Open access journal
www.in-academy.uz
MAKTAB VA MAKTABGACHA TALIM PEDAGOGLARINING KREATIVLIGI
Ramazonova Bahora Sadriddinova
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta'lim metodikasi o'qituvchisi Abdumo'minova Dinara Rustam qizi
Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti
ARTICLE INFO
Received: 12th January 2024 Accepted: 18th January 2024 Online: 19th January 2024
KEY WORDS Kreativlik, ta'lim, tarbiya, pedagog, bola, tarbiyachi, maktabgacha ta'lim, ijodkorlik, yaratuvchanlik.
Bugungi kunda kreativlik,ijodkorlik,yaratuvchanlik kabi qobiliyatlar pedagoglar uchun zarur bo'lib qolmoqda.Nafaqat pedagogika balki boshqa sohalarda ham kreativlikning o'rni beqiyosdir.Chunki hozirda avvalgi o'qitish tizimiga,tarbiyalash tizimiga yangicha yondashish, kretivona yondashish,ijodkorlik g'oyalarini ilgari surish, yangilikga intilish,izlanuvchanlik zamon talabi bo'lib qolgan desak ham mubolag'a bo'lmaydi.Bu hislatlar ko'proq ta'lim musassasalari va tashkilotlar,ularda faoliyat yurituvchi pedagoglar uchun muhim hisoblanadi."Ta'lim to'g'risida"gi Qonunning 8-moddasi maktabgacha ta'limga bag'ishlanadi. Maktabgacha talim va tarbiya Maktabgacha talim va tarbiya bolalarni oqitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, manaviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy orta talimga tayyorlashga qaratilgan talim turidir.Maktabgacha talim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bolgan bolalarni boshlangich talimga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi.Maktabgacha talim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek Maktabgacha talim va tarbiya togrisidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni bilan belgilanadi.Shuningdek maktabgacha ta'lim tashkilotlarida faoliyat olib borayotgan pedogoglar ham kichik yoshdagi bolalarni ham har tomonla tarbiyali va yangiliklarga intiluvchi,ijodkorlik va yaratuvchanlik qoliyatlarini yoshiga mos keladigan o'yinlar va boshqa jarayonlarda sekin astalik bilan shakllantirib borishi lozim.Kreativlik faoliyati shu sohada faoliyat olib borayotgan mudiralar,tarbiyachilar va boshqa faoliyatdagilarda ham shakllanishi kerak.Maktab va maktabgacha ta'lim tashkilotlari pedagoglari zamon bilan hamnafas bo'lgan holda zamonaviy texnologiyalar va innovatsion g'oyalar bila faolyat yuritishlari kelajak avlodning ilk poydevorini mustahkam qiladi.Hozirgi mavjud ta'lim asosan, ilgaridan mavjud bo'lgan an'anaviy didaktikaga asoslangan, ya'ni o'quv jarayonida ilgaridan fanga ma'lum bo'lgan bilimlarni o'qitish, o'rgatish, yetkazish bilan xarakterlanadi. O'qituvchi ilgaridan ma'lum reproduktiv faoliyatni olib boradi. Bu esa asosan
Maktabgacha ta'lim fakulteti 2-kurs talabasi
ABSTRACT
Ushbu maqolada kreativlik haqida, bo'lajak pedagoglarning kreativligi, maktab va maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim va tarbiya berish jarayonlarida pedagoglarning kreativ yondashishi va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi haqida bayon qilingan.
www.in-academy.uz
o'quvchining ta'lim mazmunini yodlab olishi, qayta takrorlab berishi bilan cheklanadi. Ya'ni, ta'lim ilgaridan ma'lum predmet «avval hunar o'rgat, keyin shogird o'z xohishicha nimani ijod qilsa-qilaversin» yo'sinida ish tutish rasm bo'lgan.
Bunday holda bilim olish konsepsiyasi to'rt bosqichda amalga oshiriladi:
- bilim bilan tanishish, ma'lum axborotni tushunib olish, voqealami bir-biridan ajrata olish;
- bilimdan nusxa olish, olgan bilimlarini takrorlash;
- bilim-malaka, olgan bilimlarini amaliy faoliyatda qo'llay olish;
- bilim-transformatsiya, olgan bilimlarini, keyingi yangi bilimlarni, yangi vazifalarni bajarishda qo'llash (ya'ni ijodiy foydalana olish darajasi) dir.
Shuni yodda saqlash kerakki, ijodkor yaratuvchi shaxsni tarbiyalash - fanga ma'lum bo'lgan bilimlarning o'zinigina o'zlashtirish bilan kifoyalanmay, olingan bilimlar zamirida yangi bilimlarni kashf etishlari bilan muhimdir.Bunga yorqin misol, ulug' allomalarimiz Muso al-Xorazmiy matematika fanining asoschisi, Al-Farg'oniyning turli fanlarga tegishli buyuk kashfiyotlari, Al-Farobiyning (70 dan ortiq tillarda erkin so'zlashgan), tovush tezligi, chastotasi, moddiyat, issiqlik, harakat, optikaga oid kashfiyotlari, Abu Rayhon Beruniyning (qomusiy olim) mineralogiya, geodeziya, jug'rofiya, falakkiyot (astronomiya) fanlari rivojiga qo'shgan katta hissasi, Abu Ali Ibn Sinoning «Tib qonunlari», «Ko'z anatomiyasi» ga bag'ishlangan kitoblari, Ulug'bekning «Zijji Ko'ragoniy» asari. Ularning qoldirgan asarlari hozirda ham mamlkatimizda va ko'plab Yevropa mamlakatlarida o'qib o'rganilmoqda. Ularning kashfiyotlari butun jahon xalqlarining umum mulkiga aylanmoqda. Bu shundan darak beradiki, allomalarimiz o'z davrida mavjud bilimlarni chuqur va puxta o'rganib, o'zlashtirib qolmay, ular o'z ishlariga izlanuvchanlik va ijodkorlik bilan yondoshib, juda ko'plab kashfiyotlar qilganlar.
Shuning uchun yangilangan didaktikaning vazifasi faqatgina fanga ma'lum bo'lgan bilimlarning o'zini o'rgatish, uni takrorlash bilan cheklanmay,ulaming ijodiy, tanqidiy va yaratuvchanlik ruhida ish yuritishlariga zamin yaratib bormoqdan iborat.Hozirgi zamon ta'limining bosh va asosiy vazifasi - o'quvchining intellektual darajasini, yaratuvchanligini, ijodkorligini, izlanuvchanligini takomillashtirish orqali ulami yangi bilimlarni olish, yaratishga ruhlantirishga qaratilmog'i kerak.Ma'lumotlarga qaraganda (yoshlar psixologiyasiga ko'ra) olti yoshgacha bo'lgan bolalar 40 % iste'dod potensialiga ega ekanlar. Bolalar eng kichik yoshdanoq ijodkorlik, yaratuvchanlikka juda moyil bo'lar ekan. Agar shu davrda u bilan olib borilayotgan ta'lim jarayoniga faqat an'anaviy asosda yondoshilsa, undagi ijodkorlikka moyillik so'nib boradi. O'quv-biluv ijodkorlikka yo'naltirilsa - uning faolligi, yaratuvchanlik qobiliyati oshib boradi. Ijodkorlik asosida ish yuritishda faqatgina ob'ektning o'zi bilangina cheklanmay, ya'ni subyekt (bola) ning ijodkorligi, moyilligi, ehtiyojiga qarab ish tutilsa, ijobiy natijalar beradi, ya'ni ijodkorlikka bolalikdan o'rgatish mumkin va zarur. Umuman ulug' kashfiyot namoyondalari fikrlash algoritmini yaxshi o'zlashtirganlar, chuqur, atroflicha bilimga ega bo'lganlar. Ular asosan evristik metod va usullami yaratganlar, shular asosida ijodkorlik namunalarini namoyon qilganlar.
Kreato - lotincha so'z bo'lib - yaratuvchanlik, ijodkorlik degan ma'noni beradi. Yaratuvchanlik va ijodkorlik metodlarini yaratishni, o'rgatishni kreativ pedagogika o'rgatadi. Agar ta'lim jarayoni o'quvchi faolligiga asoslangan muammoli, dasturlangan, loyihalar jadallashtirilgan holda kechsa, u holda kreativ yo'nalishga ega bo'lib, o'quvchining faolligi
Open access journal
www.in-academy.uz
tufayli uni yangilik, ijodkorlik sari yetaklaydi.Ijodkorlik va madaniyatlilik o'quv faoliyatida doimiy tizimli kechsa, u ijodkorlik sari boradi. Shuning uchun ham o'quv jarayonidan tashqari vaqtda «texnik ijodkorlik asoslari» yoki «texnik loyihalash ijodiy asoslari» ilmiy izlanish yo'nalishidagi to'garaklar tashkil etilsa, o'quvchining loyihalash ijodkorligi oshib boradi. Shuning uchun ham bolalaming bo'sh vaqtini mazmunli va maqsadli yo'naltirish, ulaming kelgusida kasbiy mahoratli, ijodkor bo'lib yetishishiga sabab bo'ladi.
Tarixan ta'lim ikki madaniyat yo'nalishida rivojlangan, taraqqiy etgan. Birinchisi, gumanitar - badiiy yo'nalishda bo'lsa, ikkinchisi ilmiy va texnika yo'nalishi. Shu sababli texnik ijodiy rivojlanish konsepsiyasida texnika ta'limini insonparvarlash va nazariy muhitda rivojlanishning asosi qilib olingan. Aniq fanlaming ham rivojlanishini texnika taraqqiyoti va axborot-informatsion texnologiyalar bilan chambarchas bog'lash yaxshi natijalar bermoqda. Ta'lim bilan bog'liq har qanday faoliyat loyihalashtirish asosida kechsa:Dizayn bilan bog'lashda yaxshi natijalarga olib keladi.
Shuning uchun kreativ pedagogika shu loyihalashtirishga asoslangan bo'ladi.Hozir texnik jihatdan katta o'sish, o'zgarishlar davri.O 'z navbatida ta'lim jarayoni oldiga vazifalar qo'ymoqda, ta'lim oluvchi olgan bilimlarini o'zlashtirib, ko'paytirib borishdan tashqari,o'quv-biluv jarayonida qo'shimcha bilimlar berish orqali ijodiy yondashuvga moyilliklari ortib boradi.Ta'limni olib boruvchi - o'quv jarayoninga olib boruvchi, o'quvchi - o'quv jarayonining faol ishtirokchisi o'quv - biluv mas'uliyatini o'z bo'yniga oluvchi hamdir.Ta'lim jarayonini texnologiyalashtirish, innovatsiyalar, ilg'or texnologiyalar, yangi o'quv ob'ektlari o'quvchining tafakkurini abstrakt fikrlash, ijodiy fikrlar yuritishga olib keladi.O'quv jarayonini algoritmlash, loyihalash, modullashtirish o'quvchining o'quv jarayoniga bo'lgan shaxsiy mas'uliyatini oshiradi. Ularda motivatsiyaning kuchayishi orqali qo'shimcha ma'lumotlar olish asosida o'z bilimini boyitib borish ehtiyojini tug'diradi.
O'quv jarayonini kreativ yo'naltirish uchun:
1. O'quv jarayoni o'quv materialini berib borish, boshqa qiziqarli qo'shimcha materiallarni taklif etish va o'quvchini izlanishga, ijodkorlikka yo'naltiruvchi material asosida uni o'z ehtiyoji, xohishi bilan yangilik sari yetaklash.
2. O'quv jarayonini ham shunday o'zgartirish kerakki, o'quvchi o'quv muteriallarining yaratuvchisiga aylanib, berilgan o'quv materiali o'sha yaratuvchilikka xizmat qilsin.
3. O'quv materillariga yangi qo'shimchalar kiritish orqali evristik strategiya, taktika, metod va usullar taklif etish orqali o'quvchining ijodiy fikrlashga bo'lgan qiziqishini oshirish kerak.Umuman, inson faoliyatida yaratuvchanlik, ijodiy fikrlash har bir muammoni, vazifani, loyihani yechishda sermahsul jarayon hisoblanadi.O'quv jarayonida o'quvchi mustaqil ravishda masalaning yechimiga intilsa, o'qituvchi muammoli vaziyatni o'z vaqtida tashkil etsa, o'quvchi uchun sekin-asta ko'nikma va malakaga aylana boradi.
Kreativlik - shaxsni rivojlantiruvchi kategoriya sifatida inson maiiaviyatining ajralmas qismi bo'lib. shaxsni o'z-o'zini rivojlantirish omili. shaxsiy jonbozlikning asosi, shaxs ega boigan bilimlarning ko'pqirrali ekanligida emas, balki yangi g'oyalarga intilishda va o'rnatilgan stereotiplarni yangilik yaratish jarayonini isloh qilish va o'zgartirishda. hayotiy muammolarni yechish jarayonida kutilmagan va noodatiy qarorlar chiqarishda namoyon bo'ladi. Kreativlik jarayonini tashkil etish va boshqarishning murakkabligi shundaki, bunda ijodiy individuallikning nafaqat ongli. balki ongosti tushunchalari paydo bo'ladi.
www.in-academy.uz
Kreativlik tabiatini o'rganish muammosiga bagishlangan psixologopedagogik adabiyotlarni tahlil qilib, odatda. intellektual kreativlik masalasiga duch kelamiz. Ijtimoiy va aniq pedagogik kreativlik sohasida amalga oshirilgan izlanishlar ancha kam. Ko'p hollarda tadqiqotchilar pedagogik kreativlik emas, balki pedagogik muloqot jarayonini o'rganadilar, o'qituvchi va o'quvchi muloqotini yaxshilash uchun tavsiyalar beradilar. Pedagogika va psixologiyadagi kreativlik tabiati uning rivojlanishiga ta'sir ko'rsatuvchi ichki va tashqi omillar haqidagi yuqorida keltirilgan fikrlarni umumlashtirib quvidagicha xulosa chiqarish mumkin: bu xodisa yaxlit va tuzilish jihatdan tushunish uchun yagona tushunchalar tizimi mavjud emas. Inson shaxsida kreativlik, uning darajasi, tuzilishi va o'ziga xosligi inson individualligining boshqa bir jixatini o'zlashtirish jarayonining o'ziga xosligi va shaxsiy xususiyatlari bilan uzviv bog'liq.
Bu bog'liqlikni tasniflash kreativlik hodisasining kelajakda o'rganilishi kutilayotgan yangi bir yo4nalishidir.Kreativlikni rivojlantirishda kreativ insonlarni kreativmas insonlardan farqlovchi hissiy chizgilari (o'z-o'ziga ishonch, tajovuzkorlik, o'z-o'zidan qoniqish, ijtimoiy cheklovlarga va boshqalar fikriga toqatsizlik) individning shaxsiy o'ziga xosligi katta ta'sir ko'rsatadi. Kreativlikning motivlikka munosabatini belgilovchi yagona qarashlar tizimi mavjud emas. Nuqtayi nazarlardan biriga ko'ra, kreativlikda individ o'z imkoniyatlaridan maksimal darajada foydalanadi, faoliyatning yangi qirralarini izlab topadi. Boshqa bir nuqtayi nazarga ko'ra kreativ kishilarni motivlashtirish, tavakkalchilikka intilish, o'z imkoniyatlari chegarasini aniqlashga intilishdir.
Aytish mumkinki, har ikkala nuqtayi nazar ham o'zida kreativ insonlarning, motivlashning individual variantlarini mujassamlashtirgan. Innovatsion faoliyatning o'ziga xosligi muammosida o'qituvchi xulq-atvorining o'quvchilar kreativligini rivojlantirish bilan bog'liq tasniflanishi katta ahamiyatga ega, chunki oxir-oqibat bilim emas, balki rivojlanish omili bo'lgan alohida malakalar va ularning xulq-atvorga qo'llanishi muhimdir. Torransning izianishlarida o'qituvchi xulq-atvorida bolalar kreativ rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi dalillar keltirilgan: ijodiy fikrlash qiymatini baholash, bolalarni atrofdagi qo'zg'atuvchi omillarga nisbatan sezuv-chanligini oshirish, obyekt va g'oyalarni erkin boshqara olish, ijod jarayoni haqida konstruktiv axborotni rivojiantirish, tanqidchilikni emas, konstruktiv tanqidni rivojiantirish, o'z-o'ziga hurmatni orttirish, baholanishdan qoi'qish hissining oldini olish va boshqalar.
Shunday qilib, potensial kreativlik imkoniyatlar kreativligidir.Imkoniyatlar kreativligi amaldagi kreativlikka - dolzarb kreativlikka aylanishi uchun dastlabkisi ma'lum faoliyatda o'zlashtirilishi uchun ichki o'zgarishlarga duch keladi. Shunday qilib, kreativlik o'zlashtirilganlar asosida rivojlantiriladL. keyinchalik o'zgartirishlar kiritiladi, o'qituvchining mavjud tajribasi qayta tuziladi. Pedagogik innovatsivalarga moslashishdan toki qayta tuzishgacha bo'lgan yo'l o'qituvchi innovatsion faoliyati dinamikasi asosini tashkil qiladi.Kreativ darsi ijodiy metodologik tuzilishiga ko'ra an'anaviy darsdan farq qiladi va o'zida dars maqsadini qamrab oluvchi bloklari bilan kreativ ta'limning maqsadlarini amalga oshiradi. Ijodiy darsning tuzilishi mantiqan ta'limni haqiqatdan rivojlantiruvchi jarayonga aylantirishni ko'zda tutadi. Ta'limning birinchi navbatda insonparvarlik maqsadlarini ko'zlagan holda ta'lim faoliyati tuzilishida ma'lum o'zgarishlar olib boriladi. Ta'lim faoliyatining yangi shakllarini konstruksiyalash boshlang'ich sinf o'quvchilarining ma'naviv
www.in-academy.uz
shakllanishi asosini tashkil qiladi. Dastur fikrlash shakllarini tubdan yangilash; maktab o'quvchilarini intellektning yangi bosqichida o'kazishni ko'zda tutadi.
Chunonchi: ko'rgazmali - aniqlikdan og'zaki mantiqiylikka; emperikdan nazariy-tanqidiy fikrlashga. D. B. Elkoninning fikricha, ta'lim samaradorligi o'qitish jarayonida egallangan bilimning miqdori va sifati; rivojlanish samaradorligi o'quvchilar qobiliyati o'sishi darajasi bilan belgilanadi. Qobiliyatning rivojlanishi shaxs sifatlaridan biri boiib, faoliyat samarasini belgilaydi, mazkur dasturni amalga oshirishda qobiliyatning funksional tizim samaradorligi oshishidagi ahamiyati katta. Rivojlanishga ta'sir etuvchi ta'lim tuzilishi boshlanglch sinf o'quvchilarini faol ta'limiy faoliyat turlariga safarbar etadi, faolfaoliyat turining turli shakllarini turlicha vositalar yordamida egallash; hayratlanarli buyumlar haqida fikrlash; boshqotirmalar yechish; kompyuterda oichamli masalalar yechish o'quvchining rivojlanishiga xizmat qiladi.
Mazkur texnologiyaning psixologik asosi o'quv jarayonining o'quvchi tomonidan rejalashtirilishidir. Tizimli refleksiya tashkil etilishiga ehtiyoj hosil qiluvchi omil - ta'lim jarayoni natijasini vaqtivaqti bilan testlar yordamida aniqlash va o'quvchilarni o'quv faoliyatini rejalashtirishga o'rgatish.Darsga motivatsion sayqal berish deganda, dars davomida ijobiy motivatsiyani qoilab-quvvatlovchi tuzligan maxsus topshiriqlar tushuniladi. Har bir o'quv sikli so'ngida o'quvchilarning vutuqlar haqidagi ijobiy hissiyotlari rag'batlantirilib, keyingi bosqichga o'tish ishtiyoqi kuchaytiriladi.
Kreativ darslarning mazmuni va psixologik yonalishlar.
1-yo'nalish. Motivlashtirish (hayratlanish, surpriz).«Hayratlanish - donishmandlikning boshlanishidir» (Suqrot).Axborotlardan toliqishning oldini olish va o'quvchilarni intellektual faolligini oshirish maqsadidagi izlanishlar yoiidagi muqobil usullaridan biri «hayratlanish» yoki boshqacha aytganda, «mo'jiza effekti». Hayratlanarli predmetlar bilan to'qnashuv tizimi, ularni yaratilishi haqidagi izlanishlari kichik maktab o'quvchilarining qiziqish va faoliyati samaradorligini ta'minlaydi. Motivlashtirish dars jarayonida predmetlar timsolida, masalan, bola tafakkurini jumboqliligi, siri va favqulodda go'zalligi bilan olib boriladi. Bunday predmetlar turlicha boiishi mumkin. Jumladan, oynasi orasiga o'rgimchak kirib qolgan soat, ichiga yelkanli kema joylashtirilgan butilka va h. k. Bolalar qiziqishini oshiruvchi oddiy fokuslar. Masalan: quti ichida bir ko'rinib, bir ko'rinmaydigan sichqoncha va boshqalar.
2-yo'nalish. Dasturning mazmuni.Dasturning mazmuni boshqa yownalishla.rni tizimli umumlashtirish asosida bir butunlikda ijodiy tafakkurning va fantaziyasining rivojlanishiga hamda tasviriy masalalarning nazariy yechimi degan jiddiy miummoni (G.S. Altmuller) yechishga xizmat qiladi.
3-yo'nalish. Psixologik dam olish,psixologik dam olish sifatida qollaniladi. Bosh miya yarim sharlarini garmonik rivojlanishiga ta'sir etuvchi jismoniy mashqlar (Shuni esda tut ish lozimki, o'ng va chap qo'llar imkoniyatini rivojiantirish muhimdir. Psixologlarning ta'kidlashicha, o'ng va chap qo'lda birday harakatlanish xotira, fikrlash va nutqning rivojlanishi, yaxshilanishiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi.)
4-yo'nalish. Boshqotirmalar.Zamonaviy kreativ darsning muhim elementlaridan biri sifatida o'quvchilar ijodiy faoliyati tabiiy obyektlar tizimida o'tkir aql va topqirlik mujassamlashgan boshqotirmalar muhim ahamiyatga ega. Boshqotirmalar o'quvchi oldiga yechimini topish jarayoni fikrni noan'anaviy birikishga olib keladigan muammo zararsiz
www.in-academy.uz
materiallar (yog'och,qog'oz, metall plastmassa)dan yasalgan buyumlardan foydalanish mumkin. Taklif etiladigan boshqotirmalar ko'p sonli obyektlar ichida didaktik prinsiplarga mos ravishda tanlab olinadi.
5-yo'nalish. Intellektual mashqlar.Intellektual mashqlar ham boshqotirmalar singari o'quvchilarni ijodiy faoliyatga, motivlashtirishga xizmat qiladi.
6-yo'nalish.Fikrlashning kompy liter intellektual (tayanchi) yordami.
7-yo'nalish. Rezyume.Darsning bu qismi o'qituvchi va o'quvchi orasida aniq dars mavzusi bo'yicha materiallar yuzasidan fikrini bilish va baholashda qaramaqarshi aloqa o'rnatish imkonini beradi.Yuqorida keldirilgan fikr va tajribalarga amal qila olgan pedagoglar kelgusi faoliyatlari kreativlikning yorqin ko'rinishlarini ko'rishlari mumkin.
Xulosa: Maqola orqali men maktab va maktabgacha ta'lim pedagoglarining kreativligi to'g'risida juda kop ma'lumotlarga ega bo'ldim. Ushbu maqoladan foydalanadigan insonlar bo'lajak pedagoglarning kreativligi,maktab va maktabgacha ta'lim tizimida ta'lim va tarbiya berish jarayonlarida pedagoglarning kreativ yondashishi va zamonaviy texnologiyalardan foydalanishi haqidagi ayrim va foydali ma'lumotlarni olishlari mumkin.
References:
1. O'zbekiston Respublikasining "Ta'lim to'g'risida"gi qonuni.2020 yil
2. F.Qodirova, Sh.Toshpo'latova, N.Kayumova, M.A'zamova. "Maktabgacha pedagogika". Darslik.
3. R.Mavlonova, N.Voxidova,N.Rahmoqulova."Pedagogika nazariyasi va tarixi".
4. R.Mavlonova, N.Raxmonqulova."Boshlang'ich ta'lim pedagogikasi, innovatsiya va integratsiyasi".
5. N.N.Azizxo'jayeva. "Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat".