Научная статья на тему 'MAKTAB O’QUVCHILARINI TARBIYALASHDA TARBIYA ISHLARINI REJALASHTIRISH VA TO’G’RI YONDASHISH USULLARI'

MAKTAB O’QUVCHILARINI TARBIYALASHDA TARBIYA ISHLARINI REJALASHTIRISH VA TO’G’RI YONDASHISH USULLARI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ta’lim-tarbiya / metod / yosh davrlari / o’smirlar / oila / jamiyat.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Zarina Hayitboyeva

Keltirilgan ushbu maqolada maktab o’quvchilarining o’ziga xos xulq-atvori, yosh davrlar xususiyatlari, maktab davridagi muammolar, o’quvchilarni tarbiyalashda olib boriladigan ishlar haqida so’z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTAB O’QUVCHILARINI TARBIYALASHDA TARBIYA ISHLARINI REJALASHTIRISH VA TO’G’RI YONDASHISH USULLARI»

MAKTAB O'QUVCHILARINI TARBIYALASHDA TARBIYA ISHLARINI REJALASHTIRISH VA TO'G'RI YONDASHISH USULLARI

Zarina Hayitboyeva Otanazarovna

Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani 3-son amaliyotchi psixologi

Annotatsiya: Keltirilgan ushbu maqolada maktab o'quvchilarining o'ziga xos xulq-atvori, yosh davrlar xususiyatlari, maktab davridagi muammolar, o'quvchilarni tarbiyalashda olib boriladigan ishlar haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Ta'lim-tarbiya, metod, yosh davrlari, o'smirlar, oila, jamiyat.

Pedagog kadrlar juda ko'plab insonlar bilan ishlashadi, yoshlarni tarbiyalaydi, o'z yo'lini topishga ko'maklashadi. Shular orasida tarbiyasi qiyin bo'lgan bolalar ham chetda qolmaydi, albatta.

,,Tarbiyasi muammoli '' bolalar pedagogik qarovsizlik natijasidir. L.S.Vigotskiy fikricha, ,,og'ir'' o'smir hayoti munosabatlar xarakterining natijasidir. Bular avvalo qaysar, injiq bolalar, ularni qiziqarli faoliyat turiga tortish, ularni tarbiyalashning asosiy usullaridan biridir. Shuni ham aytish lozimki, ,,tarbiyasi og'ir'' bolalar uchun ular yashayotgan muhit, oila, ular o'qiyotgan jamoa, sinfning roli juda kattadir. Tarbiya jarayonining samaradorligini oshiruvchi psixologik mexanizmlar tarbiyali bo'lim - bu xulq-atvorini nazorat qilishdan iboratdir. Bunday nazorat inson yomon xatti-harakatlarini bajarmaslik imkoniyatini beradi. Konfutsiy ,,Eskini o'zlashtirgan, yangini tushunishga qodir insongina tarbiyachi bo'la oladi'' degan edi. Bugungi kunda maktab dasturini yetarli darajada o'zlashtira olmaslik, maktabdan bezish holatlari, bir sinfda ikki yil o'qish (sinfda qolish) bilan bog'liq jihatlar tarbiyasi qiyin o'smirlar bilan ishlashda o'z yechimini kutayotgan muammolardan biri bo'lib qolmoqda. Bu esa umumta'lim maktablarida o'quvchilar psixologik imkoniyatlariga yanada jiddiyroq tashxis qo'yish, maktab ta'limida korreksion-rivojlantiruvchi ta'limning individual dasturini tuzish; tarbiyasi qiyin o'smirlar va ularning ota-onalari

bilan ishlash kabi vazifalarga alohida e'tibor qaratishni taqozo etadi. Ayni paytda mazkur holatlar birinchidan, o'zlashtira olmovchi o'quvchilarning bilim darajasini maktab pedagogik jamoasi bilan hamkorlikda chuqur diagnostika qilinishini; ikkinchidan, maktab psixologi o'zlashtira olmovchi o'quvchilarning nafaqat sog'lig'i balki, umuman bolaning maktabga tayyorgarik darajasi va ijtimoiy psixologik rivojlanishi haqida ham bilishi kerakligini, uchinchidan, mazkur «qiyin» lik ota-onalar o'z farzandlarining muammolari yechimida bevosita va bavosita ishtirok etishlarini anglashlarida mas'uliyat sezishlari lozimligini, to'rtinchidan, mazkur o'quvchilar kategoriyasi uchun korreksion-rivojlantiruvchi tizimni joriy qilish va uni amaliyotga tatbiq imkoniyatlarini qidirish lozimligini ham talab qiladi.

Pedagogning tarbiyasi qiyin o'smirlardagi "men timsolini" korreksiya qilish borasidagi kasbiy faoliyati samaradorligi pedagogning kasbiy va shaxslilik nuqtai nazardan o'zini o'zi baholashi, uning kasbiy motivasiyasi xususiyatlariga to'g'ridan-to'g'ri bog'liq. Pedagog kasbiy kompetentligining majburiy sharti, bizning nazarimizda, o'qituvchining tarbiyasi qiyin o'smirlar bilan ishlashga shaxslilik tayyorgarligidir. O'smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qolishlari ham mumkin. O'smir katta odam, Shuningdek, chekuvchi, ichuvchi singari yangi rollarda o'zini noqulay his qiladi. Psixik rivoji jihatidan bolalarga yaqin, lekin ehtiyojlari jihatidan kattalarga yaqin bo'lgan o'smirda juda ko'p noqulay va tashvishga tushuvchi holatlar bo'ladi va ular o'smirda krizisni yuzaga keltirib chiqaradi. Bu krizis o'smirning ma'naviy o'sishi, Shuningdek psixikasidagi o'zgarishlar bilan ham bog'liqdir. Bu davrda bolaning ijtimoiy mavqei o'zgaradi, o'zining yaqinlari, do'stlari, tengdoshlari bilan yangi munosabatlar yuzaga keladi. O'smirlar haddan tashqari g'ayratli va besaramjon bo'ladilar, ular uchun bekorchilik juda og'irdir, bir xil tarzdagi ishlardan tezda toliqadilar, bir xildagi ish bilan qiziqmay qo'yadilar, bu esa ularning ta'lim jarayonlari muvaffaqiyatiga kuchli ta'sir qiladi.

Yuqoridagi holatlar vujudga kelganda albatta maktab psixologlari bunga tayyor turishi kerak. Chunki bu kabi holatlar har bir o'smirda uchraydi. Shuning uchun ham ayniqsa shu davrda maktab psixologlari o'smirlar bilan yaqin aloqada bo'lib turishi, ularni kuzatishi, ota-onasi bilan ham aloqada bo'lishi kerak. Chunki ular bu davrda

juda ko'plab xatolar qilishi, yo'ldan adashishi kuzatiladi. Buning natijasida esa yomon oqibatlar yotgan bo'ladi. Hattoki, o'smirlarda o'z joniga qasd qilish hollari ham kuzatiladi. Shu kabi salbiy holatlar yuzaga kelmasligi uchun ularni maktab o'qituvchilari, sinf rahbarlari, psixologlar, ota-onalar doimo kuzatishi, agarda salbiy nimanidir sezsa maslaxatlashishi kerak bo'ladi. Albatta bunday jarayonlarning oldi olingan bo'ladi.

Pedagogning tarbiyasi qiyin o'smirlar "men timsoli"ni korreksiya qilish borasidagi kasbiy faoliyati samaradorligi ko'p hollarda o'qituvchining kasbiy pozitsiyasi, shuningdek, pedagoglar tomonidan o'smir shaxsini umr yo'li davomida rivojlanish xususiyatlarini oldindan bashorat qilish bilan belgilanadi. Bu xususiyatlarni baholash, oldindan aytib berish usullari va ularni boshqarish turlicha bo'lishi mumkin. Bunda shuni hisobga olish zarurki, o'smir o'z hayotining u yoki bu holatlarini adekvat tahlil qila olish xulq-atvorida ularga asoslanib o'zi va o'z kelajagi haqida ma'lum tasavvurlarga ega bo'lishi muhim o'rin tutadi.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tarbiyasi qiyin bolalar bilan ishlashishda pedagoglar juda katta ahamiyatga ega bo'lishadi. Ular nafaqat ta'lim balki tarbiya ham berib borishi kerak bo'ladi. Bunda turli xil qiziqarli metodlar, texnologiyalar hamda urf-odatlar haqida ham ularning ongiga singdirishi lozim bo'ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Barotov Sh.R. Ta'limda psixologik xizmat asoslari. Monografiya. Toshkent, 1999.

2. . Bexbudiy. Tanlangan asarlar., -T.: "Ma'naviyat", 1999.

3. Davletshin M.G. Psixologiya texnicheskix sposobnostey. - Tashkent, 1975.

4. Jumayev R.Z., Ubaydullayev U.A., Xo'janov B.A. Konfliktologiya asoslari : O'quv qo'llanma. - T.: Akademiya, 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.