olishimizning ahamiyati kattadir.
Maktabgacha ta'lim muassasalarida faoliyati samaradorligi ko'p jihatdan tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy faoliyat motivatsiyasi bilan bog'liqdir. Shu sababli ularda kasbiy motivatsiyalarini chuquroq o'rganish maqsadida K.Zamfirning A.A.Rean tomonidan
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 6
Ilmiy-nazariy va metodik jurnal ISSN 2992-9024 (online)
Научно-теоретический и методический журнал ОПО/1 MnR
Scientific theoretical and methodical journal 2024, №6
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
modifikatsiya qilingan "Kasbiy faoliyat motivatsiyasi" metodikasidan foydalandik va ularni quyidagi tahlil qildik (2-jadval).
2-jadval.
K.Zamfirning A.A.Rean tomonidan modifikatsiya qilingan "Kasbiy faoliyat motivatsiyasi" metodikasi shkalalarini normal taqsimlanishga mosligini tekshirish
Shkalalar Min Maks O'rtacha St.og'ish Z p
Ichki motivatsiya 2 5 3,58 0,63 3,31 0,000**
Ijobiy tashqi motivatsiya 2 4 3,28 0,46 3,93 0,000**
Salbiy tashqi motivatsiya 3 5 3,27 0,67 3,71 0,000**
Izoh: * - p<0.05; ** - p<0.01
Tarbiyachilarni rag'batlantirish muammosi maktabgacha ta'lim tashkilotining har bir rahbarining boshqaruv faoliyatining bosh maqsadi bo'ladi, ammo ularning ba'zilari orasida kasbiy faoliyat motivatsiyasi soha yo'nalishlar bo'yicha alohida o'rganlishi zarur bo'lgan psixologik omillardan hisoblanadi. Kasbiy faoliyatdagi ichki motivatsiya bu sinaluvchilarning faoliyat bilan shug'ullanishiga bog'liq o'z bilimlarini oshirish, bilimlar olishga bo'lgan ishtiyoqi, ish tajribalariga oid ma'lumotlarni ortirib borishi motivatsiyasi. Biroq ko'rib chiqmoqchi bo'lgan motivatsiyaning boshqa turlari u yoki bu tarzda bir qaraganda o'xshashdir, motivatsiya sinaluvchilarning kasbiy faoliyatdagi xatti-harakatlarini belgilaydigan faol harakatlantiruvchi kuchlarni anglatadi.
Kasbiy faoliyat motivatsiyasi tahlilida ichki motivatsiya 0,63 (Z=3,31;p<0.01) ko'rsatkichni ko'rsatmoqda, sinaluvchilarda juda past ko'rsatkich, sababi kasbiy faoliyat samaradorligi ham ichki motivatsiyalarni kuchiga bog'liq bo'ladi. Sinaluvchilar o'zlarida ichki motivatsiyalarini anglashi uni nazoratga olishi muhim hisoblanadi. Kasbiy faoliyatida ijobiy tashqi motivatsiya 0,46 (Z=0,46;p<0.01) ko'rsatmoqda, bu ham o'z navbatida past ko'rsatkich. Agar tarbiyachi-pedagoglarda ijobiy tashqi motivatsiyalari past bo'lsa funksional vazifalarni bajarishda, malaka, ko'nikmalarini oshirishda ham ma'lum darajada psixologik to'siq bo'la oladi. Chunki keyingi salbiy tashqi motivatsiya 0,67 (Z=0,67;p<0.01) ko'rsatkichlari yuqori chiqmoqda. Aynan shu salbiy tashqi motivatsiyalar sinaluvchilarni ichki ijobiy motivatsiyalari ortishiga to'sqinlik qilishi ham mumkin.
Olib borilgan tadqiqot natijalardan xulosa chiqarish mumkinki, maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilar kasbiy faoliyat motivatsiyasi ya'ni ichki, ijobiy-salbiy tashqi motivatsiyalari aniqlanib, kasbiy faoliyatga ehtiyoji, funksional qiziquvchanligi, befarq munosabatlari aniqlandi. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachilar pedagogik faoliyatga ta'sir etuvchi o'z-o'zini rivojlantirishdagi faolligi, pedagogik faoliyatga salbiy ta'sir etuvchi omillari, pedagogik faoliyatga ijobiy ta'sir etuvchi omillardan ekan. Maktabgacha ta'lim muassasalari tarbiyachi-pedagoglar faoliyatining samaradorligini belgilovchi omillar sifatida rolli pozitsiyalar, emotsional so'nish holati, o'zini o'zi kasbiy-pedagogik rivojlantirishga tayyorligini oshirishuvchi, o'z kasbiy-pedagogik motivatsiyasini baholashga qaratilgan psixologik o'quv-uslubiy qo'llanma shakllantirish zarur.
© intereduglobalstudy.com
2024, ISSUE 6
INTER EDUCATION & GLOBAL STUDY
ADABIYOTLAR RO'YXATI | СПИСОК ЛИТЕРАТУРЫ | REFERENCES
1. Узбекистан Республикаси Президентининг Узбекистан Республикаси олий
таълим тизимини 2030 йилгача ривожлантириш концепцияси" ПФ-5847-сонда. 2019-йил.
2. Узбекистан Республикаси Олий Мажлиси Конунчилик палатаси томонидан 2023
йил 2 майда «Педагог ходимнинг макоми фрисида»ги КЛ-1010-сонли Карори.
3. Амонашвили Ш.А. Личностно-гуманная основа педагогического процесса. -
Минск: «Университетское», 2000. -С. 154.
4. Божович Л.И. Личность и ее формирование в детском возрасте.М.,1968.-464с.
5. Гришаева Н.П. Современные технологии эффективной социализации ребенка в
дошкольной образовательной организации. - М.: Вентана-Граф, 2016.
6. Савинская О.Б. Социальный порядок детского сада глазами детей:
конструирование мира детства через интервью-игру // Социологические исследования. 2018. № 3. С. 77-85.
7. .Якушева С.Д. Основы педагогического мастерства: Учебник. 3-е изд. - М.:
Издательский центр «Академия», 2010. -С. 256
MUALLIF HAQIDA MA'LUMOT [ИНФОРМАЦИЯ ОБ АВТОРЕ] [AUTHORS INFO]
HRustamova Surayo G'ofurovna, Tadqiqotchi [Рустамова Сураё гофуровна,
исследователь [Surayo G'.Rustamova, researcher]; manzil: Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko'chasi, 27-uy. ^drec: г. Ташкент, Чиланзорский район, ул. Бунёдкор, 27.], [address: 27, Bunyodkor street, Chilonzor district, Tashkent city.] [email protected]