Научная статья на тему 'MAHMUDXO’JA BEHBUDIYNING “MUNOZARA HAQIDA“ MAQOLASIDAGI IJTIMOIY VA FALSAFIY QARASHLAR'

MAHMUDXO’JA BEHBUDIYNING “MUNOZARA HAQIDA“ MAQOLASIDAGI IJTIMOIY VA FALSAFIY QARASHLAR Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
107
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ta’lim-tarbiya / “komil inson” / jamiyat / millat / til / “yangi usul” maktablari / xorijiy tillar / “Munozara” haqida. / education / "perfect person" / society / nation / language / "new method" schools / foreign languages / about "Discussion"

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Rashidova, Xushnoza, Sulaymonov, J.B.

Mazkur maqolada o’sha davrdagi jamiyatdagi holat yoritib berilgan.Maqolada asosiy e’tibor yoshlarni bilimli qilishga qaratilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SOCIAL AND PHILOSOPHICAL CONSIDERATIONS IN MAHMUDHOJA BEHBUDI'S ARTICLE "ON DEBATE"

This article describes the situation in the society during the time when Makhmudhoja Behbudi lived. The main focus of the article is on educating young people.

Текст научной работы на тему «MAHMUDXO’JA BEHBUDIYNING “MUNOZARA HAQIDA“ MAQOLASIDAGI IJTIMOIY VA FALSAFIY QARASHLAR»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

MAHMUDXO'JA BEHBUDIYNING "MUNOZARA HAQIDA" MAQOLASIDAGI IJTIMOIY VA FALSAFIY QARASHLAR

Rashidova Xushnoza

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetining 3-kurs talabasi Ilmiy rahbar: J.B.Sulaymonov

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti katta o'qituvchisi

Mazkur maqolada o'sha davrdagi jamiyatdagi holat yoritib berilgan.Maqolada asosiy e 'tibor yoshlarni bilimli qilishga qaratilgan.

Kalit so'zlar: ta'lim-tarbiya, "komil inson", jamiyat, millat, til, "yangi usul" maktablari ,xorijiy tillar, "Munozara " haqida.

This article describes the situation in the society during the time when Makhmudhoja Behbudi lived. The main focus of the article is on educating young people.

Key words: education, "perfect person", society, nation, language, "new method" schools, foreign languages, about "Discussion"

Mahmudxo'ja Behbudiyning "Munozara" maqolasi o'sha davrda ham hozirgi kunda ham ko'plab bahs-munozaralarga sabab bo'lgan va hozirgi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan maqolalardan biridir."Munozara" maqolasida buxoriylar uchun "yangi usul" maktablarining foydaliligi, bunday maktablarda yoshlarni o'qitish lozimligi ta'kidlangan. Bu maqola farangiy afandi va mudarris Buxoriy janoblari o'rtasidagi bahs va suhbat asosida vujudga kelgan. Haqiqatdan ham, buxoriylar mana shunday maktablarda o'qib, ta'lim-tarbiya olsalar kelgusida ulardan bilimli, aqlli, har tomonlanma mukammal bo'lgan "komil insonlar" yetishib chiqardi. Buxoriylar yuqori cho'qqilarni zabt etib, balki "Munozara"asariga rahmatlar aytib, bu asarni xotirasida saqlar, deb aytiladi maqolada. Bu bahsni boshlagan farangiy afandining maqsadi buxoriylarni ruscha o'qitish va ularni rus madaniyatidan xabardor bo'lishlarini xohlardi. Ya'ni ularni faqat o'z qobig'ida qolib,ketmasliklari uchun boshqa til, boshqa madaniyatlar bilan hamohang bo'lishini istagan. Agar farangiy afandi, ularni bu yangiliklardan xabardor qilmaganida ularning hayotlari o'zgarishsiz bir xil turgan bo'lar edi. Buxoriylarni tom ma'noda uyg'otgan va ularni ilm yo'liga boshlagandir farangiy afandi. Maqolada aytiladiki, har bir bilimli, ilmli, tushunadigan inson buxoriylarning rus maktablarida o'qishlarini chin dildan xoxlardi. Buxoriylarni

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

rus tilini o'rganishlarida "Munozara "maqolasi o'ziga xos yo'riqnoma bo'lgan desak, adashmagan bo'lamiz.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

"Munozara "maqolasi ma'naviyatimizni nobud bo'lishiga yo'l qo'ymaydigan asarlardan biridir. Har bir millatning ma'naviyati yuksak bo'lsa, bu millat hech qachon zavolga yuz tutmaydi. Bu maqola buxoriylarning ruschani o'rganishlari uchun vaziyat taqozosi sifatida vujudga kelgan. O'sha davrda Buxoro Rossiya imperiyasi tarkibidagi davlat edi. Shuning uchun ham rus tilidagi adabiyotlar, qo'llanmalar bilan tanishish uchun albatta rus tilini bilish talab etilardi. Rus tilini o'rganish har bir buxorolik uchun foydali va zarur edi. Foydali tomoni til bilsa, u millatning urf-odati, tarixi kabilarni biladi. Sababi, o'sha davrda rus millati vakillari ham Buxoroda istiqomat qilganlar. Har bir buxorolik ularning tilini bilsa, ularni bemalol tushuna oladi va muloqot qilishga qiynalmaydi. Buxoroda yashovchi har bir kasb egalariga bu til kerak va zarur edi. Buxoro davlatining asosiy savdo-sotiq ishlari azaldan Rossiya davlati bilan bo'lganligini biz tarixdan bilamiz. Savdo-sotiq, tijorat ishlarida til bilgan inson doimo g'olib. M.Behbudiy o'sha davrda savdo bilan shug'ullanuvchilar til bilishi lozimligini uqtirgandi. Nafaqat, Rossiya balki unga qo'shni bo'lgan davlatlar bilan savdo-sotiq, tijorat qilish ishlari ham rus tilida olib borilgan. O'sha davrda Buxorodagi barcha sohalardagi ishlar ham rus tilida olib borilganligi mazkur maqolada aytib o'tilgan. Pochta, telegraf, temiryo'l, bank, savdo-sotiq, tijorat, shifoxona, ta'lim, davlat ishlari, qishloq xo'jaligi ishlari barchasi rus tilida olib borilgan. Buxoriylar orasida rus tilini biladiganlar bo'lmaganligi uchun tarjimonlar kavkaz va turkistonliklardan bo'lganligi maqolada ham ta'kidlangan. Buxoro Rossiyaga yaqin joylashganligi uchun ham xalq rus tilini bilishi kerakdir deydi, Behbudiy. Shunchalik uzoq mintaqada yashovchilar rus tilini bilganda yaqin bo'la turib Buxoro aholisining bilmasligi qiyin vaziyatdir. Usmonli davlati katta maktablarida rus tilini o'qitgan va bilimli talabalarni yanada yuqori darajaga chiqishi uchun Rossiyaga o'qishga yuborib turgan vaqtda bizning buxoroliklar rus tilini bilmaganlar. Hattoki, G'arb davlatlarida ham rus tilini o'rganuvchilar ko'p bo'lgan. Hatto, Istanbul shayxulislomi hazratlarining Rossiya musulmonlariga rus tilini o'rganishga buyruq berganlari ham "Jadidlar otasi" bo'lgan Behbudiy bobomiz Misrdan, Suriyadan va Arabistondan, Istanbuldan, Erondan Rossiyaga o'qish uchun yoshlarni jo'natayotgan bir paytda nega Buxoro yoshlari o'qish uchun Rossiyaga bormasliklari kerak deb qayg'uradi. Buxoroning aybi zamon yangiliklaridan xabarsizligimi deya sabab topadi. Davlat ishlarida til bilmaganliklari uchun birorta buxorolik qabul qilinmagan. O'z davlatingda boshqalar yuqori lavozimlarda ishlab mahalliy xalq qora mehnat qilsa bu no nohaqlik hisoblanadi. "Yangi usul"maktablari

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Buxoroga juda ham zarur ekanligini aytib o'tadi.Shu o'rinda, Samarqand, Turkistonga ham borib o'qish kerakligini ta'kidlab o'tadi. Buxorodan Samarqandga o'g'ri, qimorboz, gado borsa hech Kim biror nima deyishmaydi, ammo o'qish uchun borsa qarshilik qilingan. Behbudiy va bir qator jadidlar Buxoro hukmron doiralariga rus tilini o'qitishga, yoshlarni, xalqni ma'naviyatli qilish uchun o'qitishga ruxsat berishlarini so'raganlar. "Munozara "maqolasida aytib o'tilgan."Munozara"maqolasi hozirgi kun bilan ham juda bog'liq. Maqoladagi dolzarb mavzuni hozirgi kun bilan bog'laydigan bo'lsam, hozirgi kunda ham jamiyatimizda xorijiy tillarga bo'lgan ehtiyoj kundan-kunga ortib bormoqda. Xorijiy tillarni yaxshi o'zlashtirib yetarli bilimlarga ega bo'lgan yoshlar ma'lum qoidalarga asoslanib xorijiy tillar bo'yicha sertifikatlarni qo'lga kiritayaptilar va xorijiy davlatlarga borib o'z bilim, malakalarini oshirib qaytmoqdalar. Xorijiy davlatlardagi yoshlar u davlatlarning yutuqlarini o'rganib, texnika, texnologiya sohasidagi ishlarini jamiyatimiz rivojlanishida ham qo'llayaptilar. Bu tajribalar ko'p sohalarimizga ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Bu o'rinda men bir maqolni ishlatishni o'rinli bilaman. Xalqimiz orasida bejizga "Til bilgan-el biladi"maqoli yuzaga kelmagan. Darhaqiqat, qanchalik ko'p til bilgan inson, shunchalik ko'p xalqlarni, ularning urf-odat, an'analari bilan tanishishga musharraf bo'ladi. Qanchalik ko'p til bilgan insonlarga "imkoniyat eshiklari"ochilib boraveradi. Behbudiy bu maqolani necha yillar ilgari "Munozara"maqolasida aytib o'tilganligining guvohi bo'ldik. Mazkur maqolada Behbudiy buxoriylardagi vaziyat bilan qo'shni davlatlardagi vaziyatlarni taqqoslagan o'rinlari ham bor. Nega ular shunday yutuqlarga erishib, erkin fikrini ayta olayotgan bir davrda biz hattoki o'z shahrimiz bo'lgan Samarqandga borib ham o'qiy olmayapmiz degan fikrlarni aytadi. O'sha davrda "Samarqand-ilm-fan o'chog'i" bo'lgan. Shuning uchun ilm olish istagidagi kishilar Samarqand madrasalariga intilganlar. Rossiya Buxoroning homiysi, vasiysi va murabbiyi bo'lsa, buxoroliklarning rus tilini bilmasliklari ayb bo'ladi, degan fikrlar ham aytib o'tilgan maqolada. Ikki million buxoroliklar bo'la turib, ular orasidan bitta tarjimon chiqmaganligi bu buxoroliklarning loqaydligidan ham dalolat beradi. Qo'shni davlatlar Eron, Afg'on, Usmonli davlatlari biror masala yuzasidan xat yuborsalar ham buni Rossiya davlati vositasida yuborgan, bu buxoroliklarning til bilmaganliklaridan dalolat bergan. Rus tilini o'rganish hech qanday ayb emas, balki insonlarni bilimlarini orttirish vositasidir. Ba'zilar rus tilini o'rganish dinimizga ta'sir qiladi deyishgan, bunga misol qilib Behbudiy Samarqand maktablarida 100 dan ziyod musulmon bolasi ilm olayotganligini bu hech qanday salbiy ta'sir qilmasligini shunday maktablar misolida isbotlagan. Behbudiy o'z o'g'lini ham Samarqanddagi gimnaziyada ta'lim olishini va bu hech qanday nojo'ya ish emasligini eslatib o'tadi. Behbudiy asarlarining tili xalqqa tushunarli tilda

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

yozganligini ham ta'kidlaydi. Ba'zilar buxoriylar rus tilini o'rgansa kofir bo'ladi deganlariga javoban turklar, ibroniylar, turkistoniylar, qozoniylar, o'rinburg'iy va kavkazlar ham rus tilini o'qiydi, ular kofir bo'lganlari yo'q Buxoriylar o'qisa ham kofir bo'lib qolmaydi, deb ta'kidlaydi. Misol qilib, afg'onlarni aytadi, Angliyaga borib shuncha o'qigani bilan ingliz bo'lib qolgani yo'q, buxoriylar ham rus tilini o'qiganlari bilan rus bo'lib qolmaydi deb aytgan. Bu yozganlarini barchasini Buxoro taraqqiyoti, rivoji uchun aytgan. Farangiy afandi to'g'ri aytgan Istanbul, Misr, Kavkaz va Qozong'a Buxorodan talaba yoshlar borsin, o'qisin shu bilan bir qatorda Turkiston va Peterburgga ham borib ruschani o'rgansiz deb xulosa qiladi.

Xulosa qilib shuni aytishimiz joizki, "Munozara"maqolasi o'sha davrdagi eng dolzarb masalani qamrab olgan. Barcha yoshlarga ta'lim-tarbiya olishlarida, o'z tarixini bilishda bu maqolaning o'rni juda kattadir. Behbudiy ko'tarib chiqqan bu masala hozirgi kunda ham ko'p bahs-munozaralarga sabab bo'lmoqda. Behbudiyning bunday qarashlarini o'sha davrda jamiyat a'zolari qo'llab-quvvatlab, hamjihatlikda ish olib borganlarida edi, Buxoroda maktablar soni ko'payardi. Buxoroliklarning barchasi ilmli, rus tilini biladigan, o'z kelajagini o'zlari yarata oladigan xalq bo'lib shakllanar edi.

REFERENCES

1. Mahmudxo'ja Behbudiy "Munozara haqida"maqolasi.

2. Wikipediya.com

3. www.Ziyo.uz.com

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.