Научная статья на тему 'MAKTABGACHA 6-7 YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR'

MAKTABGACHA 6-7 YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
maktabgacha yoshdagi bolalar / taʼlim / rivojlanish / eʼtibor / bepul taʼlim / qamrov / sifat nutq / tasavvur.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Kayumova D.P

Maqolada maktabgacha taʼlim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 67-yoshli bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishning mazmuni, ahamiyati, maqsadi hamda vazifalari yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTABGACHA 6-7 YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHIGA QOʻYILADIGAN TALABLAR»

MAKTABGACHA 6-7 YOSHDAGI BOLALARNING RIVOJLANISHIGA

QO'YILADIGAN TALABLAR Kayumova D. P

Maktabgacha ta'lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti stajor tadqiqotchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11273944

Annotatsiya. Maqolada maktabgacha ta'lim tashkilotlarida tarbiyalanayotgan 6- 7-yoshli bolalarni ijtimoiy-hissiy rivojlantirishning mazmuni, ahamiyati, maqsadi hamda vazifalari yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: maktabgacha yoshdagi bolalar, ta'lim, rivojlanish, e 'tibor, bepul ta'lim, qamrov, sifat nutq, tasavvur.

Bugun yurtimizda mustaqil huquqiy demokratik davlat, erkin fuqarolk jamiyat qurish yo'lidagi ulkan ishlar o'zlikni anglash, imkoniyatlarni ro'yobga chiqarish, o'sib kelyotgan yosh avlodni har tamonlama yetuk, barkamol shahs qilib tarbiyalashdek mas'uliyatli vazifa maktabgacha ta'lim muassasalari zimmasiga yuklatilingan. Maktabgacha ta'lim-bolalarning ijtimoiy-hissiy, individual va yosh hususiyatlarini, qiziqishlarini, moyilligi, madaniy ehtiyojlarini inobatga olgan holda, bola shaxsini jismoniy, ruhiy rivojlanishini ta'minlovchi , shuningdek maktabga tayyorlab, hayotga zamin yaratuvchi har tomonlama maqsadli yo'naltirilgan yaxlit jarayonlarni qamrab olgan. Ta'lim sohasini isloh qilish bugungi kunda hukumatimiz tomonidan e'tibor qaratilayotgan eng muhim yo'nalishlardan biri, desak mubolag'a bo'lmaydi. Keyingi yillarda maktabgacha ta'lim tizimini isloh qilish va rivojlantirishga qaratilgan qonun va qarorlar qabul qilinib, hayotga tatbiq etilmoqda.

Maktabgacha ta'lim sohasida yagona davlat siyosatini ishlab chiqish va amalga oshirish, bolalarni maktabgacha ta'lim bilan to'liq qamrab olishni bosqichma-bosqich ta'minlash maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi - O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 21.12.2022-yildagi "Yangi O'zbekiston ma'muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" PF- 269-sonli qarori asosida O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi negizida O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tashkil etildi.84

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-maydagi "O'zbekiston Respublikasining maktabgacha ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to'g'risida" gi qarori misolida ko'radigan bo'lsak, mazkur kontseptsiyani yanada rivojlantirishga qaratilgan. Xususan, 2019-yilda O'zbekiston Respublikasining "Maktabgacha ta'lim va ta'lim to'g'risida" gi qonuni qabul qilindi. Ta'lim tizimi to'g'risida bu yangi qonunda, yangi loyihalar, islohotlar bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

Ushbu Qonun maktabgacha ta'lim va tarbiyaning asosiy tamoyillarini, ushbu sohadagi davlat siyosatining yo'nalishlarini, shuningdek, Vazirlar Mahkamasi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Sog'liqni saqlash vazirligi, o'z tasarrufidagi davlat va xo'jalik boshqaruvi organlarining vakolatlarini belgilaydi.

Mazkur Konsepsiyada 2030-yilgacha 3-7 yoshli bolalarning 80,8 foizini maktabgacha ta'lim bilan qamrab olish ko'zda tutilgan.

Biz bolalarni tarbiyalashda abadiy qadriyatlarga egamiz, bu albatta yaxshi va biz kundan-kunga o'zgarib turadigan vaqt talablarini hisobga olishimiz kerak. Binoning mustahkamligi

poydevordan chiqib ketgan degan uzoq vaqtdan beri mavjud bo'lgan tushunchaga ko'ra, davrning o'zi go'daklik farzandlarimizni har tomonlama tarbiyalash qanchalik muhimligini ko'rsatadi. Biroq, tizimning ko'plab tashkilotlarida va roditillarning hamkorligida bir qator muammolar aniq. Bugungi kunda mamlakatimizning har bir fuqarosi misli ko'rilmagan narsalarni his qiladi va kuzatadi maktabgacha ta'lim sohasidagi o'zgarishlar. Maktabgacha ta'lim tizimi davlat tomonidan tizimli va qo'shimcha e'tibor va amaliy yordam olmagan deb aytish adolatli.

Sohadagi muammolarni hal qilish va 3 yoshdan 7 yoshgacha bo'lgan bolalarning to'liq ta'lim olishini ta'minlash masalasi davlat rahbari tomonidan dolzarb vazifa sifatida ilgari surildi. Buning sababi shundaki, bolalar bog'chalari ta'lim muassasasi vazifasini bajarish o'rniga, ota-ona ish joyida bo'lganida bolaning vasiysi bo'lishadi, kam qamrov va bir qator muammolar va kamchiliklar aniq.

Bugungi kunda mamlakatimizda maktabgacha ta'lim tizimida keng imkoniyatlarni yaratish zarurati va ahamiyati, shuningdek, maktab ta'limiga tayyorgarlik ko'rish modellarining yo'qligi. 6-7 yoshli bolalarni kompleks rivojlantirish va o'qitish uchun "Ilmyuli" dasturini ishlab chiqish va tasdiqlash zarur. Ushbu dastur bolalarni maktabga tayyorlashning xalqaro tajribasini hisobga olgan holda bolani har tomonlama va rivojlantirish, tarbiyalash va o'qitish, maktabga samarali tayyorlashni ta'minlashga qaratilgan hujjatdir.

Ushbu dastur kuniga uch soat davomida ta'lim tadbirlarini o'tkazadi. Albatta, bu bejiz emas, chunki ushbu mashg'ulot soatlarida bolaning tanasi, uning fiziologik va aqliy rivojlanishi hisobga olinadi. Xuddi shu 6-7 yoshli bolaning mushak-skelet tizimi va yurak-qon tomir tizimlarining jadal rivojlanishi, Markaziy asab tizimidagi ba'zi mushaklarning rivojlanishi va farqlanishi. Bolaning vazni oyiga 200 grammni tashkil qiladi va bo'yi 0,5 sm ga oshadi, 7 yoshli bolalarning o'rtacha bo'yi 133-122 sm, o'rtacha vazni 21-25 kg. Bu yoshda bolada aqliy jarayonlar ham rivojlanadi.Ijtimoiy-hissiy rivojlanish" sohasi quyidagi kichik sohalarga bo'linadi:

• -"Men" konsepsiyasi;

• -hissiyotlar va ularni boshqarish;

• -ijtimoiylashuv, kattalar va tengdoshlar bilan muloqot.

Ijtimoiy-hissiy rivojlanish sohasida bola o'z "Men" i va boshqa insonlarni hayotiy faoliyti to'g'risida tasavvurga ega bo'ladi:

-o'z hissiyotlarini boshqaradi va ularni vaziyatga mos ravishda ifodalaydi

-o'zgalarning hissiyoptlarini farqlaydi va ularga mos ravishda javob beradi

- kattalar va tengdoshlar bilan vaziyatga mos ravishda muloqot qiladi

- murakkab vaziyatlardan konstruktiv chiqish yo'llarini topadi

Maktabgacha ta'lim muassasasi o'quv-tarbiyaviy jarayonni o'quv yili bo'yicha tashkil qiladi. Rivojalanish sohalari bo'yicha maqsadlar jismoniy rivojlanish va sog'lom turmush tarzini shakillantirish safda bir, ikki, to'rt kishi bo'lib yurish ijtimoiy-hissiy (emotsional) rivojlanish, o'z hissiyotlarini nazorat qilishni o'rganish, nutq, muloqot, o'qish va yozish ko'nikmalari bolaning og'zaki nutqini yoshiga muvofiq mustahkamlash ijodiy rivojlanish hamkorlikdagi faoliyatga ijobiy munosabatni shakillantirish, ritm hissini, musiqani his etish fazilatini harakatlarda ritmik ifodalilikni tarbiyalashdan iboratdir.

6-7 yoshli bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishida jiddiy o'zgarishlar jismoniy va fiziologik jihatdan rivojlanish, emotsional sohalaridagi rivojlanishlar yangi shaxsiy hayotga debocha hisoblanadi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Rivojlanishda kishidagi jismoniy, ruhiy, va ijtimoiy jarayon bo'lib, u barcha tug'ma va egallangan miqdor va sifat o'zgarishlarini o'z ichiga oladi. Bolaning hissiy rivojlanishi - bu uning idrokining rivojlanishi va ob'ektlarning tashqi xususiyatlari: ularning shakli, rangi, o'lchovi, fazodagi holati, shuningdek hidi, ta'mi haqidagi g'oyalarini shakillantirish. Erta va maktabgacha yoshdagi bolalarda hissiy rivojlanishning ahamiyatini yaxshilash, atrofimizdagi dunyo haqidagi g'oyalarni to'plash uchun eng qulaydir.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 6-7 yoshli bolalarning ijtimoiy-hissiy rivojlanishiga tizimli yondashuv asosida kattalar va tengdoshlari bilan muloqatchanlikka o'rgatish hissi, psixologik zo'riqishlarga nisbatan bardoshli bo'lish ko'nikmalarini shakllantirishga ko'maklashishimiz lozim. Bolalar jamoasini shakllantirish axloqiy tarbiya bilan chambarchas bog'liqdir. Bolalar o'z xulqlarining jamoa manfaati bilan bog'liqligi haqidagi bahoni eshitadilar. Bola jamoa fikri va bahsi bilan hisoblashsa, o'zining jamoa uchun zaruriyatini sezsa, u bilan g'ururlansa, umumiy hayotning yoqimli va quvonchli bo'lishi uchun intilsa, bu jamoaning yetarli darajada shakllanganligidan dalolat beradi.

Maktabgacha ta'lim tashkilotlarida 6-7 yoshli bolaning ijtimoiy-hisiy rivojlanishida shaxslararo munosabatlarni yetarlicha shakillanmaganligi sababli bu yoshdagi bolalar atrofidagi ko'p narsalarga noadekvat munosabatda bo'lishadi. Nega?- degan savolga bugungi kunda bolaning birinchi tarbiyachilari televizor va zamonaviy gadjetlar, ekanligini javob qilib ko'rsatishimiz mumkin. Bilamizki gadjetlar ko'pincha yangilik sifatida qabul qilinadi va katta qiziqish bilan o'rganiladi. Bunday qurilmalar har bittasi o'zining orginal dizayni bilan ham e'tiborni tortadi. Oqibatida bola shaxsida boshqa odamlarning his-tuyg'ularini e'tiborsiz qoldirish, muloqotchanlikning yo'qligigi kabi holatlari uchrab turibdi. O'z his-tuyg'ularini boshqarishga harakat qilmaydigan bolalar aynan manashunday "Qaram" bolalar orasidan chiqishayotganini kuzatishimiz mumkin. Bu asosan, juda kam komunikkatsiya qilish bilan ham tasniflanadi.

REFERENCES

1. Z. T. Nishonova. M. Xolnazarova. "Rivojlanish psixologiyasi". Toshkent. 2019.

2. Kulagina I, Yu. Agepsychology (Development of a child from birth to 17 years), 1999 Allhusen, V., Belsky, J., Booth, C. et al. (2003).

3. Early child care and mother-child interaction from 36 months through first grade. Infant Behavior and Development, 26(3), 345-370.

4. Barbarin, O.A., Early, D., Clifford, R. et al. (2008). Parental conceptions of school readiness. Early Education and Development, 19(5), 671-701.

5. Belsky, J., Bakermans-Kranenburg, M. & Van IJzendoorn, M. (2007)

6. F.R. Valiyeva, Sh.Kurbonov Continuity in the education system // Wschodnioeuropejskie // East european science journal 12(52)2019 45-52. 2020

7. Kalmuratov T.N. Davlat-xususiy sheriklik asosidagi nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari faoliyatini boshqarish samaradorligini baholashga oid yondashuvlar. Novosti nauki sbornik statey Mejdunarodnoy nauchno-prakticheskoy konferensii, Sostoyavsheysya 17 maya 2023 g. v g. Penza.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.