Научная статья на тему 'MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI'

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
faoliyat / maktabgacha / kitob / targ‘ibot / mutolaa / madaniyat / falsafa / etika / etnografiya / ijtimoiy / omillar / tarbiya / axloq badiiy asar / madaniyat.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Babyeva Dono Razzakovna

Jahon ta’lim tizimida kitob targ‘ibotiga yo‘naltirilgan dasturiy-loyihaviy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, yoshlarning mutolaa madaniyatini shakllantirish, kommunikativ va adabiy tahlil kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘qish savodxonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik mexanizmlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. “Kitob o‘qish” loyihasi doirasida bolalarning badiiy asar matni ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, mutolaa darajasini oshirishga doir innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, kitobxonlikni rivojlantirishning psixologik metodik omillarini aniqlashtirish va ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, mutolaa san’atini egallashga oid virtual texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish, elektron o‘quv adabiyotlari bilan ishlash orqali axborot iste’moli madaniyatini tarkib toptirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamizda so‘nggi yillarda yosh avlodning intellektual salohiyatini o‘stirish, ta’lim tashkilotlari kutubxonalari fondini badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop va didaktik adabiyotlar bilan ta’minlashni yanada kuchaytirish, o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatni qaror toptirish, mutolaani kundalik ehtiyojga aylantirishga erishishning huquqiy-me’yoriy asoslari yaratilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI»

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

TEXNOLOGIYASI

Babyeva Dono Razzakovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim metodikasi

kafedrasi professori https://doi.org/10.5281/zenodo.11210235

Kalit so'zlar: faoliyat, maktabgacha, kitob, targ'ibot, mutolaa, madaniyat, falsafa, etika, etnografiya, ijtimoiy, omillar, tarbiya, axloq badiiy asar, madaniyat.

Ключевые слова: деятельность, дошкольное образование, книга, пропаганда, чтение, культура, философия, этика, этнография, социальный, факторы, образование, мораль, художественное творчество, культура.

Keywords: activity, preschool education, book, propaganda, reading, culture, philosophy, ethics, ethnography, social, factors, education, morality, artistic creativity, culture.

Jahon ta'lim tizimida kitob targ'ibotiga yo'naltirilgan dasturiy-loyihaviy faoliyatni qo'llab-quvvatlash, yoshlarning mutolaa madaniyatini shakllantirish, kommunikativ va adabiy tahlil kompetensiyalarini rivojlantirish, o'qish savodxonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik mexanizmlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. "Kitob o'qish" loyihasi doirasida bolalarning badiiy asar matni ustida ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, mutolaa darajasini oshirishga doir innovatsion yondashuvlarni ta'lim jarayoniga samarali tatbiq etish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, kitobxonlikni rivojlantirishning psixologik metodik omillarini aniqlashtirish va ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, mutolaa san'atini egallashga oid virtual texnologiyalarni ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish, elektron o'quv adabiyotlari bilan ishlash orqali axborot iste'moli madaniyatini tarkib toptirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e'tibor berilmoqda. Respublikamizda so'nggi yillarda yosh avlodning intellektual salohiyatini o'stirish, ta'lim tashkilotlari kutubxonalari fondini badiiy, ma'rifiy, ilmiy-ommabop va didaktik adabiyotlar bilan ta'minlashni yanada kuchaytirish, o'qishga bo'lgan ijobiy munosabatni qaror toptirish, mutolaani kundalik ehtiyojga aylantirishga erishishning huquqiy-me'yoriy asoslari yaratilmoqda.

Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondoshuv turli davrlarda turlicha bo'lgan. Har bir davrning o'z extiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi belgilangan. Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati o'z fuqarolarining ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida etibor berilgan. Bugungi kunda "Mutolaa madaniyati", "Kitobxonlik madaniyati", "O'qish madaniyati" kabi atamalar bilan qo'llanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir.

Ma'lumki, bola dunyoga kelar ekan, uning ruxiyatida soflik, adolat, ishonch kabi go'zal fazilatlar birga dunyoga keladi. Endi bola qalbidagi bu go'zal fazilatlarni saqlab qolish uchun oila, jamiyat va ta'lim tizimi bunga tayyor bo'lmog'i kerak. Mana shu yuksak vazifani amalga oshipish uchun davlatimizda bapcha shapt-shapoitlap yapatilishi bopasida keng ko'lamli ishlap tashkillashtipilgan, fakat undan unumli va oqilona foydalanish masalasi dolzapb bo'lib qolmoqda. Kitobxonlik insonni ma'naviy boyitib, uning ma'naviy-ma'pifiy bapkamolligini ta'minlaydi. Insonning shaxs sifatida shakllanishi ma'naviy tafakkupining barqarorligiga bog'liqdir.

Maktabgacha yoshdagi bolalarda kitobga nisbatan mehr-muhabbatni shakllantirishning ahamiyati shundaki kichkintoylar, ayniqsa, 2-3 yoshli bolalar uchun atalgan kitoblarda so'zlardan ko'ra rasmlarning ta'siriga katta e'tibor beriladi. Bola kitobdagi rasmlarni qayta-qayta o'z o'rtoqlariga, kattalarga, qo'g'irchog'iga "ko'rsatish" bilan uning mazmunini o'z xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi yorqin, chiroyli rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi. O'zini bir vaqtning o'zida kattalar singari his etish va asta sekin baholash, o'zini tutish sezgilari uyg'onadi. Shuning uchun ham, bu yoshda bolalar uchun ota-ona, tarbiyachilarning roli juda ahamiyatliydir. Shuningdek, bu shaklda bolalarda asosiy energetik resurslar va salohiyat uyg'onadi. U harakatchang, juda faol bo'lib, ichki dunyosi ham, fikri, aqli ham shunday tarzga shakllanadi.

"Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari"da aynan maktabgacha yoshdagi bolalarning kitob o'qish malakalarini rivojlantirish bo'yicha talablarda bola kitob va o'qishga qiziqish bildiradi, kutilayotgan natijalar esa quyidagilar:

• 3-4 yoshli bolalar kitob haqida tushunchaga ega; kattalardan kitob o'qib

berishlarini so'raydi; o'z yoshiga mos kitoblarni tomosha qiladi; kitobdagi

rasmlar va so'zlar orasidagi bog'liqlikni aniqlaydi; rasmlardan tanish ertak qahramonlarini

taniydi.

• 4-5 yoshli bolalar tinglagan hikoyasiga munosabat bildiradi va kattalarga

savol beradi; rasmlar asosida tinglagan asarini asosiy o'rinlarini gapirib bera oladi; badiiy asardan parcha tinglagandan so'ng asar nomini ayta oladi; o'z yoshiga mos she'rlarni yoddan biladi; kitobdan ehtiyotlab foydalanadi.

• 5-6 yosh so'zdagi birinchi tovushni biladi; kitobni mustaqil tomosha qiladi; tovushlarni farqlaydi; so'zlarni bo'g'inga bo'ladi; so'zlarga qofiya kelishtiradi; nutqning dialogik shaklini qo'llaydi, savollar beradi; she'rlarni yod oladi va ifodali o'qiydi; sevimli badiiy adabiyot, ertak va hikoya mualliflari va ularning nomini biladi; ifodalilikning ohang vositalarini to'g'ri qo'llaydi; harflarga tegishli so'zlarni topadi.

• 6-7 yosh boshqa bolalarga eslab qolgan kitob mazmunini so'zlab beradi;

sodda va murakkab gaplarni nutqida qo'llaydi; so'zlarni bo'g'inlarga bo'ladi;

bo'g'inli kartochkalar yordamida bo'g'inlardan so'zlar tuzadi; so'z, tovush, bo'g'in, gap

haqida tushunchaga ega; kitob nomlari, rasm tagidagi yozuvlar va hokazolarni o'qiydi; bolalar ertak, she'r, hikoya nomini biladi mashhur yozuvchi va shoirlar nomini biladi. Maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalar o'zining aniq ichki sezgisini, ongini anglaydi.

"Badiiy adabiyot" bolalarni aqlan, axloqan va estetik tarbiyalashning qudratli, ta'sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqining rivojlantirish va boyitishga ulkan ta'sir ko'rsatadi. Badiiy didning shakllanishida kitoblar muhim rol o'ynaydi. Kitoblar bolalarning yoshiga mos, mavzu va mazmuni bilangina emas, balki shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan ham ajralib turishi muhimdir. Maktabgacha yosh davridagi bola uchun tashkil etiladigan faoliyat turlari mazmun-mohiyatining bola tomonidan oson o'zlashtirilishini ta'minlash uchun qulayliklarning xisobga olinishi talab etiladi. Bola ta'lim-tarbiyasi uchun qo'llanilayotgan zamonaviy usul va vositalar turli-tuman, yorqin va jonli bo'lib, bolada qiziqish uyg'ota olishi kerak.

Multimedik electron kitoblar. Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida bolalarga ertak kitoblarni multimediya dasturlaridan foydalanish, axborot kommunikatsion texnologiyalarini qo'llash orqaliy tushuntirish, audiyo ertaklar, slayd-taqdimotlar yaratish, ertak kitoblar bilan tanishtirishni multimedia yordamida tashkil etiladi.

Ma'naviyatning birinchi va eng muhim me'zoni ham har bir kishining o'qimishli, intellektual rivojlangan shaxs bo'lib yetishishiga ko'p jihatdan bog'liqdir. Bola kelajakda qanday inson bo'lib yetishishi ko'proq ota-onasiga, o'z oilasiga, ilm olayotgan dargohiga hamda uni o'rab turgan muhitga bog'liq. Bugun biz tarbiyalayotgan farzandlar ertangi O'zbekistonning nurli kelajagi bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. D.R.Babayeva, D.F.Xalilova. D.F.Salimova. "Bolalarning ijtimoiy moslashuvi". -Т.: "Ilim ziyo zakovat". 2023y.

2. N.M.Qayumova. Maktabgacha pedagogika.- T.: 2021y.

3. B.X.Xodjayev, X.M Xo'jamatova. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy ta'lim. - T.: Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi, 2023y.

4. N. A. Yusupova. "Maktabgacha katta yoshdagi bolalarda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish". "Pedagogs" international research journal, 2023.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.