Научная статья на тему 'MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI'

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
faoliyat / maktabgacha / kitob / targ‘ibot / mutolaa / madaniyat / falsafa / etika / etnografiya / ijtimoiy / omillar / tarbiya / axloq badiiy asar / madaniyat.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Babyeva Dono Razzakovna

Jahon ta’lim tizimida kitob targ‘ibotiga yo‘naltirilgan dasturiy-loyihaviy faoliyatni qo‘llab-quvvatlash, o‘quvchi-yoshlarning mutolaa madaniyatini shakllantirish, kommunikativ va adabiy tahlil kompetensiyalarini rivojlantirish, o‘qish savodxonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik mexanizmlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. “Kitob o‘qish” loyihasi doirasida bolalarning badiiy asar matni ustida ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, mutolaa darajasini oshirishga doir innovatsion yondashuvlarni ta’lim jarayoniga samarali tatbiq etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, kitobxonlikni rivojlantirishning psixologik metodik omillarini aniqlashtirish va ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, mutolaa san’atini egallashga oid virtual texnologiyalarni ta’lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish, elektron o‘quv adabiyotlari bilan ishlash orqali axborot iste’moli madaniyatini tarkib toptirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e’tibor berilmoqda. Respublikamizda so‘nggi yillarda yosh avlodning intellektual salohiyatini o‘stirish, ta’lim tashkilotlari kutubxonalari fondini badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop va didaktik adabiyotlar bilan ta’minlashni yanada kuchaytirish, o‘qishga bo‘lgan ijobiy munosabatni qaror toptirish, mutolaani kundalik ehtiyojga aylantirishga erishishning huquqiy-me’yoriy asoslari yaratilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH TEXNOLOGIYASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

MAKTABGACHA KATTA YOSHDAGI BOLALARDA KITOBXONLIK MADANIYATINI SHAKLLANTIRISH

TEXNOLOGIYASI

Babyeva Dono Razzakovna

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim metodikasi

kafedrasi professori https://doi.org/10.5281/zenodo.11200075

Kalit so'zlar: faoliyat, maktabgacha, kitob, targ'ibot, mutolaa, madaniyat, falsafa, etika, etnografiya, ijtimoiy, omillar, tarbiya, axloq badiiy asar, madaniyat.

Ключевые слова: деятельность, дошкольное образование, книга, пропаганда, чтение, культура, философия, этика, этнография, социальный, факторы, образование, мораль, художественное творчество, культура.

Keywords: activity, preschool education, book, propaganda, reading, culture, philosophy, ethics, ethnography, social, factors, education, morality, artistic creativity, culture.

Jahon ta'lim tizimida kitob targ'ibotiga yo'naltirilgan dasturiy-loyihaviy faoliyatni qo'llab-quvvatlash, o'quvchi-yoshlarning mutolaa madaniyatini shakllantirish, kommunikativ va adabiy tahlil kompetensiyalarini rivojlantirish, o'qish savodxonligini oshirishga qaratilgan ijtimoiy-pedagogik mexanizmlar amaliyotga tatbiq etilmoqda. "Kitob o' qish" loyihasi doirasida bolalarning badiiy asar matni ustida ishlash ko'nikmalarini rivojlantirish, mutolaa darajasini oshirishga doir innovatsion yondashuvlarni ta'lim jarayoniga samarali tatbiq etish bo'yicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shuningdek, kitobxonlikni rivojlantirishning psixologik metodik omillarini aniqlashtirish va ijtimoiy-pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, mutolaa san'atini egallashga oid virtual texnologiyalarni ta'lim-tarbiya jarayoniga tatbiq qilish, elektron o'quv adabiyotlari bilan ishlash orqali axborot iste'moli madaniyatini tarkib toptirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlarga alohida e'tibor berilmoqda. Respublikamizda so'nggi yillarda yosh avlodning intellektual salohiyatini o'stirish, ta'lim tashkilotlari kutubxonalari fondini badiiy, ma'rifiy, ilmiy-ommabop va didaktik adabiyotlar bilan ta'minlashni yanada kuchaytirish, o'qishga bo'lgan ijobiy munosabatni qaror toptirish, mutolaani kundalik ehtiyojga aylantirishga erishishning huquqiy-me'yoriy asoslari yaratilmoqda.

"O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo'yicha Harakatlar strategiyasi"da "Jismonan sog'lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat'iy hayotiy nuqtai nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish" 1- ustuvor vazifalar etib belgilandi. Bu esa bolalarda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini takomillashtirish, mutolaa ko'nikmalarining shakllanganlik darajasini baholash mezonlarini aniqlash va tizimli tarbiyalash imkoniyatlarini oshiradi.

2017- yil 12- yanvardagi "Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risida"gi PF-4789-sonli, 2017 yil 13 sentyabrdagi "Kitob mahsulotlarini nashr etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ib qilish bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturi to'g'risida"gi PQ-3271-sonli Qarorlari hamda mazkur sohaga tegishli me'yoriy-huquqiy hujjatlarda belgilangan vazifalar amalga oshirilmoqda. Jamiyatimizda kitobxonlik masalasiga yondoshuv turli davrlarda turlicha

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE "INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION"

15 MAY, 2024

bo'lgan. Har bir davrning o'z extiyojidan kelib chiqib, kitobxonlik darajasi belgilangan. Binobarin, har qanday davlatning kuch-qudrati o'z fuqarolarining ongliligi bilan belgilanar ekan, bunda albatta kitobxonlik masalasiga alohida etibor berilgan. Bugungi kunda "Mutolaa madaniyati", "Kitobxonlik madaniyati", "O'qish madaniyati" kabi atamalar bilan qo'llanilib kelayotgan ijtimoiy hodisalar axborot olish madaniyatining tarkibiy qismlaridir.

Ma'lumki, bola dunyoga kelar ekan, uning ruxiyatida soflik, adolat, ishonch kabi guzal fazilatlar birga dunyoga keladi. Endi bola qalbidagi bu go'zal fazilatlarni saqlab qolish uchun oila, jamiyat va ta'lim tizimi bunga tayep bylmog'i kerak. Mana shu yukcak vazifani amalga oshipish uchun davlatimizda bapcha shapt-shapoitlap yapatilishi bopasida keng ko'lamli ishlap tashkillashtipilgan, fakat undan unumli va oqilona foydalanish masalasi dolzapb bo'lib qolmoqda. Kitobxonlik insonni ma'naviy boyitib, uning ma'naviy-ma'pifiy bapkamolligini ta'minlaydi. Insonning shaxs sifatida shakllanishi ma'naviy tafakkupining barqarorligiga bog'liqdir.

Kichkintoylar, ayniqsa, 2-3 yoshli bolalar uchun atalgan kitoblarda so'zlardan ko'ra rasmlarning ta'siriga katta e'tibor beriladi. Bola kitobdagi rasmlarni qayta-qayta o'z o'rtoqlariga, kattalarga, qo'g'irchog'iga "o'qib" berish bilan uning mazmunini o'z xotirasida mustahkamlaydi. Kitobdagi yorqin, chiroyli rasmlar bolalarning badiiy didini tarbiyalaydi.

O'zini bir vaqtning o'zida kattalar singari his etish va asta sekin baholash, o'zini tutish sezgilari uyg'onadi. Shuning uchun ham, bu yoshda bolalar uchun ota-ona, tarbiyachilarning roli juda ahamiyat kasb etadi. Asosan, kattalarga o'zaro va teran ishonch paydo bo'ladi. Shuningdek, bu shaklda bolalarda asosiy energetik resurslar va salohiyat uyg'onadi. U harakatchang, juda faol bo'lib, ichki dunyosi ham, fikri, aqli ham shunday tarzga aylanadi. "Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablari"da aynan maktabgacha yoshdagi bolalarning kitob o'qish malakalarini rivojlantirish bo'yicha talablarda bola kitob va o'qishga qiziqish bildiradi, kutilayotgan natijalar esa quyidagilar:

• 3-4 yoshli bolalar kitob haqida tushunchaga ega; kattalardan kitob o'qib berishlarini so'raydi; o'z yoshiga mos kitoblarni tomosha qiladi; kitobdagi rasmlar va so'zlar orasidagi bog'liqlikni aniqlaydi; rasmlardan tanish ertak qahramonlarini taniydi.

• 4-5 yoshli bolalar tinglagan hikoyasiga munosabat bildiradi va kattalarga savol beradi; rasmlar asosida tinglagan asarini asosiy o'rinlarini gapirib bera oladi; badiiy asardan parcha tinglagandan so'ng asar nomini ayta oladi; o'z yoshiga mos she'rlarni yoddan biladi; kitobni ehtiyotlab foydalanadi.

• 5-6 yosh so'zdagi birinchi tovushni biladi; kitobni mustaqil tomosha qiladi; tovushlarni farqlaydi; so'zlarni bo'g'inga bo'ladi; so'zlarga qofiya kelishtiradi; nutqning dialogik shaklini qo'llaydi, savollar beradi; she'rlarni yod oladi va ifodali o'qiydi; sevimli badiiy adabiyot, ertak va hikoya mualliflari va ularning nomini biladi; ifodalilikning ohang vositalarini to'g'ri qo'llaydi; harflarga tegishli so'zlarni topadi.

• 6-7 yosh boshqa bolalarga eslab qolgan kitob mazmunini so'zlab beradi; sodda va murakkab gaplarni nutqida qo'llaydi; so'zlarni bo'g'inlarga bo'ladi; bo'g'inli kartochkalar yordamida bo'g'inlardan so'zlar tuzadi; so'z, tovush, bo'g'in, gap haqida tushunchaga ega; kitob nomlari, rasm tagidagi yozuvlar va hokazolarni o'qiydi; bolalar adabiyoti janri nomini biladi (ertak, she'r, hikoya); mashhur yozuvchi va shoirlar nomini biladi. Maktabgacha 6-7 yoshdagi bolalar o'zining aniq ichki sezgisini, ongini anglaydi.

Ma'lumki kitobxonlik faqat ko'p o'qish bilangina belgilanmaydi. Unda avvalo o'qigan kitoblari vositasida ezgu xarakter, ezgu xulq-odob, sog'lom dunyoqarash, sog'lom turmush tarzi, ijtimoiy faollik shakllangandagina amalga oshadi. "Badiiy adabiyot" bolalarni aqlan, axloqan va

INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE INTERNATIONAL EXPERIENCE AND MODERN APPROACHES IN PRESCHOOL EDUCATION

15 MAY, 2024

estetik tarbiyalashning qudratli, ta'sirchan quroli sifatida xizmat qiladi, u bola nutqining rivojlantirish va boyitishga ulkan ta'sir ko'rsatadi. Badiiy didning shakllanishida kitoblar muhim rol o'ynaydi. Kitoblar bolalarning yoshiga mos, mavzu va mazmuni bilangina emas, balki shu bilan birga bayon qilish usuli hamda bezatilishi bilan ham ajralib turishi muhimdir. Maktabgacha yosh davridagi bola uchun tashkil etiladigan faoliyat turlari mazmun-moxiyatining bola tomonidan oson o'zlashtirilishini ta'minlash uchun qulayliklarning xisobga olinishi talab etiladi. Bola ta'lim-tarbiyasi uchun qo'llanilayotgan zamonaviy usul va vositalar turli-tuman, yorqin va jonli bo'lib, bolada qiziqish uyg'ota olmas ekan, belgilangan maqsadga erishish amri maxoldir. Ma'naviyatning birinchi va eng muhim me'zoni ham har bir kishining o'qimishli, intellektual rivojlangan shaxs bo'lib yetishishiga ko'p jihatdan bog'liq. Bugun biz tarbiyalayotgan farzandlar ertangi O'zbekistonning nurli kelajagi bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. 1.D.R.Babayeva, D.F.Xalilova. D.F.Salimova. "Bolalarning ijtimoiy moslashuvi". -Т.: "Ilim ziyo zakovat". 2023y.

2. N.M.Qayumova. Maktabgacha pedagogika.- T.: 2021y.

3. Xodjayev B.X., Xo'jamatova X.M. Maktabgacha yoshdagi bolalar uchun ijtimoiy ta'lim. -T.: Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi, 2023y.

4. Bekmatova O.A. va boshgalar «Quvnog harflar» -T.; "O'qituvchi" 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.