Научная статья на тему 'MAKTAB DARSLIKLARIDA FAZOVIY SHAKLLARNI O‘RGANISHDA KASBIY KONTEKSTDAGI MASALALAR'

MAKTAB DARSLIKLARIDA FAZOVIY SHAKLLARNI O‘RGANISHDA KASBIY KONTEKSTDAGI MASALALAR Текст научной статьи по специальности «Науки о здоровье»

CC BY
70
7
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
geometriya / masala / kasb / ta`lim / dars / o`quvchi / kontekst / stereometriya / bilim / ko`nikma / malaka.

Аннотация научной статьи по наукам о здоровье, автор научной работы — Jalilov Anvar Abdulloyevich, Rustamov Anvar Normamatovich

Ushbu maqolada maktab darsliklarida fazoviy shakllarni o`rganishda kasbiy kontekstdagi masalar haqida misollar yordamida yoritib o`tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «MAKTAB DARSLIKLARIDA FAZOVIY SHAKLLARNI O‘RGANISHDA KASBIY KONTEKSTDAGI MASALALAR»

MAKTAB DARSLIKLARIDA FAZOVIY SHAKLLARNI O'RGANISHDA KASBIY

KONTEKSTDAGI MASALALAR 1Jalilov Anvar Abdulloyevich 2Rustamov Anvar Normamatovich

1Navoiy davlat pedagogika instituti dotsenti(PhD) 2Navoiy davlat pedagogika instituti 1-kurs

magistranti 1anvar_anvar2018@mail.ru https://doi.org/10.5281/zenodo.10115267

Annotatsiya. Ushbu maqolada maktab darsliklarida fazoviy shakllarni o rganishda kasbiy kontekstdagi masalar haqida misollar yordamida yoritib o tilgan.

Kalit so^zlar: geometriya, masala, kasb, ta lim, dars, o quvchi, kontekst, stereometriya, bilim, ko nikma, malaka.

Bugun butun dunyo qatori rivojlanayotgan Ozbekistonda oquvchilar maktabni qandaydir kasb-hunarni egasi bolib bitirishi alohida ahamiyatga ega bolib turibdi. Bu borada davlatimiz tomonidan bir qancha ishlar qilinmoqda. Bunga yaqqol misol sifatida O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 10-11-sinflari o'quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari to'g'risida" 30.12.2021 yildagi 792-son qarorini keltirish mumkin. Bu qarorga kora umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 10-11-sinflari o'quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash 2022/2023 o'quv yilidan boshlab 10-sinflarda, 2023/2024 o'quv yilidan — 11-sinflarda tashkil etilishi belgilab qo'yilgan. Bugungi kunda qarorda belgilangan vazifalar amalga oshmoqda.

Maktab o'quvchilarini kasb-hunarga to'g'ri tanlashi uchun ular avvalo, kasblar haqida tushunchalarni, kelajakda har qanday kasbning haqiqiy egasi bolishi uchun maktabda o'tilayotgan umumtalim fanlarining orni katta ekanligini anglab, tushunib yetishi muhimdir.

Xususan, geometriya fanini oqitishda kasbga yo'naltirish ishlari dars jarayonlarida quyidagicha amalga oshiriladi:

1. Geometrik tushuncha va qonuniyatlar kasb sohalari bilan o zaro bog lab tushuntiriladi;

2. Geometriya darslarida kasbiy kontekstli masalalardan foydalaniladi;

3. Geometriya darslarida kasbiy kontekstli o'quv-ko'rgazmali qurollardan foydalaniladi.

Kasbiy kontekstli masalalardan namunalar keltirib otamiz:

1-masala. Uyni isitish tizimi silindr shaklidagi plastk turbalardan yasalgan. Unga turbalarning ishki diametri 25 mm li 28 m, 15 mm li 15 m turba ketgan bolsin. Shu tizimga jami qancha hajmdagi suv ketishi topish kerak.

Yeshish: a)

Silindrning hajmi: V=Sasos^H ga teng.

Sasos=rcß2=3,14-12,52=3,14-156,25=490,625 mm2=0,0490625 dm2 H=28 m=280 dm.

V=0,0490629 dm2 ^280 dm2=13,7375 dm3=13,7375 litr« 14 litr

H=15 m=150 dm.

V=0,0176629 dm2 450 dm2=2,649375 dm3=2,649375 litr«3 litr Jami: V=14 + 3= 17 litr.

2-masala. Tadbirkor temir turbalar ishlab chiqarish korxonasida buyurtmaga kora ichki diametri 3,2 sm, tashqi diametri 44 sm olchamli turbalar tayyorlash kerak. Shu o'lchamdagi turbalarni 1 metri uchun qancha mahsulot ketishini aniqlang.

■ 1 i i i a s <N Ci" 1 J a s

100 sm

Bu masalani hal qilish uchun o quvchilar silindr hajmidan foydalanishi kerak bo ladi.

3-masala. Usta tashqi diametri 5 smli metal turbadan narvon yasab uni bo yash kerak. Buni

yasash uchun 9 metr turba sarflandi. 1 m2 yuzaga 200 g bo yoq ketsa, uni sirtini bo yash uchun

qancha bo'yoq ketadi?

Bu masalani yechish uchun o'quvchilar silindrni sirtini yuzini topishi kerak bo'ladi? 4-masala. Qishloq aholisini suv bilan ta'minlaydigan kanalning ko'ndalang kesimi asoslari 10 m, 6 m va balandligi 2 m bo'lgan teng yonli trapetsiyadan iborat. Suv oqim tezligi 1m/s bo'lsa, 1 minutda bu kanaldan qancha suv oqib otadi?

III m

11 I f I T TTT Til

< U» >

Bu ko'rinishdagi masalani yechish davomida o'quvchilarga suv ta'minoti tashkilotlari bilan bog'lab geometrik masalani hal qilinadi.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, geometriya fanini o'qitishda o'quvchilarga faqat geometrik bilim va ko'nikmalarni berish bilan chegaralanib qolmasdan, balki ulardagi kasbiy tushunchalarini ham shakllantirib boorish, va ayrim kasblarda mavjud masalarni geometrik yo'l bilan hal qilinishini tushuntirish asosiy masala hisoblanadi. Chunki o'quvchilar kelajakda geometrik bilimlarini amaliy va kasbiy jarayonda qo'llay olsagina bu fanni o'qitishdagi asosiy maqsadga erishilgan bo'ladi. Shuning uchun geometriyani o'qitishda kasbiy kontekstli masalalarning o'rni alohida ahamiyatga egadir.

REFERENCES

1. 792-coh 30.12.2021. Umumiy o'rta ta'lim muassasalarining 10-11 -sinflari o'quvchilarini kasb-hunarga tayyorlash chora-tadbirlari to'g'risida (lex.uz)

2. Geometriya: Umumta'lim maktablarining 10-sinflari uchun darslik/B.Xaydarov, N.Tashtemirova, I. Asrorov. -Toshkent: Respublika ta'lim markazi, 2022-192 b.

3. Algebra va analiz asoslari: O'rta maktabning 10-11-sinflari uchun darslik/ Sh.O. Alimov, Y.M.Kolyagin, Y.V.Sidirov va boshq.-T.:O'qituvchi, 1996. -256 b.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.